Yakka Sada kitobxonlari
71 subscribers
253 photos
50 videos
21 files
44 links
Kitobni satrlarni o‘qir ekansan ham tabassum qilasan, ham yig‘laysan.  Kitob o‘qing,
insoniylik tuyg‘usini his qiling...
«Kitob yoqishdan ham og‘irroq jinoyat bor, masalan, uni o‘qimaslik»;anonim yozish kanalni adminga https://sprosi.link/al_addl
Download Telegram
Va a’laykumussalam varohmatullohi vabarokatuhu!

"Al-Adl"ning ma'nosi: 

Adolatli va To'g'ri: Bu Allohning har bir narsani to'g'ri va haqqini to'liq berib, o'z o'rniga qo'yishini bildiradi.
Haqqini Yetkazuvchi: Alloh har bir insonning haqqini undan olib, ularni adolatlilik bilan tartibga soladi.
Mukammal Adolat: Allohning hikmati va adolati hech qachon xato qilmasdan, har bir ishni adolatlilik bilan bajarishini anglatadi.
"Al-Adl"ning ahamiyati: 

Islom Aqidasi: "Adl" islom ta'limotida Allohning sifatlaridan biri sifatida qabul qilingan va islomiy aqidaning muhim talablaridan hisoblanadi.
👍211
Yakka Sada kitobxonlari
Alloh mehribondir, U siz voz kecha oladigan darajada davlat beradi. Izoh: Tasavvur qiling sizning savdo do'koningiz bor va bir soatda sizga 100 000 so'm foyda keltiradi. Siz juma kuni do'konni ikki soatga yopib jamoat namoziga bora olasiz. Endi o'ylab ko'ring…
«Ey iymon keltirganlar! Juma kuni namozga nido qilinganda Allohning zikriga shoshiling, savdoni qo‘ying. Agar bilsangiz, mana shu o‘zingiz uchun yaxshidir”
(Juma surasi, 9-oyat)
1🔥1
Yakka Sada kitobxonlari
Musofirchilik ko‘p narsani o‘rgatar ekan insonga. Sog‘inch, mehr, afsus, shukr kabi hissiyotlar qalbingda aralashib, qandaydir bir noma’lum hissiyotlar og‘ushida ko‘rasan o‘zingni. Avvallari atrofingda parvona bo‘lganlar, har kuni holingdan xabar oladiganlar…
#Kitobdan

   Insonlarda mehr-muhabbat, bag‘rikenglik ozaygani sari oilalarda muammolar ko‘payib boraveradi. Ba'zilar: «Turmush o‘rtog‘imni mamnun qilolmadim», deydi. Chunki ular o‘zlarining eng katta sabrlarini, go‘zal fazilatlarini, shirin tillarini eng yaqin qarindoshlariga, turmush o‘rtoqlariga emas, balki begonalarga ko‘rsatadilar. Hatto o‘zgalarga nimanidir o‘rgatadigan bo‘lsak, kutganimizdan-da sabrliroq bo‘lamiz. Yaqinlarimizni qaysidir ma'noda «qafasdagi kaklik» deb o‘ylaymiz, ammo yomon munosabatda bo‘laversak, ularni yo‘qotamiz. Biz qilgan yaxshiliklarimizni ko‘pincha minnat qilib qo‘yamiz. Hatto yaqinlarimizga begonalarga aytmaydigan juda og‘riqli so‘zlarni ham aytaveramiz. Bir-birimizni juda oson xafa qilamiz va bundan tortinmaymiz ham.

Sheniz Yujel, "Baxt - Allohga ishonmoqdir" kitobidan
1👍1
#kechki_mutolaa

Mini yubka..

O‘n olti yashar qiz uyidan tizzasidan bir qarich yuqori yubka kiyib chiqib ketti.O‘qishga.
Onasi ishga shoshib turgandi,etibor bermadi.
Otasi erta ketib kech keladi kunora körib tursa ham katta gap.
Buvisi jonnamoz ustida ötirgancha bir qarab qöydiyu indamadi,biladi foydasi yöq,bir gapga öng gap bilan javob oladi."Oshda mayli yurib-urib olsin"

Qiz piyodalar yölkasi qolib katta yöl chetidan yura boshladi.Mashinalar atay sekinlab xaydovchilar signal chalib bazilari esa oynadan boshini chiqarib xushtak chalib öta boshladi.
Shu payt qizning uzun oyoqlariga közi ketgan yoshroq biri mashinani boshqorolmay qoldiyu togri borib qarshi tomondan kelayotgan mashinaga urildi.Köchani qiy-chuy bosdi.Kimningdir boshi pachoqlandi kimningdir mashinasi....
Kollej yigitlarining deyarli yarmi qizdan köz uzmadi.
Yoshrogi qolib yoshi bir joyga borib qolgan erkaklar ham yigishtirolmay qoldi nigohini. Har kallada har hayol..
Shu kuni kimningdir mashinasi,kimningdir oromi,kimningdir hayoli,kimningdir oilasi,kimningdir tahorati buzildi..
Shu kuni otaning ham,akaning ham ishi yurishmadi.
Befarqlik gunohga,gunoh esa gunohlarga yetakladi.
Shu kuni namozhon buvining öng yelkasidagi farishtalar daftariga hech nima yozilmadi...
3
​​Muslima singlim, erkaklar o‘zaro muhokama qilayotgan mavzular ostida izoh yozma. Ayollar ham yozgan bo‘lsa va sening ham fikr bildirishing muhim bo‘lsa, mayli, yoz. Lekin ayol-erkak aralashgan joyga zaruratsiz qo‘shilma. Bu telegram guruhda bo‘ladimi, feysbuk yoki boshqa ijtimoiy tarmoqda yoki hayotda bo‘lsa ham. Iffatingni asraganing o‘zing uchun yaxshidir!

#Ayollar
2👍2🔥1👏1
#Hikmatlar

Bir kishi donishmandning oldiga kelib, undan so’radi: “Men bir ayolga uylangan edim. Qarasam, uning oyog’i cho’loq ekan. Endi undan ajralishimga ruxsat bormi?” Shunda haligi donishmand dedi: “Agar xotining bilan yugurish musobaqasi o’ynamoqchi bo’lsang, bemalol undan ajralishing mumkin”.

💖 😊 ❤️
🥰21😇1
#kitobdan

"Rost va'dalar daftari"

Oilamiz katta bo'lib moddiy sharoitimiz ham kamtarona edi. Dadam oddiy xizmatchi bo'lsalar-da, aytgan narsamizni olib berishga doim harakat qilar edilar. Agar biz so'ragan narsaga ayni vaqtda pullari yetmasa: "Bolajonim, hozir bu narsaga pulim yetmas ekan, inshaalloh, oylik olsam, albatta, olib beraman”, derdilar. Ular olib beraman degan narsalarini hech qachon esdan chiqarmasdilar. Biz farzandlarning dadamga aytgan narsamiz, hatto, esimizdan chiqib ketardi. Lekin dadam imkonlari bo'lganda ikki-uch oy keyin bo'lsa ham o'sha narsani olib berardilar. Hammamizning "buyurtma"miz dadamning yodlarida turishiga qoyil qolardik. Buning sirini dadam vafot etganlaridan so'ng bildik. Men dadamning shaxsiy narsalari turadigan tortmadan bir daftarcha topib oldim. Dadam o'sha daftarga biz olib bering degan narsalarimizning barchasini yozib borar ekanlar. Daftarcha biz aytgan qo'g'irchoqlaru shirinliklar, kiyim-kechaklaru kitob-daftarlar nomi bilan to'la edi. Hatto aytgan kunlarimiz sanasini ham qayd qilib borar, olib berganlarini belgilab ham qo'yar ekanlar. Barchamiz bu daftarni yig'lab o'qidik. Ayniqsa o'zim haqimdagilarni o'qiganimda bo'g'zimga nimadir tiqilib qoldi, ovozim ham chiqmasdi. Bu daftarning nomini "Rost va'dalar daftari” desa ham bo'ladi. Dadam rahmatli rostgo'y, so'zida turuvchi, mehnatkash inson edilar. Ularni Alloh rahmatiga olgan bo'lsin. Omin!

“Farzand tarbiyasida 700 saboq” kitobidan.
😢21
#Tafakkur

Soliha (Muslima🤎) ayol dinning yarmidir!

Hasan Al Basriydan (rohimahulloh) rivoyat qiladilar:
Haj mavsumi Makkaning do‘konlaridan biriga mato olish uchun kirdim.
Sotuvchi mahsulotlarini maqtagandan maqtab, tinimsiz qasam ichaverardi. Shu sabab, do‘konidan chiqib, boshqa do‘kondan mato oldim.
Oradan ikki yil o‘tib hajda o‘sha sotuvchining ixlos bilan ibodat qilayotganini ko‘rdim. Do‘koniga kirsam, savdoni ham qasamlarsiz, mahsulotining kamchiligini aytib sotayotgandi.
Undan so‘radim:
- Ikki yil oldingi qasamxo‘r sizmidingiz? Nima o‘zgardi?

U javob berdi:
- Ha, men o‘shanday edim. Bir xotinim bor edi. Nuqul topganim kamligidan shikoyat qilar, ko‘proq pul topsangiz bo‘lmaydimi?! - deb malomat qilaverardi. Alloh taolo meni undan xalos qildi. Keyin boshqa uylandim. Bu ayolim har safar uydan chiqarkanman:
- Allohdan qo‘rqing! Bizga harom luqma yedirmang! - deydi. Shunday qilib o‘zgardim.

Imomdan rivoyat qilingan hikoya shu yerda tugaydi. Bunga o‘xshash hollarni bizning zamonamizda ham ko‘p ko‘rganmiz. Darhaqiqat, soliha ayol dinning yarmidir!

Mahmud Usmon
3
Luqmoni hakim hazratlarini qaroqchilar asir olishdi. Begona shaharda qul qilib, bir boyga sotishdi. Xo‘jayin u kishiga g‘isht quyish kabi qiyin ishlarni topshirdi. Luqmoni hakim esa ishning qiyinligidan shikoyat qilmay, hammadan ko‘ra yaxshiroq ishlardilar. Vaqt o‘tgani sari xo‘jayin bu qulning mehnatkash, halol va qiyin ishlarga chidamli ekanini bildi. U kishiga mehri tushib qoldi.
Bir kuni bu shaharga kelgan Luqmoni hakimning hamshaharlaridan u zotning aslida kim ekanligini bilib oldi. Oldinroq tanimagan, ammo shuhratini eshitgan Luqmoni hakimdek zotni qul qilib ishlatib yurgani uchun qayg‘uga tushdi. Darhol u kishidan uzr aytib, hadyalar berib, ozod qildi. “Nega o‘zingizni tanitmadingiz?” deb so‘radi.
Luqmoni hakim aytdilar:
– Siz kuchimdan foydalanish uchun meni sotib oldingiz. Shahringizda meni himoya qiladigan biror qonun yo‘q edi. Men esa bir kuni kimligimni bilishlarini va sabr­ning hikmatdan ham ulug‘ ekanligini bilardim. Shu sababli ham nima bo‘lishiga qaramasdan, ishlashim kerak edi, ishladim. Yashashim shart edi, yashadim. Nima bo‘lsa ham yaxshi bo‘lishim kerak edi. Ishimning og‘irligi salomatlik qadrini anglashim va boshqa qullar ahvolini tushunishimga, taomimning yaxshi emasligi, g‘arib, faqirlar holini anglashimga yordam berdi.
Qul edim, ammo aybim yo‘q edi. Mashaqqat ichra edim, ammo ibrat va nasihat olayotgandim. Hech kimga yolg‘on gapirmadim, birov menga dushman bo‘lmasligi uchun o‘zimni maqtamadim, baland tutmadim. Shahringizga keldim, begona edim sizlarga. Bugun esa orangizda meni yaxshilik bilan eslaydigan do‘stlarim bor.
Siz Luqmonni odamlar e’tirof etganidek emas, ko‘rganingiz kabi tanidingiz. Alloh taologa shukrlar bo‘lsin, oqibatda, mendan mamnun bo‘ldingiz. Men ham o‘z yurtimga xushnud holda qaytyapman. Agar kelgan kunimoq o‘zimni tanitganimda, ishonmasligingiz yoki ishonib meni ozod qilishingiz mumkin edi. Bugungi yaxshiliklardan, ibratli ishlardan siz ham, men ham, boshqalar ham bahramand bo‘lishmas edi.
1🥰1
#hayirli_kun

Asalomu aleykum!
Hayotda yaxshi odamlar juda ko‘p. Ularni topa olmasangiz, ulardan biri bo‘ling.

Juma muborak bolsin...!❤️
3
Yakka Sada kitobxonlari
#iqtibos    Imomimiz Abu Hanifa rahmatullohi alayhning siyratlarini zikr qilib Xatib Bag‘dodiy rahimahulloh "Tarixi Bag‘dod"da aytadi:   "Ibn Hubayra Imom Abu Hanifa qozilikni bo‘yin olmaganliklari uchun o‘n kun darra urdi. Har kuni o‘n darra urar edi. Abu…
Imom Ahmad shogirdlari Muhanna bilan birga Bagʻdod koʻchalaridan birida yurishgandi, ikkita janjallashayotgan odamning oldidan oʻtib qoldilar.

Ularning biri ikkinchisiga: Haromi! - dedi.

Shunda ikkinchisi: Sen oʻzing valadi zinosan, oʻzing haromdan tugʻilgansan! - deb baqirdi.

Imom Ahmad ularning oldidan kattaroq qadamlar bilan tez-tez yurib oʻtib ketmoqchi boʻldilar.

Muhanna esa turib qoldi.

- Tezlan, Muhanna, turma, dedilar imom.

- Bularga nasihat qilish bizga vojib boʻldi, ey Abu Abdulloh, dedilar Muhanna.

Shunda imom javob qildilar:

- Yur, turma, bu darajaga yetgan odamga nasihat qilinmaydi! Nasihat kor qilmaydi!

"Islomiy tarbiya" risolasidan.
2
Hozir bizning mezonlar o’zgarib ketgan. Kimki foydasi tegib tursa o’sha bizga birodar, foydasi yo’q bo’lsa chiroyli tark qilamiz. Alloh rahm qilgan kishilar bundan mustasno, lekin voqe’likda ko’rganimiz afsuski shu holat, mezonlarni to’g’rilab oling.

Bersangiz Alloh uchun bering.
Man qilsangiz Alloh uchun man qiling.
Yaxshi ko’rsangiz Alloh uchun yaxshi ko’ring.
Yomon ko’rsangiz Alloh uchun yomon ko’ring...
2
Yakka Sada kitobxonlari
Alloh mehribondir, U siz voz kecha oladigan darajada davlat beradi. Izoh: Tasavvur qiling sizning savdo do'koningiz bor va bir soatda sizga 100 000 so'm foyda keltiradi. Siz juma kuni do'konni ikki soatga yopib jamoat namoziga bora olasiz. Endi o'ylab ko'ring…
Shukrini qilgan oz moling, shukr qilmagan ko'p molingdan afzaldir

  Madina ahlidan bo'lgan Saliba juda ko'pdan beri o'ylab yurgan rejasini aqlining bir chekkasidan qaror sifatida mukammallashtirmoqchi bo'lgan, ya'ni boy bo'lishni xohlagandi. Lekin bu istak xususida xayrlimi yoki yo'q, hech o'ylamagan. "Xayrli bo'lsa agar, ey Robbim", deb ham so'rolmasdi. Payg'ambarimiz (s.a.v.) dan boy bo'lish uchun uch marta duo qilishlarini so'radi va oxirida hatto: "Seni haq Payg'ambar qilib yuborgan Allohga qasamki, agar meni boy qilsa, faqirning haqqini ortig‘i bilan beraman, yo'qsillarga yordam qilaman. Shuning uchun menga xohlagan mol-mulkimni bersin", dedi.
   Payg'ambarimiz (s.a.v.) har safar: "Shukrini qilgan oz moling, shukr qilmagan ko'p molingdan afzaldir, Saliba!" deya ogohlantirgan bo'lsalar-da, Salibaning boy bo'lish uchun duo qilishidan voz kechishlikning iloji bo'lmadi. Nihoyat, Payg'ambarimiz (s.a.v.) duo qilib: "Salibaga xohlagan molini ber, ey Robbim", deya yolvordilar. Ixtiyorida ozroq qo'yi bo'lgan Salibaning suruvi qisqa vaqt ichida shunchalik ko'payib ketdiki, avvallari masjiddan chiqmagani uchun "Masjid qushi" nomini olgan Saliba juma namozlariga ham kelmay qo'ydi va cho'lda qo'y suruvining ortidan ketib, g'oyib bo'ldi.
   Paygʻambarimiz (s.a.v.) masjidda vaqti-vaqti bilan Saliba haqida soʻrardilar. "U cho‘ldagi qo‘y suruvining ortidan bir lahza ham qaytolmaydi!" deganlarida, ul zot: "Uyat bo‘ldi, Salibaga!" dedilar o‘z qayg‘usini ochiqlab. Taxminan, shu paytlarda zakot oyati ham nozil boʻldi. Paygʻambarimiz (s.a.v.) mulk sohiblariga xizmatchilarni yubordilar. Zakotlarini yig‘ib xazinaga olib kelishar va yerdan esa mujtoxlarga tarqatilar edi. Ul zot Salibaga ham xizmatchilarni yubordilar. Uni cho‘lda, suruvining ortidan topgan zakot yig'uvchilar, oyat amriga ko‘ra, mulk sohiblarining boyliklaridan to‘rtdan bir qismini zakot sifatida yig‘ib, olib ketish uchun kelganliklarini aytishdi.
Saliba o‘z vaqtida bergan vaʼdasini unutgan kishidek dedi: "Mulkning egasi menman, cho‘llarda, shu jazirama havoda emaklab yurib, bu boyliklarga erishdim. Sizlarga nima bo‘ldiki, mendan o‘lpon talab qilgandek, mollarimdan berishimni istayapsiz? Bu, sizning qilayotgan ishingiz g'irt o‘lpon talab qilish-ku!" dedi. Salibaning bu munosabatini eshitgan Rasululloh (s.a.v.) hazratlari hamisha aytib yurgan so‘zlarini takrorladilar: "Uyat bo‘ldi, Salibaga. Koshki ediki, hech qachon boy bo‘lishni istamaganida, qaniydi! "Xayrlisi ne bo‘lsa, shuni ber, ey Parvardigor", deganida edi.
   Shu voqea atrofida "Tavba" surasining 75-oyati nozil bo‘ldi: "Ular orasida: "Agar bizga (Alloh) fazli (boyligi)dan bersa, albatta, qilurmiz ba solih (kishi)lardan bo‘lurmiz", deb Alloh bilan ahdlashadiganlar ham bordir".
   Biz keltirgan oyat Salibaning munofiqlar sinfidan ekanligini ko‘rsatadi, bu haqida eshitgan uning yaqin kishisi darhol cho‘lga yugurdi va agar u zakotini bermasa, uni munofiqlardan biri sifatida tamg'alanishidan ogohlantirdi. Qarindoshlarining majburlashlari natijasida zakotidan Rasululloh (s.a.v.) ga olib kelgan Saliba, kambag'allarning haqini keltirganini aytganida, Payg'ambarimiz (s.a.v.) g'am-g'ussa bilan: «Sening yordamingni endi ololmayman, Saliba!» deb javob berdilar.
  
👍21
Yakka Sada kitobxonlari
Shukrini qilgan oz moling, shukr qilmagan ko'p molingdan afzaldir   Madina ahlidan bo'lgan Saliba juda ko'pdan beri o'ylab yurgan rejasini aqlining bir chekkasidan qaror sifatida mukammallashtirmoqchi bo'lgan, ya'ni boy bo'lishni xohlagandi. Lekin bu istak…
Bu dahshatli voqea edi. Salibaning zakot yig'uvchilariga: «Sizlarning qilayotgan ishlaringiz o'lpon so'rashdan boshqa narsa emas» ma'nosida aytgan so'zlari, Rasululloh (s.a.v.) ga og'ir botgandi. Payg'ambarimiz (s.a.v.) vafotlaridan keyin, Saliba hazrat Abu Bakr (r.a) ga, so'ng hazrat Umar va hazrat Usmon (r.a) larga murojaat qilgan bo'lsa-da, ularning hammasi: «Rasululloh (s.a.v.) qabul qilmagan narsani qanday qabul qilamiz?» deb javob berdilar. Hazrat Usmon (r.a) zamonida vafot etgan Saliba so'nggi damlarini yashayotganida, Rasululloh (s.a.v.) ning ilk ogohlantirishlari uning quloqlari ostida jarangladi: «Shukrini qilgan ozgina moling, shukrini qilmagan ko'p molingdan afzaldir, Saliba!». Ammo endi juda kech, g‘isht qolipdan ko'chib bo'lgan, «Masjid qushi» sifatida tanilgan Saliba «Zakoti qabul bo'lmagan boy» sifatida tarixga kirdi. Shu tariqa, zakotini berishni istamagan ziqna boylarga dahshatli saboq berildi.

Sheniz Yujel, "Baxt - Allohga ishonmoqdir" kitobidan
3
#foyda

Qalb hech qachon shunchaki bo'sh turmaydi.
Doim bir narsa bilan to'ladi.
Agar u narsa bo'lmasa, uning ziddi bilan.

Tavhid bo'lmasa, shirk bilan,
Sunnat bo'lmasa, bid'at bilan,
Toat bo'lmasa, ma'siyat bilan.
Muhabbat bo'lmasa, nafrat bilan.
🔥1
#Tafakkur

RAHM QILING!

   Imom Subkiy rohimahullohning "Tabaqot"ida keladi:
   "Salohiddin Ayyubiyning tarjimai holida kelishicha, uning qalbi nihoyatda yumshoq ekan. Biror shaharni qamal qilganida u yerdan ayollar va go‘daklarning yig‘lagani eshitilsa uni tashlab ketar ekan".

   Alloh taoloning eng go‘zal ismlaridan biri Rahmondir.
   Alloh taolo bandalari ichidan rahmlilarini yaxshi ko‘radi.
   Itlarni sug‘orish aslida zinokorlarni jannatga olib kirmaydi. Ammo Alloh taolo bir zinokor chanqab yotgan itga suv bergani uchun uni kechirdi. Chunki o‘sha paytda zinokorning qalbida itga nisbatan rahm-shafqat uyg‘ongan edi!
   Rahm qiling, rahm qilinasiz. Xotinlaringizning kamchiliklaridan ko‘z yuming. Ro‘zg‘or ishlari ularni ezib tashlaydi!
  Aziz singillarim! Ro‘zg‘or kamchiliklaridan, uy-ro‘zg‘or buyumlari yetishmovchiligidan shikoyat qilmasdan sabr qiling. Erlaringiz siz aytgan ba’zi narsalarni olib bera olishmasa o‘zlarini ojiz his qilib sinib qolishadi. Ularni bunday hissiyotdan xalos qiling!
   O‘g‘lingiz imtihondan o‘ta olmasa jazoga emas, mehrga muhtoj bo‘ladi. Uni quchog‘ingizga olib yupating.
   Qizingiz turmushidan ajralib kelsa jazoga emas, shafqatli quchoqqa ehtiyoj sezadi. Unga mehringizla dalda bering.
   So‘ngra ishlar yaxshi tomonga o‘zgarib ketadi inshaalloh!

   Shunaqangi soatlar bo‘ladiki, kishilarning ruhi u paytda tik tura olmasdan yerda sudralib qoladi. Kishilarning qomati qanchalar sizga tik ko‘rinmasin rahm qilavering. Zero ularning ruhini ko‘ra olmaysiz!
3
Kech kirishi bilan solih zotlar o‘z nafslarini tergab, amallarini sarhisob qilganlar. Ertangi kunlari bugungidan foydali o‘tishi uchun rejalar tuzganlar. Siz azizlarga ham bu kechani ertangi kuningizning mazmunli muqaddimasi bo‘lishini tilab qolamiz...

Xayrli tun !
Tuningiz osuda o‘tsin !
Allohga omonatsiz!
2👍2
Bir boyning uyida mehmon bo‘lgan yigit hayol surib o‘tirar ekan do‘stiga shunday dedi:
«Shu mol-davlatlar bandalar orasida taqsim qilinayotganida biz qayerda edik-a?!”

Buni eshitgan do‘sti uni kasalxonaga yetaklab bordi va shuday dedi:
«Mana bu kasalliklar taqsimlanayotganda-chi?
3
Yakka Sada kitobxonlari
#Niyat Bir kun kelib o‘zingni barcha sevganlaring orasida ko‘rasan. Yuraging hech siqilmay qo‘yadi. Hech narsani o‘ylamaysan. Hammayoq yorug‘ va nurli bo‘ladi. Ko‘z yoshlaringa guvoh bo‘lgan tun endi hech qachon kelmaydi. Insonlar boshqa o‘lmaydi. Yaqinlaringni…
Jannat go‘yo bir kelinchak bo‘lsa, uning mahri — nafsni yengishdir.

-------
Nafsni yengishni yo‘l qanday?
— Buni yo‘li UNING barcha xohish istaklariga qarshi chiqish bilan bo‘ladi. Ya’ni nafs istagan narsani tamom teskarisini qlishlik bilan...
2