Yakka Sada kitobxonlari
71 subscribers
253 photos
50 videos
21 files
44 links
Kitobni satrlarni o‘qir ekansan ham tabassum qilasan, ham yig‘laysan.  Kitob o‘qing,
insoniylik tuyg‘usini his qiling...
«Kitob yoqishdan ham og‘irroq jinoyat bor, masalan, uni o‘qimaslik»;anonim yozish kanalni adminga https://sprosi.link/al_addl
Download Telegram
​​Qadr haqida...

Qadrlash ilmini biladigan odam hamma narsani qadrlaydi.

Oddiy pol artadigan lattasini ham yuvib, quritib, bir chetga tahlab qo‘yadi.

O‘zi aslida u har kiyimni ham "pol artuvchi latta" qilavermaydi.

Masalan otalar kiyimi, onalar ko‘ylagi, erining yirtilib, hech nimaga yaramay qolgan jempferi ham uning qo‘llari bilan tikilgan- yostiq ichiga kiradi.

Bizlarga shunday o‘rgatishgandi.

Otamiz hidi kelib turadigandek tuyulgan toshdek yostiqlarda- ajoyib tushlar ko‘rganmiz...

Qadrlash ilmini bilmagan - vallomati bo‘lsayam qadrini bilmaydi.

Tuz yegan joylariga bir-bir tupurib, yuziga yopilmagan har eshiklarni tepib - sindiradi, og‘irini ko‘targan ustunlarni yuzsiz -  qurtdek kemiradi, yelka tutganlarining foydasi tegmay qolsa - osonlikcha bahridan o‘tadi...

Qadrlash ilmi-shunaqa har kim ham uqolmaydigan fan, har odam ham - ado etolmaydigan rusumdir...

Ummu Zaynab
3🥰1
Niyat

Bir kun kelib o‘zingni barcha sevganlaring orasida ko‘rasan.

Yuraging hech siqilmay qo‘yadi. Hech narsani o‘ylamaysan.

Hammayoq yorug‘ va nurli bo‘ladi. Ko‘z yoshlaringa guvoh bo‘lgan tun endi hech qachon kelmaydi.

Insonlar boshqa o‘lmaydi. Yaqinlaringni shifoxona eshigi oldida kutishga xojat qolmaydi.

Sog‘inchni his qilmaysan, u yerda faqat visol bor.

Va asta pichirlab shunday deysan: «Nihoyat biz jannatdamiz”.
4
Ilm yo‘lida sarflangan vaqt — hech qachon zoye ketmaydi. O‘qish — bu majburiyat emas, balki kelajakka eng katta sarmoya. O‘zingga eng yaxshi hadya — bilimdir. 📚🖊🕯
👍3
#Tafakkur

Go‘zal xulqni jamiyatda umumiy ta’lim bilan yoki amr va nahiy bilan shakllantirib bo‘lmaydi. Nafslarni fazilatlarga o‘rgatish uchun muallimning: "Bunday qil, yo unday qilma!" degan so‘zlari kifoya qilmaydi. Samarali odob uzoq tarbiyaga muhtoj va davomli harakatni talab etadi.

Shayx Muhammad Gʻazzoliy
Taqdir doimo kutilmagan qarorlari bilan seni ojiz qoldiradi. Sen ko‘p narsani rejalashtirishing mumkin, ammo u barcha narsani sening o‘rningga hal qilib bo'lgan bo'ladi.


Erix Mariya Remark
👍31🥰1
IFFAT

   Surat Jazoirlik ayol Xola Bayyaga tegishlidir. U yo‘l chetida non sotish bilan shug‘ullanadi. Ammo diqqatni tortadigani u yo‘lga teskari qarab o‘tiradi. Undan buning sababi haqida so‘rashganda shunday degan:
   "Biz mahram-nomahramlik, iffat-hayo asosida katta bo‘ldik, tarbiyalandik. Yo‘lga qarab o‘tirsam otamning tarbiyalariga va qabrdagi marhum erimga xiyonat qilayotgandek bo‘laman".
  E’tibor bering, u yoshi kattaligiga qaramasdan, hayot uni tirikchilik uchun ko‘chaga chiqishiga majburlaganiga qaramasdan o‘zini begonalar ko‘rishidan saqlayapdi!
   Alloh uni va unga o‘xshagan qiynalib qolsada iffatini sotmagan ayollarimizni saqlasin va ularga sabr -matonat bersin!
2👍1🥰1
Albatta, oddiy bir yo‘lovchi mening atirgulimni sizlarga o‘xshatardi. Lekin faqat uning yolg‘iz o‘zi yuzlab boshqa gullardan ko‘ra muhimroqdir.

"Kichkina Shahzoda" kitobidan.
1🔥1👏1
#Niyat

Bir kun kelib o‘zingni barcha sevganlaring orasida ko‘rasan.

Yuraging hech siqilmay qo‘yadi. Hech narsani o‘ylamaysan.

Hammayoq yorug‘ va nurli bo‘ladi. Ko‘z yoshlaringa guvoh bo‘lgan tun endi hech qachon kelmaydi.

Insonlar boshqa o‘lmaydi. Yaqinlaringni shifoxona eshigi oldida kutishga xojat qolmaydi.

Sog‘inchni his qilmaysan, u yerda faqat visol bor.


Va asta pichirlab shunday deysan: «Nihoyat biz jannatdamiz”.
2🔥1🥰1
Va a’laykumussalam varohmatullohi vabarokatuhu!

"Al-Adl"ning ma'nosi: 

Adolatli va To'g'ri: Bu Allohning har bir narsani to'g'ri va haqqini to'liq berib, o'z o'rniga qo'yishini bildiradi.
Haqqini Yetkazuvchi: Alloh har bir insonning haqqini undan olib, ularni adolatlilik bilan tartibga soladi.
Mukammal Adolat: Allohning hikmati va adolati hech qachon xato qilmasdan, har bir ishni adolatlilik bilan bajarishini anglatadi.
"Al-Adl"ning ahamiyati: 

Islom Aqidasi: "Adl" islom ta'limotida Allohning sifatlaridan biri sifatida qabul qilingan va islomiy aqidaning muhim talablaridan hisoblanadi.
👍211
Yakka Sada kitobxonlari
Alloh mehribondir, U siz voz kecha oladigan darajada davlat beradi. Izoh: Tasavvur qiling sizning savdo do'koningiz bor va bir soatda sizga 100 000 so'm foyda keltiradi. Siz juma kuni do'konni ikki soatga yopib jamoat namoziga bora olasiz. Endi o'ylab ko'ring…
«Ey iymon keltirganlar! Juma kuni namozga nido qilinganda Allohning zikriga shoshiling, savdoni qo‘ying. Agar bilsangiz, mana shu o‘zingiz uchun yaxshidir”
(Juma surasi, 9-oyat)
1🔥1
Yakka Sada kitobxonlari
Musofirchilik ko‘p narsani o‘rgatar ekan insonga. Sog‘inch, mehr, afsus, shukr kabi hissiyotlar qalbingda aralashib, qandaydir bir noma’lum hissiyotlar og‘ushida ko‘rasan o‘zingni. Avvallari atrofingda parvona bo‘lganlar, har kuni holingdan xabar oladiganlar…
#Kitobdan

   Insonlarda mehr-muhabbat, bag‘rikenglik ozaygani sari oilalarda muammolar ko‘payib boraveradi. Ba'zilar: «Turmush o‘rtog‘imni mamnun qilolmadim», deydi. Chunki ular o‘zlarining eng katta sabrlarini, go‘zal fazilatlarini, shirin tillarini eng yaqin qarindoshlariga, turmush o‘rtoqlariga emas, balki begonalarga ko‘rsatadilar. Hatto o‘zgalarga nimanidir o‘rgatadigan bo‘lsak, kutganimizdan-da sabrliroq bo‘lamiz. Yaqinlarimizni qaysidir ma'noda «qafasdagi kaklik» deb o‘ylaymiz, ammo yomon munosabatda bo‘laversak, ularni yo‘qotamiz. Biz qilgan yaxshiliklarimizni ko‘pincha minnat qilib qo‘yamiz. Hatto yaqinlarimizga begonalarga aytmaydigan juda og‘riqli so‘zlarni ham aytaveramiz. Bir-birimizni juda oson xafa qilamiz va bundan tortinmaymiz ham.

Sheniz Yujel, "Baxt - Allohga ishonmoqdir" kitobidan
1👍1
#kechki_mutolaa

Mini yubka..

O‘n olti yashar qiz uyidan tizzasidan bir qarich yuqori yubka kiyib chiqib ketti.O‘qishga.
Onasi ishga shoshib turgandi,etibor bermadi.
Otasi erta ketib kech keladi kunora körib tursa ham katta gap.
Buvisi jonnamoz ustida ötirgancha bir qarab qöydiyu indamadi,biladi foydasi yöq,bir gapga öng gap bilan javob oladi."Oshda mayli yurib-urib olsin"

Qiz piyodalar yölkasi qolib katta yöl chetidan yura boshladi.Mashinalar atay sekinlab xaydovchilar signal chalib bazilari esa oynadan boshini chiqarib xushtak chalib öta boshladi.
Shu payt qizning uzun oyoqlariga közi ketgan yoshroq biri mashinani boshqorolmay qoldiyu togri borib qarshi tomondan kelayotgan mashinaga urildi.Köchani qiy-chuy bosdi.Kimningdir boshi pachoqlandi kimningdir mashinasi....
Kollej yigitlarining deyarli yarmi qizdan köz uzmadi.
Yoshrogi qolib yoshi bir joyga borib qolgan erkaklar ham yigishtirolmay qoldi nigohini. Har kallada har hayol..
Shu kuni kimningdir mashinasi,kimningdir oromi,kimningdir hayoli,kimningdir oilasi,kimningdir tahorati buzildi..
Shu kuni otaning ham,akaning ham ishi yurishmadi.
Befarqlik gunohga,gunoh esa gunohlarga yetakladi.
Shu kuni namozhon buvining öng yelkasidagi farishtalar daftariga hech nima yozilmadi...
3
​​Muslima singlim, erkaklar o‘zaro muhokama qilayotgan mavzular ostida izoh yozma. Ayollar ham yozgan bo‘lsa va sening ham fikr bildirishing muhim bo‘lsa, mayli, yoz. Lekin ayol-erkak aralashgan joyga zaruratsiz qo‘shilma. Bu telegram guruhda bo‘ladimi, feysbuk yoki boshqa ijtimoiy tarmoqda yoki hayotda bo‘lsa ham. Iffatingni asraganing o‘zing uchun yaxshidir!

#Ayollar
2👍2🔥1👏1
#Hikmatlar

Bir kishi donishmandning oldiga kelib, undan so’radi: “Men bir ayolga uylangan edim. Qarasam, uning oyog’i cho’loq ekan. Endi undan ajralishimga ruxsat bormi?” Shunda haligi donishmand dedi: “Agar xotining bilan yugurish musobaqasi o’ynamoqchi bo’lsang, bemalol undan ajralishing mumkin”.

💖 😊 ❤️
🥰21😇1
#kitobdan

"Rost va'dalar daftari"

Oilamiz katta bo'lib moddiy sharoitimiz ham kamtarona edi. Dadam oddiy xizmatchi bo'lsalar-da, aytgan narsamizni olib berishga doim harakat qilar edilar. Agar biz so'ragan narsaga ayni vaqtda pullari yetmasa: "Bolajonim, hozir bu narsaga pulim yetmas ekan, inshaalloh, oylik olsam, albatta, olib beraman”, derdilar. Ular olib beraman degan narsalarini hech qachon esdan chiqarmasdilar. Biz farzandlarning dadamga aytgan narsamiz, hatto, esimizdan chiqib ketardi. Lekin dadam imkonlari bo'lganda ikki-uch oy keyin bo'lsa ham o'sha narsani olib berardilar. Hammamizning "buyurtma"miz dadamning yodlarida turishiga qoyil qolardik. Buning sirini dadam vafot etganlaridan so'ng bildik. Men dadamning shaxsiy narsalari turadigan tortmadan bir daftarcha topib oldim. Dadam o'sha daftarga biz olib bering degan narsalarimizning barchasini yozib borar ekanlar. Daftarcha biz aytgan qo'g'irchoqlaru shirinliklar, kiyim-kechaklaru kitob-daftarlar nomi bilan to'la edi. Hatto aytgan kunlarimiz sanasini ham qayd qilib borar, olib berganlarini belgilab ham qo'yar ekanlar. Barchamiz bu daftarni yig'lab o'qidik. Ayniqsa o'zim haqimdagilarni o'qiganimda bo'g'zimga nimadir tiqilib qoldi, ovozim ham chiqmasdi. Bu daftarning nomini "Rost va'dalar daftari” desa ham bo'ladi. Dadam rahmatli rostgo'y, so'zida turuvchi, mehnatkash inson edilar. Ularni Alloh rahmatiga olgan bo'lsin. Omin!

“Farzand tarbiyasida 700 saboq” kitobidan.
😢21
#Tafakkur

Soliha (Muslima🤎) ayol dinning yarmidir!

Hasan Al Basriydan (rohimahulloh) rivoyat qiladilar:
Haj mavsumi Makkaning do‘konlaridan biriga mato olish uchun kirdim.
Sotuvchi mahsulotlarini maqtagandan maqtab, tinimsiz qasam ichaverardi. Shu sabab, do‘konidan chiqib, boshqa do‘kondan mato oldim.
Oradan ikki yil o‘tib hajda o‘sha sotuvchining ixlos bilan ibodat qilayotganini ko‘rdim. Do‘koniga kirsam, savdoni ham qasamlarsiz, mahsulotining kamchiligini aytib sotayotgandi.
Undan so‘radim:
- Ikki yil oldingi qasamxo‘r sizmidingiz? Nima o‘zgardi?

U javob berdi:
- Ha, men o‘shanday edim. Bir xotinim bor edi. Nuqul topganim kamligidan shikoyat qilar, ko‘proq pul topsangiz bo‘lmaydimi?! - deb malomat qilaverardi. Alloh taolo meni undan xalos qildi. Keyin boshqa uylandim. Bu ayolim har safar uydan chiqarkanman:
- Allohdan qo‘rqing! Bizga harom luqma yedirmang! - deydi. Shunday qilib o‘zgardim.

Imomdan rivoyat qilingan hikoya shu yerda tugaydi. Bunga o‘xshash hollarni bizning zamonamizda ham ko‘p ko‘rganmiz. Darhaqiqat, soliha ayol dinning yarmidir!

Mahmud Usmon
3
Luqmoni hakim hazratlarini qaroqchilar asir olishdi. Begona shaharda qul qilib, bir boyga sotishdi. Xo‘jayin u kishiga g‘isht quyish kabi qiyin ishlarni topshirdi. Luqmoni hakim esa ishning qiyinligidan shikoyat qilmay, hammadan ko‘ra yaxshiroq ishlardilar. Vaqt o‘tgani sari xo‘jayin bu qulning mehnatkash, halol va qiyin ishlarga chidamli ekanini bildi. U kishiga mehri tushib qoldi.
Bir kuni bu shaharga kelgan Luqmoni hakimning hamshaharlaridan u zotning aslida kim ekanligini bilib oldi. Oldinroq tanimagan, ammo shuhratini eshitgan Luqmoni hakimdek zotni qul qilib ishlatib yurgani uchun qayg‘uga tushdi. Darhol u kishidan uzr aytib, hadyalar berib, ozod qildi. “Nega o‘zingizni tanitmadingiz?” deb so‘radi.
Luqmoni hakim aytdilar:
– Siz kuchimdan foydalanish uchun meni sotib oldingiz. Shahringizda meni himoya qiladigan biror qonun yo‘q edi. Men esa bir kuni kimligimni bilishlarini va sabr­ning hikmatdan ham ulug‘ ekanligini bilardim. Shu sababli ham nima bo‘lishiga qaramasdan, ishlashim kerak edi, ishladim. Yashashim shart edi, yashadim. Nima bo‘lsa ham yaxshi bo‘lishim kerak edi. Ishimning og‘irligi salomatlik qadrini anglashim va boshqa qullar ahvolini tushunishimga, taomimning yaxshi emasligi, g‘arib, faqirlar holini anglashimga yordam berdi.
Qul edim, ammo aybim yo‘q edi. Mashaqqat ichra edim, ammo ibrat va nasihat olayotgandim. Hech kimga yolg‘on gapirmadim, birov menga dushman bo‘lmasligi uchun o‘zimni maqtamadim, baland tutmadim. Shahringizga keldim, begona edim sizlarga. Bugun esa orangizda meni yaxshilik bilan eslaydigan do‘stlarim bor.
Siz Luqmonni odamlar e’tirof etganidek emas, ko‘rganingiz kabi tanidingiz. Alloh taologa shukrlar bo‘lsin, oqibatda, mendan mamnun bo‘ldingiz. Men ham o‘z yurtimga xushnud holda qaytyapman. Agar kelgan kunimoq o‘zimni tanitganimda, ishonmasligingiz yoki ishonib meni ozod qilishingiz mumkin edi. Bugungi yaxshiliklardan, ibratli ishlardan siz ham, men ham, boshqalar ham bahramand bo‘lishmas edi.
1🥰1
#hayirli_kun

Asalomu aleykum!
Hayotda yaxshi odamlar juda ko‘p. Ularni topa olmasangiz, ulardan biri bo‘ling.

Juma muborak bolsin...!❤️
3