O'rol Amirov
480 subscribers
460 photos
60 videos
42 files
165 links
Tarixchi abituriyentlar va ustozlar uchun intellektual kanal:
Testlar, mantiqiy savollar, maqolalar, shaxsiy fikrlar..

Rasmlar👇
@Amirov_abituriyentlari

Darslarga yozilish uchun:
👉 @Amirov0215
👉 +99890 900 75 40

Manzil: Toshkent, Chilonzor tumani
Download Telegram
#Bilasizmi???

"Reklama" so'zi lotinchadan "qichqirmoq" deb tarjima qilinadi. Dastlabki reklamalar Qadimgi Misrda paydo bo'lgan. Rasmda papirus poyasiga yozilgan qulni sotish haqidagi e'lonni ko'rib turibsiz .

@Amirov0215_tarix
#Bilasizmi?
Ushbu bayroq 1992-yilgacha O'zbekistonning bayrog'i bo'lgan. Siz shu ma'lumotni bilarmidiz?

👍 ha, bilar edim

🤗 yo'q, endi bildim

@Amirov0215_tarix
#Bilasizmi?
Hozirgi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Sharof Rashidovning kuyovi hisoblanadi.
Anonymous Poll
24%
Bilardim
76%
Endi bildim
#bilasizmi?
Indra Gandi Mahatma Gandiga kim bo'ladi?
Anonymous Quiz
38%
Qiz
11%
Kelin
13%
Nabira
38%
Ular qarindosh emas
#Bilasizmi?

Buyuk Britaniyadan tashqari quyidagi davlatlarning ham "Ost-Indiya" nomli o'z savdo kompaniyalari bo'lgan.

1600-yil Buyuk Britaniyada tashkil etilgan;

1602-yil Niderlandiyada tashkil etilgan;

1616-yil Daniyada tashkil etilgan;

1628-yil Portugaliyada tashkil etilgan;

1664-yil Fransiyada tashkil etilgan;

1722-yil Avstriyada tashkil etilgan;

1731-yil Shvetsiyada tashkil etilgan.


👍 bilardim

endi bildim

@Amirov0215_tarix
#Bilasizmi?

Mavzu: Xokku va tanka.

Yaponiya she'riyatida qofiyasiz, tabiat, inson his-tuyg'ularini, kechinmalarini ifodalovchi she'rlar mavjud. Bular xokku va tanka. 8-sinf jahon tarixi darsligida 5 qatorli she'rni "xokku" deb yozishgan. Bu xato ma'lumot. Aslida...

1⃣ Xokku. 3 qatorli qofiyasiz she'r.
Misol:
Baland qoyadagi daraxtga yana
Ilinib qolibdi
Mening varragim...


(Kobayasi ISSA)


2⃣ Tanka. 5 qatorli qofiyasiz she'r.
Misol:
Kuz oqshomi, oydinda
Yopirildi bulutlar
Oy yuzin to'smoq uchun
Yo'q, ko'zlarimni aldabdi
G'ozlar galasining ko'lankalari


(Saygyo)

Ko'rib turganingizday xokku va tanka janrini adashtirib qo'yishgan.

@Amirov0215_tarix
#Bilasizmi?

Bugungi kecha yilda bir marta keladi. 21-dekabrdan 22-dekabrga oʻtar kechasi eng uzun tun sodir boʻladi. Qishning bu eng uzun va qorongʻi kechasi - Yaldo kechasi deyiladi. 

Sharq mamlakatlarida bu kecha o'zgacha kayfiyatda, qo'y so'yib bayramlar qilib, tantanalar, o'yin-kulgular bilan o'tkazilgan.

Bu kecha taxminan 17 soat davom etar ekan. Ayni paytda uyida sveti o'chganlarga sabr! Ishdan rosa charchaganlarga esa to'yib uxlash uchun juda zo'r imkoniyat. Abituriyentlarga esa...? Ularga bu tegishli emas, kitobini o'qisin!))


@Amirov0215_tarix
#Bilasizmi?

Нима учун Ливия лидери Муаммар Каддафини ўлдирдилар?
Қуйидаги «гуноҳлари» учун:

1. Бензин Ливияда сувдан ҳам арзон - 1 литр бензин 14 цент туради.
2. Янги оила қурганларга квартира олиш учун 64000 доллар совға қилинади.
3. Таълим тўлиқ бепул!!
4. Медицина хизмати тўлиқ бепул!!
5. Ҳар бир оила аъзосига давлат томонидан йилига 1000 доллар дотация тўланади.
6. Ишсизларга бериладиган нафақа 730 долларни ташкил этади.
7. Каддафий НАТО ҳарбий базаларини ёпиб ташлади (Ливиядаги).
8. Тиббиёт ҳамширасининг маоши - 1000 доллар.
9. Ҳар бир янги туғилган чақалоқ учун 7000 доллар берилади.
10. Шахсий бизнес очадиганларга 20000 доллар миқдорида бир марталик моддий ёрдам берилади.
11. Катта миқдордаги солиқлар ва йиғимлар тақиқланган.
12. Аҳоли жон бошига тўғри келадиган ялпи ички маҳсулот 14192 долларни (!) ташкил этади.
13. Кўп болали оилалар учун асосий озиқ-овқат маҳсулотлари арзон нархда сотиладиган дўконлар тармоғи мавжуд.
14. Яроқлилик муддати ўтиб кетган маҳсулотлар савдоси учун катта миқдордаги жарималар.
15. Дорихоналарнинг бир қисмида дорилар бепул тарқатилади.
16. Сохта дори тайёрлаганлик учун ўлим жазоси.
17. Аҳоли учун квартира текин, квартира ҳақи тўланмайди.
18. Аҳоли учун электр энергияси текин.
19. Спиртли ичимликлар савдоси ва истеъмоли тақиқланган.
20. Автомобиль ва квартира олиш учун фоизсиз кредитлар берилади.
21. Риэлторлик хизмати (квартира даллоллиги) тақиқланган.
22. Хориждаги таълим муассасаларида таълим олиш ва стажировкадан ўтиш - давлат ҳисобидан.
23. Фуқаролар сотиб олаётган автомобиль нархининг 50 фоизини давлат тўлайди.
24. Ҳокимиятга келгандан сўнг, Каддафий мамлакатдан халқаро корпорацияларни чиқариб юборди.
25. Ливия жанубидаги негрлар фақат Каддафий даврида ўз ҳуқуқларига эга бўлдилар.
26. Унинг 40 йил ҳукмронлиги давомида Ливия аҳолиси 3 баробарга кўпайди.
27. Болалар ўлими 9 марта камайди.
28. Мамлакатда ўртача ҳаёт давомийлиги 51,5 йилдан дан 74,5 йилга узайди.
29. Каддафий Ливияни жаҳон банк тизимидан чиқариб олишга қарор қилди ва унга яна 12 та араб мамлакатлари қўшилмоқчи эди.
30. У олтин динор (золотой динар) ни йўлга қўймоқчи ва шу билан доллардан бутунлай воз кечмоқчи эди.


Бундай давр Ливияда 2011 йил 20-октябргача давом этиб, бу ишларини меъмори Муаммар Каддафийни ўз ҳалқи уриб ўлдиргунигача давом этган ва бундай давр энди Ливияликлар учун бошқа келмайди..!

P.s: ma'lumotlar Facebookʼdagi "Jahon tarixi va jug'rofiyasi" guruhidan olindi.

@Amirov0215_tarix
#bilasizmi?
#tarix

Potyomkin qishloqlari

1783-yilda Rossiya Qrimni bosib olgach , mamlakat imperatori Yekaterina II mamlakat janubiga safar qiladi. Safarda unga knyaz Grigoriy Potyomkin(1739-1791) hamrohlik qiladi. Imperatorning ko'zi yo'l-yo'lakay adirlarda o'tlab yurgan , semizlikdan tirsillab yorilguday bo'lgan qoramollar galasiga, dehqonlarning uyum-uyum pichanlariga, qop-qop donu dunga , qishloqlarda qo'shiq aytib raqsga tushayotgan shodon odamlarga tushadi. Butun Ukraina bo'ylab bunday manzarani ko'rgach, Yekaterina II nihoyatda xursand bo'ladi va fuqarolari to'kin hayot kechirayotganiga ishonadi.

Aslida bu Potyomkin tomonidan imperatorning ko'nglini ovlash uchun ustalik bilan uyushtirilgan tomosha edi xolos. Qoplarga bug'doy o'rniga qum solingan, xirmon shopirayotgan va o'yin-kulgi qilayotgan, bashang kiyingan dehqonlar va semiz qoramollar esa bir joydan ikkinchi joyga ko'chirilar edi (Tanish holat emasmi 🤫). Safarda ishtirok etgan xorijiy elchilar bu ko'zboyamachilikni sezib, soxta to'kinchilik va yashnab turgan qo'nalg'alarni kinoya bilan "Potyomkin qishloqlari" deb atashgan va hozirda ham shunday nomlanadi.

Bu ibora ko'zbo'yamachilik , qashshoqlikni, yashirishga qaratilgan soxtakorlikni anglatadi.

Grigoriy Potyomkin shaxsi ham Rossiya tarixida juda mashhur bo'lib, Yekaterina II ning hokimiyatga saroy to'ntarishi orqali kelishi, uning davridagi Usmonli davlati bilan urushlardagi g'alabalar, Qrimning Rossiyaga o'tishi, Qora dengiz floti tashkil etilishi shu inson nomi bilan bog'liq. Ba'zi manbalarda bu insonni Yekaterina II ning sevgilisi ( Yekaterinadan 10 yosh kichik bo'lsada, axir sevgi yosh tanlamaydi 😉), boshqaruvdagi ishonchli kishisi ekanligi yoziladi.

Tarix darsligida ham shu inson nomini bir ma'lumotda uchratamiz. Qayerda uchratishimizni esga olib, o'zingiz uchun bilib qo'ying.

@Amirov0215_tarix