IZDOSH YOʻLOVCHI
54 subscribers
180 photos
95 videos
30 links
Bizga mo'jiza sodir bo'lishi kerak emas. Mo'jiza hamma yerda bor. Bu mo'jiza ilm deb ataladi.
Download Telegram
Alloh bandasiga yaxshilikni xohlayotganini belgilari:

•bandaning dinga mehr qo’yishi;

•iymon va ibodatga muhabbatli bo’lishi;

•gunohlardan bezish, hatto kichik gunohlar qilishdan ham qo’rqishi;

•atrofida iymonli do’stlarning ko’payishi;

•yaxshilik qilishga intilish;

•duo qilishni ko’paytirishi;

Aslida Alloh barcha bandalarga yaxshilikni xohlaydi, ammo haqiqiy yaxshilikni topish uchun insonning o‘zi ham niyat qilib, sa’y-harakat qilishi kerak.
💯3🔥21
#maktub

Niyyat qildim...
Qizlarim boʻlsa,xonasining eshigiga shunaqa bir qogʻoz
yopishtirib qoʻyamiz.

"Tinchlik saqlang,ovozingizni
koʻtarmang.Bu xonada qoriyalar bor.
Kirishdan avval taqilating,kirayotganda oʻng oyoq bilan "Bismillah" deya kiring".

Juda uzun boʻldi-yu ha mayli,oʻsha paytda qisqaroq va mazmunlirogʻini toparmiz.
Muhimi, niyat.

Boʻlajak qoriyalarim oʻqishni oʻrganishganida, oʻzlari u gaplarni oʻqishini va bizdan "qoriyalar kimlar"?deb soʻrashini xohlayman..

"Men ham qoriyamanmi"?
deyishini bu nomdan faxrlanib
suyunganidan Qu'ronini quchishini, Qu'ronini yanada koʻproq muhabbat bilan oʻqib yod olishini istayman..

"Qoriyalar xonasi"..
"Qoriylar xonasi"..
In Shaa Alloh, uyimizda jannatdan bir bogʻcha boʻladi.😊
❤‍🔥54👍3🔥1
Kuz ranglari…
71👍1🔥1👏1
Duo qilib turila
🤝7❤‍🔥31
Hayotga bir marta kelasan - ibodatlaringni o’tkazib yubormasliging kerak.

Hayotga bir marta kelasan- ko’proq yaxshilik qilib qolishing kerak.

Hayotga bir marta kelasan- ilm olib qolishing kerak.

Hayotga bir marta kelasan- ota onanga yaxshilik qilishga ulgurib qolishing kerak.

Hayotga bir marta kelasan- iymon halovatini totib ko’rishing kerak.

Hayotga bir marta kelasan…
4🔥4👍2
Ba’zida hayotingdagi eng katta muammo - nima xohlashingni bilolmaslikdir
👏4🔥3
Qadarga iymon keltirmagan qalbning ichida doimo norozilik hissi yashaydi.
Nega mening hayotim bunday? Nega aynan men?..

Bu savollar odamni ichidan yemiradi. Zero, qismatga ishonmaydigan inson har bir holatni nazorat qilishga urinadi, lekin hayot bizga hamma narsani nazorat qilish imkonini bermaydi.

Qachonki, inson:
"Robbim menga nima bergan bo‘lsa unda hikmat bor" deb ayta olsa, shu ondan boshlab qalbi yengillashadi.
💯4🔥3👏2
#iqtibos

"Rost bilan yolg'onning o'rtasi — to'rt enlik", degan gap bor. Qiziq, nega endi o'z emas, ko'p emas, to'rt enlik? Gap shundaki, ko'z bilan quloqning orasi — to'rt enlik ekan. Eshitganingga emas, ko'rganingga ishon... Maqsad — shu.

O'tkir Hoshimov
👍5👏2💯2
Vaqt o'tishi bilan shuni tushunib yetasanki, yagona boylik – bu ota-onang sog'lig'i, hayotingda seni sevuvchi insonlarning mavjud bo'lishi, sayohatlar va sevimli ishing bilan shug‘ullanish imkoniyatidir.
🔥5💯3👍1👏1
Oldin o’zim ham qachonlardir dunyoga “pushti ko’zoynaklar” orqali qaraganman. Hozir dunyoga shunaqa qaraydiganlarga : ey ko’zingni och hayot sen o’ylagandek emas “ degim keladi.
Ayniqsa o’zimdan yoshlarga.

Lekin bir narsa aniq. Men o’zim ham shu etap dan o’tganman. Demak ularni ham qachondir pushti ko’zoynaklarini sindirishadi. Men hozir qancha gapirsam ham foydasiz.

Xulosam shuki:
Inson qachon o’zi haqiqatni anglasa ( boshqalar aytgani uchun emas) shundagina haqiqatga ishonar ekan.
🔥5💯2👍1👏1
Payg‘ambarimiz ﷺ juftiga doim hurmat bilan muomala qilar edilar…
Erkalatib, maxsus ismlar bilan murojaat qilar edilar…
Oisha onamizni «Ko‘zimning qarosi» der edilar…
Ba’zan «Ey Oisha, gapir, ko‘nglimiz yorishsin» der edilar…
Juftini tinglab, ko‘ngli huzur oladigan juft edilar…
Ba’zan og‘ir kunlarida, siqilgan vaqtlarida,
Oisha onamizga: «Qo‘lingni ber, Oisha, ichimiz yorishsin», — deb qo‘llaridan tutar edilar…

Ha, Ular ana shunday sevganlar.. )

©Ummat onalari
8🔥2👏2