Forwarded from Abdulaziz Muhammad
🎁 YAKSHANBA KUNI SIZNI AJOYIB HADIYA KUTMOQDA!
O‘z ustida ishlashni istagan, ilmga chanqoq, hayotini o‘zgartirmoqchi bo‘lganlar uchun maxsus video premyera tayyorladik!
Bu shunchaki kontent emas — ruhiy uyg‘onish, fikr inqilobi va maqsad sari turtki!
🗓 Premyera: Yakshanba kuni | Soat 20:00 da
📺 YouTube’da tomosha qiling ➤ https://youtu.be/fIPpYAPQ3NE
💥 Bu video sizga shuni eslatadi:
Ilmsizlik — tanlov emas. O‘zgarish esa kechiktirib bo‘lmaydigan zarurat.
Agar siz:
✔️ Hayotingizni chuqurroq tushunmoqchi bo‘lsangiz
✔️ O‘zingizga sodiq qolib, oldinga qadam tashlamoqchi bo‘lsangiz
✔️ Har kuni biroz bo‘lsa ham o‘z ustingizda ishlashni istasangiz
— bu video sizni kutmoqda!
📢 Do‘stlaringiz bilan bo‘lishing. Ilm va o‘zgarish sari birga yo‘l olamiz!
Yakshanba kuni siz uchun maxsus tayyorlangan bu video – bizdan sizga qalbdan hadiya.
Hurmat bilan, Abdulaziz Muhammad
#IlmsizlikkaUzrYoq #AbdulazizMuhammad #Motivatsiya #Premyera #O‘zgarish #Bilim #Kitob

YouTube
Ilmsizlikka uzrimiz yo‘q
📖 Ilmsizlikka uzrimiz yo‘q 📖
Do‘stlar, bu safar sizni juda mazmunli suhbat kutmoqda! Ushbu videoda men Ustoz Najot Nur bilan ilm, kitob va amal haqida samimiy va chuqur suhbatlashdim.
Bu suhbat sizning ilmga bo‘lgan muhabbatingizni kuchaytiradi, kitob o‘qishga…

🔥3
Audio
#Ijtimoiy_odoblar
#audio_kitob
🎙 O‘qidi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🔥1
Forwarded from G'iyosiddin Yusuf
TARBIYA NIMA?
Har bir ota-ona farzandiga mehr bilan boqadi, uni ovqatlantiradi, kiyintiradi, maktabga yuboradi. Ammo shu yetarlimi? Tarbiya bu faqat g‘amxo‘rlik emas. Bu tarbiyalanuvchini jismonan, ruhan, aqlan — har jihatdan o'stirish, ulg'aytirishdir.
Otalik farzandga qimmat telefon olib berishda emas, balki unga halollikni o‘rgatishda namoyon bo'ladi.
Tarbiya faqat yomon odatdan qaytarish emas, balki uni yaxshi fazilat bilan almashtirishdir.
Ko‘pchilik ota-onalar: “U hali bola, katta bo‘lsa o‘zi tushunadi”, deb tarbiya berishni kechiktiradi. Aslida esa bolaning ongi ham, qalbi ham juda sezgir va ta’sirchan bo‘ladi. Qachonki siz unga e’tibor bermasangiz, ko‘cha, internet, begonalar tarbiyalaydi. Va ular hech qachon siz xohlagan odamni yetishtirib bermaydi.
Tarbiya berish davomiy mashaqqatdir. Tarbiyaning oson yo‘li yo‘q. Bu yo‘lda kitob o‘qish ham, u bilan suhbatlashish ham, yengilmas sabr ham kerak. Ammo mukofoti buyuk – komil insonni tarbiyalash. Solih farzand siz qurgan eng buyuk me’morchilik asaringizdir.
🟦 Sizningcha, tarbiyani avvalo nimadan boshlash kerak?
#tarbiya
@GiyosiddinYusuf

❤3👍1
Yakka Sada kitobxonlari
Tovus o‘g‘risi kim? Imom A’zam Abu Hanifa rahimahullohning yoniga bir kishi kelib, dedi: - Yaxshi tovusim bor edi. Uni kimdir o‘g‘irlabdi. Surishtirdim, izladim, topolmadim. Shunga maslahatingizni olmoqchi edim. - Sening otangni taniyman, uylaring qo‘shni…
#iqtibos
Imomimiz Abu Hanifa rahmatullohi alayhning siyratlarini zikr qilib Xatib Bag‘dodiy rahimahulloh "Tarixi Bag‘dod"da aytadi:
"Ibn Hubayra Imom Abu Hanifa qozilikni bo‘yin olmaganliklari uchun o‘n kun darra urdi. Har kuni o‘n darra urar edi. Abu Hanifa rahmatullohi alayh o‘lsalar o‘ldilarki, ammo qozilikni qabul qilmadilar. U zotning jasadlarini Hasan ibn Umora yuvdi. Abu Hanifaning o‘g‘illari Hammod aytadi:
"Hasan ibn Umora otamni yuvgach shunday dedi:
"Alloh seni mag‘firat qilsin. O‘ttiz yilki ro‘zangni yemading (ya’ni o‘ttiz yildan beri ro‘zadorsan). Qirq yildan beri yonboshing yostiq ko‘rmadi. O‘zingdan keyingilarni charchatib qo‘yding, qorilarni sharmanda qilding".

🕊2
Yakka Sada kitobxonlari
Ayol—oʻzining yengilligi va nafosati bilan porlashni biladigan nozik xilqat. U oʻzining ifori bilan qalblarni va koʻzlarni quvnatishi uchun, unga doimiy gʻamxoʻrlik qilish kerak boʻlgan guldir. Lekin ba’zida, hayotiy vaziyatlar unga salbiy ta’sir qilishi,…
2_5359425363506107216
<unknown>
Mevalarni iste’mol qilayotganingizda urug‘larini 🥑🍒🍑 tashlab yubormang, qog‘oz paketga soling va mashinangizga joylab qo‘ying.
Yo‘lingiz tushib, shaxar chetiga chiqqanda dala joylardan o‘tayotganda, to‘xtab, ularni daraxtlar bo‘lmagan joylarga sepib keting. Uning o‘sib daraxt bo‘lib ketishiga g‘am yeguvchi Zot bor va qolaversa buni tabiatga qo‘yib bering.
Tailand va Malayziya kabi Osiyo mamlakatlarida bu usul bilan ular yillar davomida shug‘ullanib kelmoqdalar va natijasi - mevalar hamma joyda bemalol.
Shunday ekan, keling, urug‘larni Yerga tashlaylik, axlat qutisiga emas!

❤1👍1🔥1🤝1
Yakka Sada kitobxonlari
Imom Muslim o‘zining sahihida Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilgan mana bu hadisga e’tibor beringlar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilarida edik. "Gʻazotlarning biridan keyin, u kishiga keltirilgan asirlarga nazar solib, asirlar…
#kechki_mutolaa
Umaviy xalifalaridan Sulaymon ibn Abdulmalik Makkaga hajga keldi. Baytullohni tavof qilib yurib Solim ibn Abdullohni (Hazrat Umarning nabiralari) bir chekkada ka’baga qarab xushu’ bilan o‘tirganini ko‘rib qoldi. U Qur’on tilovat qilgan ko‘yi yig‘lar, ko‘z yoshlari ikki ko‘zidan buloqdek oqar edi.
Xalifa tavofdan bo‘shab, ikki rakat namoz o‘qigach, Solim o‘tirgan tarafga bordi. Odamlar uni ko‘rib yo‘l bo‘shatdilar. Uning yaqiniga o‘tirdi. Solim buni sezmadi va unga qaramadi. Chunki u o‘zi bilan mashg‘ul, zikrga cho‘mgan edi. Xalifa Solimni tilovat va yig‘idan to‘xtashini kutib, kuzatib turdi.
U to‘xtagach, salom berdi. Alikdan so‘ng xalifa past ovozda: "Hazrat, mabodo biror hojatingiz bo‘lsa bajarib beraylik, ayting?!" – dedi. Solim javob qaytarmadi. Xalifa uni eshitmadi, deb o‘ylab yaqinroq borib: "Biror hojatingiz bo‘lsa, bajarib bersak degan edik", – dedi. Shunda Solim: "Allohga qasamki, men Uning uyida o‘tirib undan boshqasidan hojat so‘rashdan hayo qilaman!", – dedi. Xalifa xijolat bo‘ldi va jim qoldi, lekin uni uzoqdan kutib turdi.
Solim namozini tugatib o‘rnidan turib yurishga boshladi. Odamlar orqasidan ergashishdi. Biri undan hadisdan so‘rar, yana biri fatvo so‘rar, boshqasi nasihat tilasa, yana birovi duo so‘rar edi. Xalifa ham ular ortidan tushdi. Odamlar uni ko‘rib yo‘l bo‘shatdilar.
U Solim ibn Abdullohning yaqiniga kelgach: "Mana masjiddan chiqdik, endi hojatingiz bo‘lsa so‘rang, bajaramiz", – dedi. Shunda Solim unga qarab: "Dunyo hojatlaridan so‘rayapsizmi, yoki oxirat hojatidanmi?!", – dedi. Xalifa kutilmagan savoldan dovdirab qoldi va: "Albatta, dunyo hojatlaridan!", – dedi.
Solim: "Men dunyo hojatlarimni uning haqiqiy egasi bo‘lgan Zotdan ham so‘rashga hayo qilaman-u, haqiqiy egasi bo‘lmagan kishidan qanday so‘rayman?!", – dedi. Shundan keyin xalifa qattiq xijolat bo‘ldi va uzr aytib yo‘liga ketdi. U yo‘lda ketar ekan shunday der edi: "Ey Xattobning avlodlari, taqvo va zohidlik sizlarni muncha ham ziynatlamasa?! Alloh ko‘ngillaringizni dunyo moliga namuncha to‘q qilmasa?! Doimo omon bo‘ling!"
FIKRAT UZ

❤3
#kun_hikmati
Bir kuni shoh o‘limga hukm qilingan mahbusning oldiga kelib mahbusga: "Senga fursat beraman, agar undan foydalana olsang, qutilib qolishing mumkin. Xonangda bir chiqish joyi bor. U qo‘riqlanmaydi. Agar uni topa olsang, qamoqdan qutulib chiqib ketasan. Bordi-yu topa olmasang, ertalab quyosh chiqqandan so‘ng qo‘riqchilar seni qatl qilish uchun olib ketadilar”, dedi.
Qo‘riqchilar mahbusning kishanlarini yechgach, shoh bilan birga xonani tark etdilar. Mahbus jazodan qutilish uchun tuni bilan xonaning hamma joyini tekshirib chiqdi, lekin qochish yo‘lini topa olmadi.
Ertasi tongda eshik ochilib, shoh kirib keldi va mahbusga qarab:
— Haliyam shu yerdamisan? — dedi. Mahbus:
— Menga rost gapirapsiz, deb o‘ylagan edim, shohim?! — dedi. Shoh:
— Rost gapirgan edim, — dedi.
— Men bu xonani tekshirmagan joyim qolmadi. Siz menga aytgan chiqish joyi qayerda edi?
— Xonangning eshigi ochiq edi, qulf emasdi.
Xulosa shuki, inson hayotida doim o‘zini qiyinchiliklarga soladi. Muammodan chiqish uchun oson yo‘lni qidirmaydi. Ba’zida muammodan chiqishimiz uchun oson yechim turgan bo‘ladi. Biz esa, yechimni boshqa joylardan axtarib, ishni qiyinlashtirib yuboramiz. Biz eshikni ichkariga ochmoqchi bo‘lamiz, aslida esa tashqariga ochiladigan bo‘lishi mumkin.

❤2
Yakka Sada kitobxonlari
#Tafakkur Har bir buyukning ortida buyuk ayol bor, o‘sha buyuk ayolning ortida esa aynan buyuk ota turadi.
QIZLARGA O‘RGATING!
Sendan keyin erkak kishi bo‘lsa narvonga chiqma. Bir chetda tur. Erkak chiqqanidan so‘ng undan keyin sen chiq!
Liftda begona erkak bo‘lsa liftga chiqma. U chiqsin. Keyingi safar sen chiq!
Amakingni o‘g‘li, tog‘angni o‘g‘li, xolangni o‘g‘li bilan qo‘l berib ko‘rishma!
Gaplashadigan kishing bilan doimo kerakli masofani saqla!
Qanchalik yaqin bo‘lmasin, kishilar bilan muomala qilganingda chegarani saqla. Viqoringni muhofaza qil!
Yo‘llarda dugonalaring bilan kulishib gaplashma. Ko‘cha odobini saqla!
Sen bor joyga kattalar kirsa diqqatli bo‘l. Kattalarni hurmat qil. Qariyalarga o‘rningni ber!
Ko‘chada otadan boshqa erkaklar begonadir. Ular bilan gaplashish shart emas. Qarindosh bo‘lsada, qalbi kasallar ko‘p!
Biror do‘konda og‘irroq narsani ko‘tarmoqchi bo‘lsang ruku’ qilgandek egilma. Oldin o‘tirib keyin ko‘tar. Mana shu yaxshiroq bo‘ladi. Ko‘rinishing xunik bo‘lmaydi!
Avtobus yoki taksida butun hayotingni doston qilma. Ovozingni ko‘tarma!
Ba’zilar yuqoridagi ishlarni yo‘qolib ketgan eskilik sarqitlari deb qaraydi. Ammo bizga tushgani ularni o‘z o‘rniga qaytarishdir. Bular buyuk dinimizning asl o‘zaklaridandir!
Alloh xotin-qizlarimizni fitnalardan asrasin!
Abdulqodir Polvonov

❤3🤝2
Yakka Sada kitobxonlari
Otalik farzi Musulmonlar xalifasi Xorun ar-Rashid davrida bir qassob yashagan bo'lib, u hayvonlarning qancha yog' qancha gosht qilishini aytib bera olardi. Xalifa bundan xabar topib, qassobni saroyga keltirdi va qassob oldidagi qo'ylarni qancha yog'va qancha…
QISSADAGI IBRAT
Muhammad ibn Yahyo Marvaziy aytadi:
"Bir kuni Horun ar-Rashid bilan ovqatlanayotgan edim. Xalifa boshini ko‘tarib bir xodimini chaqirdi. Unga fors tilida gapirdi. Shunda men unga:
- Ey moʻminlar amiri! Agar unga biror-bir sirni aytmoqchi bo‘lsangiz aytmang. Chunki men fors tilini bilaman!-dedim.
Horun ar-Rashid mendan xursand bo‘ldi va dedi:
- Ey Abu Bakr! Bu ishing muruvvatdandir!".
O‘zingizga qaratilmagan gapni eshitmaslik va unga quloq solmaslik muruvvatdandir. Sizga ahamiyati bo‘lmagan narsani bilishga intilish muruvvatsizlikdir. O‘zingizdan berkitilgan narsani bilishga intilaverishingiz shilqimlikdir!
Abu Hayyon Tavhidiyning "Al-imto’ val muonasa" kitobida keladi:
Amr ibn Os roziyollohu anhu aytadi:
"Menga bir joriyaning gapi juda qattiq ta’sir qilgan. U joriya usti yopilgan bir idishni olib ketayotgan ekan. Men undan: "Idishingda nima bor?", deya so‘radim. Shunda joriya dedi:
"Unda nega idishning ustini yopdim?!".
Xotiningiz ijtimoiy tarmoqlar orqali onasi yoki singlisi bilan gaplashsa uni tekshirishda sizda huquq yo‘q. Uning iznisiz ko‘rishingiz, tekshirishingiz muruvvatdan emas. Idish yopiq turaversin.
Ayollar onasi bilan gaplashsa yayraydi. Bu ularning tabiati. Ular bizga shikoyat qilishmayapti, bir narsani o‘zgartirishni xohlashmayapti. Nima uchun endi yopiq idishni ochishga harakat qilamiz?!
Nima uchun bilishga haqqimiz bo‘lmagan narsani bilishga intilamiz?!
Dugonalarning o‘z sirlari bo‘ladi. Josuslik qilmang!
Erkaklarga tegishli gaplar ayollarga ham tegishli.
Masalan bir qizning fotihasi bekor bo‘ldi. Albatta buning o‘ziga yarasha sabablari bor. Bu sabablar bilan sizning nima ishingiz bor?! Nega endi kovlashtirasiz?!
Behuda ishlarni tark qilishi moʻminning islomi go‘zalligiga dalolat qiladi!
Qo‘shningiznikiga mehmon keladi. Ularning kimligi va nima uchun kelganining sizga nima qizig‘i bor?!
Shilqimlik ham o‘lsin!
Uylar sirlardir. Pardani yirtishga harakat qilmang. Insonlarning aybini qidirmang. Aks holda Alloh ham sizning aybingizni qidiradi. Kim bir musulmonning aybini, sirini yashirsa Alloh ham uning ayblarini yashiradi!
Sizga yetib kelgan narsani yashiring. Yetib kelmagan narsani bilishga qiziqmang. Ba’zan bilmaslik ham ne’matdir. Gohida bilish ham dard bo‘ladi!
Abdulqodir Samarqandiy

#xayirli_tong
"Orzular katta bo‘lishi kerak, shunda sizni har kuni erta uyg‘onishga majbur qiladi."
— Dwayne "The Rock" Johnson

Forwarded from UFQ kitoblar || Rasmiy (Yusufjon)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#сотувда
“Afv et, Allohim”
📗 Oilasini himoya qilishi kerak boʻlgan er aksincha rafiqasi va oʻgʻlini oʻldirishga chogʻlansa… Mazkur asarda shunga guvoh boʻlasiz.
📎 Eridan qochgan ayol bolasini tashlab Amerikaga ketishga majbur boʻladi. Farzand va yurt sog‘inchi, qayg‘u, alam, umuman barcha voqealar uni Allohga bosh egishga olib boradi.
U Robbisiga yuzlanadi. Barchasi uchun tinimsiz afvlar so‘raydi…
📌 Yuqoridagi kitobni UFQ doʻkonidan soʻrang!
☎️ tel: +998972571555
+998913625868
📌 BIZNING MANZIL:
1 Mashxad guzari,
Saltanat majmuasi yonida.
📱 Telegram / 📱 Instagram
“Afv et, Allohim”
U Robbisiga yuzlanadi. Barchasi uchun tinimsiz afvlar so‘raydi…
• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifasi – 294 bet.
+998913625868
1 Mashxad guzari,
Saltanat majmuasi yonida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1👏1
Yakka Sada kitobxonlari
#OILA MUHABBAT VA MEHR • Oila qurgunga qadar juftlar orasida muhabbatning o‘zi bo‘ladi. • Oila qurgach esa muhabbatga ko‘mak sifatida rahm ham qo‘shiladi. • Aksar juftlar muhabbat sababli bir-birlariga bog‘lanishadi, ammo hayotlarini o‘zaro mehr bilan davom…
- Xarob kulbada jufti xaloli bilan shodon yashayotgan ayol, xashamatli qasrda yig'lab yashayotgan ayoldan baxtlidir...
❤1🔥1🤗1
Forwarded from Muhammad Bobur domla maʼruzalari.
ALDANYAPMIZ...
Eng katta yolg‘on — bu o‘zimizni aldaganimiz.
"Yaxshiman" deymiz — aslida sinib tushganmiz.
"Bandman" deymiz — lekin foydasiz narsalarga vaqt topamiz.
"Yordam beraman" deymiz — lekin o‘zimizga ham rahmimiz kelmaydi...
Har kuni bir xil holat:
Telefon — qo‘lda, ko‘z — ekranda, yurak — g‘amda.
Lekin hech narsa o‘zgarmayapti.
O‘zgartirishni ham xohlamayapmiz.
Biz qanday bo‘lib qoldik?..
Avval hayot bor edi — endi kontent bor.
Avval do‘stlar bor edi — endi “obunachilar”.
Avval qalb gapirardi — endi kamera.
Yashamayapmiz, rol o‘ynayapmiz...
Har bir like — vaqtimizni yeb ketdi.
Har bir story — qalbimizni so‘rib oldi.
Ko‘zda nur kamaydi, ruhan charchadik, lekin yana davom etayapmiz.
Chunki aldanyapmiz...
Bugun ko‘rkam ko‘rinsak bas, ertangi ohiratni o‘ylamaymiz.
Chunki u ko‘rinmaydi.
Ammo Alloh ko‘rib turibdi...
Bu eng og‘iri.
Do‘stim, bir o‘ylab ko‘r:
Bu yurish qayerga olib boryapti seni?..
Aldanyapmiz. Va vaqt tugayapti.
https://t.me/MuhammadBoburDomlamaruzalari

- Vatan qachon xarob bo‘ladi? - Qachonki johil qahvaxonada o‘tirganini, universitet talabasi esa unga qahva keltirayotganiga shohid bo‘lsang shunda xarob bo‘ladi. Mubashshir Ahmad
Institut eshigidagi yozuv
«Janob talabalar! Minib kelgan mashinangizni tartib bilan «parkovka» qilishingizni so'raymiz. Professorlarning velosipedi kirishga qiynalyapti...».
“Daftar Hoshiyasidagi Bitiklar”

🤓3😐1
Xayrli kun azizlarim.!
Jumadek xosiyatli va barokatli kunda, yaxshi niyatlar ila, yaxshi duolar ila hi, oilamizga va farzandlarimizga baxt va barokat so'raymiz!
@llogoped

❤2🔥1🥰1
Yakka Sada kitobxonlari
#Tafakkur Xech Bir. Ota "FARZANDIGA" go'zal husnu Odobdan yaxshiroq narsa bera olmaydi. Eng olisi "TARBIYA" tarbiyali farzand ota-ona baxti va rohati garovidir...🤓
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Er-xotin o’rtasidagi janjal
Ayolni ko‘tarish — erkakning saviyasini ko‘rsatadi.
Erni hurmat qilish — ayolning inoyatini bildiradi.
Janjalda g‘olib bo‘lish emas, birga qolish — haqiqiy yutuq.
@Anasxon_Mahmud

❤5
Yakka Sada kitobxonlari
Xayrli kun azizlarim.! Jumadek xosiyatli va barokatli kunda, yaxshi niyatlar ila, yaxshi duolar ila hi, oilamizga va farzandlarimizga baxt va barokat so'raymiz! @llogoped
Bilasizmi, bu ayol velosipedni boshida ko‘tarib ketganidan ko‘ra yerga qo‘yib yetaklab ketsa bo‘ladi. Biroq farzandi uni yangi holda minishini istadi.
Ba’zi qarzlar bo‘ladi, har qancha urinsangiz ham ularni uzolmaysiz.
Alloh taolo ota-onamizni panohida asrasin, umrlarini uzun, amallarini solih qilsin, duolarini olishni bizga nasib etsin!
Hafiza Ermatova

❤1👍1🙏1
Forwarded from UFQ kitoblar || Rasmiy (Yusufjon)
#bitiklar
Kibrni sindirishning sodda siri
Kibrning mustahkam devorini yiqitishning oson,
sodda usuli bor
Bu — Masjid eshigi oldidagi poyafzallarnini tartibga solish
Juda oson a ? To‘g‘rimi ?
Shunday qilib, kibrni sindiruvchi bu kichik amal, insonning butun tabiatini o'zgartirishi mumkin. Masjidda poyafzalni tartibga solib, biz nafaqat jamiyatimizdagi o'zaro hurmat va odob-axloq me'yorlarini mustahkamlamaymiz, balki shu bilan birga, o'zimizni ham yuksaltiramiz.Ko'ngilni ham, ruhni ham.
Keyingi gal boshqa usullari bilan bo‘lishaman
yuksak parvoz tilab!
Muzaffar Yo‘lchi

❤2👍1🔥1🥰1
Dono nodondan o’zini bir pog’ona quyi tutsa, hayron bo’lmang. Tarozining yukli pallasi bo’sh palladan pastroqda turadi.
"Daftar Hoshiyasidagi Bitiklar"
"Daftar Hoshiyasidagi Bitiklar"
❤5
Biz kelib ketuvchi to’garak jahon
Na boshi ma’lum na so’ngi ayon
Hech kimsa rostini aytib berolmas
Biz qaydan keldigu ketarmiz qayon
Keksa yosh hayotga har kimki yetar
Hammasi izma-iz birma-bir o’tar
Bu dunyo hech kimga qolmas abadiy
Ketdilar, ketamiz, kelishar, ketar
Umar Xayyom
Na boshi ma’lum na so’ngi ayon
Hech kimsa rostini aytib berolmas
Biz qaydan keldigu ketarmiz qayon
Keksa yosh hayotga har kimki yetar
Hammasi izma-iz birma-bir o’tar
Bu dunyo hech kimga qolmas abadiy
Ketdilar, ketamiz, kelishar, ketar
Umar Xayyom
❤1👍1🔥1