Yakka Sada kitobxonlari
71 subscribers
253 photos
50 videos
21 files
44 links
Kitobni satrlarni o‘qir ekansan ham tabassum qilasan, ham yig‘laysan.  Kitob o‘qing,
insoniylik tuyg‘usini his qiling...
«Kitob yoqishdan ham og‘irroq jinoyat bor, masalan, uni o‘qimaslik»;anonim yozish kanalni adminga https://sprosi.link/al_addl
Download Telegram
Yakka Sada kitobxonlari
Er-xotin o’rtasidagi janjal Ayolni ko‘tarish — erkakning saviyasini ko‘rsatadi. Erni hurmat qilish — ayolning inoyatini bildiradi. Janjalda g‘olib bo‘lish emas, birga qolish — haqiqiy yutuq. @Anasxon_Mahmud
Ayolingizni eshitib ko‘ring

Ko‘p erkaklar ayoli bilan gaplashmaydi. Ayol nega jahl qildi, nimaga yig‘ladi, nima demoqchi edi — tinglashni ham istamaydi. “Gapni cho‘zma”, “yana boshladingmi?” deb to‘xtatadi. Ayol esa sukutga o‘rganadi. Keyin bu sukunat oilani yemira boshlaydi.

Aslida, ayollar jahl bilan emas, og‘riq bilan gapiradi. “Meni eshiting”, degani bu. “Men yolg‘izman”, degani bu. “E’tibor bering”, degani bu. Buni tushunish uchun psixolog bo‘lish shart emas — inson bo‘lishning o‘zi kifoya.

Ayolingiz baqirayotgan bo‘lsa, demak, u hamon sizdan nimanidir kutyapti. Balki bir og‘iz “xafa bo‘ldingmi?”, “nega jim bo‘lding?” degan savolni.

Ayol gapirmay qo‘ysa, yanada yomonroq. U endi umidini uzgan bo‘ladi. Gapirishdan foyda yo‘q deb o‘ylaydi. Bu — og‘ir daraja.

Esingizda bo‘lsin: ayol bilan urushish emas, uni tushunishga harakat qilish mardlikdir. Og‘zini yopish emas, ko‘nglini ochish qahramonlikdir.

Hech bo‘lmasa bir marta o‘tirib, gapirtiring. Eshitib ko'ring. “Shunchaki gaplashgim keldi,” deganida “Yaxshi, qulog'im senda”, deb jilmaying. Balki o‘sha suhbatdan keyin ayolingiz emas, siz o‘zgara boshlarsiz.

#Erkaklar

@Hubbuna
💯31🔥1🥰1
#Tafakkur

Salmon Avda rahmatli umr yo‘ldoshi haqida yozadi:

"Sizlardan yashirmayman. Ayolim vafot etganidan keyin uning shaxsiy olamiga qadam bosishga o‘zimda bir jur’at topdim. Uning yozishmalarini, maktublarini o‘qidim. Ikkalamizning vatsap orqali yozishganlarimizni ham o‘qidim.

Bir xatni o‘qidim va xuddi boshimdan oyog‘imgacha tok urgandek bo‘ldim. Bu xatni men boshqa ishlar bilan band bo‘lib turgan bir paytimda yozgan bo‘lsam kerak.

Oxirgi yozishmalarimizda (balki shunisi eng oxirgisi bo‘lgandir) men Turkiyadalik paytimda ayolim mendan bir oddiy narsani so‘ragan ekan. Men o‘sha narsani unga yuboribman va u rahmat aytibdi. Shunda unga, bu juda oddiy narsa-ku, qo‘limdan kelganida seni tillolar ustida yuradigan qilib qo‘yardim, deb yozgan ekanman.

Mana shu yozganim hozir qalbimga xuddi bir asaldek orom beryapti.

Unga ovozimni ko‘targan har bir onlarimga, bekordan-bekor uni xafa qilib qo‘ygan hamma lahzalarimga ming pushaymonman.
💔2😢1🕊1
#Tafakkur

Ayolimdan ko‘p ayollar oilaviy munosabatlar haqida ham maslahat so‘rab turishadi. Har doim bir gapni juda qattiq tayinlaydi.

"AYOL KISHINING OVOZI KO‘TARILGAN UYDAN BARAKA QOCHADI".

Bu gapni qaysi manbadan olganini bilmayman. So‘ramayman ham. O‘zimga yoqqani uchun, yaxshi gap ekan, deb qo‘ya qolaman.

Muqim Mahmud
🥰2🕊21
Forwarded from Peshqadam Karvoni
#kitobxonlikni_rivojlantirish

Kitobga muhabbat — hudud tanlamaydi!

📍 Yaqinda Samarqand shahridagi yana bir kutubxona kitoblar bilan boyidi.

Jamiyatimizning “Kitobxonlikni rivojlantirish” yoʻnalishi faol aʼzosi Dilnoza Mamatojiyeva oʻz guruhlari orqali mablagʻ yigʻib, kutubxonalarga kitoblar sovgʻa qilib keladilar. Yaqinda oʻz yashash hududlarida – vodiyda kutubxona ochish uchun topa olmagan boʻlsalar-da, Samarqandda kutubxona tashkil etishda katta jonbozlik koʻrsatdilar.

📚 Qizigʻi shundaki, Dilnoza opa bu kutubxonaga Hazratning “Hilol Nashr”da chop etilgan barcha 112 ta kitobini hadya qildi.

Qahramonimiz bundan oldin ham mazkur kutubxonaga 100 ga yaqin kitob yuborgan edilar. Bu fidoyilik va ilmga sadoqatning yorqin namunasidir desak aslo adashmaymiz!


💡 Siz ham oʻz mahallangizda yoki qishlogʻingizda kutubxona ochish, mavjud kutubxonalarni boyitish, kitob ulashish orqali bu ezgu saʼy-harakatga qoʻshilishingiz mumkin.

Kitob hadya qiling, bu — kelajak avlodga bebaho tuhfadir.


Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1
#Mehr

Mehr insonga xos barqaror tuyg'u bo'lib, shaxsning kelajak avlodlar baxt-saodati yo'lidagi beg'araz faol xatti-harakati hisoblanadi.
3
#kun_hikmati

Do‘stlar yildan-yilga to‘kilib boraveradi:
Ba’zilari qalbdan to‘kiladi.
Ba’zilari xotiradan to‘kiladi.
Boshqa birovlari esa ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi.

Ana shunday paytlarda baxt-saodat do‘stlarning ko‘pligida emas, balki ularning qiymatida ekanini anglab yetamiz.


@ibroxim_xodjiyev
🔥2
Forwarded from UFQ kitoblar || Rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#сотувда

✍️So’fi Olloyor
“Sabotul ojizin” sharhi

• Muqovasi – qattiq;

📌 Yuqoridagi kitobni UFQ doʻkonidan soʻrang!

💰98.000 so’m

☎️ tel: +998972571555
            
+998913625868

📌BIZNING MANZIL:
1 Mashxad guzari,
Saltanat majmuasi yonida.

📱 Telegram  / 📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
Yakka Sada kitobxonlari
- Xarob kulbada jufti xaloli bilan shodon yashayotgan ayol, xashamatli qasrda yig'lab yashayotgan ayoldan baxtlidir...
«Erni er qilish” mashaqqati

Erkakning bir zaifligi bor. Puli tugab qolsa, qo‘vog‘i osilib, ko‘ngli torayib qoladi. Shunday paytlarda sizga tinchlik kerak bo‘lsa, unga noxush gaplarni aytmay turing!

Dunyoda puldan ko‘ra ming marta go‘zal ne’matlar borligiga, ularni ko‘rib, to‘yib, maza qilishga chorlang!

Bolalarning yaxshi ishidan, shirin gapidan, atrofdagi chiroyli narsalardan so‘z ochib, chalg‘iting; qorong‘i dunyosini yoriting!

Kuch, vaqt, kayfiyat, maslahat talab etadigan muammo va maslahatlarni juftangizning puli bor paytiga to‘g‘rilang!
O‘shanda kayfiyati yaxshi bo‘ladi. Ishingiz oson bitadi.

«Ayol yuragiga qil sig‘may tursa ham, hamma ishga bag‘ri keng-ku!”, demang. «Erlar nega bunday?”, deb siqilmang.
Bunday kuchli salohiyat ayolga berilgan, erkakda yo‘q!
Kabutardan bulbullikni, olchadan o‘rik bo‘lishini so‘ramaymiz-ku?
Insondan imkoniyatida borini talab qilish lozim.

«Erni er qilish” mashaqqati shu bo‘lsa kerak…

@IkromSharif
🔥2
Forwarded from Hilol Nashr
☝️ «2000 та китоб ёзганман»


Буюк ҳофиз, муҳаддис Ибн Ражаб раҳматуллоҳи алайҳ айтадилар: «Ўз қўлим билан 2000 та китоб ёзганман». ҳатто кунига 9 та китоб ёзган пайтлари ҳам бўлган экан.

Амр Холид айтади: «Булар қандайин зотлар эди! Вақтининг қадрини билган мана шундай зотлар сабабли уммат 1300 йил турди. Охирги 100 йилнинг умматлари нима бўлди? Бу замон умматининг дарду ғами уй қуриш бўлди...»

📖 «Ҳаммаси китоб ҳақида» китобидан

☎️ +998-71-217-59-99 📥 @hilol_reception

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
#hikmat

«Nomunosib joyda, johil odamlarga haqiqatlardan gap ochish – gapiruvchining o‘ziga o‘zi qiladigan zulmidir”.


Shamsi Tabriziy
2🔥1
Yakka Sada kitobxonlari
#Mehr Mehr insonga xos barqaror tuyg'u bo'lib, shaxsning kelajak avlodlar baxt-saodati yo'lidagi beg'araz faol xatti-harakati hisoblanadi.
#kun_hikmati

Saxiy duradgor

Kichkina qishloqlarning birida duradgor usta yashar edi. U yog‘ochlarga chiroyli naqshlar berib qimmat narxga sotardi. Kunlarning birida uning oldiga bir chol kelib:
- Sen bu mehnating orqali yaxshi topasan, lekin faqir muxtojlarga hech ham xayr ehson qilmaysan. Ana u qassobni qara, u oz topsa ham, deyarli har kuni faqirlarga go‘sht tarqatadi, - debdi.
Duradgor cholga qarab jilmayibdi, lekin indamabdi, shunda chol javob olmagach duradgor yonidan g‘azablanib chiqib ketibdi. Bu voqeadan keyin qishloqda:
- Usta boy lekin xasis ekan, degan gap tarqalibdi va qishloqdagilar duradgorni yomon ko‘rib qolishibdi.
Kunlarning birida, duradgor xastalanib qolibdi. Hech kim undan xabar ham olmabdi. Xasta duradgor yolg‘izlanib olamdan ko‘z yumibdi.
Kunlar o‘tib odamlar qassob go‘sht tarqatmay qo‘yganini payqashibdi. Shunda qassobdan nega oldingidek go‘sht tarqatmayotganini so‘rashsa, u:
- Duradgor usta hayotlik chog‘ida har safar pul olib kelib, mendan faqirlarga go‘sht tarqatishimni so‘rardi. Hozir esa duradgor yo‘q. Endi hech kim pul olib kelmayabdi, - deb javob beribdi.

Hech qachon insonda ko‘rgan narsangizga qarab baho bermang, uning qalbini faqat Yaratgan bilguvchidir!

#Tafakkur
👍21🔥1👏1
Yakka Sada kitobxonlari
#Tafakkur vaqti Zamon zoʻrniki! Bu dunyoda zoʻrlarning supurgisi uchadi. Doim ularning olchisi oldi. Ular qayga qoʻl uzatsa yetadi. Ular juda baxtli. Ammo bir narsani unutmang, bu dunyodagi zoʻrlik u dunyoga aslo oʻtmaydi. Zolimlar albatta ikki dunyoda jazosini…
#Tafakkur

Banda biror ayb (gunoh) qilgan birodarining ustidan kulsa, albatta, uning o‘zi ham o‘sha aybga giriftor bo‘ladi. Sizga biror birodaringizning aybi haqida xabar yetsa, "Alloh bizni ham, uni ham kechirsin!", deng.

Ibnul Qoyyim rahimahulloh.
🔥2