Assalomu alaykum, aziz hamkasblar va qadrli jamoadoshlar!
Kirib kelayotgan 2026-yil bilan barchangizni chin qalbdan muborakbod etaman!
Yakuniga yetayotgan yil “AUTO FORTIS” MChJ uchun rivojlanish va yangi marralarni zabt etish yili bo‘ldi. Erishilgan barcha yutuqlarimiz zaminida sizlarning mashaqqatli mehnatingiz, fidoyiligingiz va o‘z ishingizga bo‘lgan sadoqatingiz mujassam. Shu bois, har biringizga alohida minnatdorchilik bildiraman.
Yangi yilda korxonamiz yanada gullab-yashnashini, loyihalarimiz muvaffaqiyatli bo‘lishini tilayman. Xonadoningizdan fayz-u baraka, oilaviy xotirjamlik va sog‘lik-salomatlik arimasin.
Hurmat bilan,
“AUTO FORTIS” MChJ Bosh direktori X.O.Nazarov

👍10❤2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli va muhtarama hamkasblar!
Sizlarni bahoriy ayyom, nafosat va go‘zallik bayrami — 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar bayrami” bilan samimiy muborakbod etamiz.
Bugungi kunda "AUTO FORTIS" erishayotgan yutuqlarda sizlarning beqiyos hissangiz, mas’uliyatli yondashuvingiz va fidokorona mehnatingiz borligini yuksak qadrlaymiz. Siz nafaqat mohir mutaxassis, balki jamoamizning ma’naviy ustuni va fayzisiz.
Ushbu quvonchli kunda barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va kasbiy faoliyatingizda yangi zafarlar tilaymiz. Bahoriy kayfiyat sizni yil davomida tark etmasin!

👍10
"AUTO FORTIS" MChJ xodimlar o‘rtasida halollik va ochiqlik muhitini mustahkamlash maqsadida “Manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish” mavzusida trening tashkil etildi.
Mazkur trening UzAuto Motors komplayens xodimlari tomonidan o‘tkazildi.
Trening davomida quyidagi muhim masalalar ko‘rib chiqildi:
🔹 Manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi va uning oldini olish
🔹 Mahalliylashtirish bosqichlaridagi xavflar
🔹 Logistik jarayonlarda yuzaga keladigan xavflar
🔹 Korrupsiyaning global miqiyosi
🔹 Korrupsiyaga qarshi kurashish choralar
Trening yakunida xodimlarga xizmat vazifalarini halol va mas’uliyat bilan bajarish hamda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhimligi ta’kidlandi.

👍6
13–14-mart kunlari “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilgan umumxalq xayriya hashari doirasida AUTO FORTIS MChJ jamoasi ham faol ishtirok etdi.
Korxona xodimlari tomonidan hududlarni obodonlashtirish, atrof-muhitni tozalash, yashil maydonlarni tartibga keltirish hamda ish joylari atrofini yanada chiroyli va ozoda qilish bo‘yicha hashar ishlari amalga oshirildi.
Bunday ezgu tashabbuslar nafaqat hududlarimiz obodligini ta’minlaydi, balki jamoada hamjihatlik va birdamlik muhitini yanada mustahkamlaydi.
#Hashar #Obodonlashtirish #AutoFortis

👍7❤2👏1
Assalomu alaykum, hurmatli hamkasblar va aziz yurtdoshlar!
Sizlarni bugungi muborak Hayit ayyomi hamda kirib kelayotgan Navro‘z bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Hayit bayrami barchamizga tinchlik, mehr-oqibat, sabr va baraka olib kelsin. Ushbu ulug‘ ayyomda qilgan barcha ezgu niyat va duolaringiz ijobat bo‘lishini tilayman.
Navro‘z esa yangilanish, poklanish va yangi umidlar ramzidir. Yangi kunlar sizlarga omad, farovonlik va yuksak marralar olib kelsin. Har bir xonadonda quvonch, dasturxonlarda baraka, yuraklarda esa mehr-muhabbat doimo bardavom bo‘lsin.
AUTO FORTIS MCHJ jamoasi nomidan sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat va ishlaringizda ulkan zafarlar tilab qolaman.
Bayramlaringiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
AUTO FORTIS MCHJ
Bosh direktori

👍13
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi qaroriga muvofiq, buyuk davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan va madaniyat homiysi Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan tashkilotimiz xodimlari uchun hujjatli film namoyishi o‘tkazildi.
Mazkur tadbir davomida Sohibqironning boy tarixiy merosi, davlat boshqaruvidagi ulkan tajribasi hamda ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi yana bir bor yodga olindi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar xodimlarimizda tarixiy ong va milliy g‘ururni mustahkamlashga xizmat qiladi.

👍8❤1🥰1