Yakka Sada kitobxonlari
71 subscribers
253 photos
50 videos
21 files
44 links
Kitobni satrlarni o‘qir ekansan ham tabassum qilasan, ham yig‘laysan.  Kitob o‘qing,
insoniylik tuyg‘usini his qiling...
«Kitob yoqishdan ham og‘irroq jinoyat bor, masalan, uni o‘qimaslik»;anonim yozish kanalni adminga https://sprosi.link/al_addl
Download Telegram
1-qism
Farzand tarbiyalash siri
📖📖📖📖📖

#farzand_tarbiyalash

🎧 1-қисм
📗 Фарзанд тарбиялаш сири

✍🏻 Адем Гунеш

🔗Yaqinlaringizga ham ulashing !!!

📱 Telegram  / 📱 Instagram
2👍1
​​Юрак сиқилиши, ғамноклик ва маҳзун бўлишнинг сабаби учтадир:
1. Содир этган гуноҳинг.
2. Қўлингдан кетган мол-дунё.
3. Кимнингдир сенга озор бериши.
Агар гуноҳ қилган бўлсанг мағфират сўра.
Агар дунёинг кетган бўлса, Раббингга қайт.
Агар кимдир зулм қилган бўлса, сабр эт ва унга рози бўл.
Булар дардинг даволаридир. Агар тушкунлигинг сабабини билолмаган бўлсанг, у ҳолда қадар айланиши остига ўт! Чунки у тўхтамайдиган булутдир (яъни руҳий тушкунлик бироз ўтиб арийди).

Ориф биллаҳ Абул Ҳасан Шозилий рoҳимаҳуллоҳ
1🔥1🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kitob - Xashamat emas, birlamchi extiyojdir..?!
2👍1
#Tafakkur

Bu "gul" yashashni xohlagan edi Xoliqi toshni yorib unga mustahkam qarorgoh qilib berdi.
Endi, O‘zi uchun seni yerda xalifa qilgan Rabbing haqida nima deb o‘ylaysan..?!
3👍1
2-qism
Farzand tarbiyalash siri
📖📖📖📖📖

#farzand_tarbiyalash

🎧 2-қисм
📗 Фарзанд тарбиялаш сири

✍🏻 Адем Гунеш

🔗Yaqinlaringizga ham ulashing !!!

📱 Telegram  / 📱 Instagram
Farzandim
Agar ayol kishi ish, oʻqish yoki farzandiga qarash tanlovi oʻrtasida qolib ketsa, albatta bolasini tanlash kerak deb oʻylayman. Ayol kishi farzandi tarbiyasi va parvarishidan soʻraladi. Qolgani ikkinchi darajali masalalar. Agar oʻqishga ketganda kimdir…
#Tafakkur

Keng fikr egasi o'zini mana shu koinotning bir bo'lagi deb biladi. Va bu hayotda qayg'u-alamdan ham, saodatdan ham o'z nasibasi borligini sezadi.


Doktor Oiz Qarniy, "Eng baxtli ayol"
1🔥1🥰1
#Kitobdan

  Biz qanday harakatlansak, shunday javob olamiz. Agar ayollar o‘z jufti haloliga podshohlardek munosabatda bo‘lsalar, erkaklar ham ularga qirolicha singari munosabatda bo‘ladilar. Agar ular o‘z farzandlariga shahzoda yoki malikalardek munosabatda bo‘lsalar, ular ham ota-onalariga podshoh va qirolicha kabi munosabatda bo‘ladilar.
Biz faqatgina ichki ovozimizga quloq tutaversak, baxtli bo‘la olmaymiz. Ba'zida o‘zimiz istamagan ishni qilib ham qarshimizdagi insonni xursand qilsak bo‘ladi.


Sheniz Yujel, "Baxt - Allohga ishonmoqdir" kitobidan
2👍1
#kun_oyati

وَمَنْ يَعْمَلْ مِنَ الصَّالِحَاتِ مِنْ ذَكَرٍ أَوْ أُنْثَىٰ وَهُوَ مُؤْمِنٌ فَأُولَٰئِكَ يَدْخُلُونَ الْجَنَّةَ وَلَا يُظْلَمُونَ نَقِيرًا

"Erkakmi, ayolmi–kim mo‘min bo‘lgan holda yaxshiliklar qilsa, ana o‘shalar jannatga kirarlar va ularga qilcha ham zulm qilinmas".
(Niso surasi, 124-oyat).

Tafsir: Yaxshi amallarning mukofotini berishda erkagu ayoldan barobar iymon shart qilinib qo‘yiladi. Iymon bo‘lmasa, bo‘lmaydi. Iymoni bo‘lib turib, yaxshi amallarni qilgan har bir erkagu ayol, kim bo‘lishidan qat’iy nazar, jannatga kiradilar. Ularga bu dunyoda qilgan amallarining mukofotini qilicha ham qoldirilmay beriladi....
2👍1
Bir insonni sinab ko‘rmoqchi bo‘lsang — unga kuch emas, imkon ber.
Chunki kuch har kimda ham bo‘lishi mumkin,
Ammo imkon — kimning asl insonligini ko‘rsatadi.
Ba’zilar imkon topsa, rahmat aytadi.
Ba’zilar esa... unutadi.
Shuning uchun yaxshilikni odam uchun emas, o‘z vijdoning uchun qil.
Kun keladi, sen qilgan yaxshilik qaytadi —
lekin ko‘pincha odamdan emas, Ollohdan...
2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘ksimda sukunat mavsumi hukmron. Barglar to‘kilayotir, shoxlar sinayotir...

Kuz fasli shuday bo'lar ekan;

Odamlar yomg'irni yaxshi koʻraman..., deydilar - lekin yomg'ir tomchilashi bilan soyabonlarini ochishadi...🥹

Kimlardir shamolni sevaman deyishadi.
- lekin. Shamol ko'tarilishi bilanoq deraza oynalarni yopishadiii...

Mayli doʻstim tashqari sovuq... biz xam "yomg'ir shamolida" betob bolib qolmaylikk...🙂🤧

Derazani oldida juda koʻp qolib ketik...😔
2🔥1
Yakka Sada kitobxonlari
Ey Toliba! sen toʻxtama, Islom Ummatining umidi sensan. Agar sen ilm olishdan toʻxtab qolsang, sendan keyingi avlod zalolatga yoʻliqadi. Mayli, charchasang dam ol, xordiq chiqar, ammo hech qachon ilm olishdan toʻxtama ! Imom Hanbalning onasi esingda emasmi…
#Tafakkur

Er vafot etdi. Uning shkafda osiliq turgan kiyimining cho‘ntagiga ayoli sakkiz yilgacha pul solib qo‘yardi. Farzandlari har gal undan pul so‘rashganida ularga: "Otangning cho‘ntagidan olaqol!", der edi.
Ayol buni uydan otaning xotirasi ko‘tarilib ketmasligi uchun qilardi.

Ona madrasadir..!
2🔥1
Yakka Sada kitobxonlari
#Tafakkur Er vafot etdi. Uning shkafda osiliq turgan kiyimining cho‘ntagiga ayoli sakkiz yilgacha pul solib qo‘yardi. Farzandlari har gal undan pul so‘rashganida ularga: "Otangning cho‘ntagidan olaqol!", der edi. Ayol buni uydan otaning xotirasi ko‘tarilib…
#Achchiq_haqiqat

Ota-onangizning sochlari oqaribdimi?-deyilsa, aksarimiz ” Ha, keksalik-da“ deymiz. ”Bizlarning tashvishlarimiz oqartirdi“ deydiganlarimiz kam. To‘g‘ri, soch-soqoldagi oqlik keksalik alomati. Lekin hammasini ham keksalik oqartirmagan.

Biz farzandlarning tashvishlari bilan erta oqarganlari ham bor. Lekin hech bir Ota-ona soch-soqolini farzandlarining qaysi tashvishlari oqartirganligi haqidagi ko‘ngil bitiklarini tiliga chiqarmaydi. Sababi ham biz... ”Eshitib farzandimning sochi erta oqarmasin” deydi. Ularning qalbi tubidagi o‘sha bitiklarni o‘qish mumkin. Uning uchun qalb ko‘zimiz ochiq bo‘lishi kerak...
2👍1🔥1
— Sizningcha eng go‘zal qalb sohibi kim?
— Barcha ayb-u nuqsonlarimni ko‘rib, bilib tursa ham meni sevib ardoqlagan ayol.




-Ayolingiz haqida so'zlab bering
-Keyingi savolga o'ting!
-Nima uchun u haqida hech gapirmaysiz?
Ko’nglingiz hech -yo'qmi unda.?
Ayolim meni omonatim! U hammaga aytib beriladigan she’r emaski, men sizlarga aytib bersan. Ayolim o' sha siz aytgan ko'nglimni bir umrlik egasi va albatta u mengagina tegishli! Shunday ekan menga tegishli meniki bo’lganlar bilan ishingiz bo'lmasin!
❤‍🔥21👍1
Yakka Sada kitobxonlari
#Tafakkur — Odamlar undoq qilishyapti, bundoq qilishmayapti! — Odamlarni qo‘ying, o‘zingiz nima qilyapsiz? #dunyo_besh_kunlik..! Hayot juda qisqa..! Sen uni birovlarga nafrat qilish bilan oʻtkazib yuborma..!🫀
Horasan, tolasan, hammasiga qo‘l siltamoqchi bo‘lasan, shu vaqt senga suyanib turganlarga qaraysan… Yiqlishga, chekinishga haqqing yo‘qligini anglaysan. Ularning suyangani qadar kuchli, sabr-bardoshli bo‘lishga harakat qilasan.
Chunki sen — erkaksan!

@IkromSharif
❤‍🔥31
Yakka Sada kitobxonlari
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Alloh taolo juma kunida hech bir musulmonning gunohini kechirmay qo‘ymaydi”. (Tabaroniy rivoyat qilgan)
TANLANG

   Imom Muzaniy aytadi:
"Bir kuni men "falonchi kazzob" dedim. Bu gapimni imom Shofi’iy eshitib qolib dedi:
"Ey Muzaniy! Gapingga chiroyli kiyim kiydir. "Kazzob" degandan ko‘ra "uning gapi hech narsaga arzimaydi", deganing yaxshiroq!".

   Chiroyli so‘zlarini topib gapirishga o‘rganishimiz lozim. Uning ta’mini boshqalarga tottirishimizdan oldin o‘zimiz totib ko‘rishimiz lozim.
   Tilning suyagi yo‘q. Ammo til suyakni sindirishi mumkin.
   Oldingilarni Alloh rahmatiga olsin. Biz bugun tanamizni chiroyli liboslar bilan o‘raganimiz kabi, fikrlarini go‘zal liboslar bilan o‘rashar edi!
   Bir kuni Umar ibn Xattob roziyollohu anhu olov yoqib o‘tirgan kimsalar oldidan o‘tib qoldi. Ularga "Assalomu alaykum ey nur egalari!", dedi. Ularga jarohat berishi mumkin deb o‘ylab "olov egalari" demadi!
   Arabchada olov "nor" bo‘ladi. "Nor" deb arablar do‘zaxni ham aytishadi. Umar roziyollohu anhu shuning uchun bu yerda "nor"ni ishlatmagan!

   Bir kuni xalifa Horun ar-Rashid shoir Asma’iydan so‘radi:
- Misvokning ko‘pligi arab tilida nima bo‘ladi?
Asma’iy dedi:
- "Yaxshiliklaringiz"ning teskarisi bo‘ladi!
  
   Misvokning ko‘pligi arabchada "masoviyk" bo‘ladi. Buning "yomonliklaringiz" degan ma’nosi ham bor. Asma’iy shuning uchun bu so‘zni ishlatmasdan "yaxshiliklaringiz"ning teskarisi bo‘ladi, demoqda!
  

Abdulqodir Polvonov
❤‍🔥11🔥1
#Sadaqa

Hazrati Umar ibn Xattob roziyallohu anhu aytadi: «Alloh yo‘lida (bir kishiga) ot mindirib yubordim. Egasi uni uvol qildi. Men o‘shandan uni sotib olmoqchi bo‘ldim. Uni arzonga sotib yuborar, deb o‘yladim. Keyin Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan bu haqda so‘radim.
Shunda u zot: «Uni senga bir dirhamga bersa ham, sotib olma, chunki sadaqasini qaytib olgan qusug‘ini qaytib olgan it kabidir”, dedilar”.

Imom Buxoriy rivoyati
🔥21🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bir ayol qimmatbaho kiyimlar sotiladigan do‘konga kirishda eshik oldida turgan faqir bir erkakka ko‘zi tushdi. U bolalar kiyimlariga termulib turar edi. Ayol erkakni do‘kon ichiga chaqirib, kiyimlar orasidan o‘ziga yoqqanini tanlab olishi mumkinligini aytdi. Erkak uyalib bolalar kiyimiga qaradi. Ayol esa uni tushunib, sotuvchidan o‘sha kiyimdan ikki juftini xaltaga solib berishini so‘radi. Erkak kiyimlarni qo‘liga olib, ayolga ko‘p rahmalar aytgancha dukondan chiqib ketdi. Ayol esa kiyimlar pulini to‘lash uchun to‘lov chekini so‘radi. Chekni qo‘liga olgan ayol kutilmaganda boshqa yozuvga ko‘zi tushdi. Do‘kon egasi unga shunday yozib qo‘ygan edi:
«Bizda insoniylik qiymatini o‘lchay oladigan apparat yo‘q!”

Sadaqani ko‘paytiring, rizqingiz ziyoda bo‘ladi.
Namozingizda xushu’ni ko‘paytiring, halovatingiz ortadi.
Ota-onangizga yaxshilik qilishni ko‘paytiring, muvaffaqiyatlaringiz ko‘payadi.
3
Forwarded from Ikrom Sharif
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Қизларимииз…

@IkromSharif
3
Ko‘pincha qalb va tuyg‘ularimiz havoyi nafsimizga, boyliklarimiz va shaxsiy istaklarimizga yuzlangan bo‘ladi. Bugungi kundagi ko‘pchilik musulmonlar hayotidagi ikki yoqlamalik ana shu yerdan paydo bo‘lmoqda.
Aql Allohning muhabbati va Uning muroqabasidan iborat bo‘lgan nihol ko‘chatini yoki urug‘ini ekish uchun qalbdan ruhsat so‘raydi. Aql qidirib, qidirib egasining qalbida uni ekishga joy topa olmaydi. Aql ilohiy risolatni yetkazish uchun egasining qalbidan joy qidirib umidi puchga chiqadi. Bu haqida Alloh azza va jalla nozik ayblov uslubi bilan shunday deydi;
"Iymon keltirganlar uchun Allohning zikriga va nozil bo‘lgan haqqa qalblari yumshash, ayni choqda, oldin kitob berilgan, so‘ng muddat o‘tishi bilan qalblari qotib qolgan, ko‘plari fosiq bo‘lganlarga o‘xshamaslik vaqti kelmadimi?!" Hadid,16
Lekin aql bu risolatni qalbga yetkazishni xohlab unga harakat qilganida qalbda unga joy topa olmaydi, chunki qalb uning dunyosi bilan banddir. Chunki qalb havoyi nafs va shaxsiy manfaatlari kabi muhabbatlar bilan mashg‘uldir. Shu sababli bu inson islom haqida gapirayotgan tiliga e’tibor bersangiz uni mubolag‘a qilib yetkazayotgani va yorqin islomiy fikr ega ekanini ko‘rasiz. Agarda uning jamiyatdagi hayot tarziga e’tibor bersangiz yolg‘on gapirish, aldash va hiyonat kabi ishlarga beparvolik qilayotganini ko‘rasiz.


Imom Butiy
2