Amirbek Developer
384 subscribers
124 photos
35 videos
5 files
110 links
Project manager / CEO-1

📲Telegram: @O_Tirkashov
📲Tel: +998 90 898 58 79
Download Telegram
Ko'p narsalarni ijaraga olsa bo'ladi!

Ammo ijaraga olingan aql haqida eshitgansizmi👀?
Assalomu alaykum!

Yaqinda bir post o'qib qoldim, unda "sun'iy intellektlar" haqida yozilgan edi va "Aqlni ijaraga olib aqlli ko'rinadiganlar" degan jumla ham bor edi. Sun'iy intellektning foydalari juda ko'p albatta to'g'ri maqsadda to'g'ri foydalan olsak, ammo undan maska sifatida foydalanib "Aqlimizni ijaraga olib" foydalansak buning oqibati bizga qimmatga tushadi. Eng achinarlisi biz nimalar yuqotayotgnimizni ham bilmaymiz...
💯1
Meni qiziqtirgan bir savol bor?
Barchamizga ma'lumki qadriyat degan tushuncha bor va o'ylaymanki barchamizning o'zimizga yarasha qadriyatlarimiz bor!
Bu qadriyatlar Yolg'on gapirmaslik, Halollik, Birovni haqqiga xiyonat qilmaslik bo'lishi mumkin va qadriyat haqida so'raganimda aksariyat suhbatdoshlarim shunaqa qadriyatlari borligini aytishgan.

Aslida qadriyat nima?
Qadriyat qanday shakllanadi?
Ahir tepadagi keltirilgan ba'zi qadriyatlar har bir musulmonda bo'lishi kerak bo'lgan xislatlar emasmi?

Fikrlaringizni izohlarda kutib qolaman. O'z fikrlarimni esa keyingi postda yozaman😊

@amirbekdeveloper
👍3
Barchaga salom!
Qadriyat haqida gapiradigan bo'lsak har bitta insonni oldiga qo'ygan oliy maqsadi bo'ladi va bu maqsadga erishish uchun har doim kichik maqsadlar tuziladi (oylik, yillik, 5 yillik va hkz) va rejalarni tuzayotganda oliy maqsadga qarab ketayotganini va oliy maqsadga asoslanganini ham bildirib turuvchi asosiy kalit so'zlar bular qadriyatlar bo'lishi kerak deb o'ylayman.
Kompaniyalardaa ham xuddi shunaqa, har bitta kompaniyani oliy maqsadi bo'ladi va bu maqsadga erishishi uchun asosiy kalit so'zlar qilib qadriyatlar belgilab olinadi va bu qadriyatlar barcha xodimlarni bir maqsad yo'lida harakatga chorlaydi). Korparativ madaniyatning asosi ham qadriyatlarga borib taqaladi!

@amirbekdeveloper
🔥41
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Илм-маърифат ҳақида
🔥21
Amirbek Developer
https://youtu.be/qX5k3T95Cnk
O'ziyam 2 kun deganda ko'rib chiqdim

Ilmi va tajribasi yuqori insonlar davrasida suhbat boshqacha bo'ladi😊
Ko'rishni tavsiya qilaman
-Qandaysiz?
ChatGPT ham o'zbeklashib ketyabtimi deyman)))
😁7🤣4
Forwarded from Not found
Orzu va maqsad
4👍3❤‍🔥2🔥1
Odamlar sizning "Yo'q" deganingizdan emas, "Ha" deb bajara olmaganingizdan ranjishadi...
5❤‍🔥2👌21👍1🔥1💯1
Ustozlar bizning yo'limizni yorituvchi mayoqlardir...

Ota-onamiz biz uchun duo qilib allohdan sihat salomatlik va rizqimizga baraka, balo qazolardan asrashni va ishlarimizga rivoj sórashadi, albatta ota-onamiz bizning eng katta boyligimiz va ularni qadriga yetishimiz kerak. Chunki farzand uchun sóralgan narsa alloh tomonidan berilmay qolishi mushkil ish...

Shu órinda alloh berar ekan deb ótirish ham yaramaydi, "harakatda barokat" degan gap ham bor:)!

Ho'sh agar biz yurayotgan yólimizda qanday tósiqlar borligini bilmasak va uzoqni kóra olmasak qanday harakatlanamiz?

Ayni shu holatda ózlarining yillar davomida yig'ilgan qimmatli ilmlari va tajribalari bilan ustozlarimiz beminnat yordam berib yo'llarimizni yorituvchi mayoq vazifasini ótashadi😊

Hayotda to'g'ri yo'lni yoritib beruvchi ustoz tanlash juda muhim...

Bizni shu darajamizgacha yetib kelishimizga va hozirda ham rivojlanishimiz uchun o'zlarining qimmatli vaqlarini ayamasdan sraflayotgan, bizlarga ilm berayotgan va doimo duoda bo'lgan ustozlarimiz va ota-onamizdan alloh rozi bo'lisin, bizga ajratayotgan vaqtlari uchun alloh ularni jannat bilan siylasin🤲
5❤‍🔥43
Insonning "soft skills" (ko'nikmalari) haqida ba'zi fikrlarim!

Inson shaxs sifatida rivojlanishi uchun hayoti davomida ilm olib ko'nikmalarini shakllantirib boradi, bu ko'nikmalar 2 xil turga bo'linadi "hard skills" va "soft skills"

Hard skills: maktabda, universitetda va boshqa kurslarda oladigan kasbga doir bilimlari. dasturchi misolida ko'radigan bo'lsak, kod yozish, dasturlash tillari haqidagi bilimlari "hard skills" bo'ladi.

Soft skills: Insonning ózi shakllatiradigan va rivojlanib boradigan ko'nikmalari. Bular: muloqot qila olish, qaror qabul qila olish, tahlili fikrlash qobiliyatlari. Bu ilmlar kurslarda yoki ta'lim muassasalarida alohida o'qitilmaydi. Bu insonning tajribalari davomida shakllanib, rivojlanib boradigan ilmlardir

Xo'sh..! Hozirgi axborot to'lib toshgan zamonaviy dunyoda qaysi "skills" ni rivojlantirish muhim !?

Hozirgi kunda "Hard skills"ga ega bo'lgan mutaxasisslar yildan yilga ko'paymoqda shu bilan birga ishsizlar soni ham. Ammo, ikkinchi tomondan esa kompaniyalar yaxshi kadrlar topa olishmayabti, nega!?

Kompaniyalar asosan hozirgi kunda "Hard skills" bilan birgalikda, to'g'ri qaror qabul qila oladigan, tanqidiy fikrlay oladigan, Komunikatsion ko'nikmalari kabi "soft skills" yaxshi rivojlangan mutaxassislarni qidirishyabti, chunki "Hard skills"ni 1 2 yil ichida amaliyotda o'rgatib olishar ammo "soft skills" ni o'rgatishi qiyinroq kechadi va ko'proq vaqt oladi.

Shuning uchun hozir va kelajakda kerakli mutaxassisga aylanmoqchi bo'lsangiz "hard skills" bilan birgalikda "Soft skills" ga ham alohida e'tibor qaratishni maslahat bergan bo'lardim!

Sizlar qanday fikrdasizlar, izohlaringizni kutaman:)

Telegram: @amirbekdeveloper
Instagram: @amirbekdeveloper
🔥8👍5👏4❤‍🔥31
Assalomu alaykum!

Barchamizga ramazon hayiti muborak bo'lsin, alloh taolo ixlos bilan tutgan ro'zalarimizni va ibodatlarimizni qabul qilgan bo'lsin, keyingi ramazonni ham sihat salomatlikda oilalarimiz davrasida kutib olib, ibodatlarni amalga oshirish nasib qilsin🤲

Hurmat bilan Og'abek Tirkashov
Telegram: @amirbekdeveloper
5🕊21❤‍🔥1👏1🎉1
2000-yillar iqtisodiyoti: Diplom ol, mansab pillapoyalaridan ko‘taril.

2010-yillar iqtisodiyoti: Tez harakat qil, yangilik kirgit, kengay.

2020-yillar iqtisodiyoti: Buni sun’iy intellektga topshir.

2030-yillar iqtisodiyoti: Mashinalar uddalay olmaydigan narsalarni egallab ol.

2030-yilda eng yuqori maosh oladigan odamlar texnik xatoliklarning oldini oladiganlar emas,
balki munosabatlar (insoniy aloqalar) buzilishining oldini oladiganlar bo‘ladi:

Og‘ir xabarni yetkazarkan, bemorning ishonchini saqlab qoladigan shifokorlar

Mijoz nimani yashirayotganini sezadigan yuristlar

ChatGPT shunchaki sifatsiz matn yaratadigan paytda yuraklarga yetib boradigan hikoyalar ayta oladigan ijodkorlar

Hamma bir xil AI tomonidan yozilgan kodga ega bo‘lganda ham mahsulotni sota oladigan va bozorga to‘g‘ri taqdim eta oladigan startap asoschilari

P.S. yuqoridagi matnni internetda o'qib qoldim. Sizlar bilan bo'lishgim keldi. 100% muallifning fikriga qo'shilaman. O'zbekistonda yillari 1 2 yilga farq qilishi mumkin ammo sodir bólishi ehtimoli yuqori holatlar
🔥32👍2👏1
Rivojlanishga qaror qilgan kunim...

Men rivojlanishga qanday qaror qilganimni aniq eslolmayman. Lekin hayotimdagi eng katta burilish – o‘zimga ustoz topganim edi.

TATU Qarshi filialida o'qirdim, IT sohasi bo‘yicha harakat qilayotgan edim. Qarshida yashardim. Bu yerda IT kompaniyalar yo‘q edi. Toshkentga ko‘chib ketishga imkonim yo‘q.

Ko‘pchilik bunday paytda shunchaki taslim bo‘ladi. Men esa imkoniyat yaratishga qaror qildim. Kursdosh do'stim bilan birgalikda ta’lim muassasalari uchun raqamlashtirish tizimi yaratdik. Bu tizimni “Ilm-u Ziyo” akademiyasiga taklif qildik. 2022-yil 23-sentyabrda ishga qabul qilindim. (Bu yerga bir necha oy oldin "Mobile dasturlash" bo'yicha kurs qilish taklifini bergandim ammo shartlarida kelisha olmagandik. To'g'rirog'i o'z qobig'imdan chiqishga qo'rqqandim)

Oradan ikki oy o‘tib, noyabrda ustozim Bobirjon Yo‘ldoshev o‘ziga assistent qidirayotganini bildim. Men o‘zimni taklif qildim.

Bu oson qaror emas edi. IT sohasidan chiqib, butunlay yangi yo‘nalishga – biznesga o‘tish kerak edi. Lekin ustozimning ishlash uslublari, o‘qiyotgan kurslari, o‘qiyotgan kitoblari menga ishonch bergan.

Boshida qiyin edi. Men IT mutaxassisi edim, biznes jarayonlardan bexabar edim. Har kuni ustozim xonasida o‘rgandim. Kitoblar oldim. Eslab qololmasam ham yozib bordim. Mustaqil o‘rganishni davom ettirdim.

Ustozim menga xatolarga yo‘l qo‘yishga imkon bergan. Har bir xato – o‘sish edi. Loyihalar ko‘paydi, mas’uliyatim ortdi. Toshkentga ko‘chib, yanada katta loyihalarni boshladik.

Bugun bir nechta loyihada rahbarlik qilaman. Daromadim yaxshi. O‘zimga ko‘proq vaqt ajratyapman.

Kechalari ofisda qolib ishlagan kunlarim endi meva berayotganini ko‘ryapman.

Men shikoyat qilish o‘rniga imkoniyat topganman. Eng to‘g‘ri qarorim – ustoz tanlaganim bo‘lgan.

Yo‘lini topa olmayotgan yoshlarga aytaman:
Mayli oyligi kam bo‘lsin, yo‘q bo‘lsin, Lekin ustoz toping. O‘rganing. Isbotlang.

Ilm o‘rgangan, mehnat qilgan, ota-onasining duosini olgan odamni mag‘lub qilib bo‘lmaydi.

Men buni endi tushunyapman...

Siz hayotingizda eng to‘g‘ri deb hisoblagan qaroringiz qaysi?
Fikrlaringizni izohlarda qoldiring.

Telegram: @amirbekdeveloper
👍9🔥4❤‍🔥11👏1💯1
AI ishlamayaptimi yoki noto'g'ri savol beryabmizmi?

Ko‘pchilik sun’iy intellektdan kutilgan natijaviy javob ololmaydi. Ammo sabab texnologiya emas — savol berish uslubida deb bilaman.

Odamlar AI’ni faqat oddiy ma’lumotlar uchun so‘rashmoqda: “Bu nima?”, “Nega shunaqa?”, “Kim topgan?”
Natijada AI ularga faqat Wikipedia’dagi faktlar kabi javob beradi.
Aqlni kengaytiradigan, qarashlarni o'zgartiradigan, yangi darajaga olib chiqadigan savollar esa kam.

Men ko‘rgan odamlarning ko‘pi ChatGPT’ni hali ham oddiy “aqlli bloknot” sifatida ko‘radi.
Lekin aslida bu vosita — sizni fikrlatadigan, o‘rgatuvchi va hatto strategiya tuzishga yordam beradigan hamkor.

AI’dan yaxshi foydalanish uchun kengroq fikrlashni o‘rganish kerak.
To‘g‘ri savol berishni o‘rganmaguncha, sizga beriladigan javoblar ham yuzaki bo‘ladi.

Aytingche, sizning hayotingizda AI ning qanchalik foydasi tegyabti?

telegram: @amirbekdeveloper
🔥62👌21
Birinchi loyihamda qilgan eng katta xatolik...

Universitet qabuli bo‘yicha katta loyiha edi. Men ustozimga yordam berayotgan edim. O‘zim uchun bu – tajriba edi. Asosan operatorlar va sotuv bo‘limining ish jarayonlariga javobgar edim.

Dastlab ishlar yaxshi ketayotgandek edi. Lekin loyiha kengaygani sayin yangi operatorlarga ehtiyoj sezila boshladi. Men bir necha kishini o‘zim suhbatdan o‘tkazdim. Texnik jihatdan savollar berdim, bilimlarini sinadim — yomon emas edi. Lekin bir narsani e’tibordan qoldirgan ekanman.

Oradan biroz vaqt o‘tgach, 2–3 ta xodim bilan xayrlashishga to‘g‘ri keldi. Sababi? Qadriyatlar. Aniqladikki, ular bilan jamoaviy qadriaytlarimiz borasida moslik yo‘q edi. Kimgadir bu mayda narsa tuyulishi mumkin, lekin jamoada ishonch va tartib buzilsa, butun tizim sekinlashadi balki izdan chiqib ketishi ham mumkin.

Bu xatolik jamoada ritmni pasaytirdi. Eng asosiysi — ustozimning menga bo‘lgan ishonchi ham bir oz sinovdan o‘tdi. “Balki bu hali tayyor emasdur,” degan fikr ham bo‘lgandir ichlarida. Yaxshiyamki, yana imkon berishga qaror qildilar.

Saboq: Endi bitta narsani aniq bilaman — texnik ko‘nikma — bu o‘rganiladigan narsa. Lekin qadriyat – bu hayotiy asos. Shu sabab, xodim tanlashda quyidagi 3 narsani birinchi o‘ringa qo‘yaman:

1. Qadriyat – ayniqsa halollik va to‘g‘ri so‘zlik biznikiga mosmi?
2. Energiya – o‘z ustida ishlashga ishtiyoqi bormi?
3. Aql – fikrlash salohiyati, muammoni yechish tezligi qanday?

Texnik bilimmi? O‘rganiladi. Lekin qadriyat mos emas bo‘lsa — nafaqat jamoa, balki loyiha ham to‘xtaydi

Agar siz hozir jamoa izlayotgan bo‘lsangiz yoki yangi loyiha boshlab, uzoqqa borishni niyat qilgan bo‘lsangiz — odam tanlashda avvalo shu jihatlarga qarashingizni, "texnika"ni emas, insonni tanlashingizni maslahat bergan bo'lardim.

💬 Siz-chi? Jamoangizni yoki ishingizni qanday topgansiz? Hozir nima uchun shu jamoada ishlayapsiz? Izohlarda yozib qoldiring.

Telegram: @amirbekdeveloper
🔥3💯21❤‍🔥1
Har bir insonning harakati — ichki maqsadiga bog‘liq...

Ba'zida odamni biror ishni boshlashga hech kuchi yetmaydi. Reja bor, vaqt ham bor, lekin yurmaydi. Chunki ichkarida harakatga undaydigan asosiy sabab yo‘q.

Men shuni angladimki — odam o‘ziga savol bergandagina harakatga tushadi:
“Nega men buni qilishim kerak?”

Agar bu savolga javob bo‘lmasa, miya ham, tana ham ishga tushmaydi. Qanchalik kuchli bo‘lishingizdan qat'i nazar, ichingizda sabab yo‘q bo‘lsa, harakat yo‘q.

Shuning uchun men harakatimni ichki maqsadimga bog‘lab yashayman.
Menda 5, 10, hatto 50 yillik reja bor. Reja — bu ortiqcha yuk emas, bu mening yo‘lim.
Yillik maqsadlarimni oyga bo‘laman, oyni — kunga.
Shunda har bir kunimni “nima qilishim kerak” degan savol qiynamaydi.
Miya biladi: bu harakat — maqsadlarimga olib boradi.

Boshqalar bilan gaplashsam, ko‘pchilik "maqsadim bor" deydi. Lekin bu ko‘pincha oddiy istak bo‘ladi: yaxshi mashina, uy, daromad.
Ularda "nasib bo'lsa bo'ladi" degan xohish bor, lekin bu xohishlar ortida unga yetkazadigan reja yo‘q.
Rejasiz istak esa, siz bilasiz, shunchaki “orzu” bo‘lib qoladi.

Maqsadi tomon harakatlanayotgan odamlar bilan gaplashish zavqli. Ularning ko‘zida o‘t bor, suhbati ilhomli bo‘ladi.
Sababi — ular aniq biladi qayerga ketayotganini, har bir lahzadan imkoniyat izlashadi.

O‘zingizga faqat bitta savol bering:
“Mening harakatim — qaysi maqsadga xizmat qilyapti?”
Agar javob topa olmasangiz — yangi xarita chizing.
Orzuni reja qiling. Rejani harakatga aylantiring.

Sizning harakatlaringiz ham ichki maqsadlaringizga bog‘liqmi?
Izohlarda yozib qoldiring.

Telegram: @amirbekdeveloper
👍5💯411🔥1
Farzand kim bo’ladi, degan savol emas, u kimlar bilan yuradi — degan savol muhimroq!

Ba’zan bola o’z orzusini yo’qotib qo’yadi.
Ota-onasi unga yaxshi gaplarni gapiradi, uyda mehr bor, maslahat bor...
Lekin bola ko’chaga chiqadi — u yerda boshqa hayot, boshqa suhbat, boshqa ta’sir kutyapti.

Uyda “o’qi, odam bo’l” degan gaplarni eshitadi.
Ko’chada esa “bekorchi bo’lish normal hol” degan kayfiyat.

Ota-onalar, shu joyda bir o’ylab ko’ring:
Farzandingiz uyda nima eshityapti — lekin undan ham muhimi, ko’chada kimlar bilan yuribdi?

Ko’p yomon odatlar — chekish, ichish, vaqtni havoga sovurish — uyda emas, ko’chada boshlanadi.
Ota-onasi yaxshi tarbiya bergan bola ham, atrofida ilmsizlik “moda” bo’lsa, oxiri shunga ergashadi.

Shuning uchun bitta oddiy, lekin og’ir savol:
Farzandingiz hozir kimlar bilan do’st?

Do’sti matematika o’qiyaptimi?
Yoki kun bo’yi telefon titkilab, ko’chada vaqt o’tkazayaptimi?

Yoshligida orzusi bo’lgan, qiziqqan, harakat qilgan, lekin to’g’ri odamlar orasida bo’lmagani uchun yo’ldan chiqqan bolalarni ko’rib yuribmiz.
Juda yaxshi qobiliyatlari bor bo'lgan insonlar hozir Rossiyada quruvchi bo'lib ishlab yurubti...
Shunchaki “do’stim ham shunaqa edi” deb, orzusidan voz kechib ketishganini ko’rganmiz.

Bolaga faqat “kitob o’qi” deb aytish yetmaydi.
Uni o’zidan kuchliroq, maqsadliroq, intiluvchanroq bolalar orasiga qo’yish kerak.
O’zi istamayotgandek tuyulsa ham, borgan sari ularga havas qiladi, o’sadi.

Ichida olovi bor bola ko’p.
Lekin shamol qayerdan esishi, qaysi yo'nalishga boshqarishi — sizga bog’liq.

Telegram: @amirbekdeveloper
8👍5🎉2❤‍🔥1💯1