Altair_Uzb
473 subscribers
154 photos
60 videos
5 files
52 links
Kanal turi: Taʼlim, motivasion , shaxsiy blog.

"Mening hayotimdagi voqealar" kanali

Maqsad – birovni kamsitish emas, yaxshilikka yetaklash. Biz siz uchun harkatdamiz.!

Jahongir Murodov Yaxshiboyevich
(Yozuvchi)
@Bir1Kunim

Reklama : @JahongirReklama
Download Telegram
Bugunni hisobidan eng koʼp kirgan ilovangiz. Bu aniq.....😊

🫴. @Altair_Uzb
32🎉1
Reklama boʼyicha murojaat: @AltairReklama
22🎉1
Nima buuuu 😁

🫴. @Altair_Uzb
32🎉1
#sertifikat_natija

⚡️ Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi
📝 2025-yil 29–30-noyabr hamda 5–6-dekabr kunlari biologiya, fizika va tarix fanlaridan bo‘lib o‘tgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.
📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari hamda sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

📊 Test natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagi darajadagi sertifikatlar taqdim etiladi:
🔹 70 balldan yuqori — A+ daraja
🔹 65 – 69,9 ball — A daraja
🔹 60 – 64,9 ball — B+ daraja
🔹 55 – 59,9 ball — B daraja
🔹 50 – 54,9 ball — C+ daraja
🔹 46 – 49,9 ball — C daraja
✔️ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:
🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball
🔸 B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikatlar uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball

❗️ Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

Doim birinchi (Altair)
🫴. @Altair_Uzb
32🥰1🎉1
1 apreldan o‘qituvchi va shifokorlarning maoshi 100 foizga oshadi.
Qirgʻizistonda



Batafsil
🤣422🎉1
2026-yilga toʼldiramiz bu yerni.
Inshaalloh🤲
42🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Tezkor
Endi, texnikum dual taʼlim asosida taʼlim oladigan 100 mingta talabaga, stipendiya toʼlanadi.

Murojatnoma 2025 dan.

🫴. @Altair_Uzb
32🎉1
This media is not supported in the widget
VIEW IN TELEGRAM
22🎉1
Forwarded from Altair_Uzb
100% ishonchli admin tomonidan tekshirilgan .
Biron narsa boʼlsa javobgarlik bizga !


Bepul Uzum kartani rasmiylashtirishga taklif qilaman — u bilan komissiyasiz o‘tkazmalar, Uzum Marketda 30% gacha chegirmalar, 20% gacha keshbek, bepul naqd pul yechish, istalgan maqsad uchun 25 mln so‘mgacha limit va boshqa aksiyalarga ega bo‘lasiz

https://b.2u.uz/ref?c=50&a=Jfy1ERu490

#reklama
32🎉1
2025-yil kanal statistikasi: Aʼlo natija 👌
@TGStat_Bot dan

🫴. @Altair_Uzb
🎉422
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hamma uni “jinniroq” deydi, lekin shunaqami? Jahongir Otajonovni tinglagan odam biladiki, u — san’at olamining haqiqiy qirolidir. 🎤

Uning san’ati o‘ziga xos, beg‘ubor va hech qachon eskiroq bo‘lmaydi. Tengini topish qiyin, chunki u har bir qo‘shig‘ida o‘z ruhini, o‘z hayotini va o‘z his-tuyg‘ularini to‘kadi.
U qo‘shiq aytarkan, siz nafaqat uni tinglaysiz, balki uning dunyosiga kirib borasiz. Har bir ohang, har bir nota sizni boshqacha hisga soladi: ba’zida xotirjamlik, ba’zida hayajon, ba’zida esa yuragingizni larzaga soladigan chuqur dard. Uning qo‘shiqlari sizga faqat musiqiy zavq emas, balki ruhiy kechinmalarni ham taqdim etadi.
Jahongir Otajonov — bu faqat ovoz emas, bu hayot, bu hislar, bu sevgini, og‘riqni va quvonchni qo‘shiq orqali yetkazadigan kuch. Har bir konserti, har bir chiqishi sizni hayratda qoldiradi va unutib bo‘lmas lahzalarni taqdim etadi.
Shaxsan men uchun u juda zo‘r artist. Siz tinglaganmisiz?

(Gʼaybulla Tursunov ni Konsertidan)

🫴. @Altair_Uzb
42🎉1
#parcha

Yerga talashib kim-kimlar podsho boʼldi,
Oxir baribir inson yerga emas, yer insonga to‘ldi
.


–Jahongir Murodov (Altair)
🦅😕😎

(Allohga oshiq qalblar) kitobimdan.

🫴. @Altair_Uzb
43🎉1
Forwarded from 1 Kunim
2025 — tahlil



2025-yil mening hayotimda oddiy yil bo‘lmadi. Bu yil menga juda katta ta’surotlar, og‘ir-yengil sinovlar va eng muhimi — katta tajriba berdi. Har bir kun, har bir voqea o‘zicha saboq bo‘ldi. Bu yil meni sindirish uchun emas, pishitish uchun kelganini vaqt o‘tib tushundim.


2025 menga sabrni o‘rgatdi. Allohga yanada yaqinlashtirdi. To‘g‘ri, o‘qishdan yiqildim — lekin bu hayot to‘xtab qoldi degani emas. Bugun bo‘lmasa, ertaga bo‘ladi. Alloh peshonamga nima yozgan bo‘lsa, shunga roziyman. Nolimayman. Har kunimga Alhamdulillah deyman. Chunki yiqilish ham oxir emas, ba’zan boshlanish bo‘ladi.


Yomon tomoni bo‘ldimi? Yo‘q. 2025 yil chiroyli o‘tdi. Har bir kunimiz o‘tib boryapti, yoshimiz yana bir yilga oshyapti. Vaqt hech kimni kutmaydi. Tayyorlandik, qo‘ldan kelgancha harakat qildik — kam bo‘lgandir, o‘qishga o‘xshamagandir. Lekin bunda ham hikmat bor. Balki Alloh biz uchun bundan ham yaxshiroq narsalarni tayyorlab qo‘ygandir.

Eng muhimi — tajriba oldik.
Uzoqdan kuzatib yuradigan, qo‘shtirnoq ichidagi “odamlar” ham yo‘q emas. Ular hozir ancha xursand. Bilmadim, mening o‘qishga kirganim yoki kirmaganim ularga nima beradi.
Lekin biron muvaffaqiyatsizlikka uchrasam, ularning boshi osmonga yetadi. Mayli. Shunaqa odamlar ham kerak ekan — ularga qarab odam battar o‘sadi, battar kuchayadi.
Bu yil qalbga ham bir-ikkita “keb ketganlar” bo‘ldi. O‘zini zo‘r ish qildim deb yuribdi.
Mayli, ularga ham kulib qo‘ydik — oddiy. Lekin bir narsani unutmasinlar: men aldanmadim, siz o‘zingizni aldadingiz.

Yana bir haqiqatni angladim: kambag‘alning chiroylisi bo‘lmas ekan, boyning xunuki. Lekin pul ham, mansab ham men uchun hech narsa.
Odam bo‘lsa bas — hammasiga qo‘lim ko‘ksimda. Aka-uka deb ketaveraman. Bu o‘zimni maqtash emas. Kim qanday tushunsa, o‘ziga bog‘liq. Men shunchaki birovga taqlid qilmayman. O‘zimni ko‘rsatishni yoqtirmayman. Iloji bo‘lsa, odam kam joyda yuraman va hech kim qilmagan ishlarni qilishni yaxshi ko‘raman.

Yangi yil masalasiga kelsak — menga uning qizig‘i yo‘q. Chunki har kuni yangi yil desa bo‘ladi. Masalan, ertaga 30-dekabr — bu ham 2025-yilning yangi kuni. O‘zgarishni “ertadan” emas, hozirdan boshlash kerak. Hozir ayni vaqti. Hozir. Hozir.

Yaqinda juda katta yangilik bor. Uni sizlar bilan albatta bo‘lishaman. Hozircha shunchaki: UzMecan.
Oldinda rejalari ko‘p, niyatlari katta, yo‘li uzun bir inson turibdi. 2025 menga kuch berdi.

Endi navbat natijaga.

Yaqinda katta yangilik…
😎


. ☝️🏻@Bir1kunim
53🎉1
UzMecan !? 🤫
52🎉1
Bugun Bilim va malakalarni baholash agentligi e’lon qilgan xabarga ko‘ra, kimyo, matematika va geografiya fanlaridan 27–30-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan milliy sertifikat imtihonlari natijalari 2-fevral kuni e’lon qilinar ekan.

Lekin savol tug‘iladi:
👉 ikkinchi milliy sertifikatga to‘lov qilishning oxirgi kuni 31-yanvar bo‘lsa,
👉 natijalar esa undan keyin — 2-fevralda chiqsa,
👉 bu holat talabgorlar ustidan kulish emasmi?

Tabiiyki, bunday vaziyatda talabgorlar ularga qo‘ng‘iroq qilib aniqlik kiritmoqchi bo‘ladi.

Yoki agentlik talabgorlarga o‘zlarini tez-tez eslatib turishini xohlaydimi,
call-markazga tinimsiz telefon qilishimiz kerakmi?

🫴. @Altair_Uzb
32🎉1
🎉@Altair_Uzb obunachilariga yangi yil muborak! 🎄
Hurmatli obunachilar!
Sizlarga 2026-yil yangi baxt, sog‘lik va muvaffaqiyatlar davom etsin.
Har bir kuningiz quvonch, omad va ilhomga to‘lsin!
Yang Yil Bilan!

Yangi yil bu shunchaki yangi kun,
Unda hech qanaqa moʼjiza yoʼq.

🫴. @Altair_Uzb
73🎉2
Forwarded from 1 Kunim
19 yoshga kirdim…
Lekin ichimda 50 yashar odam yashayotgandek.
Gap tashqi ko‘rinishda emas — ichki holatda.

Odamlarning gapi menga o‘tmaydi.
Bir tiyinga ham o‘zim xohlagandek yashayman.
Odamlar baribir gapiradi:
— u unday ekan,
— bu bunday ekan…

Shuning uchun eng muhim gapim:
Hech narsadan uyalman.
Tashqi ko‘rinishingdan ham emas.
Bu kiyim eski ekan, bu yangi ekan, ovozim xunuk ekan, odamlar nima der ekan — bularning hammasi bahona xolos.
Hech kim ideal emas.
Har kimning o‘z kamchiligi bor — biri bunday, biri unday.
Odamlarga ortiqcha e’tibor berma.
Ular baribir gapiradi.
Ko‘pincha esa seni ko‘rolmagani uchun gapiradi.

Men buni ko‘p marta aytganman:
Mening kasbim boshqa edi.
Hozirgi yo‘limga (medga) ko‘nikish qiyin bo‘lyapti.
Ichimdan xohish yo‘q, yurak tortmaydi.
Kirsam ham, eplab ketishimga ko‘zim yetmaydi.
Chunki bu yo‘lni men tanlamaganman — majburlab tanlatishgan.
Lekin baribir oʻz yoʻlimda ketaman 😎

O‘zimning shaxsiy fikrim bor, orzularim bor.
Lekin “jim”, “unaqa dema”, “shunday bo‘lasan” degan gaplar bilan bosib qo‘yishdi.

Bilasanmi, nega O‘zbekiston rivojlanmaydi?
Chunki bola intilib chiqaman desa, kattalar uni to‘xtatadi:
— Bizning oiladan bunaqa kasb chiqmagan,
— Otang shunaqa bo‘lganmi,
— Pulimiz yo‘q,
–San buni eplolmaysan...
Natijada nima bo‘ladi?
Bola ruhan sindiriladi.
O‘ziga bo‘lgan ishonchi o‘ladi.
Fikr bildirishni o‘rganmaydi.
Jamiyatda jim bo‘lib qoladi.

Hammasi avvalo oiladan boshlanadi.
Agar ota-ona bolaga kasb tanlashni o‘ziga qo‘yib bersa, u ishidan zavq oladi.
Majburlik bilan tanlangan kasb esa insonni asabiy, charchagan va sovuq qiladi.
Shuning uchun men doim asabiyman.

Eng achinarlisi —
19 yoshdaman, lekin hali ham velosipedda ko‘chaga chiqishga ruxsat yo‘q.
Tushunyapsizmi?
19 yosh.

Ichimda juda ko‘p o‘ylar bor.
Kichkina tanada, kichkina miyada sig‘mayotgan dardlar.
Lekin bilaman — hammasi Allohdan.
Qanday dard bersa, davosini ham O‘zi beradi, inshaAlloh.


Ba’zan bir nuqtaga termulib qolaman:
“Men nima qildim?”
“19 yoshga kirdim, oilamga bir so‘m foydam tegmadi.”
“Parazit bo‘lib yuribman.”
“Men nima uchun yashayapman?”
Atrofimdagi tengdoshlar otasiga mashina mindiryapti.
Alloh ulardan rozi bo‘lsin.
Bizda hasad yo‘q — bizga ham nasib etsin.

Do‘stlarim ham sekin yuz o‘giryapti.
Yangi yil oqshomida sinfdoshlar yig‘ilamiz dedi — bora olmadim.
Ular hafa bo‘ldi:
“Doim sen bir narsaga qo‘shilmaysan”, deyishdi.
Nega shunday bo‘lib qoldim — o‘zim ham tushunmayman.

Men go‘yo ikki xil odamman:
— Abitgacha paytida kayfiyat 100%,
— Abitdan keyin esa 0%.
Hammasi tugagandek bo‘ldi.
Shunchaki “ee” deb qo‘yaman.
Alloh menga sabr bersin.
Yo‘l ko‘rsatsin. 🤍

Fikringizni kutaman!

. ☝️🏻@Bir1kunim
53🎉1
Unutma oʻlim bor
32🎉1