Yakka Sada kitobxonlari
<unknown> – 2_5463197219395996729
HIJOB
"Ertalab soat 9:00 yugurib o‘qishga ketyabman, ko‘cha yomg‘ir. Yomg‘ir bahona o‘qishga bugun shim kiysam bo‘ladi. Darvoza oldida "rektor janoblari" turibdilar))). Bir qaradiyu, indamadi. (Biror narsa desa bahonam tayyor))) Ammo e’tiborimni "ustoz ruxsat bering 40 minutdan beri turibman degan hijob o‘rangan qiz tortdi". "-Hijob mumkinmas". Bechora qiz yomg‘ir ostida qancha turarkin. Yo‘q u menga o‘xshab shim kiymaydi, manga o‘xshab ustozlar bilan tengma-teng gapirib, o‘zini so‘zini o‘tkazmaydi, o‘qituvchi biror narsa deb bahosini tushirsa talashib-tortishib o‘qituvchiligigayam qarab o‘tirmaydi. Faqat jimlik orqali katta "dars" beradi. Aybing seni menga o‘xshab "o‘ris tabiat" bo‘lmaganingmi?! Senga havas qilaman dugonajon. Senga o‘xshashimga hali ancha bor, balki umuman nasib etmas...
© Ayjamal Joldasbayeva-Janibekova
===========
Bularni o‘qib ko‘zim jiqqa yoshga to‘ldi...
Hijob ortidan bunchalik ozorlarga faqat Ollohning roziligi yo‘lida, uning buyrug‘ini bajarish uchun sabr-bardosh qilayotgan singillarimiz, qizlarimiz! Aslo tushkunlikka tushmang, Parvardigorning suyukli bandalari bo‘lganingiz uchun ham bu kabi sinovlar, mashaqqatlar kelmoqda.
Olloh taolo hijob-la o‘tkazayotgan har lahzangizga minglab ajrlar bersin, sabotu matonatingizni ziyoda etsin.
Hijob ne’matiga muyassar bo‘lmagan qizlarimizni ham bu ulug‘ ne’mat bilan siylasin, qalblariga iymon halovatini bersin, iffatu hayoga ko‘msin... Omin..
©️ Sayfulloh Nosir hafizahulloh

😢3🕊2
#Tafakkur
Imom Molik rahmatullohi alayh aytadilar:
"Bu shaharda – Madinada – shunday odamlarni ko‘rdim, ularning ayb-u xatolari yo‘q edi. Keyin ular boshqa odamlarning ayblarini gapirishgan edi o‘zlarining ham ayblari ochilib ketdi. (Ya’ni ular ham bularning ayblarini gapira boshladilar.)
Yana shunday odamlarni ko‘rdim, ularning ayb-u nuqsonlari bor edi. Lekin ular boshqa odamlarning ayblaridan tillarini tiyishdi. Natijada o‘zlarining ayblari ham unutildi.

🔥2❤1👍1
Buni doimo yodda tut: baxtli hayot uchun juda oz narsalar kifoya; hammasi sening fikrlashingga bog‘liq.
Mark Avreliy.
Niyating - Pok bolishi Seni yuksak darajalarga yetishtiradi!😊 Orzu qilishdan toʻxtama... Sen eng yaxshisiga loyiqsan🤓

👍1🔥1🥰1👏1🕊1
Odamlar o‘z mol-mulklarini ehtiyot qiladi, birovga bermaydi. Ammo vaqtga kelganda — uni eng beparvo narsaday sovuradi. Aslida esa vaqt — eng qimmatli narsa, uni tejash kerak.
Seneka
Seneka
💔3👍1
Musofirchilik ko‘p narsani o‘rgatar ekan insonga. Sog‘inch, mehr, afsus, shukr kabi hissiyotlar qalbingda aralashib, qandaydir bir noma’lum hissiyotlar og‘ushida ko‘rasan o‘zingni.
Avvallari atrofingda parvona bo‘lganlar, har kuni holingdan xabar oladiganlar, sog‘liging bilan qiziqadiganlar, olamni tun qoplaganda yo‘qolgan quyosh kabi yo‘qolib qolishadi. Sababi endi sen ulardan uzoqdasan. Ishon, ular hayotlaridagi o‘rningni boshqa birov bilan to‘ldirib olishgan bo‘ladi. Shunchaki unutilasan, shunchaki unutishadi. Ammo ota-ona uchun o‘rning har qanday holatda ham o‘zingni o‘rningligicha qolaveradi.
Har qanday holatda ham ota-onangiz va oilangizni qadrlang. Yo‘ldagi tanishlar esa qachondir yo‘lda qolib ketishadi.

🕊2
Qadr haqida...
Qadrlash ilmini biladigan odam hamma narsani qadrlaydi.
Oddiy pol artadigan lattasini ham yuvib, quritib, bir chetga tahlab qo‘yadi.
O‘zi aslida u har kiyimni ham "pol artuvchi latta" qilavermaydi.
Masalan otalar kiyimi, onalar ko‘ylagi, erining yirtilib, hech nimaga yaramay qolgan jempferi ham uning qo‘llari bilan tikilgan- yostiq ichiga kiradi.
Bizlarga shunday o‘rgatishgandi.
Otamiz hidi kelib turadigandek tuyulgan toshdek yostiqlarda- ajoyib tushlar ko‘rganmiz...
Qadrlash ilmini bilmagan - vallomati bo‘lsayam qadrini bilmaydi.
Tuz yegan joylariga bir-bir tupurib, yuziga yopilmagan har eshiklarni tepib - sindiradi, og‘irini ko‘targan ustunlarni yuzsiz - qurtdek kemiradi, yelka tutganlarining foydasi tegmay qolsa - osonlikcha bahridan o‘tadi...
Qadrlash ilmi-shunaqa har kim ham uqolmaydigan fan, har odam ham - ado etolmaydigan rusumdir...
Ummu Zaynab

❤3🥰1
Niyat
Bir kun kelib o‘zingni barcha sevganlaring orasida ko‘rasan.
Yuraging hech siqilmay qo‘yadi. Hech narsani o‘ylamaysan.
Hammayoq yorug‘ va nurli bo‘ladi. Ko‘z yoshlaringa guvoh bo‘lgan tun endi hech qachon kelmaydi.
Insonlar boshqa o‘lmaydi. Yaqinlaringni shifoxona eshigi oldida kutishga xojat qolmaydi.
Sog‘inchni his qilmaysan, u yerda faqat visol bor.
Va asta pichirlab shunday deysan: «Nihoyat biz jannatdamiz”.

❤4
#Tafakkur
Go‘zal xulqni jamiyatda umumiy ta’lim bilan yoki amr va nahiy bilan shakllantirib bo‘lmaydi. Nafslarni fazilatlarga o‘rgatish uchun muallimning: "Bunday qil, yo unday qilma!" degan so‘zlari kifoya qilmaydi. Samarali odob uzoq tarbiyaga muhtoj va davomli harakatni talab etadi.
Shayx Muhammad Gʻazzoliy

Taqdir doimo kutilmagan qarorlari bilan seni ojiz qoldiradi. Sen ko‘p narsani rejalashtirishing mumkin, ammo u barcha narsani sening o‘rningga hal qilib bo'lgan bo'ladi.
Erix Mariya Remark
Erix Mariya Remark
👍3❤1🥰1
IFFAT
Surat Jazoirlik ayol Xola Bayyaga tegishlidir. U yo‘l chetida non sotish bilan shug‘ullanadi. Ammo diqqatni tortadigani u yo‘lga teskari qarab o‘tiradi. Undan buning sababi haqida so‘rashganda shunday degan:
"Biz mahram-nomahramlik, iffat-hayo asosida katta bo‘ldik, tarbiyalandik. Yo‘lga qarab o‘tirsam otamning tarbiyalariga va qabrdagi marhum erimga xiyonat qilayotgandek bo‘laman".
E’tibor bering, u yoshi kattaligiga qaramasdan, hayot uni tirikchilik uchun ko‘chaga chiqishiga majburlaganiga qaramasdan o‘zini begonalar ko‘rishidan saqlayapdi!
Alloh uni va unga o‘xshagan qiynalib qolsada iffatini sotmagan ayollarimizni saqlasin va ularga sabr -matonat bersin!

❤2👍1🥰1
Albatta, oddiy bir yo‘lovchi mening atirgulimni sizlarga o‘xshatardi. Lekin faqat uning yolg‘iz o‘zi yuzlab boshqa gullardan ko‘ra muhimroqdir.
"Kichkina Shahzoda" kitobidan.
"Kichkina Shahzoda" kitobidan.
❤1🔥1👏1
#Niyat
Bir kun kelib o‘zingni barcha sevganlaring orasida ko‘rasan.
Yuraging hech siqilmay qo‘yadi. Hech narsani o‘ylamaysan.
Hammayoq yorug‘ va nurli bo‘ladi. Ko‘z yoshlaringa guvoh bo‘lgan tun endi hech qachon kelmaydi.
Insonlar boshqa o‘lmaydi. Yaqinlaringni shifoxona eshigi oldida kutishga xojat qolmaydi.
Sog‘inchni his qilmaysan, u yerda faqat visol bor.
Va asta pichirlab shunday deysan: «Nihoyat biz jannatdamiz”.
Bir kun kelib o‘zingni barcha sevganlaring orasida ko‘rasan.
Yuraging hech siqilmay qo‘yadi. Hech narsani o‘ylamaysan.
Hammayoq yorug‘ va nurli bo‘ladi. Ko‘z yoshlaringa guvoh bo‘lgan tun endi hech qachon kelmaydi.
Insonlar boshqa o‘lmaydi. Yaqinlaringni shifoxona eshigi oldida kutishga xojat qolmaydi.
Sog‘inchni his qilmaysan, u yerda faqat visol bor.
Va asta pichirlab shunday deysan: «Nihoyat biz jannatdamiz”.
❤2🔥1🥰1
Yakka Sada kitobxonlari
#Niyat Bir kun kelib o‘zingni barcha sevganlaring orasida ko‘rasan. Yuraging hech siqilmay qo‘yadi. Hech narsani o‘ylamaysan. Hammayoq yorug‘ va nurli bo‘ladi. Ko‘z yoshlaringa guvoh bo‘lgan tun endi hech qachon kelmaydi. Insonlar boshqa o‘lmaydi. Yaqinlaringni…
Jannat_uchun_yaralgansan_❗_Abdulloh_domla_2023❗_#abdullohdomla_#maruzalar
<unknown>
❤2🥰1
Yakka Sada kitobxonlari
<unknown> – Jannat_uchun_yaralgansan_❗_Abdulloh_domla_2023❗_#abdullohdomla_#maruzalar
Жаннатни эсла.
t.me/mahbubiym
O'zingga Jannatni eslat...
❤1🔥1🥰1
Va a’laykumussalam varohmatullohi vabarokatuhu!
"Al-Adl"ning ma'nosi:
Adolatli va To'g'ri: Bu Allohning har bir narsani to'g'ri va haqqini to'liq berib, o'z o'rniga qo'yishini bildiradi.
Haqqini Yetkazuvchi: Alloh har bir insonning haqqini undan olib, ularni adolatlilik bilan tartibga soladi.
Mukammal Adolat: Allohning hikmati va adolati hech qachon xato qilmasdan, har bir ishni adolatlilik bilan bajarishini anglatadi.
"Al-Adl"ning ahamiyati:
Islom Aqidasi: "Adl" islom ta'limotida Allohning sifatlaridan biri sifatida qabul qilingan va islomiy aqidaning muhim talablaridan hisoblanadi.

👍2❤1✍1
Yakka Sada kitobxonlari
Alloh mehribondir, U siz voz kecha oladigan darajada davlat beradi. Izoh: Tasavvur qiling sizning savdo do'koningiz bor va bir soatda sizga 100 000 so'm foyda keltiradi. Siz juma kuni do'konni ikki soatga yopib jamoat namoziga bora olasiz. Endi o'ylab ko'ring…
«Ey iymon keltirganlar! Juma kuni namozga nido qilinganda Allohning zikriga shoshiling, savdoni qo‘ying. Agar bilsangiz, mana shu o‘zingiz uchun yaxshidir”
(Juma surasi, 9-oyat)
(Juma surasi, 9-oyat)
❤1🔥1
Yakka Sada kitobxonlari
Musofirchilik ko‘p narsani o‘rgatar ekan insonga. Sog‘inch, mehr, afsus, shukr kabi hissiyotlar qalbingda aralashib, qandaydir bir noma’lum hissiyotlar og‘ushida ko‘rasan o‘zingni. Avvallari atrofingda parvona bo‘lganlar, har kuni holingdan xabar oladiganlar…
#Kitobdan
Insonlarda mehr-muhabbat, bag‘rikenglik ozaygani sari oilalarda muammolar ko‘payib boraveradi. Ba'zilar: «Turmush o‘rtog‘imni mamnun qilolmadim», deydi. Chunki ular o‘zlarining eng katta sabrlarini, go‘zal fazilatlarini, shirin tillarini eng yaqin qarindoshlariga, turmush o‘rtoqlariga emas, balki begonalarga ko‘rsatadilar. Hatto o‘zgalarga nimanidir o‘rgatadigan bo‘lsak, kutganimizdan-da sabrliroq bo‘lamiz. Yaqinlarimizni qaysidir ma'noda «qafasdagi kaklik» deb o‘ylaymiz, ammo yomon munosabatda bo‘laversak, ularni yo‘qotamiz. Biz qilgan yaxshiliklarimizni ko‘pincha minnat qilib qo‘yamiz. Hatto yaqinlarimizga begonalarga aytmaydigan juda og‘riqli so‘zlarni ham aytaveramiz. Bir-birimizni juda oson xafa qilamiz va bundan tortinmaymiz ham.
Sheniz Yujel, "Baxt - Allohga ishonmoqdir" kitobidan

❤1👍1