Aslanov's Lessons
20.2K subscribers
3.12K photos
634 videos
1.44K files
318 links
Three main channels I run:

1️⃣ this one (@aslanovs_lessons)
2️⃣ @mraslanov
3️⃣ @pdfbooksyouneed

For questions @Aslanovs_robot
Download Telegram
Ko'pchiligimizni dushmanimiz odamlardanda ko'ra telefonimiz...
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IELTS Masterclass - IELTS Writing Task 1

Channel: @Aslanovs_Lessons
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IELTS Masterclass - IELTS Writing Task 2

Channel: @Aslanovs_Lessons
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Writing va Speakingga fikr (idea) yig'amiz!

Channel: @Aslanovs_Lessons
40 ta mavzudan iborat Grammatika kursi sotuvda!

Darslar video shaklda va 40 ta mavzu quyidagilar:

Lesson 1. Present Simple
Lesson 2. Present Continuous
Lesson 3. Stative Verbs
Lesson 4. Present Perfect
Lesson 5. Present Perfect
Lesson 6. Past Simple
Lesson 7. Used to & Would
Lesson 8. Past Continuous
Lesson 9. Past Perfect
Lesson 10. Was / Were Going to V1
Lesson 11. Future Simple
Lesson 12. Future Continuous
Lesson 13. Future Perfect
Lesson 14. Future Perfect Continuous
Lesson 15. Notes on Future
Lesson 16. All forms of 'Used to'
Lesson 17. Time Phrases
Lesson 18. Reported Speech
Lesson 19. Active & Passive Voice
Lesson 20. Verb Patterns
Lesson 21. Causatives
Lesson 22. Conditional Patters (If)
Lesson 23. Conditional Conjunctions
Lesson 24. Grammar Mistakes & 'Wish' Clauses
Lesson 25. Modals (1)
Lesson 26. Modals (2)
Lesson 27. Modals (3)
Lesson 28. Participles
Lesson 29. Articles (1)
Lesson 30. Articles (2)
Lesson 31. Relative Clauses
Lesson 32. Determiners
Lesson 33. Emphasis
Lesson 34. Exclamatory Statements
Lesson 35. Word Order
Lesson 36. Inversion
Lesson 37 & 38. Had better & It's time
Lesson 39. Question Tags
Lesson 40. Expressions with -ing


Namuna darslar:

Grammar: Conditional Conjunctions
Grammar: Inversion

Kurs narxi 50 000 so'm (darslarni o'zingizga saqlab olsangiz bo'ladi)

Admin: @youronlineadmin
Arzon ekan & saqlab olsa bo'lar ekan deb sotib olmang!

Grammatikadan 40 ta mavzuni o'zlashtiraman desangiz unda o'zingizga investment qiling, guys.

🤝
Forwarded from Doniyor Aslanov
Listening: From A to Z kursi haqida:

12 ta live lessons (dars davomida practice ham)
Dush/Chor/Juma, 19.30 da
Umumiy Listening + Imtihon uchun Listening haqida kurs

Kurs asl narxi 150 000

Sentyabr intake uchun chegirmada 80 000 so'm

Darslar Dushanba (23.09) dan boshlanadi

Karta: 8600110449558695
Admin: @youronlineadmin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Listening: From A to Z 🎧

Atiga 80 000 so'mga to'liq Listening kursi 😃

Bunday imkoniyat faqat Sentyabr oyida!

Ma'lumotlar:

- 12 ta jonli dars (darslar yozib olinadi)
- Dushanba / Chorshanba / Juma, 19.30 da
- General Listeningni o'stirish darslari
- Imtihon savollari, texnikalar uchun darslar
- Past papers ishlash imkoniyati


To'lov qilish uchun karta: 8600110449558695 (Doniyor Aslanov nomida)

Admin: @youronlineadmin

Ushbu kurs Listening uchun siz qantashgan eng so'ngi kurs bo'ladi!
Forwarded from Doniyor Aslanov
Qush daraxt shoxiga qo'nayotganda shoxning baquvvat ekanligiga ishonib emas o'zining shox sinib ketsa uchib keta olish qobilyatiga ishonib qo'nar ekan.

Kurslarimizga qo'shilayotganlarga ham shu maslahat - avvalo o'zingizga, olib keta olishingizga ishonishingiz shart.

Ikkilanyapsizmi demak o'xshamaslik ehtimoli ko'proq. Aksincha, ishonyapsizmi demak o'xshashi.

📱 @mraslanov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Doniyor Aslanov
Jur'at!

Ancha yil avval universitet javoblarini ko'rgani borganimda bir yigitga qoil qolgan edim. Imtihon natijalari doskasidan hamma o'zini qidirgan, kimdur o'zini byudjetda, kimdur o'zini kontraktda topgan. Kimdurlar esa 'chiziq' pastida. O'sha yerda xursandchilik ham bor edi, yig'i-sig'i ham.

O'zim ham chiziq pastida ekanligimdan yaxshigina tushkunlikka tushib turgan edim. Bir payt yonimdagi yigit telefonini olib kimgadur telefon qildida 'Domla, o'qishga kira olmabman. Ertadan darslarni boshlasak bo'ladimi? Hozir qaytib yo'lga chiqaman.' dedi.

O'sha yigitdagi jur'at menga ham yaxshigina dars bo'lgan edi. Biz taslim bo'lgan kundagini yengilgan bo'lamiz, kurashyapmizmi demak hali yengildik degani emas.

Sizga ham o'qish davomida shunday jur'at tilab qolaman, guys!

📱 @mraslanov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Doniyor Aslanov
Support!

O'zim mustaqil joy olib dars berishni boshlagan paytlarim shunday o'quvchilarim bo'lgan ana o'shalarda man haqiqiy supportni ko'rganman.

Hozir bitta reaksiya yoki izoh yozishga yaramayotgan bir paytimiz, avval shunday o'quvchilarim bo'lardi - har oy 1, 2 marta darsga kelib, to'lov qilib yana bir oy yo'q bo'lib ketgan. Na aloqaga biror raqami bo'lardi na internetda manzili. Keyinchalik bilsam ustozga bizdan yordam bo'lsin deb shunday qilishgan ekan.

Yana shunday bir o'quvchim bo'lardi - 1 yil maosh olmasdan ishlagan. Kunlik harajatiga majburlab pul bersam olardi lekin oylik haqida gap borsa YO'Q USTOZ! deb ishimda yordam berar edi. Nega unday qilasan desam Otam shunday deganlar. Ustozingni xizmatini qil, duosini ol lekin pulini olma deb uqtirgan ekanlar. Hozir o'sha shogirtim 3000$ dan ko'p pul topadi oyiga.

Qarang hayotni qiziqligini.
Forwarded from Doniyor Aslanov
Odamlar nima deydi?

Mana shu qo'rquv bizni ko'p narsadan ushlab qoladi.

Misol uchun bir kuni bir taksist bilan gaplashib ketyapman. Aytishlaricha moliyaviy tarafdan qiynalgan ekanlar. Ming so'm ham hozirgi ahvollarida juda kerakli pul ekan. Ularga mashinangizga yandex taksi reklamasini yopishtirib oling, eshitgan edim shunda sizga ma'lum pul tashlab berishar ekan, harna-da desam, ular 'Voy! Odamlar nima deydi?' dedilar...

Yana boshqa kuni, boshqa bir amaki bilan ham gaplashib ketdim. Aytishlaricha ancha uzoqdan kelib poytaxtda taksi qilar ekanlar. Yo'qchilikdan yakkayu yagona o'g'illari yosh ota bo'lishiga qaramasdan Rossiyada qurilishda ishlar ekan. Ular ham moliyaviy tarafdan qiynalayotganlarini, shuning uchun o'zlari bu yerda, o'g'illari chet elda jon berib ishlayotganliklarini aytdilar. Qo'shimcha qilib, aksiga bizda to'y-hashamlar ko'p, hammasini yaxshilab qilish kerak, unga ham ko'plab pullarimiz ketayapti dedilar. Ularga ham norozi ohangda amaki, sizga nima zaril, o'zi misqollab yig'ayotgan ekansizlar desam yana o'sha gap - odamlar nima deydi?

Qachon shu qo'rquvdan batamom qutular ekanmiz?
Forwarded from Doniyor Aslanov
Paymedan eslatma!

Payme ilovasini o'chib yoz oyidagi kirim va chiqimlarni hisobotini ko'rib chiqdim. O'sha hisobot menga bir narsani yana bir bor eslatdi.

Iyun va Iyul oylarida yozda maksimal ko'pchilik bekor qolmay ilm olsin deb kurslar ochgan edim. Maqsad ilm berish bo'lgan, tushum juda yaxshi.

Avgust oyida juda pulga muhtoj bo'lgandim va pul topay deb kurslar ochdim. Natija kutganimdek bo'lmadi.

Eslatma: maqsadni ilm ulashish deb qo'ysak, pul o'zi bizni topib keladi. Pul desak, u bizdan qochishi mumkin.

📱 @mraslanov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Doniyor Aslanov
Meva!

Bir kuni darsimdan chiqib tashqariga ketmoqchi bo’lib tursam bir yosh hamkasbim chaqirib qoldi. Borsam qarang, ustoz birinchi oyligimga adamlarga kompyuter va onamlarga telefon oldim. Ularniki eskirib qolgan edi dedi. U qizning ko’zidagi quvonchni, oqlangan ota-ona ishonchini, shuncha mehnatlarining mevasini chinakamiga tushunish uchun o’zimiz ham bundan o’tishimiz kerak.

Sizda ham hozir qiyin bo’lyaptimi? Taslim bo’lishga shoshilmang! Mevasini ko’rmaguncha davom eting.

📱 @mraslanov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Doniyor Aslanov
Baliqlar!

Bir klinikaga tez-tez ishim tushadi. U yerda turli-tuman, rang-barang baliqlar akvariumda saqlanadi. Biroq, u yerga borgan 90% odam ularga uncha e'tibor bermaydi. Ularga qarab zavq olmaydi. Sababi ularning fikru-hayoli kasallik.

Hayot ham shunday - biz qaysidur muammoyimizga yetarlidan ortiq sho'ng'ib ketib, atrofimizdagi boshqa 'baliq'larga parvo qilmaymiz. Lekin shuni aksini qilsak hayotimiz yanada mazmunli bo'ladi deb o'ylayman.

📱 @mraslanov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Doniyor Aslanov
Sir!

Dars berishni boshlaganimda, birinchi maktab bolalariga uylariga borib dars o'tardim.

Dars beradigan o'quvchilarimni otasi poytaxtdagi katta supermarketlardan birini xo'jayinlaridan edilar.

U kishini boyligi, sharoitini va manga bo'lgan munosabatini ko'rib qoyil qolganman. Katta miqdorda puldan tashqari, darsim tugagandan keyin mashinalarida uyimga tashlab qo'yardilar. Qo'yavering, yetib olaman, ishdan charchab kelgansiz desam ham yo'q deb oyoq tirab olardilar.

Keyin tushunganman - katta ehtimol bilan muvaffaqiyatlarining bir siri ahli ilmlarni xurmat qilganliklaridan ekanligini.

📱 @mraslanov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Doniyor Aslanov
Odat!

Avvallari juda ko'plab ota-onalarda shaxsan manga yoqadigan odat bo'lardi.

Farzandlari maktabdan (asosan maktabdan) qaytganda 'Qani, oldimga o'tirchi. Bugun nimalarni o'rganding?' deb deyarli har kuni so'rashardi.

O'zimda ham shunday bo'lgan. Uyga borsam ota-onam bugun nima o'rganganimni so'rashadi deb darsda ikki barobar e'tiborliroq o'tirardim.

Qani endi shu odatni yana tiklasak. Hatto, farzandlari repetitorda o'qiyotgan ota-onalar orasida.

📱 @mraslanov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM