#Hikmat
“Bir dona shamning sabog‘i”
Bir qishloqda oqsoqol bor edi. Odamlar har safar muammo bilan unga murojaat qilishardi. Bir kuni qishloq yoshlari oqsoqolning oldiga kelib shunday deyishdi:
Ota, nega jamiyatda yorug‘lik kam? Nega odamlar bir-biriga yaxshilik qilishdan cho‘chiydi? Har kim o‘zi bilan ovora…
Oqsoqol jilmaydi. Ularga bitta sham berdi va dedi:
Mana bu shamni olib, qorong‘i xonaga kirib yoqing.
Yoshlar ajablanib, ammo aytganini qilishdi. Ular qorong‘i xona ichida shamni yoqishdi. Xona birdan yorishdi.
Oqsoqol sekin xonaga kirib shunday dedi:
Mana ko‘rdingizmi? Qorong‘ilikni quvish uchun yuzlab sham kerak emas. Birgina yoqilgan sham ham butun xonani yoritishi mumkin. Jamiyat ham shunday. Agar sizlardan bittasi yaxshilik qilsa, boshqalar ham yorishadi.
Shunda yoshlardan biri so‘radi:
Ammo odamlar bizning yaxshiligimizni qadrlamasa-chi?
Oqsoqol jilmayib qo‘ydi:
Sham hech qachon: “Menga kim boqmoqda?” deb so‘ramaydi. Uning vazifasi — yonish. Yaxshilik qilgan odam ham shunday bo‘lishi kerak. Mukofot kutmasdan, shikoyat qilmasdan. Agar bitta sham yonishni boshlasayu, boshqalar ham undan olov olib, o‘zini yoqsa — qishloq butunlay yorishadi.
Yaxshilik hech qachon yo‘qolmaydi.
U qaytib keladi — ba’zan boshqalardan, ba’zan hayotning o‘zidan.
Faqat birinchi sham bo‘lishdan qo‘rqmang...

Yakka Sada kitobxonlari
#Hikmat “Bir dona shamning sabog‘i” Bir qishloqda oqsoqol bor edi. Odamlar har safar muammo bilan unga murojaat qilishardi. Bir kuni qishloq yoshlari oqsoqolning oldiga kelib shunday deyishdi: Ota, nega jamiyatda yorug‘lik kam? Nega odamlar bir-biriga…
Yo yaxshilik eshigi bo‘ling, yoki ziyo ulashuchi kichik tuynuk...
❤3
#Tafakkur
Dunyo ishlari yengillik va qiyinchilikdan iborat. Ularning ikkisi ham ne’mat. Yengillik uchun shukr, qiyinchilik uchun sabr qilinadi va ikkisi uchun ham ajr olinadi...

❤2
Yakka Sada kitobxonlari
Jannat go‘yo bir kelinchak bo‘lsa, uning mahri — nafsni yengishdir. ------- Nafsni yengishni yo‘l qanday? — Buni yo‘li UNING barcha xohish istaklariga qarshi chiqish bilan bo‘ladi. Ya’ni nafs istagan narsani tamom teskarisini qlishlik bilan...
#Tafakkur
Imom Ahmad ibn Hanbaldan so‘radilar:
- Odamlardan salomat qolishning qanday yo‘li bor?
- Ularga berasan, ammo o‘zing ulardan olmaysan. Ular senga ozor beradilar, sen esa ularga ozor bermaysan. Ularning hojatlarini chiqarasan, o‘zingning ehtiyojlaring uchun esa ulardan yordam olmaysan.
- Bu juda qiyin-ku, ey imom?
- Shundan keyin bo‘lsa ham ulardan salomat qolganingda qaniydi.
@kitob_nuri

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu....
Qari kampirning hayoti birmuncha og‘ir kechar edi. Chunki uning na yaqinlari, na bolalari – hech kimi yo‘q edi. Buning ustiga, ko‘zi ham ojiz edi. Bundan xabar topgan hazrat Umar (roziyallohu anhu) zudlik bilan uning yoniga kelib:
– Ey onajon, men sizning holingizdan har kuni xabar olib turaman. Uyingizni supurib-sidirib qo‘yaman. O‘zingizga qarayman. Taomingizni pishirib beraman. Siz endi hech bezovta bo‘lmaysiz. Mashaqqat ham chekmaysiz, – dedilar. – Faqat bir iltimosim bor. Meni hech kimga aytmaysiz. Sizga ko‘rsatadigan xizmatimni ham biron kimsaga bildirmaysiz. Xo‘pmi!
Kampir xursandlik bilan rozi bo‘ldi. Ona-boladek hayot kechira boshlashdi. Kunlar o‘tdi. Hazrat Umar (roziyallohu anhu) oliyhimmat ishlarini davom ettiraverdilar. Kunlarning birida hayratdan yoqa ushlab qoldilar. Uy supurilgan, atrof chinnidek top-toza. Kampirning oldiga taom ham qo‘yilgan.
Hazrat Umar (roziyallohu anhu) taajjublanib:
– Ey onajon! Men sizga, hech kimga aytmang, men o‘zim sizga qarab turaman degan edim-ku, – dedilar.
– Men hech kimga hech narsa aytganim yo‘q, – deb javob qildi kampir.
Hazrat Umar (roziyallohu anhu) "Savobli ishni mendan oldin qilayotgan inson kim ekan", deb turgan vaqtlarida, ne ko‘z bilan ko‘rsinlarki, ichkaridan amirul mo‘minin hazrat Abu Bakr Siddiq (roziyallohu anhu) chiqib kelmoqda edilar.
– Siz... sizmisiz, ey amirul mo‘minin, jonu-tanim sizga fido bo‘lsin, – dedilar-u, boshqa so‘z aytishga tillari aylanmay qoldi.
O‘sha vaqtlarda hazrat Umar (roziyallohu anhu) adliya ishlariga mas’ul edilar. U zot: "Qanday ishda bo‘lmasin, Abu Bakr Siddiq (roziyallohu anhu) bilan musobaqalashmay, hammasida u kishi g‘olib chiqar edilar", deb tan olgan ekanlar.
"Saodat quchganlar ibrati" kitobidan

❤2🔥1
Forwarded from Muslim.uz
#quron #sunnat #sura
🤲 УХЛАШГА ЁТИШДАН ОЛДИН ЎҚИЛАДИГАН 4 СУРА
📖 1. Оятул курсий.
Ҳазрати Али розияллоҳу анҳу айтадилар: “Ухлашдан олдин оятул курсий оятини ўқимаганлардан ажабланаман. Агар бу оят нақадар улуғ эканини билишганида, уни ўқишни асло беэътибор қолдирмаган бўлардилар. Бу оят Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламга Арш хазинасидан берилган. Оятул курсий Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васалламдан олдинги пайғамбарларнинг ҳеч бирига берилмаган. Оятул курсийни ётишдан олдин уч марта ўқимай бир кеча ҳам ўтказмаганман”.
📖 2. Ихлос сураси.
📖 3. Фалақ сураси.
📖 4. Наас сураси.
Оиша розияллоҳу анҳо онамиздан ривоят қилинади: “Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам тунги ётоқларига борсалар, икки кафтларини бирлаштириб, уларга дам уриб – “Ихлос”, “Фалақ”, “Нас” сураларини қироат қилардилар. Сўнгра икки кафтларини баданларининг қўллари етгарлик жойларига суртардилар. Бошларидан бошлаб, сўнгра юзлари ва кетма-кет бошқа аъзоларига. Бу ишни уч марта қилардилар” (Имом Бухорий ривояти).
Даврон НУРМУҲАММАД
🌐 MUSLIM.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING ✅ VA ULASHING🗣
▶️ YouTube | 📷 Instagram | 🔵 Facebook
muslim.uz
بِسْمِ اللهِ الرّحْمَنِ الرّحِيمِ
اللّهُ لاَ إِلَـهَ إِلاَّ هُوَ الْحَيُّ الْقَيُّومُ لاَ تَأْخُذُهُ سِنَةٌ وَلاَ نَوْمٌ لَّهُ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الأَرْضِ مَن ذَا الَّذِي يَشْفَعُ عِنْدَهُ إِلاَّ بِإِذْنِهِ يَعْلَمُ مَا بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَمَا خَلْفَهُمْ وَلاَ يُحِيطُونَ بِشَيْءٍ مِّنْ عِلْمِهِ إِلاَّ بِمَا شَاء وَسِعَ كُرْسِيُّهُ السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضَ وَلاَ يَؤُودُهُ حِفْظُهُمَا وَهُوَ الْعَلِيُّ الْعَظِيمُ
Ҳазрати Али розияллоҳу анҳу айтадилар: “Ухлашдан олдин оятул курсий оятини ўқимаганлардан ажабланаман. Агар бу оят нақадар улуғ эканини билишганида, уни ўқишни асло беэътибор қолдирмаган бўлардилар. Бу оят Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламга Арш хазинасидан берилган. Оятул курсий Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васалламдан олдинги пайғамбарларнинг ҳеч бирига берилмаган. Оятул курсийни ётишдан олдин уч марта ўқимай бир кеча ҳам ўтказмаганман”.
بِسْمِ اللهِ الرّحْمَنِ الرّحِيمِ
قُلْ هُوَ اللَّهُ أَحَدٌ اللَّهُ الصَّمَدُ لَمْ يَلِدْ وَلَمْ يُولَدْ وَلَمْ يَكُنْ لَهُ كُفُوًا أَحَدٌ
بِسْمِ اللهِ الرّحْمَنِ الرّحِيمِ
قُلْ أَعُوذُ بِرَبِّ الْفَلَقِ مِنْ شَرِّ مَا خَلَقَ وَمِنْ شَرِّ غَاسِقٍ إِذَا وَقَبَ وَمِنْ شَرِّ النَّفَّاثَاتِ فِي الْعُقَدِ وَمِنْ شَرِّ حَاسِدٍ إِذَا حَسَدَ
بِسْمِ اللهِ الرّحْمَنِ الرّحِيمِ
قُلْ أَعُوذُ بِرَبِّ النَّاسِ مَلِكِ النَّاسِ إِلَهِ النَّاسِ مِنْ شَرِّ الْوَسْوَاسِ الْخَنَّاسِ الَّذِي يُوَسْوِسُ فِي صُدُورِ النَّاسِ مِنَ الْجِنَّةِ وَالنَّاسِ
Оиша розияллоҳу анҳо онамиздан ривоят қилинади: “Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам тунги ётоқларига борсалар, икки кафтларини бирлаштириб, уларга дам уриб – “Ихлос”, “Фалақ”, “Нас” сураларини қироат қилардилар. Сўнгра икки кафтларини баданларининг қўллари етгарлик жойларига суртардилар. Бошларидан бошлаб, сўнгра юзлари ва кетма-кет бошқа аъзоларига. Бу ишни уч марта қилардилар” (Имом Бухорий ривояти).
Даврон НУРМУҲАММАД
muslim.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
Assalomu aleykum Yakka sada kitobxonlari kanalini kuzatuvchilari. Kanalni aktivlashtirish uchun qandaydir fikr mulohazalaringiz bormi ?
❤2⚡1
Forwarded from Oila kundaligi | Farzand tarbiyasi
#Kitobdan
Musulmonlar farzandlarini qanday tarbiya qiladilar? Bu savolga javob berolmaydigan ota-onaning holi, xuddi, mutaxassis boʻlmagan ustaning bir narsani toʻgʻirlayman, deb uni buzib qoʻyishiga oʻxshaydi. Bunday ota-onaning tuzatishi buzish, taʼmirlashi yakson qilish boʻladi.
Qadimgi ulamolar «Kattalarning ozuqasi kichiklarga zahar hukmidadir», deyishgan. Endi tugʻilgan chaqaloqqa sut emas, goʻsht bergan ota-ona bolasini oʻldiradi. Bolaga sut paytida goʻsht, oʻyin paytida kitob berilmaydi. Oʻynamagan bola kitobsiz oʻquvchiga oʻxshaydi. Oʻquvchi kitob bilan ustozning oʻrgatganlarini, bola esa oʻynab hayotni oʻrganadi. Kelajakda boʻyniga yuklanadigan vazifalarga oʻyin oʻynab tayyorlanadi. Shu bois ham oʻgʻil bolalar mashina, qiz bolalar qoʻgʻirchoq oʻynashadi. Oʻyindan bebahra ulgʻaygan bolalar esa, jamiyatda uyushmaydi, burchlarini sidqidildan bajarishda sezilarli darajada kamchiliklarga yoʻl qoʻyadilar.
🥲 Farzand tarbiyasi ilmi

📖 Farzand tarbiyasi kitobi - Ihsan Shenojak
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Yakka Sada kitobxonlari
Umar ibn Xattob roziyallohu anhu....
Ey qornim, xohla qurulla, xohla qurullama, toki musulmon go‘daklar to‘ymagunicha seni to‘ygazmayman!
Hazrati Umar Roziyallohu anhu
Ulug‘ nomi qoldi tarixda,
Umar o‘tdi adolat bilan.
Adolat ham qoldi tarixda,
Umar ketdi adolat bilan...😢
Hazrati Umar Roziyallohu anhu
Ulug‘ nomi qoldi tarixda,
Umar o‘tdi adolat bilan.
Adolat ham qoldi tarixda,
Umar ketdi adolat bilan...😢
❤1😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlikdagi do'stlik..! Xech bir manfatlarsiz bo'ladi...😊
Yoshlik eng beguborlik...!
Yoshlik eng samimiylik..!
Yoshlik takrorlanmas bolalakdir😊
Yoshlik eng beguborlik...!
Yoshlik eng samimiylik..!
Yoshlik takrorlanmas bolalakdir😊
❤1🔥1
Forwarded from Kitobchi_qiz hayoti 🪐
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ehhh kitoblar zo'r narsada.... buni faqat kitobxongina his qiloladi ❤️😊
😁1🙉1
Baxt nima?
Ming bo'lakka bo'lib dunyoni,
Tug'ilgandan baxtni izlaymiz.
Qo'llaridan tutib ro'yoni
Atrofda baxt, ba'zan bilmaymiz!
Baxtlar bilan bezatilgan taxt,
Xudoyimga yetsa bas zoring
Kimdir seni sog'insa, shu Baxt,
Baxt aslida dunyoda boring!
Kimlarnidir sevib, sog'inib,
Intizor-la uni kutganing.
Baxt aslida tomog'ing bilan,
Shu bir qultum suvni yutganing!
Hamma yerda baxtlaring sochiq,
Bahorlardan go'zallik yiqqan.
Baxt emasmi? Ko'zlaring ochiq
Osmonga boq, ko'kka oy chiqqan.
Senga yana nima yetmaydi?
Hattoki baxt - yelib tolmoqlik.
Hammaga ham nasib etmaydi,
Tongda turib nafas olmoqlik..!
Erkin Vohidov
Ming bo'lakka bo'lib dunyoni,
Tug'ilgandan baxtni izlaymiz.
Qo'llaridan tutib ro'yoni
Atrofda baxt, ba'zan bilmaymiz!
Baxtlar bilan bezatilgan taxt,
Xudoyimga yetsa bas zoring
Kimdir seni sog'insa, shu Baxt,
Baxt aslida dunyoda boring!
Kimlarnidir sevib, sog'inib,
Intizor-la uni kutganing.
Baxt aslida tomog'ing bilan,
Shu bir qultum suvni yutganing!
Hamma yerda baxtlaring sochiq,
Bahorlardan go'zallik yiqqan.
Baxt emasmi? Ko'zlaring ochiq
Osmonga boq, ko'kka oy chiqqan.
Senga yana nima yetmaydi?
Hattoki baxt - yelib tolmoqlik.
Hammaga ham nasib etmaydi,
Tongda turib nafas olmoqlik..!
Erkin Vohidov
❤3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi yilingiz bilan. Qadrdonlarim.
–Kelgusi ishlaringizni, Alloh barokatli qilsin. Doimo olg'a yuring, maqsadlaringiz ortidan keladigan har qanday zahmatlarga taslim bo'lmang. Farovon kelajak sari yo'lga qattiq mehnat orqaligina yetisha olasiz. Siz uddalaysiz. Sizni qo'lingizdan keladi. Ishonch insonning muvafaqqiyati garovidir. Allohga tavakkul qilib maqsadlarni eng cho'qqiga olib chiqing. Natijasi esa o'zingizni qolaversa axlingizni sevintirsin

🔥3❤1
Assalomu alaykum barchaga. Bugungi qo'shaloq bayram bilan tabriklayman
Juma va Hayit ayyomingiz muborak bo'lsin

🥰2
Assalomu alaykum xayrli kun hammaga. Kanal odamlar soni judayam kamayib ketibdi 😔
Adminlarimizda so'rab qolardim. Kuniga 1ta post bo'lsada hammamiz joylasak ancha aktiv bo'lib qolarmidi. Boshqalargayam manfaatli bo'lardi

🤝3