Yakka Sada kitobxonlari
71 subscribers
253 photos
50 videos
21 files
44 links
Kitobni satrlarni o‘qir ekansan ham tabassum qilasan, ham yig‘laysan.  Kitob o‘qing,
insoniylik tuyg‘usini his qiling...
«Kitob yoqishdan ham og‘irroq jinoyat bor, masalan, uni o‘qimaslik»;anonim yozish kanalni adminga https://sprosi.link/al_addl
Download Telegram
Dono nodondan o’zini bir pog’ona quyi tutsa, hayron bo’lmang. Tarozining yukli pallasi bo’sh palladan pastroqda turadi.


"Daftar Hoshiyasidagi Bitiklar"
5
Biz kelib ketuvchi to’garak jahon
Na boshi ma’lum na so’ngi ayon
Hech kimsa rostini aytib berolmas
Biz qaydan keldigu ketarmiz qayon

Keksa yosh hayotga har kimki yetar
Hammasi izma-iz birma-bir o’tar
Bu dunyo hech kimga qolmas abadiy
Ketdilar, ketamiz, kelishar, ketar


Umar Xayyom
1👍1🔥1
Kitob - qalbning ochiq derazasi; u orqali sen boshqa hayotlarni ko‘rasan, boshqa yuraklarni eshitasan.”
👍1🔥1
Yakka Sada kitobxonlari
Faqat qilgan gunohlaring uchun emas, balki bajarilmagan majburiyatlaring uchun ham tavba qil... "Hech qachon iloji yo‘q demang! Imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q. Har bir qulf o‘z kaliti bilan yasaladi. Faqat xos kalitni topish uchun aql va qalbni birlashtirmoq…
#Tafakkur

   ​Gunohlardan pok qalb yorqin rangli toza kiyimga o‘xsharkan. Solih salaflar kichik bir gunoh qilib qo‘ysalar ham afsus-nadomatdan o‘zlarini qo‘yarga joy topa olmay qolishlari haqida eshitsam, ochig‘i, holatlarini uncha his qilmasdim. Arzimas gunoh qilgan banda shu qadar tushkunlikka tushib qolishidan ajablanardim, to‘g‘risi. Doim ibotatda, solih amallar qilib yurgan odam birgina gunohga muncha bezovta bo‘ladi, der edim. Lekin oppoq ko‘ylak sotib olib, ularning holini his qildim.

   Yangi, oppoq ko‘ylak kiysam unga arzimas bo‘lsada biror dog‘ tegib qolishidan asrab avaylayman. Uni juda ham ehtiyotlab, tegib qolishi mumkin bo‘lgan kichkina kir bo‘lsa ham undan darhol uzoqlashaman. Shuncha avaylashimga qaramay bir nuqta tegib qolsa, ichim juda g‘ash bo‘ladi. Biror yumushga urinsam ham hayolim shu kirda bo‘ladi. Kayfiyatim tushib ketadi. Agar bu dog‘ ustiga yana boshqa dog‘lar qo‘shilsa, endi boyagi g‘ashlik biroz bosiladi. Ha, bo‘lar ish bo‘ldi, deb unga boyagidek parvo qilmayman endi. Yuvib tozalayman, deb hotirjam bo‘lib qolaman. Endi ko‘ylagimni avvalgidek ehtiyotlamayman ham. Ichim g‘ash ham bo‘lmaydi.

   Haa, solihlar seribodat va ko‘p zikr qiluvchi bo‘lganlar. Harom narsalar va hatto shubha qilgan narsalaridan ham tiyilishgan. Bu bilan ularning qalblari oppoq mato kabi g‘uborlardan pok bo‘lgan. Shuning uchun ham ular bir nuqtani-da qabul qila olishmagan. Oppoq ko‘ylakdagi qora nuqta ko‘zga qanday tashlanib tursa, ularning birgina gunohi yoki xatosi ham ko‘zlariga yaqqol ko‘rinib turgan. Bundan nadomat chekib, yum-yum yig‘lashgan.

   O‘zim, qalbim haqida o‘yladim. Har qancha katta gunohlarni tab tortmay qilsam ham hech qanday o‘zgarish yo‘q!..

   Hadisi sharifni esladim:
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: Mo‘min banda bir gunoh qilsa, uning qalbida bir qora dog‘ paydo bo‘ladi. Agar tavba qilsa, gunohdan butunlay qaytib, istig‘for aytsa, qalbi gunohdan poklanib, sayqallashadi. Agar gunohni ko‘paytirsa, qalbidagi dog‘ ham ko‘payib butun qalbini o‘rab oladi. Ana o‘sha Alloh taolo Kitobida zikr ron(mog‘or)dir: "Yo‘q! Ularning qilgan kasblari qalblariga mog‘or bo‘lib o‘rnashib qolgan, xolos."
(Termiziy rivoyati)

   O‘ylasam, uyalaman, qo‘rqib ketaman!..

©️ Ikrom Sharif
👍21🔥1
Forwarded from G'iyosiddin Yusuf
FARZANDINGIZNI TINGLANG

Har bir bola eshitilishi va tushunilishini his qilishi kerak. Hatto oilada yettita farzand bo‘lsa ham, har birining ota-onasi bilan alohida gaplashish uchun vaqti bo‘lishi kerak — hech bo‘lmaganda haftasiga bir soat. Bu vaqt faqat unga atalgan bo‘lishi, o‘sha daqiqalarda ona butun e’tiborini faqat unga qaratgan bo‘lishi zarur.

Buni “onalar soati” deb atang yoki “dadam bilan uchrashuv” — farqi yo‘q. Muhimi, bu orqali bola shuni o‘rganadi: “Men istagan paytim gaplashsam bo‘ladi, onam/dadam meni tinglaydi, maslahat beradi”. Va bu odat albatta o‘smirlik davrida ham saqlanib qolishi kerak.

Bolani tinglayotganda hech qachon bir qo‘l bilan ovqat pishirib, ikkinchi qo‘l bilan kir yuvib, quloq bilan esa yangilik eshitib turmang. Chunki siz bola bilan orqangizni o‘girib gaplashsangiz, bu uning dardlariga ham yuz o‘girish bo‘ladi. Har doim uning ko‘ziga qarang, yonida o‘tirib, u bilan barobar bo‘ling. Tepasidan egilib gapirmang, bosim o‘tkazmang.

Qanday holatda bo‘lsa ham, ko‘z bilan bog‘lanish ishonchni mustahkamlaydi, o‘zini xavfsiz his qilishga yordam beradi.

Farzandingizning xatti-harakatini baholang, lekin shaxsini emas. Har bir bola xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin — axir tajriba shunday orttiriladi.

#tarbiya

@GiyosiddinYusuf
2🔥1
Yakka Sada kitobxonlari
#hislar Meni mendek tushunsa tushunganlarim, Vallohi boshqasi bag'rim tilmasdi...
Inson har doim ham nasihatga emas, ba’zida uni tutib turadigan qo‘lga, dardini his qiladigan qalbga muhtoj bo‘ladi.

@IkromSharif
🔥21👍1
Yakka Sada kitobxonlari
Er-xotin o’rtasidagi janjal Ayolni ko‘tarish — erkakning saviyasini ko‘rsatadi. Erni hurmat qilish — ayolning inoyatini bildiradi. Janjalda g‘olib bo‘lish emas, birga qolish — haqiqiy yutuq. @Anasxon_Mahmud
Ayolingizni eshitib ko‘ring

Ko‘p erkaklar ayoli bilan gaplashmaydi. Ayol nega jahl qildi, nimaga yig‘ladi, nima demoqchi edi — tinglashni ham istamaydi. “Gapni cho‘zma”, “yana boshladingmi?” deb to‘xtatadi. Ayol esa sukutga o‘rganadi. Keyin bu sukunat oilani yemira boshlaydi.

Aslida, ayollar jahl bilan emas, og‘riq bilan gapiradi. “Meni eshiting”, degani bu. “Men yolg‘izman”, degani bu. “E’tibor bering”, degani bu. Buni tushunish uchun psixolog bo‘lish shart emas — inson bo‘lishning o‘zi kifoya.

Ayolingiz baqirayotgan bo‘lsa, demak, u hamon sizdan nimanidir kutyapti. Balki bir og‘iz “xafa bo‘ldingmi?”, “nega jim bo‘lding?” degan savolni.

Ayol gapirmay qo‘ysa, yanada yomonroq. U endi umidini uzgan bo‘ladi. Gapirishdan foyda yo‘q deb o‘ylaydi. Bu — og‘ir daraja.

Esingizda bo‘lsin: ayol bilan urushish emas, uni tushunishga harakat qilish mardlikdir. Og‘zini yopish emas, ko‘nglini ochish qahramonlikdir.

Hech bo‘lmasa bir marta o‘tirib, gapirtiring. Eshitib ko'ring. “Shunchaki gaplashgim keldi,” deganida “Yaxshi, qulog'im senda”, deb jilmaying. Balki o‘sha suhbatdan keyin ayolingiz emas, siz o‘zgara boshlarsiz.

#Erkaklar

@Hubbuna
💯31🔥1🥰1
#Tafakkur

Salmon Avda rahmatli umr yo‘ldoshi haqida yozadi:

"Sizlardan yashirmayman. Ayolim vafot etganidan keyin uning shaxsiy olamiga qadam bosishga o‘zimda bir jur’at topdim. Uning yozishmalarini, maktublarini o‘qidim. Ikkalamizning vatsap orqali yozishganlarimizni ham o‘qidim.

Bir xatni o‘qidim va xuddi boshimdan oyog‘imgacha tok urgandek bo‘ldim. Bu xatni men boshqa ishlar bilan band bo‘lib turgan bir paytimda yozgan bo‘lsam kerak.

Oxirgi yozishmalarimizda (balki shunisi eng oxirgisi bo‘lgandir) men Turkiyadalik paytimda ayolim mendan bir oddiy narsani so‘ragan ekan. Men o‘sha narsani unga yuboribman va u rahmat aytibdi. Shunda unga, bu juda oddiy narsa-ku, qo‘limdan kelganida seni tillolar ustida yuradigan qilib qo‘yardim, deb yozgan ekanman.

Mana shu yozganim hozir qalbimga xuddi bir asaldek orom beryapti.

Unga ovozimni ko‘targan har bir onlarimga, bekordan-bekor uni xafa qilib qo‘ygan hamma lahzalarimga ming pushaymonman.
💔2😢1🕊1
#Tafakkur

Ayolimdan ko‘p ayollar oilaviy munosabatlar haqida ham maslahat so‘rab turishadi. Har doim bir gapni juda qattiq tayinlaydi.

"AYOL KISHINING OVOZI KO‘TARILGAN UYDAN BARAKA QOCHADI".

Bu gapni qaysi manbadan olganini bilmayman. So‘ramayman ham. O‘zimga yoqqani uchun, yaxshi gap ekan, deb qo‘ya qolaman.

Muqim Mahmud
🥰2🕊21
Forwarded from Peshqadam Karvoni
#kitobxonlikni_rivojlantirish

Kitobga muhabbat — hudud tanlamaydi!

📍 Yaqinda Samarqand shahridagi yana bir kutubxona kitoblar bilan boyidi.

Jamiyatimizning “Kitobxonlikni rivojlantirish” yoʻnalishi faol aʼzosi Dilnoza Mamatojiyeva oʻz guruhlari orqali mablagʻ yigʻib, kutubxonalarga kitoblar sovgʻa qilib keladilar. Yaqinda oʻz yashash hududlarida – vodiyda kutubxona ochish uchun topa olmagan boʻlsalar-da, Samarqandda kutubxona tashkil etishda katta jonbozlik koʻrsatdilar.

📚 Qizigʻi shundaki, Dilnoza opa bu kutubxonaga Hazratning “Hilol Nashr”da chop etilgan barcha 112 ta kitobini hadya qildi.

Qahramonimiz bundan oldin ham mazkur kutubxonaga 100 ga yaqin kitob yuborgan edilar. Bu fidoyilik va ilmga sadoqatning yorqin namunasidir desak aslo adashmaymiz!


💡 Siz ham oʻz mahallangizda yoki qishlogʻingizda kutubxona ochish, mavjud kutubxonalarni boyitish, kitob ulashish orqali bu ezgu saʼy-harakatga qoʻshilishingiz mumkin.

Kitob hadya qiling, bu — kelajak avlodga bebaho tuhfadir.


Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1