Forwarded from “Yaxshi otalar” guruhi (Admin 1)
Халк учун очилган уй кутубхонаси.
Биз хам шундай кутубхоналар очайлик деб ният килганлар борми?

❤1🕊1🏆1
Forwarded from UFQ kitoblar || Rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#сотувда
👤 Alixonto‘ra Sog‘uniy
📖 "Tarixi Muhammadiy"
Islom tarixi va janob Payg‘ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallamning hayotlari va faoliyatlari to‘g‘risida hozirgacha arab, fors, turk va boshqa sharq va g‘arb tillarida juda ko‘plab asarlar yozilgan. Lekin Alixonto‘ra Sog‘uniyning ushbu asari ularning xulosasi bo‘lishi bilan birga, ma’lumotlarining ishonchli manbalardan olinganligi, har bir tarixiy voqea bayonidan keyin muallifning unga nisbatan o‘z fikr-mulohazalarini ibratli ravishda izhor etganlari va asarga imkoni boricha badiiylik kiritib har qanday kitobxonni o‘ziga rom etishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Ushbu ajoyib kitobning audio shakli ham sizlarga manzur bo‘lishiga, hamda Islom tarixi va Payg‘ambarimiz (s.a.v.) siyratlariga oid ilmingizni ziyoda qilishiga shubha qilmaymiz.
💰 Narxi - 220 000 so‘m
☎️ tel: +998972571555
+998913625868
📌 БИЗНИНГ МАНЗИЛ:
1 Машхад гузари,
Салтанат мажмуаси ёнида.
📱 Telegram / 📱 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🍿
🔗 https://www.youtube.com/watch?v=TT9gGXx7a7Q
🗣️ Автор: #Gazeta.uz:_Oʻzbekiston_Yangiliklari
📅 Дата: 27.08.2024
⏱️ Продолжительность: 44:49
🎥 1280x720
@SaveFromVkBot
Qozoqboy Yo‘ldoshevning shaxsiy kutubxonasidan reportaj🔗 https://www.youtube.com/watch?v=TT9gGXx7a7Q
🗣️ Автор: #Gazeta.uz:_Oʻzbekiston_Yangiliklari
📅 Дата: 27.08.2024
⏱️ Продолжительность: 44:49
🎥 1280x720
@SaveFromVkBot
🔥2
Forwarded from Kitobchi_qiz hayoti 🪐
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🍿
🔗 https://www.youtube.com/watch?v=xKKY-e_nHa4
🗣️ Автор: #Kun_podkasti
📅 Дата: 01.06.2025
⏱️ Продолжительность: 1:31:19
🎥 854x480
@SaveFromVkBot
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev🔗 https://www.youtube.com/watch?v=xKKY-e_nHa4
🗣️ Автор: #Kun_podkasti
📅 Дата: 01.06.2025
⏱️ Продолжительность: 1:31:19
🎥 854x480
@SaveFromVkBot
🔥2
Yakka Sada kitobxonlari
Kitob o'qimasangiz nasibangiz faqatgina ko'zlaringiz ko'ra oladigani bo'ladi... Kitob o'qiy boshlasangiz asta-sekin ko'rganlaringizda ko'ra olmaganlaringiz mavjudligini-da anglay boshlaysiz... Kitob o'qish sizning ruhingizning bir parchasiga aylanar ekan…
INSON KO’RISHGA QODIR BO’LGANINI KO’RADI
Donishmand va shogird o’z shaharlari darvozasi oldida o’tirib, suhbat qurishayotganda, bir sayyoh kelib ulardan so’radi:
- Bu shaharda qanday odamlar yashaydi?
- Kechirasiz, sayyoh, lekin avval sizdan so’rasak: siz kelgan joyda kimlar yashaydi?- deb soradi donishmand.
- Oh, kazzoblar va og’rilar, zolimlar va buzilganlar.
- Bu yerda ham xuddi shu holat, bu yerdan ham o’zgacha insonlarni topolmaysiz,- javob berdi donishmand.
Biroz vaqt o’tgach, boshqa bir sayyoh keldi va u ham bu yerda qanday odamlar borligini so’radi.
- Siz kelgan joyda qanday odamlar yashaydi - so’radi donishmand.
- Ajoyib insonlar: mehribon va hamdard - deb javob berdi sayyoh.
- Bu yerda ham xuddi shunday, siz bizning shahrimizda o’zingizni yaxshi his etasiz - dedi donishmand.
- Ustoz,- so’radi shogird,- nima uchun bir sayyohga kazzoblar yashaydi, boshqasiga esa yaxshi odamlar yashaydi deb aytdingiz?
- Har joyda yaxshi odamlar ham, yomon odamlar ham bor,- javob berdi donishmand.
- Gap shundaki, har bir inson o’zi qanday bo’lsa, atrofni ham shunday ko’radi. U qanday bo’lsa, uning atrofidagilar ham shunday.....

👍1🔥1👏1
#kun_hikmati
..Ko‘pincha orzu-maqsadlaringizni atrofdagilar bilan o‘rtoqlashsangiz, ba’zilar ustingizdan kulishi yoki kamida shunday gaplarni aytishi mumkin: «Bu ish juda qiyin”, «Bu imkonsiz”, «Menimcha, bu yaxshi fikr emas”, «Bu senga to‘g‘ri kelmaydi”. Bunday odamlar – «orzu o‘g‘rilari”. Aslida, ular siz haqingizda emas, o‘zlari haqida gapirayotgan bo‘ladi. Ular o‘zida bu ishni amalga oshirish quvvati yo‘qligi sababidan siz uchun ham bu ilojsiz deb noto‘g‘ri xulosa qilishadi. Ko‘pincha ular siz ham omadsizlikka uchrashingizni xohlaydi. Ammo ular sizda iste’dod, sabr, metindek iroda yoki tavakkal qilishga jur’at borligini qayerdan bilsin? Orzularni ro‘yobga chiqarish uchun esa aynan shu fazilatlar muhim hisoblanadi...

❤1👍1🔥1🥰1
Yakka Sada kitobxonlari
DO‘ST • Seni har doim maqtayveradigan kishilardan uzoq yur! Chunki hayotda doim maqtovga loyiq insonning o‘zi bo‘lmaydi. Aslida ularning senda manfaati bor-ki, maqtashmoqda. Manfaatlari tugagan kuni esa seni qarg‘ashni boshlashadi. • Seni har doim yomonlayveradigan…
#Tafakkur
Haqiqiy do‘st yoningda bo‘lganida senga Allohdan gapiradi, yo‘qligingda esa Allohga sendan gapiradi.

❤1🔥1🥰1
Forwarded from Qizingiz yozdi...
#duo
Fuzayl ibn Iyoz rohimahulloh o‘g‘illarining tarbiyasida ko‘p qiynalganlari, uni yo‘lga sololmay xunob bo‘lganlari rivoyat qilinadi. Uni shunday duo qilgan ekanlar:
"اللهم إني عجزت عن إصلاح ولدي، فأصلحه لي"
"Allohumma, inniy ajiztu an islaahi waladiy, faaslih'hu liy"
Ey Alloh, men bolamni tarbiya qilolmay qoldim, uni menga O'zing tarbiya qilib ber!
Duo qilaverdilar-qilaverdilar, oxiri farzandlari solih bo'ldi, deyiladi.
* * *
Aytadilar-ki, kimki farzandi salohiyatli, tarbiyali bo'lishini istasa, avval o'zi tavba qilsin.
Alloh taolo Kalomida farzand haqiga duo qilishni bunday o'rgatadi:
وأصلح لي في ذريتي
"Va bolamni menga tarbiya qilib bergin..."
Agar Sen uni isloh qilmasang, to'g'ri yo'lga solmasang, O'zingni sevdirmasang, men nima ham qilolardim?!
إني تبت إليك
"Albatta, men Senga tavba qildim..."
Gunohimdan o't, kibrdan, shahvatdan bo'lgan toyilishlarimni kechir, mening qilig'im bolamga yuqmasin...
وإني من المسلمين*
"Va albatta, men musulmonlardanman."
Men Senga ishonganlardan, gunohini e'tirof qilib, Sengagina yukinganlardanman. Sen yordam bermasang, isloh qilmasang, bolamga insof-u tavfiq bermasang, menda na kuch, va na quvvat bor. Albatta, men Senga taslimman!
*Ahqof surasi, 15-oyatdan
@qizingizyozdi

❤3🔥1🥰1
Yakka Sada kitobxonlari
#ilm • Ilm ko‘r qalb ko‘zini ochuvchi, qorong‘i zulmatda nur bag‘ishlovchi va zaif badanlarga kuch-quvvatdir. • Ilm bilan banda abrorlar darajasiga ko‘tariladi, oliy martabalarga yetishadi. Imom Abu Homid G‘azzoliy rahmahulloh.
Abdulloh ibn Muborak: shubhali bir dirhamni olmaganim yuz ming, yana yuz ming, keyin yana yuz ming dirhamni sadaqa qilganimdan yaxshiroq" deb, "yuz ming"ni olti marta aytdilar.
Honiy Al-Haj "Solih va solihalardan nasihatlar"

👍3
Forwarded from The Stranger
Kitob shunday narsaki, negadir bu sohani hamma yaxshi bilaman deb o'ylaydi. Holbuki yillar davomida kitobning orqasidan kun ko'rgan, yuzlab kitoblarni nashr qilganlarning ham soha haqida yetarlicha bilimi yo'qligiga ko'p bor guvoh bo'ldim. Chinakam kitobxon kitobning sifatini juda yaxshi farqlaydi. O'z navbatida unga kitob mazmunan emas, moddiyan ham qadrli. U kitobni ushlaganda zavqlanishni, qaraganda ko'z quvnashini, kitob uzoq xizmat qilishini xohlaydi. Shu bois muqovaga, ishlatilgan qog'ozga, yelimga, tikilgan ipga, shriftlarga, sahifalashga, imlo va uslubiy xatolargacha e'tibor beradi. O'ziga nima kerakligini aniq bilgan iste'molchi ishlab chiqaruvchi e'tibor qilmagan jihatlarni ham ilg'aydi. Eng yaxshi va to'g'ri bahoni oxir-oqibatda iste'molchi beradi. Bizning kontekstda bu iste'molchi kitobxonlar.
1000 Kitob loyihasi jadal suratlarda boshlandi. Ammo o'tgan yil adog'ida loyiha ichida va atrofida qator gap-so'zlar urchidi. Kim haq, kim nohaq, bu boshqa masala. Mana shu dilxiraliklar fonida loyiha menejeri Xurshid Yo'ldoshev shartnomani uzaytirmadi va loyihadan ketdi. Loyiha menejeri sifatida Eldor Asanov ish boshladi.
Kuni kecha kitoblarning signal variantlari e'lon qilindi va jamoatchilikning keskin e'tiroziga sabab bo'ldi. Bir qarashda ular abituriyentlarning printerdan chiqarib oladigan test kitobchalariga o'xshab ketardi. Balki kitoblar ko'ringanichalik sifatsiz emasdir, ammo vah deydigan darajada zo'r ham emas. Xalqning milliardlab puli sarflangan loyiha doirasida bundan ancha sifatli kitoblarni kutgandi bu xalq.
Bugun biz bukblogerlar, kitobxonlar hatto xususiy nashriyotlardan ham sifatli kitob talab qilyapmiz. Vaholanki ular har bir tiyinni o'z cho'ntaklaridan sarflashyapti, shunda ham iste'molchi sifatida har tomonlama sifatli, "shkarniy" kitob talab qilyapmiz. Ha, kitobning mazmuni muhim, ammo ustimizni yopsa bo'ldi deb qop kiyib yurmaymiz, qorin to'ysa bo'ldi deb qozonning o'zidan ovqat yemaymiz, shakl va mazmun bir butun narsa, bu qushning ikki qanotiga o'xshaydi, ikkisini bir-biridan ajratib, birini boshqasidan ustun qo'yib bo'lmaydi.
Mana shuning kabi e'tirozlar yangragach loyiha menejeri e'tirozchilarni "hasharotlar", "chichqoqlar" deb haqoratlagani internet tarmog'iga sizdirildi. Bu yuqoridagi masaladan alohida olganda ham juda-juda xunuk holat. Xalq avvalo soliq to'lovchi sifatida, shu bilan birga kitobxon sifatida mahsulotning sifatli bo'lishini talab qilishga va u haqida fikr bildirishga haqli. Fikr egalarini haqoratlash esa na olimlik etikasiga, na davlat xodimi etikasiga to'g'ri keladi.
Chiqishi kutilayotgan kitoblar sifati yomon bo'lmasa-da, shu bozorlardagi odatiy kitoblar darajasida bo'lishi mumkin. Ammo bunday kitob chiqarish uchun milliardlab pul sarflash shart emas, bundan-da a'lo sifatdagi kitoblarni xususiy nashriyotlar o'z hisobidan kunda, kunora chiqarib yotibdi. Shuncha pul ketdimi, shunga yarasha uzoqdan ko'rganda ham vah deydigan kitob chiqarish kerak. Chiqarolmadingizmi, unda e'tirozlarga loyiqsiz.

Forwarded from Abdulaziz Muhammad
🎁 YAKSHANBA KUNI SIZNI AJOYIB HADIYA KUTMOQDA!
O‘z ustida ishlashni istagan, ilmga chanqoq, hayotini o‘zgartirmoqchi bo‘lganlar uchun maxsus video premyera tayyorladik!
Bu shunchaki kontent emas — ruhiy uyg‘onish, fikr inqilobi va maqsad sari turtki!
🗓 Premyera: Yakshanba kuni | Soat 20:00 da
📺 YouTube’da tomosha qiling ➤ https://youtu.be/fIPpYAPQ3NE
💥 Bu video sizga shuni eslatadi:
Ilmsizlik — tanlov emas. O‘zgarish esa kechiktirib bo‘lmaydigan zarurat.
Agar siz:
✔️ Hayotingizni chuqurroq tushunmoqchi bo‘lsangiz
✔️ O‘zingizga sodiq qolib, oldinga qadam tashlamoqchi bo‘lsangiz
✔️ Har kuni biroz bo‘lsa ham o‘z ustingizda ishlashni istasangiz
— bu video sizni kutmoqda!
📢 Do‘stlaringiz bilan bo‘lishing. Ilm va o‘zgarish sari birga yo‘l olamiz!
Yakshanba kuni siz uchun maxsus tayyorlangan bu video – bizdan sizga qalbdan hadiya.
Hurmat bilan, Abdulaziz Muhammad
#IlmsizlikkaUzrYoq #AbdulazizMuhammad #Motivatsiya #Premyera #O‘zgarish #Bilim #Kitob

YouTube
Ilmsizlikka uzrimiz yo‘q
📖 Ilmsizlikka uzrimiz yo‘q 📖
Do‘stlar, bu safar sizni juda mazmunli suhbat kutmoqda! Ushbu videoda men Ustoz Najot Nur bilan ilm, kitob va amal haqida samimiy va chuqur suhbatlashdim.
Bu suhbat sizning ilmga bo‘lgan muhabbatingizni kuchaytiradi, kitob o‘qishga…

🔥3
Audio
#Ijtimoiy_odoblar
#audio_kitob
🎙 O‘qidi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🔥1
Forwarded from G'iyosiddin Yusuf
TARBIYA NIMA?
Har bir ota-ona farzandiga mehr bilan boqadi, uni ovqatlantiradi, kiyintiradi, maktabga yuboradi. Ammo shu yetarlimi? Tarbiya bu faqat g‘amxo‘rlik emas. Bu tarbiyalanuvchini jismonan, ruhan, aqlan — har jihatdan o'stirish, ulg'aytirishdir.
Otalik farzandga qimmat telefon olib berishda emas, balki unga halollikni o‘rgatishda namoyon bo'ladi.
Tarbiya faqat yomon odatdan qaytarish emas, balki uni yaxshi fazilat bilan almashtirishdir.
Ko‘pchilik ota-onalar: “U hali bola, katta bo‘lsa o‘zi tushunadi”, deb tarbiya berishni kechiktiradi. Aslida esa bolaning ongi ham, qalbi ham juda sezgir va ta’sirchan bo‘ladi. Qachonki siz unga e’tibor bermasangiz, ko‘cha, internet, begonalar tarbiyalaydi. Va ular hech qachon siz xohlagan odamni yetishtirib bermaydi.
Tarbiya berish davomiy mashaqqatdir. Tarbiyaning oson yo‘li yo‘q. Bu yo‘lda kitob o‘qish ham, u bilan suhbatlashish ham, yengilmas sabr ham kerak. Ammo mukofoti buyuk – komil insonni tarbiyalash. Solih farzand siz qurgan eng buyuk me’morchilik asaringizdir.
🟦 Sizningcha, tarbiyani avvalo nimadan boshlash kerak?
#tarbiya
@GiyosiddinYusuf

❤3👍1
Yakka Sada kitobxonlari
Tovus o‘g‘risi kim? Imom A’zam Abu Hanifa rahimahullohning yoniga bir kishi kelib, dedi: - Yaxshi tovusim bor edi. Uni kimdir o‘g‘irlabdi. Surishtirdim, izladim, topolmadim. Shunga maslahatingizni olmoqchi edim. - Sening otangni taniyman, uylaring qo‘shni…
#iqtibos
Imomimiz Abu Hanifa rahmatullohi alayhning siyratlarini zikr qilib Xatib Bag‘dodiy rahimahulloh "Tarixi Bag‘dod"da aytadi:
"Ibn Hubayra Imom Abu Hanifa qozilikni bo‘yin olmaganliklari uchun o‘n kun darra urdi. Har kuni o‘n darra urar edi. Abu Hanifa rahmatullohi alayh o‘lsalar o‘ldilarki, ammo qozilikni qabul qilmadilar. U zotning jasadlarini Hasan ibn Umora yuvdi. Abu Hanifaning o‘g‘illari Hammod aytadi:
"Hasan ibn Umora otamni yuvgach shunday dedi:
"Alloh seni mag‘firat qilsin. O‘ttiz yilki ro‘zangni yemading (ya’ni o‘ttiz yildan beri ro‘zadorsan). Qirq yildan beri yonboshing yostiq ko‘rmadi. O‘zingdan keyingilarni charchatib qo‘yding, qorilarni sharmanda qilding".

🕊2
Yakka Sada kitobxonlari
Ayol—oʻzining yengilligi va nafosati bilan porlashni biladigan nozik xilqat. U oʻzining ifori bilan qalblarni va koʻzlarni quvnatishi uchun, unga doimiy gʻamxoʻrlik qilish kerak boʻlgan guldir. Lekin ba’zida, hayotiy vaziyatlar unga salbiy ta’sir qilishi,…
2_5359425363506107216
<unknown>
Mevalarni iste’mol qilayotganingizda urug‘larini 🥑🍒🍑 tashlab yubormang, qog‘oz paketga soling va mashinangizga joylab qo‘ying.
Yo‘lingiz tushib, shaxar chetiga chiqqanda dala joylardan o‘tayotganda, to‘xtab, ularni daraxtlar bo‘lmagan joylarga sepib keting. Uning o‘sib daraxt bo‘lib ketishiga g‘am yeguvchi Zot bor va qolaversa buni tabiatga qo‘yib bering.
Tailand va Malayziya kabi Osiyo mamlakatlarida bu usul bilan ular yillar davomida shug‘ullanib kelmoqdalar va natijasi - mevalar hamma joyda bemalol.
Shunday ekan, keling, urug‘larni Yerga tashlaylik, axlat qutisiga emas!

❤1👍1🔥1🤝1
Yakka Sada kitobxonlari
Imom Muslim o‘zining sahihida Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilgan mana bu hadisga e’tibor beringlar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilarida edik. "Gʻazotlarning biridan keyin, u kishiga keltirilgan asirlarga nazar solib, asirlar…
#kechki_mutolaa
Umaviy xalifalaridan Sulaymon ibn Abdulmalik Makkaga hajga keldi. Baytullohni tavof qilib yurib Solim ibn Abdullohni (Hazrat Umarning nabiralari) bir chekkada ka’baga qarab xushu’ bilan o‘tirganini ko‘rib qoldi. U Qur’on tilovat qilgan ko‘yi yig‘lar, ko‘z yoshlari ikki ko‘zidan buloqdek oqar edi.
Xalifa tavofdan bo‘shab, ikki rakat namoz o‘qigach, Solim o‘tirgan tarafga bordi. Odamlar uni ko‘rib yo‘l bo‘shatdilar. Uning yaqiniga o‘tirdi. Solim buni sezmadi va unga qaramadi. Chunki u o‘zi bilan mashg‘ul, zikrga cho‘mgan edi. Xalifa Solimni tilovat va yig‘idan to‘xtashini kutib, kuzatib turdi.
U to‘xtagach, salom berdi. Alikdan so‘ng xalifa past ovozda: "Hazrat, mabodo biror hojatingiz bo‘lsa bajarib beraylik, ayting?!" – dedi. Solim javob qaytarmadi. Xalifa uni eshitmadi, deb o‘ylab yaqinroq borib: "Biror hojatingiz bo‘lsa, bajarib bersak degan edik", – dedi. Shunda Solim: "Allohga qasamki, men Uning uyida o‘tirib undan boshqasidan hojat so‘rashdan hayo qilaman!", – dedi. Xalifa xijolat bo‘ldi va jim qoldi, lekin uni uzoqdan kutib turdi.
Solim namozini tugatib o‘rnidan turib yurishga boshladi. Odamlar orqasidan ergashishdi. Biri undan hadisdan so‘rar, yana biri fatvo so‘rar, boshqasi nasihat tilasa, yana birovi duo so‘rar edi. Xalifa ham ular ortidan tushdi. Odamlar uni ko‘rib yo‘l bo‘shatdilar.
U Solim ibn Abdullohning yaqiniga kelgach: "Mana masjiddan chiqdik, endi hojatingiz bo‘lsa so‘rang, bajaramiz", – dedi. Shunda Solim unga qarab: "Dunyo hojatlaridan so‘rayapsizmi, yoki oxirat hojatidanmi?!", – dedi. Xalifa kutilmagan savoldan dovdirab qoldi va: "Albatta, dunyo hojatlaridan!", – dedi.
Solim: "Men dunyo hojatlarimni uning haqiqiy egasi bo‘lgan Zotdan ham so‘rashga hayo qilaman-u, haqiqiy egasi bo‘lmagan kishidan qanday so‘rayman?!", – dedi. Shundan keyin xalifa qattiq xijolat bo‘ldi va uzr aytib yo‘liga ketdi. U yo‘lda ketar ekan shunday der edi: "Ey Xattobning avlodlari, taqvo va zohidlik sizlarni muncha ham ziynatlamasa?! Alloh ko‘ngillaringizni dunyo moliga namuncha to‘q qilmasa?! Doimo omon bo‘ling!"
FIKRAT UZ

❤3
#kun_hikmati
Bir kuni shoh o‘limga hukm qilingan mahbusning oldiga kelib mahbusga: "Senga fursat beraman, agar undan foydalana olsang, qutilib qolishing mumkin. Xonangda bir chiqish joyi bor. U qo‘riqlanmaydi. Agar uni topa olsang, qamoqdan qutulib chiqib ketasan. Bordi-yu topa olmasang, ertalab quyosh chiqqandan so‘ng qo‘riqchilar seni qatl qilish uchun olib ketadilar”, dedi.
Qo‘riqchilar mahbusning kishanlarini yechgach, shoh bilan birga xonani tark etdilar. Mahbus jazodan qutilish uchun tuni bilan xonaning hamma joyini tekshirib chiqdi, lekin qochish yo‘lini topa olmadi.
Ertasi tongda eshik ochilib, shoh kirib keldi va mahbusga qarab:
— Haliyam shu yerdamisan? — dedi. Mahbus:
— Menga rost gapirapsiz, deb o‘ylagan edim, shohim?! — dedi. Shoh:
— Rost gapirgan edim, — dedi.
— Men bu xonani tekshirmagan joyim qolmadi. Siz menga aytgan chiqish joyi qayerda edi?
— Xonangning eshigi ochiq edi, qulf emasdi.
Xulosa shuki, inson hayotida doim o‘zini qiyinchiliklarga soladi. Muammodan chiqish uchun oson yo‘lni qidirmaydi. Ba’zida muammodan chiqishimiz uchun oson yechim turgan bo‘ladi. Biz esa, yechimni boshqa joylardan axtarib, ishni qiyinlashtirib yuboramiz. Biz eshikni ichkariga ochmoqchi bo‘lamiz, aslida esa tashqariga ochiladigan bo‘lishi mumkin.

❤2