Yakka Sada kitobxonlari
- Xarob kulbada jufti xaloli bilan shodon yashayotgan ayol, xashamatli qasrda yig'lab yashayotgan ayoldan baxtlidir...
«Erni er qilish” mashaqqati
Erkakning bir zaifligi bor. Puli tugab qolsa, qo‘vog‘i osilib, ko‘ngli torayib qoladi. Shunday paytlarda sizga tinchlik kerak bo‘lsa, unga noxush gaplarni aytmay turing!
Dunyoda puldan ko‘ra ming marta go‘zal ne’matlar borligiga, ularni ko‘rib, to‘yib, maza qilishga chorlang!
Bolalarning yaxshi ishidan, shirin gapidan, atrofdagi chiroyli narsalardan so‘z ochib, chalg‘iting; qorong‘i dunyosini yoriting!
Kuch, vaqt, kayfiyat, maslahat talab etadigan muammo va maslahatlarni juftangizning puli bor paytiga to‘g‘rilang!
O‘shanda kayfiyati yaxshi bo‘ladi. Ishingiz oson bitadi.
«Ayol yuragiga qil sig‘may tursa ham, hamma ishga bag‘ri keng-ku!”, demang. «Erlar nega bunday?”, deb siqilmang.
Bunday kuchli salohiyat ayolga berilgan, erkakda yo‘q!
Kabutardan bulbullikni, olchadan o‘rik bo‘lishini so‘ramaymiz-ku?
Insondan imkoniyatida borini talab qilish lozim.
«Erni er qilish” mashaqqati shu bo‘lsa kerak…
@IkromSharif

🔥2
Forwarded from Hilol Nashr
☝️ «2000 та китоб ёзганман»
Буюк ҳофиз, муҳаддис Ибн Ражаб раҳматуллоҳи алайҳ айтадилар: «Ўз қўлим билан 2000 та китоб ёзганман». ҳатто кунига 9 та китоб ёзган пайтлари ҳам бўлган экан.
Амр Холид айтади: «Булар қандайин зотлар эди! Вақтининг қадрини билган мана шундай зотлар сабабли уммат 1300 йил турди. Охирги 100 йилнинг умматлари нима бўлди? Бу замон умматининг дарду ғами уй қуриш бўлди...»
@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1
#hikmat
«Nomunosib joyda, johil odamlarga haqiqatlardan gap ochish – gapiruvchining o‘ziga o‘zi qiladigan zulmidir”.
Shamsi Tabriziy

❤2🔥1
Yakka Sada kitobxonlari
#Mehr Mehr insonga xos barqaror tuyg'u bo'lib, shaxsning kelajak avlodlar baxt-saodati yo'lidagi beg'araz faol xatti-harakati hisoblanadi.
#kun_hikmati
Saxiy duradgor
Kichkina qishloqlarning birida duradgor usta yashar edi. U yog‘ochlarga chiroyli naqshlar berib qimmat narxga sotardi. Kunlarning birida uning oldiga bir chol kelib:
- Sen bu mehnating orqali yaxshi topasan, lekin faqir muxtojlarga hech ham xayr ehson qilmaysan. Ana u qassobni qara, u oz topsa ham, deyarli har kuni faqirlarga go‘sht tarqatadi, - debdi.
Duradgor cholga qarab jilmayibdi, lekin indamabdi, shunda chol javob olmagach duradgor yonidan g‘azablanib chiqib ketibdi. Bu voqeadan keyin qishloqda:
- Usta boy lekin xasis ekan, degan gap tarqalibdi va qishloqdagilar duradgorni yomon ko‘rib qolishibdi.
Kunlarning birida, duradgor xastalanib qolibdi. Hech kim undan xabar ham olmabdi. Xasta duradgor yolg‘izlanib olamdan ko‘z yumibdi.
Kunlar o‘tib odamlar qassob go‘sht tarqatmay qo‘yganini payqashibdi. Shunda qassobdan nega oldingidek go‘sht tarqatmayotganini so‘rashsa, u:
- Duradgor usta hayotlik chog‘ida har safar pul olib kelib, mendan faqirlarga go‘sht tarqatishimni so‘rardi. Hozir esa duradgor yo‘q. Endi hech kim pul olib kelmayabdi, - deb javob beribdi.
Hech qachon insonda ko‘rgan narsangizga qarab baho bermang, uning qalbini faqat Yaratgan bilguvchidir!
#Tafakkur

👍2❤1🔥1👏1
Yakka Sada kitobxonlari
#Tafakkur vaqti Zamon zoʻrniki! Bu dunyoda zoʻrlarning supurgisi uchadi. Doim ularning olchisi oldi. Ular qayga qoʻl uzatsa yetadi. Ular juda baxtli. Ammo bir narsani unutmang, bu dunyodagi zoʻrlik u dunyoga aslo oʻtmaydi. Zolimlar albatta ikki dunyoda jazosini…
#Tafakkur
Banda biror ayb (gunoh) qilgan birodarining ustidan kulsa, albatta, uning o‘zi ham o‘sha aybga giriftor bo‘ladi. Sizga biror birodaringizning aybi haqida xabar yetsa, "Alloh bizni ham, uni ham kechirsin!", deng.
Ibnul Qoyyim rahimahulloh.

#OILA MUHABBAT VA MEHR • Oila qurgunga qadar juftlar orasida muhabbatning o‘zi bo‘ladi. • Oila qurgach esa muhabbatga ko‘mak sifatida rahm ham qo‘shiladi. • Aksar juftlar muhabbat sababli bir-birlariga bog‘lanishadi, ammo hayotlarini o‘zaro mehr bilan davom…
Insonning eng yaxshi yo‘ldoshi uni sevgan emas,balki tushungan yo‘ldoshidir. Chunki yo‘llar tushunish bilan boshlanadi va oxirigacha boradi.
@IkromSharif
@IkromSharif
❤1🥰1
#Tafakkur
Juft tanlamoq - kitob tanlashga o'xshaydi...
Bejirim muqova diqqatingizni tortishi mumkin, biroq sahifalarda mazmun bo'lmasa oxirigacha o'qiyolmaysiz...

❤2
Forwarded from UFQ kitoblar || Rasmiy
#sotuvda
Kitobda insonlar to‘rtta xarakter turiga bo‘lingan bo‘lib, ularni qanday tushunish va ular bilan qanday munosabat qilish kerakligi haqida aniq tavsiyalar berilgan. Agar muloqotlaringizni samaraliroq qilishni xohlasangiz, bu kitob aynan siz uchun
Ush u kitobni Ufq kitoblar do'konidan harid qilishingiz mumkin.
✍Tomas Erikson
📚 Sahifa 350 bet
💰 47.000 so'm
☎️ +998972571555
+998913625868
📌 Bizning Manzil:
Namangan shahar
Mashad shaharchasi
Saltanat majmuasi yonida!
Kitobda insonlar to‘rtta xarakter turiga bo‘lingan bo‘lib, ularni qanday tushunish va ular bilan qanday munosabat qilish kerakligi haqida aniq tavsiyalar berilgan. Agar muloqotlaringizni samaraliroq qilishni xohlasangiz, bu kitob aynan siz uchun
Ush u kitobni Ufq kitoblar do'konidan harid qilishingiz mumkin.
✍Tomas Erikson
+998913625868
Namangan shahar
Mashad shaharchasi
Saltanat majmuasi yonida!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🔥1
87. Жамоат ва имомат. Сутра, витр, нафл ва таровеҳ
Мукаммал саодат йўли
87. Жамоат ва имомат. Сутра, витр, нафл ва таровеҳ.
Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф роҳимаҳуллоҳ
#Мукаммал_саодат_йўли
Ўзбекистон Республикаси Дин ишлари бўйича қўмитанинг 2012 йил 17 майдаги 1136-рақамли хулосаси асосида тайёрланган.
@BintuSodiq
Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф роҳимаҳуллоҳ
#Мукаммал_саодат_йўли
Ўзбекистон Республикаси Дин ишлари бўйича қўмитанинг 2012 йил 17 майдаги 1136-рақамли хулосаси асосида тайёрланган.
@BintuSodiq
🔥2
Yakka Sada kitobxonlari
#Oila Turmush o‘rtog‘i bilan shirinida ham, achchig‘ida ham (murosa, itoat va o‘zaro tushunish bilan) hayot kechirayotgan ayol (kelin)ning ortida bilginki, uni yaxshi parvarish qilgan va go‘zal tarbiya bergan ulkan bir oilasi turibdi.
#Farzand_tarbiyasi
Abu Asvad Duvaliy farzandlariga: “Sizlarga kichikligingizda ham, katta bo‘lganingizda ham va hatto tug‘ilishingizdan oldin ham yaxshilik qilganman”, dedi. – “Qanday qilib tug‘ilishimizdan oldin bizga yaxshilik qilgansiz?”, deb so‘rashdi farzandlari. Shunda Abu Asvad: “Men sizlar uchun soliha ona tanlaganman”, - deb javob berdi.

❤3
Forwarded from UFQ kitoblar || Rasmiy
Ufq Kitoblar Do‘koni 📚
📚 Ilmni tartib bilan olish kerak !!!
📖Бу кўҳна заминда ҳар куни миллионлаб чақалоқ дунёга келади ва деярли шунча одам бу фоний дунё билан хайрлашади. Бунинг орасидаги муддат эса «ҳаёт» деб аталиб, ҳар бир инсон уни ўз билганича ёки бошқаларнинг тажрибасига суянган ҳолда яшаб ўтади. Ана шу ҳаётда қандай кун кечирган маъқул?
Birinchi bosqich yettinchi kitobga ilova !!
📝Muallif: Ahmad Muhammad Tursin
📖NOMI: Siz qanday yashamoqchisiz?
💰Narxi: 78⁰⁰⁰ soʻm
🕯️ Умринг поёнида афсус-надомат чекмаслик учун турмушда нималарга эътибор бериш керак? Бахтли, тўкин ва осойишта ҳаёт кечиришнинг биз билмаган синоатлари ҳам борми?
✨Аҳмад Муҳаммад Турсуннинг “Сиз қандай яшамоқчисиз?” китобидан ана шу саволларга бир қадар жавоб топишингиз мумкин.
☎️ tel: +998972571555
+998913625868
📱 Telegram / 📱 Instagram

👍2❤1🔥1🥰1
#Kitobdan
Asl moʻjizalar har kuni takrorlangani uchun biz ularga koʻp ham eʼtibor beravermaymiz. Masalan, tanamiz juda ham chiroyli tizim bilan ishlaydi. Avvalo, tanamiz uchun shukr qilishimiz darkor.
Oʻziga ishonmoq, ishonchga ega boʻlmoq – bu Allohning sizga berganlarini qabul qilishdir. Alloh bergan jinsi, boʻyi, vazni va tanasini qabul qilmoq zarur, Alloh bergan ota-onadan norozi boʻlish mag‘rurlikning ortishidan boshqa narsa emas.
Shukrni koʻpaytirsak, noliyverish ham kamayadi. Nolimoqlik – baxtsizlikning urugʻidir. Allohdan kelganidan insonlarga arz qilish bizga hech qanday foyda keltirmaydi. Baʼzida insonlar hech qanday muammosi boʻlmay turib ham nolishlari mumkin. Baʼzida esa juda koʻp qiyinchiliklarga duch kelishsa ham shukr qilishga qodirdirlar.
"Baxt - Allohga ishonmoqdir" kitobidan

Yaxshilik va yomonlik. Bu dunyoda hamma narsaning javobi bor deydilar. To‘g‘ri gap! Ammo bu dunyoda javob qilinmaydigan narsalar ham bo‘ladi. Siz birovga yaxshilik qilsangiz, javobini kutmang. Undan qaytmasa, boshqadan qaytadi. Birov sizga yomonlik qilsa…
Amal qiling!
Yaxshi ko‘rgan kishilaringizning qo‘lidan qattiq USHLANG.
Ularga ularni yaxshi ko‘rishingizni BILDIRIB qo‘ying.
Qilgan xatolarini kechiring... Chunki bir kun kelib yoki Siz ularni "TASHLAB" ketasiz, yoki ular Sizni tark etishadi... Qalbda esa ularning YODI va sog‘inchigina qoladi...
Jarohatning ichi tozalanmay turib uning ustini TIKIB qo‘ymang...! Yaqinlaringiz bilan (behudaga emas, haqni topish) uchun bahslashing, ularning gaplarini qabul qiling, (gapingiz ularga tushunarsiz bo‘lsa) tushuntirib bering, (ular haq bo‘lsalar buni) e’tirof qiling, (kerak bo‘lganda) ularga YON bering...!
Hayot juda ham qisqadir...!
odamlarning o‘zaro bir-birlarini YOMON ko‘rishi, hasad qilishi, adovatlashishi, qarindoshchilik aloqalarini uzishiga ARZIMAYDI…!
Ertaga… Bizdan XOTIRAGINA qoladi…
O‘lim hech kimdan RUXSAT so‘rab kelmaydi…
Sizga yomonlik qilganlarga ham tabassum qiling, ularning qilgan ishlarini KECHIRIB yuboring…!

👍2
Yakka Sada kitobxonlari
#Farzand_tarbiyasi Abu Asvad Duvaliy farzandlariga: “Sizlarga kichikligingizda ham, katta bo‘lganingizda ham va hatto tug‘ilishingizdan oldin ham yaxshilik qilganman”, dedi. – “Qanday qilib tug‘ilishimizdan oldin bizga yaxshilik qilgansiz?”, deb so‘rashdi…
#kechki_mutolaa
Xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhu sutga suv aralashtirib sotishni ta’qiqladi. Xalifaning qarori musulmonlar orasida e’lon ham qilindi. Qonun kuchga kirdi.
Umar ibn Xattob odatiga ko‘ra tunda ko‘cha aylanib fuqaro holini o‘rganar ekan, banogoh bir hovli oldida ikki ayol – ona va qizning suhbati quloqqa chalindi. Ona qizga:
Sutga tezroq suv aralashtir saxar vaqti bo‘lib qoldi—der edi. Qiz esa:
Yo‘q. Xalifa Umar bu ishni ta’qiqlagan—dedi.
Xozir seni Umar ko‘rib o‘tiribdimi, tezroq bo‘l vaqt o‘tapdi…
Umar ko‘rmagani bilan Umarning Rabbisi ko‘rib turibdi Ey Ona! Umardanku yashirarman, lekin Rabbisidan yashira olmayman. Shunday ekan, bugundan boshlab sutga suv aralashtirib sotish yo‘q—deb qat’iy javob berdi qiz.
Qizning qat’iyatligi, itoati, halolligi, taqvosi, shariat amrini moddiy manfaatidan ustun ko‘ra olishi, oxirati uchun dunyosidan voz kecha olishi mo‘minlar amiri Umar ibn Xattob roziyallohu anhuni lol qoldirdi.
Erta tong. Umar ibn Xattob O‘g‘li Osimni yoniga chaqirdi va: falon mahallaga borib, falon xonadonga uchra. U yerda bir qiz bor, uni so‘rab-surishtirib kel—dedi. Osim otasi aytgan manzilni topib bordi va qiz haqida so‘rab-surishtirib keldi. Otasiga kelib aniqlaganlarini aytdi. Umar ibn Xattob: endi seni o‘sha qizga uylantiraman—dedi. Ikki yoshning fotihasi o‘qildi, ikkovlari oila qurishdi. Ularning birinchi farzandi qiz bo‘ldi. Qizaloqqa Laylo deb ism qo‘ydilar. Laylo binti Osim ibn Umar ibn Xattob.
Xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning bu nabirasi Laylo honimga Abdulaziz ibn Marvon ibn Hakam uylandi. Ulardan esa tarixda “Ikkinchi Umar” nomi bilan mashhur xalifa Umar ibn Abdulaziz rahimahulloh tug‘ildi.
Bir qizning iymoni, taqvosi, e’tiqodi, halolligi va shariatga itoati uni ikki dunyo saodatiga musharraf qildi. Qiz arzimas harom boylikdan voz kechgani uchun Alloh uni xalifaga kelin qildi, to qiyomatgacha musulmonlarning qalbidan o‘chmaydigan odil amir—Umar ibn Abdulazizga ona qildi! Halollik bilan baxt topdi! Ilohim Laylo honim kabi muslimalar ko‘paysin!

Hilol Nashr
Imom Buxoriydan zehnni kuchaytiradigan narsalar haqida so‘rashdi. U kishi: “Kitoblarga ko‘p qarash”, deb javob berdilar. Ya’ni turli kitoblarni ko‘p mutolaa qilish.
❤2
Forwarded from MILLIY BOOKS | Andijon (Abdusattar)
#kitobxonlik_targ‘iboti
🇮🇳Hindistonlik sartarosh o‘z ish joyida televizor o‘rnatish o‘rniga, o‘z navbatini kutayotgan mijozlar uchun kichik bir kutubxona tashkil qildi va "Kitob o‘qigan insonlarga 30% chegirma bor" deb yozib qo‘ydi.
Insonlar o‘zgarishi uchun hamma narsani hokimiyat qilishi shart emas. Siz ham kichik harakatingiz orqali ong rivojiga ulkan hissa qo‘sha olasiz!

👍4❤1
Yakka Sada kitobxonlari
<unknown> – 2_5463197219395996729
HIJOB
"Ertalab soat 9:00 yugurib o‘qishga ketyabman, ko‘cha yomg‘ir. Yomg‘ir bahona o‘qishga bugun shim kiysam bo‘ladi. Darvoza oldida "rektor janoblari" turibdilar))). Bir qaradiyu, indamadi. (Biror narsa desa bahonam tayyor))) Ammo e’tiborimni "ustoz ruxsat bering 40 minutdan beri turibman degan hijob o‘rangan qiz tortdi". "-Hijob mumkinmas". Bechora qiz yomg‘ir ostida qancha turarkin. Yo‘q u menga o‘xshab shim kiymaydi, manga o‘xshab ustozlar bilan tengma-teng gapirib, o‘zini so‘zini o‘tkazmaydi, o‘qituvchi biror narsa deb bahosini tushirsa talashib-tortishib o‘qituvchiligigayam qarab o‘tirmaydi. Faqat jimlik orqali katta "dars" beradi. Aybing seni menga o‘xshab "o‘ris tabiat" bo‘lmaganingmi?! Senga havas qilaman dugonajon. Senga o‘xshashimga hali ancha bor, balki umuman nasib etmas...
© Ayjamal Joldasbayeva-Janibekova
===========
Bularni o‘qib ko‘zim jiqqa yoshga to‘ldi...
Hijob ortidan bunchalik ozorlarga faqat Ollohning roziligi yo‘lida, uning buyrug‘ini bajarish uchun sabr-bardosh qilayotgan singillarimiz, qizlarimiz! Aslo tushkunlikka tushmang, Parvardigorning suyukli bandalari bo‘lganingiz uchun ham bu kabi sinovlar, mashaqqatlar kelmoqda.
Olloh taolo hijob-la o‘tkazayotgan har lahzangizga minglab ajrlar bersin, sabotu matonatingizni ziyoda etsin.
Hijob ne’matiga muyassar bo‘lmagan qizlarimizni ham bu ulug‘ ne’mat bilan siylasin, qalblariga iymon halovatini bersin, iffatu hayoga ko‘msin... Omin..
©️ Sayfulloh Nosir hafizahulloh

😢3🕊2
#Tafakkur
Imom Molik rahmatullohi alayh aytadilar:
"Bu shaharda – Madinada – shunday odamlarni ko‘rdim, ularning ayb-u xatolari yo‘q edi. Keyin ular boshqa odamlarning ayblarini gapirishgan edi o‘zlarining ham ayblari ochilib ketdi. (Ya’ni ular ham bularning ayblarini gapira boshladilar.)
Yana shunday odamlarni ko‘rdim, ularning ayb-u nuqsonlari bor edi. Lekin ular boshqa odamlarning ayblaridan tillarini tiyishdi. Natijada o‘zlarining ayblari ham unutildi.

🔥2❤1👍1