Yakka Sada kitobxonlari
71 subscribers
253 photos
50 videos
21 files
44 links
Kitobni satrlarni o‘qir ekansan ham tabassum qilasan, ham yig‘laysan.  Kitob o‘qing,
insoniylik tuyg‘usini his qiling...
«Kitob yoqishdan ham og‘irroq jinoyat bor, masalan, uni o‘qimaslik»;anonim yozish kanalni adminga https://sprosi.link/al_addl
Download Telegram
Oqillar uch xil bo‘ladi:
• Dunyo uni tark qilmay turib, dunyoni tark etgan kishi;
• Yaratuvchisiga yo‘liqmay turib Uni rozi qilgan kishi;
• Qabrga tushishidan oldin uni obod qilgan kishi.
Siz ham oqillardan bo‘ling!

Asalomu aleykum!

@Al_AddL
Kaltak va tarbiya

Aksariyatimiz bola tarbiyasida ota-onamizdan oʻrganganlarimizga tayanamiz. Ammo taassufki, yuz yildan koʻproq vaqtdan beri bu jamiyatda notoʻgʻri “tarbiya” hukmron. Ommaviy madaniyatning eng ogʻriqli nuqtasi ham shunda deyish mumkin. Bobosi jang maydonlarida toliqqan, otasi qishloqda tugʻilib-oʻsib oʻqishga imkoni boʻlmagan bugunning kattalari hayot tashvishlariga shu qadar berilganlarki, hatto, hovuchlari orasida bolalarini yoʻqotayotganlarini anglamaydilar ham.

Kaltak jannatdan quvilganmi?

“Kaltak jannatdan chiqqan” iborasi sharq dunyosi kishilarining ongiga shu qadar singib ketganki, ota-onalar bu jumlani ilohiy soʻzlarni talaffuz etgandek ishlatadilar. “Kaltak jannatdan chiqqan” degan yolgʻonni kim kashf qilib, hayotga tatbiq qilgani noaniq, ammo kim bo‘lsa ham yolgʻoniga goʻzal toʻn kiydiribdi. Diniy atama bilan birga qoʻllab, kaltak soʻziga odamlarning tilini shunchalik oʻrgatib yuborishibdiki, baʼzi oilalarda tarbiya deganda bola shoʻrlik kaltakni tushunadigan boʻlib qolgan. Lekin oʻylab ko‘rilsa, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam “jannatdan chiqqan” usulni hech qoʻllamaganlar. Rasululloh hech qachon bolani urmaganlar, hatto baland ovozda, tahdidli tanbeh bermaganlar. Shuning uchun kaltak jannatdan chiqqan emas, chiqqan boʻlsa ham u jannatdan quvilgan desak to‘g‘riroq bo‘ladi!

Muhtaram ota-ona! Zinhor bolangizni urmang, kaltaklamang! Bolasini kaltaklab “tarbiya”lagan bir qancha ota-onalar bugun mehrga zor, iztirob va nadomatda yashayaptilar. Bolasini urib-soʻkib, goʻdakning mungʻaygan yuziga qarashga yuragi betlamay boshqa xonaga kirib yigʻlagan ota-onalarni ham ko‘p bora ko‘rganmiz.

Bolani kaltaklash — chorasizlik Chorasizlik esa ilmsizlikdandir. Bolangizning oʻyinqaroqligi, shoʻxligi bilan qanday kurashish kerakligini bilmasangiz, ilmsizligingiz alamini bolangizdan olishga haqqingiz yoʻq! Kaltak bolani yo surbet qiladi, yoki yolgʻonchi qiladi. Ursang eti, soʻksang beti qotar, degan gap bejiz emas.

@Al_AddL
Imom G’azzoliy - Nafs tarbiyasi

Kitob juda foydali bo’ldi deya olaman.

Xatolarim bilan yuzlashtirdi. “O’zingga kel, qayoqqa qarab ketmoqdasan, sen boshqa yo’ldagi inson edingku” degan ovozlar eshitildi.

"Gunohga botgan bir kimsa bo’lsang ham hikmat majlislaridan uzoq qolma! Men shu gunohkor yashash tarzimni tark qila olmayman! “Bunday majlislarga kelmoqlikning nima foydasi?” bor deb o’ylama! Zero, merganning vazifasi nishonga otmoqdir. Bugun nishonga urolmasa, ertaga albatta, uradi.
Otalar ikki xil bo‘ladi:

1. Tarbiya ekuvchi otalar. Ular har kuni tarbiya yoki axloq asoslarini farzandlariga uqtirib boradilar. Ular farzandlarining xato qilishini kutib o‘tirmasdan to‘g‘ri yo‘lga soladilar. Bunday otalar kam, ammo ularning ta’siri ko‘pdir.

2. Axloq tuzatuvchi otalar. Ular xato sodir bo‘lguncha yuraveradilar, farzandlari xato qilgandan keyingina ahvolni to‘g‘rilaydilar. Ular juda ko‘p, lekin ta’sirlari oz.

Sen tarbiya ekuvchi otalardan bo‘l, xatodan keyin uni to‘g‘rilovchi otalardan bo‘lma! ©

Asl otalar kitobidan.
Insonning hayotida u yolgʻizlikda koʻtarolmaydigan holatlar boʻladi.
Va aynan shunday holatlarda—hamdardlik, qaygʻurish, qoʻllab-quvvatlash u uchun suv va havodek ahamiyatli boʻladi.
Ba’zan shu qadar qiyin boʻladiki, inson unga nima boʻlayotganini tushunmaydi, sekin astalik bilan tubsizlikka choʻkib boradi.
Uning yonidagi insonlar shunday paytlarda juda muhim rolda boʻladilar:
dildan gaplashish, qiyin vaziyatni muhokama qilish, hamdard boʻlish, tinchlantirish, chalgʻitish,
“hozir qiynalyapsan, lekin bu albatta oʻtib ketadi, men yoningdaman”
kabi soʻzlar bilan qoʻllab-quvvatlash orqali yordam qilishlari mumkin.
Aynan shu soʻzlar bilan yana yuqoriga koʻtariladi inson.

Ajiyb..yonimizdagi yaqin insonlar yordamida tubsizlikdan chiqish yoki aksincha u yerga tamoman gʻarq boʻlish tajribasini orttiramiz a..?
Farzandlaringizni:

- Faqat o'zingizga emas, jamiyat uchun foydali inson bo'lishi kerak.

- Ular o'zlaridagi iqtidorlarni namoyon qilishiga imkoniyat yarating.

- Ulardan iloji yo'q narsani kutmang.

- Bu dunyoda ularni o'z vazifalari bor.

- Ular bu dunyoga o'zlari xulosa olish uchun kelganlar, sizni xulosalaringiz bilan yashash uchun emas.

- Ular bu dunyoda sizni "O'xshamadi", "Men o'ylagandek bo'lmadi" laringizni o'xshatgani kelmadi.

- Ularni "O'zlari" bo'lishiga imkon bering.

Mehr bu - hamma narsaga ruxsat beruvchi ona bo'lib qolish emas, balki uni boshqalar jiddiy tanbeh berishiga hojat qoldirmaydigan qilib tarbiyalashdir.
#Kitobdan

Holbuki, onalik maqomi boshidanoq omonatchilik kursisidir. Ya'ni, sohiblikdan chiqib, shohidlikka kela olish yoʻlidir, chunki ishning asli shuki, “farzandlarimiz bizniki” emas, dunyoga kelishiga vosita boʻlishimiz ularning bizning molimiz  ekanligini anglatmaydi. Mana shu nuqtai nazar farzandlarimizga boʻlgan munosabatlarimizni tubdan o'zgartiradi.


"Baqirmaydigan onalar” kitobidan
Kitob oʻqib dunyoni qutuqarmassiz balki, ammo oʻzingizni biroz dunyodan qutqarasiz….)

@Al_AddL
#hayrli_tong

Har bir insonning koʻnglida mehr bor: gohida yashirin, gohida oshkor!
Hammaning ongida yaxshi fikr bor, amalga oshirish uchun uni niyatga aylantirsa bas. Odamzotning ruhiyatida ezgu ishlarga ishtiyoq bor, bu qilgan amallarida koʻrinadi...
Sizning ham yaxshi niyatlaringiz ezgu ishlarga vasila boʻlsin. Yana bir yangi kuningiz muborak boʻlsin. Assalomu alaykum!

Bizni kuzatib boring👇
@Al_AddL
Kitob savdosi (hikoya)
t.me/audio_kitobxona
Kitob sevar do'stlarim siz kitob oʻqib dunyoni qutuqarmassiz balki, ammo oʻzingizni biroz dunyodan qutqarasiz..?!
🔥1
Yurtim, ko‘nglingdek keng osmonlaring bor,
Yulduzni yig‘latgan dostonlaring bor.
Osmonlaringda ham diydoringga zor,
Jayrondek termulgan Cho‘lponlaring bor.
Qo‘ling qadog‘iga bosay yuzimni,
Onamsan-ku, og‘ir olma so‘zimni,
Qayinbarglar yopib qaro ko‘zini
Olislarda qolgan Usmonlaring bor.

©️Muhammad Yusuf

@Al_AddL
🔥1
Eringizni bolalar hurmat qilsin.

Farzandingiz doimo otasini o‘zi uchun namuna deb bilsin. Avvalo buning uchun ota o‘z ustida doim ishlashi kerak, "yaxshi ota" unvoniga sazovor bo‘lish uchun-unga loyiq bo‘lish kerak.

🔹Ayollarga bir nechta maslahat:

▫️ Eringizni aybini hech qachon bolalarga aytmang.
▫️ Otasini yomonlamang
▫️ Otasi ular uchun doim harakat qilishini, ularni yaxshi ko‘rishini takror-takror eslating.
▫️ Otasini jahli chiqqan vaqt bolalarni yaqinlashtirmang.
▫️ Ishdan kelganida avvalo o‘zingiz chiroyli kutib oling va otasini qanday kutib olishni ham o‘rgating.
🔥1
Imom Shofeiy rahimahulloh dedilar:
“Kim kiyimini poklabdi, uning g‘amu tashvishi kam bo‘libdi,
Kim xushbo‘y narsa surtsa, uning aqli ziyoda bo‘libdi”.

Izoh: Ilm tolibiga aql va zehnni ziyoda etuvchi sabablarga rioya etishi va chalg‘ituvchi, aqlni band qiluvchi mashg‘ulot va afkorlardan o‘zini ehtiyot qilmog‘i muhimdir. Shuningdek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Poklik iymonning yarmidir», deydilar”.

Imom Muslim rivoyati.

@Al_AddL
Qizlar odobi haqida

Odob bu — shunday narsaki, sening kimligingni, qanday insonligingni va kimlarning farzandi ekanligingni ko'rsatadi. Qiz bolaning odobi esa bu hozirgi kunda juda jiddiy mavzu desa ham bo'ladi. Bugungi kunda ota-onalar qizlarining ko'cha-ko'yda o'zini tutishi, yurish-turishi, muomalasiga jiddiy e’tibor qaratmog’i lozim. Chunki tarbiya avvalo oiladan boshlanadi.

E'tibor berganmisiz yo'qmi oilada buvisi bilan o'sgan qizlarning tarbiyasi boshqacha bo'ladi. Hozirgi kunda aksariyat onalarning ko'p vaqtlari ishda o'tadi, qizlar esa o'zi bilan o'zi ovora bo'lib qolishadi. Ammo uyda yoshi kattalar bo'lsa bu narsa ko'z yumib o'tirmaydilar. Buvilarning ko'proq nevaralariga e'tibori kuchli bo'ladi. Ularga sekin-astalik bilan urf-odatlarimizni o'rgatadilar, uy yumushlariga sekin astalik bilan moslashtirib boradilar.

Qizlar katta hayotga qadam bosar ekanlar, endi ularga jamiyatda qanday yurish, kiyinish kabi narsalar o'rgatiladi. Qiz bola avvalo ko'zga tashlanadigan bir gul desa ham bo'ladi. Hozirgi kunda qizlar turli millatlarga taqlid qilib kiyinishadi, mayli kiyinishsin, bizning qarshiligimiz yo'q, lekin hammasi me'yorida bo'lishi kerak. Ochiq-sochiq kiyinib yurish nafaqat qiz bolaga balki o'g'il bolaga ham to'g'ri kelmaydi. Qiz bola degan nomi bor ekan, ular bu nomga munosib bo’lib, nafislik, hayo timsoli bo’lib tarbiya topishi kerak. Bu faqatgina kiyinishda emas, muomala, ko’pchilik oldida o’zini tutish va hatto kerak vaqtda sukut saqlashda ham o’z aksini topadi.

Buning uchun kattalardan asosan ikki narsa talab etiladi. Bular e’tibor va o’rnak. Otalar, akalar ham ona qatori qizlarga e’tiborli bo’lishi, ona va opalar esa o’rnak bo’lish orqali qiz bolani tarbiya qilishi lozim. Axir aytishadiku, qiz bola ko’chaga chiqqanda nafaqat o’zining, balki otasi, aka-ukalarining nomusini ko'tarib chiqadi deb. Demak, qiz farzandni tarbiyalash nafaqat uning kelajagi uchun muhim, balki boshqa oila a’zolarining jamiyatdagi o’rnini ham belgilab beradi. Shunday ekan, qizlarimizni o’zbekona lutf bilan, iboli, odobli qilib tarbiyalash bugungi kunimizning muhim vazifalaridandir.


Farzand tarbiyasiga oyid kitobdan parcha...
—Mening o'g'lim — do'xtir!
—Mening o'g'lim — mol do’xtiri.
—Shuyam hunar bo'ldi-yu?! Bolangga boshqa kasb qurib qolganmidi?
—Unaqa dema, o'rtoq, hunarning yomoni bo'Imaydi. Men kasal bo'lsam, sening o'g'ling davolaydi. Sen kasal bo'lsang, mening o'g'lim davolaydi!

📚”Daftar Hoshiyasidagi Bitiklar”

@Al_AddL
😁1
hayrli_kun

Hayot juda goʻzaldir! Buni anglash uchun esa, bir oz boʻlsada oʻz muammolaringizdan boshingizni koʻtaring va atrofingizga qarang, atrofingizda qanday goʻzal hayot kechmoqda..! Shunday goʻzallik ichida yashayotganimizga shukur qiling, zero shukronalik baraka keltiradi...
Assalomu alaykum Qadrdon... Yangi boshlayotgan kuningiz xayrli boʻlsin!


@Al_AddL
#Kitobdan
#Uchdan_keyin_kech

   Bola kichik yoshidanoq insoniyatning eng yaxshi yutuqlari ichida bo‘lsin.Mumtoz musiqa tinglang, san’at asarlarini ko‘rsating, badiiy adabiyot o‘qib bering.

   Bolani tez-tez qo‘lingizda ko‘taring. Bunday muloqot bolaning aqliy rivojlanishida katta ahamiyatga ega.

   Chaqaloq bilan chuchuk tilda gaplashmang. Bola bilan tug‘ilgan paytidan boshlab kattalar tilida gaplashing.

   Bola bilan har kuni shug‘ullaning. Hatto bir kunlik mashq ham hayratlanarli natijalarga olib keladi.

   Bolaning oldida urishmang. Farzandingiz salbiy holatlarni ta’sirchanlik bilan his etadi.


@Al_AddL
Munosabatlardagi sevgi va olovni soʻndiradigan ayoldagi ikki sifat:

▶️Haddan ziyoda koʻp nazorat qilish.

Erkaklar nazoratni yoqtirmaydilar, ular uchun ozodlik, shaxsiy chegra muhim.
Uni nazorat qilib, nima qilish yoki qilmaslik kerak ekanini uqtirmoqchi boʻlayotganingizni sezgan zahoti, erkak siz bilan kurashga kirishadi va oʻzining chegaralarini himoya qilishni boshlaydi.

▶️Noshkurlik.

Erining yaxshiliklarini koʻrmaydigan, arzimas narsalar uchun ham minnatdor boʻlmaydigan ayol nafaqat eriga, balki Robbisiga ham shukr keltirmaydi.
Noshkurlik—hamma yaxshi va iliq tuygʻularni oʻldiradi.

Shu ikki narsada nihoyatda ehtiyot boʻling hurmatli ayollar.
Qachon uylanasan?

So'raydigan savollari faqat "To'y qachon?".

Boshqa savolingiz yo'qmi hurmatli "kattalar"?

Aslida biz yosh yigit-qizlar sizlardan quyidagi savollarni berishingizni kutardik:

🔵Uylanishdan/turmushga chiqishdan oldin hech bo'lmasa oila haqida bitta kitob o'qiyapsanmi?

🔵Farzand tarbiyasiga oid ilmlarni o'rganyapsanmi?

🔵Muomala ilmi, er va ayolning huquq va majburiyatlari, burch va vazifalarini o'rganib chiqdingmi?

🔵Ayoling ko'chada ishlamasligi, uyingda ilmga sharoit yaratib bera olish uchun moliyaviy jabhangni yaxshilashga harakat qilyapsanmi?

🔵Turmush o'rtog'ingiz ko'chadan "oyimcha" topib olmasligi uchun unga qanday rafiqa bo'lish kerakligi haqidagi ilmlarni eshitganmisiz?

🔵Juft tanlash bo'yicha ilming bormi?

🔵Ana o'sha juftga o'zing loyiq bo'lishga intilyapsanmi?

🔵Xulqing, muomalang, odobing ustida ishlayapsanmi?

🔵Ayolingning ba'zi ayblari, xatolari, kamchiliklari bo'lishi va unga sabr qilishing kerakligini bilasanmi?

😄 To'y bir kunda o'tadi, undan keyingi hayotga tayyormisan?
Qizlar kuchli bo'lishi kerak !

Birgina jumladan menga qarshi chiqishing mumkin, lekin qanday ?

Ruhan. Kim nima desa ishonuvchan va tezda qaysidir vaziyatga bog'lanib, o'z hayollaridagi ideallik sabab o'zini ojiz qilib qo'yadigan emas. Balki har qachon qiyinchilikka uchraganda boshini mag'rur tutib yo'lida davom eta oladigan.

Ma'nan. Ilm o'gransin, o'qisin, imkon berishsin. Ketsin o'z bilimlari ortidan dunyo ko'rsin. Qaysidir dugonasi hayot "drammalari"dan ko'z yosh to'kayotganda, kerak bo'lsa imtihondagi arzimas ball uchun yig'lasin mayli. Lekin, dunyoqarashi keng bo'lsin.

Qadriyatlarini shakllantirsin. Hamma ko'r-ko'rona qaror qabul qilsa, U tahlil qilib - "o'zi bu menga kerakmi, bu yo'ldan ketsam nima topaman-u, nima yo'qotaman" - degan mingta savol bilan o'ziga yuzlansin. Har bir so'zida o'z fikri bo'lsin. Ayta olsin.

O'zini tanisin. U'ni tanish o'zligimizdan boshlanadi. Sevimli ishlari ro'yxatini tuzsin, qaysi kayfiyatda nima qo'lidan kela oladi va nimaga ko'proq potensiali kuchli. O'zi bilan vaqt o'tkazishdan qo'rqmasin, aksincha yolg'iz qolganida eng baxtli onlarni yarata olsin o'ziga.

Hullas, kuchli bo'lsin. Nima deganimni endi tushinding-a?