KITOBLAR
87 subscribers
119 photos
138 videos
489 files
83 links
Fursat borida ilm o‘rgan! Ilm kerak bo‘lganda fursat topilmasligi mumkin⌛️🧠
📚O‘qish azobi-vaqtinchalik!
Murojat uchun:
Download Telegram
Yil boshi uchun ajoyib mashq bor.

Ishlatadigan dasturlarimiz, o'qiydigan bloglarimizga bitta-bitta qarab chiqamiz.

Har biriga savol beramiz:

Mana shunga sarflagan vaqtim, o'zini oqlayaptimi? Nima dividendlar oldim? Hayotimda qanday o'zgarish qildi?

Javobi "yo'q" bo'lsa, o'chiramiz, chiqib ketamiz.

Vaqtga kelganda neytral ishlar bo'lmaydi.

Foydali emasmi, demak zararli.
Manba #Zehniyat kanalidan olindi.

@Arm_uz
👎3
#Eslatma
Kechki payt do‘stingiz yoki tanishingiz telefon qilsangiz javob bermasa qayta qo‘ng‘iroq qilmang taroveh namozida bo‘lishi mumkin.
👍5😁2👎1
Qulog'imga shivirlar havo:
-Sotib olgin o'zingga po'stin.
Maosh asta kuylaydi navo:
-Havo uncha sovuqmas, do'stim...
© Bobur Bobomurod

@qofiyaliy
🔥2😁21👏1
Quduq qazdim, suv tanqis damlar,
Erishdim ham balki yutuqqa.
Cho'ktirdilar lekin odamlar
O'zim qazgan o'sha quduqqa.
©Abdulla Oripov

@qofiyaliy
👍1
Qarg'ishni duodek olganlarim bor
G'ayirni tog'a deb borganlarim bor.
O'zmni farishta demayman hech ham.
Bazida shaytondan o'tkanlarim bor...

@qofiyaliy
ONA IBODATI

Qishloqning bir chetida
Pastakkina uy turar,
Sajda qilib shu uyda
Onayizor o'ltirar.

Yolg'iz o'gʻlin eslar u
Yonib achchiq firoqda.
Oʻg'li esa yurt uchun
Jang qiladi yiroqda.

Ona sajda qiladi,
Koʻz yoshlari shashqator.
Bir nuqtaga tikilgan,
Xayolida nelar bor ?

Ko'z oldiga keladi:
Keng dala - jang maydoni.
Jonsiz yotar maydonda
Mard o'g'li - pahlavoni.

Koʻkragida jarohat,
Qop-qora qon har yog'i.
Qolmish jonsiz qoʻlida
Dushmanining bayrog'i.

Ona yuzin qoplar g'am,
Chimirgancha qoshini,
Asta suyar qoʻliga
Oppoq sochli boshini.

Yurak dardi yosh boʻlib,
Toʻlib kelar koʻziga.
Marjon-marjon tomchilar
Oqib tushar yuziga.

©Sergey Yesenin

@Arm_uz
1👍1
Vatanim

Men dunyoni nima qildim,
O‘zing yorug‘ jahonim.
O‘zim xoqon,
O‘zim sulton
Sen taxti Sulaymonim.
Yolg‘izim, Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O‘zing mening ulug‘lardan
Ulug‘imsan, Vatanim...
Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi,
Onam deymi,
Hamdard-u hamxonam deymi,
Oftobdan ham o‘zing mehri
Ilig‘imsan, Vatanim.
Sen Mashrabsan,
Xalqda tumor,
Balxda dorga osilgan.
Navoiysan, shoh yonida
Faqirni duo qilgan.
Yassaviysan, meniki deb,
Ko‘ringan da’vo qilgan,
Ming bir yog‘i ochilmagan
Qo‘rig‘imsan, Vatanim.
Sen Xo‘jandsan, Chingizlarga
Darbozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan
Sirdaryoga sakragan.
Muqannasan qorachig‘i
Olovlarga sachragan,
Shiroqlarni ko‘rgan cho‘pon:
Cho‘lig‘imsan, Vatanim.
Kim Qashqarni qildi makon,
Kim Enasoy tomonda,
Jaloliddin — Kurdistonda,
Boburing — Hindistonda,
Bu qanday yuz qarolik deb,
Yotarlar zimistonda.
Tarqab ketgan to‘qson olti
Urug‘imsan, Vatanim...
O‘g‘lim, desang osmonlarga
G‘irot bo‘lib uchgayman,
Chambil yurtda Alpomishga
Navkar bo‘lib tushgayman,
Padarkushdan pana qilib
Ulug‘beking quchgayman,
G‘ichir-g‘ichir tishimdagi
So‘lig‘imsan, Vatanim...
O‘tgan kuning — o‘tgan kundir,
O‘z boshingga yetgan kun,
Qodiriyni bergan zamin,
Qodiriyni sotgan kun.
Qo‘lin bog‘lab,
Dilin dog‘lab,
Yetaklashib ketgan kun,
Voh bolam! deb aytolmagan
Dudug‘imsan, Vatanim...
Sen — shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim,
Ota desam, O‘g‘lim deb,
Bosh egib turgan chinorim,
Qo‘ynimdagi iftixorim,
Bo‘ynimdagi tumorim,
O‘zing mening ulug‘lardan
Ulug‘imsan, Vatanim!

® Muhammad Yusuf

@Qofiyaliy
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Unutmoq osonmas sizlarni !

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan.

@Arm_uz
👏1
Sevsangiz bir umr onani seving.
Onadan o‘zgasi arzimas bunga.
Musoga aytilgan o‘zingni asra deb,
Onasi dunyodan o‘tkanda unga.

@Qofiyaliy
Qorlar yog'di. Qizdirdi oftob.
"Nedir baxt?" deb so'radim.
Biroq O'zi bilan ozi ovora
Baxtiyorlar bermadi javob.

Qorlar bosdi Kuydirdi oftob.
"Nedir baxt?" deb so'radim.
Biroq - O`zi bilan o'zi ovora
Baxtsizlar ham bermadi javob.
®Rauf Parfi

@Qofiyaliy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mashhur Muhammad - Islom Karimov Xotirasiga bag'ishlanadi.

@Arm_uz
Sadoqat

Keksa qarag'ayning ildizin ochib,
Tortdilar qoʻsh arqon solib belidan.
Lekin u tuproqqa panjasin sanchib,
Sira qoʻzgʻalmasdi Ungan yeridan...
Nihoyat, gurs etib yerga quladi,
Butab, soʻng koʻtarib ketdilar biroq
U o'z panjasida olib joʻnadi
Yashagan yeridan Bir siqim tuproq.
®Erkin Vohidov

@Qofiyaliy
Biz ham yuksaklarga tikkandik ko'zni,
Bizda ham bor edi matonat, bardosh.
Arslon chorlagandi qoshiga bizni,
Lekin qumursqalar bo'ldi safardosh.
Jami tiriklikka tanish shu xatar,
Qumursqa yaralgan yoppa talarga.
Do'stim, alam qilar, arslon bexabar,
Yem bo'lib ketsak shu qumursqalarga.
®Abdulla Oripoy

@Qofiyaliy
👍1
Telefonga burildi yuzlar.
Ibodatga yumildi ko'zlar,
Qay tomonga ketyapmiz bizlar?
Nodonda ham ma'noli so'zlar.
@Qofiyaliy
1👍1💔1🍓1
Xamma xokisor deb bilar o'zini !
Xamma bir biriga so‘zlaydi ro‘yo !
Xamma o‘z fikricha aytar so'zini !
Na siz farishtasiz, va na biz avliyo...

@Qofiyaliy
👍1
O‘zimni umrimni qotili o‘zim,
Soatga termulib tolipti ko‘zim.
Yoshlik ham mendan ketibdi o'zib,
Oqargan sochimdan qolibman sezib.
O'zimni umrimni qotili o‘zim,
Shaytonga sherik edi ikkala ko'zim.
Nafs ketidan Hobil bo'lgan ham, o'zim,
Javob beradi endi har aytgan so'zim.
®Jahon Jaloiriy

@Qofiyaliy
👍1🔥1
Oyligim yetmaydi keyingi oyga,
Lek har kun mehnatning gapi shu: yugur.
Hayot bilan o'ynab tinimsiz poyga,
Yutqizganim yo'qdir, Xudoga shukur!
Oy oxri. Cho'ntakning ko'rinar tagi,
Tag'in kreditlar boshda bir talay. Etkazolmasam gar Rossiyadagi
Akam yordam berib turar har qalay...
Nolimayman, ishim bo'lmagan payt hal,
Inson ayb qidirsin avval o'zidan.
Qo'ng'iroqlashganda kuch olgum har gal,
Onamning yaxshiman degan so`zidan.
Hali oy tugamay tugaydi oylik,
She'r yozaman, shu payt yurak sanchadir.
Javobim shu erur husni chiroylik
Hayotim oylikdan oylikkachadir.
®Erkin Hojimuhammad

@Qofiyaliy
👍21
Rasulullox s.a.v:
- Butun insoniyat iymoni tarozining bir pallasiga , Abu Bakrni esa boshqa pallasiga qo‘yilsa uning iymoni og‘ir keladi, – deb marhamat qilganlar.

@Arm_uz
😢1
Xayosiz ayollar miqdori qancha.?"
Dedi nodon shogirt, fikrlamay keng.
Ustoz javob qildi. O'ylanib ancha.
"Dayus erkaklarning soni bilan teng"

@Arm_uz