Samolardan balanda ↠
5 subscribers
3 photos
4 videos
Download Telegram
lekin yaxshi niyyat alloh har narsaga qodir ..
Hayit bayramiylar muborak 🔣🎁

mana haqiqiy mominning bayrami bayram qililar konglni yozinglar halollikdan tashqariga chiqmagan holatda !
tuglgan kun yangi yil qilishni qoying haqiqiy bayramingiz mana shu kongllar hursand boladigan kun birodarm dam ol mana bugun hursandchilik kun hamma gamingni esdan chiqargin alloh bugungi kuningni mukofot qildi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍4
اللَّهُمَّ اغْفِرْ لي، وَارْحَمْني، وَاهْدِني، وَعَافِني، وَارْزُقْني

Yolgiz qolgan vaqtda sajdada va yolda duoni oqib yurlsa alloh unga qabliga shunday bir hotrjamlik soladiki sizni alloh tashlab qoymaganini his qilasiz va ichki ruhiy kuchingiz oshadi va qalbdagi gazab pasayadi hulq ozgaradi haqiqat yoliga kirishingiz asonlashadi haqiqat yoliga kirgan inson abadiy nurga kiradi dunyoni tanlagan inson vaqtinchalik lazzatlarga ucharb yuraveradi va halokatga boradi
_Alloh istagan kishisini adashtradi istagan kishisini hidoyatga soladi!
-adashtirsa shunday adashtiradiki sizga qilayotkan yomon amalingizni chiroyli korsatb qoyadi va yaxshi ish qilayabman deb oylab qolasizham

Duo va zikrni Alloh tilimizga oson ornashtrb qoysin zora najot topsak!
Alloh bizga rahm qilsin !
📍"Allohga qarshi yashab, Allohga rahmat umidida o‘lish — bu johillikdir."

📌 Gunoh qilib yurgan odamlar:

> "Alloh rahmli-ku, kechiradi", — deydi.
Lekin o‘sha rahmli Zotning do‘zaxi ham bor!
Alloh rahmli, ammo adolatli ham!
مقطع في منتهى الجمال 😍👌 عظمة على عظمة
💎سوره واقعه ۲۲_۲۶
وَحُورٌ عِينٌ
22. Va (ularga beriladi) husn-u jamolga ega husnli (ko‘zlari katta) hurlar,

كَأَمْثَالِ اللُّؤْلُؤِ الْمَكْنُونِ
23. Go‘yo ular (hurlar) qobiq ichidagi durday yashiringan (go‘zal va pokiza).

جَزَاءً بِمَا كَانُوا يَعْمَلُونَ
24. Bu (barchasi) ularning qilgan amallari uchun mukofotdir.

لَا يَسْمَعُونَ فِيهَا لَغْوًا وَلَا تَأْثِيمًا
25. (Jannatda) ular behuda va gunoh so‘zlarni eshitmaydilar.

إِلَّا قِيلًا سَلَامًا سَلَامًا
26. Faqatgina «Salom, salom!» degan so‘zlar eshitiladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Мусибатлар ва азизлик йўли

Биз мусибатлар ҳақида гаплашамиз. Мусибатлар кичик бўлса-да, бирдан катта бўлиб кетиши мумкин. Бу Aллоҳ таолонинг бизни азизликка чиқараётгани бўлади. Aзиз бўлмоқчи бўлган киши аввало хорликка учрайди. Ҳаётда энг яқинларимиз бизга энг оғир нарсаларни яшатади.
Мусибат деган нарса сени қалбингга яқин бўлганлар сени жароҳатлаши дегани. Баъзан бизга хайрли бўлган йўллар биз истамаган шаклда келиши мумкин, аммо биз Aллоҳнинг қулларимиз ва унинг истакларига розиймиз. Мусибат бўлмаса инсон илм олмайди, кўзини очмайди, ибодатга келмайди, дуо қилмайди ва Aллоҳни таний олмайди.


Мусибат сабрни уйғотади – Сабр қилган киши Аллоҳга яқинлашади. Сабр эса жаннат калитидир.

Мусибат қалбни поклайди – Гуноҳларни ювади, таккаббурликни синдиради, қалбни юмшатади.

Мусибат ҳақиқий дўстни кўрсатади – Ким сизни оғир кунда қўллаб-қувватласа, ана ўша ҳақиқий дўст.
وقالت امرأة فرعون قرة عين لي ولك لا تقتلوه مقطع غايه فى الروعة…
💠 سوره قصص
﴿٩﴾ وَقَالَتِ امْرَأَتُ فِرْعَوْنَ قُرَّتُ عَيْنٍ لِّي وَلَكَ ۖ لَا تَقْتُلُوهُ عَسَىٰ أَنْ يَنفَعَنَا أَوْ نَتَّخِذَهُ وَلَدًا ۖ وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ

Fir’avnning xotini dedi:
“Bu (go‘dak) men va sen uchun ko‘z quvonchidir. Uni o‘ldirmanglar! Ehtimol, u bizga foyda yetkazar yoki uni farzand qilib olarmiz.”
Ular esa (haqiqatni) anglamas edilar.

(Ular o‘zlarining dushmanlarini o‘z qo‘llari bilan o‘stirayotganlaridan bexabarlardilar.)

﴿١٤﴾ وَلَمَّا بَلَغَ أَشُدَّهُ وَاسْتَوَىٰ آتَيْنَاهُ حُكْمًا وَعِلْمًا ۚ وَكَذَٰلِكَ نَجْزِي الْمُحْسِنِينَ

(Musoning) kuchi yetib, yetuk yoshga yetganida, Biz unga hikmat va ilm ato etdik.

> Biz ehson (yaxshilik) qiluvchilarga shunday mukofot beramiz.

Mazmuni:

Bu oyatlar Muso (a.s.) hayotini tasvirlaydi:

Fir’avn xonadoniga qanday kirgani – bu Allohning irodasi edi: dushmanning o‘z qo‘li bilan payg‘ambarni tarbiyalashi!
.اللَّهُمَّ لَا تَجْعَلْنِي مِنَ الْغَافِلِينَ، وَاجْعَلْنِي مِنَ الْمُسْتَيْقِظِينَ لِكِتَابِكَ، وَارْزُقْنِي هِمَّةً تَسْتَيْقِظُ قَبْلَ الْفَجْرِ.



“Yā Alloh! Meni g‘ofil qilma! Kitobing uchun uyg‘oq qullardan qil! Sahardan oldin uyg‘onadigan iroda menga rizq qil!”
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun uyg‘ondingmi?
Balki bu senga berilgan OXIRGI imkon edi.
Samolardan balanda ↠
Video
⚡️Ozingizni tiyishni organing
ha islom bu narsalar borasida qattiq qol lekn sz bu narsalarga amal qilishga kuchm yoq degan hayol kelsa albatta bu shaytondan
Ahr roza oyida roza tutishga kuch topa olamizku
Shunchaki kechishni organing haqiqiy Huzurni Qurondan va ilm organishlikdan izlang
Kegin ozingizda bor narsalarni togri yolda ishlatishni boshlaysiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Zuho (Choshgoh) namozi haqida

Ma’nosi va vaqti
Zuho namozi – tong yorishib, quyosh chiqqandan keyin, ya’ni quyosh chiqqanidan taxminan 15–20 daqiqadan so‘ng o‘qiladigan nafl namozdir. Bu namoz peshin vaqti kirguncha davom etadi. Eng afzal vaqti — quyosh osmonda baland bo‘lgan, ya’ni ertalabki vaqtning qizigan chog‘idir.

Rakaatlari:
• Eng kamida 2 rakaat,
• Ko‘pincha 4 rakaat,

Fazilati
1. Rasululloh ﷺ aytdilar:
Har bir insonning tanasida har bir bo‘g‘im uchun sadaqa vojibdir. Zuho vaqtida ikki rakaat namoz o‘qish — shu sadaqalar o‘rnini bosadi.
(Imom Muslim rivoyati)
2. Yana bir hadisda:
Kim Zuho namozini odat qilsa, Alloh taolo uning gunohlarini kechiradi, hatto dengiz ko‘pigicha bo‘lsa ham.
(Termiziy rivoyati)
3. Zuho namozi mo‘min banda uchun kunduzi o‘qiladigan eng afzal nafl namozlardan hisoblanadi.


Qanday o‘qiladi?
• Oddiy nafl namoz kabi niyat qilinadi:
“Niyat qildim Alloh rizoligi uchun Zuho namozini o‘qishga” deb.
• Har ikki rakaatda Fotiha va bir sura tilovat qilinadi.
• Salom berib yakunlanadi.
👍1
اللَّهُمَّ إِنَّا نَسْأَلُكَ حُبَّكَ، وَحُبَّ مَنْ يُحِبُّكَ، وَالْعَمَلَ الَّذِي يُقَرِّبُنَا إِلَى حُبِّكَ
1
“innī / as’aluka” — yolg‘iz o‘zing uchun.

“innā / nas’aluka” — ko‘pchilik uchun.
اللَّهُمَّ أَعِنِّي أَنْ أَكُونَ مُطِيعًا لَكَ فِي خَيَالِي وَعَمَلِي إِلَى الأَبَدِ، وَاصْرِفْنِي عَمَّا يُقَرِّبُنِي إِلَى الطُّرُقِ الَّتِي مَنَعْتَنِي مِنْهَا.
Insonim Hasan

Mehribon doʻstim, akamjonim Hasan,
Ham qarindosh, ham qadrdonim Hasan.

Xoʻp samimiy, begʻubor-u benazir,
Sohibi xulqi hasan, jonim Hasan.

Aqli ilm-u maʼrifat oshuftasi,
Fikri irfon, qalbi Qurʼonim Hasan.

Jonima koʻrsa musibat nayzasin,
Turguchi yonimda qalqonim Hasan.

Ismidan zotiga nisbat onchakim,
Muhsin-u hasson-u ehsonim Hasan.

Volidaynimdan tabarruk yodgor,
Ustixonim, goʻshtim-u qonim Hasan.

Yo Ilohiy, ber unga umri fuzun,
Ofiyat, izzat, sharaf-shonim Hasan.

To Hasan boʻlmay Husayn topmas vujud,
Hoy-u siyn-u nunim, insonim Hasan.

Husaynxon Yahyo Abdulmajid
21.10.2025
Istanbul



Sinvonim* Husayn

Mushfiqim, ulfat, ukamjonim Husayn,
Chin qorindoshim, jigarjonim Husayn.

Gar tilovat etsa, koʻngillar asir,
Aylasa inshod, xushxonim Husayn.

Soʻzlasa, dillar erib, vijdon turar,
Ul masihanfos suxandonim Husayn.

Vaʼzi aql-u ruhga zoʻr ozuqadir,
Koʻzga nur-u, dilga darmonim Husayn.

Totdi yoshlikdan necha dard-u alam,
Misli Ayyub dardga polvonim Husayn.

Qalbi yonmish doimo Haq ishqida,
Boʻldi elga shamsi tobonim Husayn.

Boʻyla oʻngi ichida, botinparast,
Sidq-u siddiq, mehri pinhonim Husayn.

Bitsa ashʼor, boʻysunar vazn-u aruz,
Sursa barmoq, sheri davronim Husayn.

Fiqh-u tafsir-u hadis, ilmi suluk,
Fors, arab tilga bilimdonim Husayn.

Yoʻq akam, oʻtmish otam, ketmish onam,
Mahv etibdir barcha armonim Husayn.

«Yo»si tasgʻirdan emas, taʼzim uchun,
Oxir-u sobiq Sulaymonim Husayn.

Soʻzlasam vasfin tamom, topmas tamom,
Boʻlgusi eng yaxshi dostonim — «Husayn».

Yo Rab, et umrin uzun, jismin butun,
To abad boʻlsin mening yonim Husayn.

Jonim ul «yo»i xitobidan tirik,
Olsa, illo olgusi jonim Husayn.

Bu Hasan boʻlmish Husayn birlan butun,
Xon-u monim, juft-u sinvonim Husayn.

Hasanxon Yahyo Abdulmajid
28.10.2025
AQSH


Izoh: «Sinvon» bir ildizdan chiqqan ikkita xurmo daraxti. U aka-uka, tugʻishgan, oʻxshash, monand maʼnolarini anglatadi. Soʻzning tuzilishi ikkilik siygʻasiga monand boʻlgani bois, asli bir boʻlib, bir-birini tutib, toʻldirib turgan egiz, juft, oʻxshash narsalarga ishlatiladi.
Bu soʻz Qurʼoni karimda kelgani bilan ham ahamiyatli.
Мағфират

Баро ибн Озиб розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: «Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Икки мусулмон учрашганларида қўл олиб сўрашсалар, улар бир-бирларидан ажрашларидан олдин албатта мағфират қилинади», дедилар».

Абу Довуд ва Термизий ривоят қилишган.

Учрашганда қўл бериб кўришиш суннатлигига ҳамма уламолар ижмоъ қилгандир. Қўл бериб кўришиш пайтида Аллоҳ таолога ҳамд ва истиғфор айтиш мустаҳабдир.