Yakka Sada kitobxonlari
71 subscribers
253 photos
50 videos
21 files
44 links
Kitobni satrlarni o‘qir ekansan ham tabassum qilasan, ham yig‘laysan.  Kitob o‘qing,
insoniylik tuyg‘usini his qiling...
«Kitob yoqishdan ham og‘irroq jinoyat bor, masalan, uni o‘qimaslik»;anonim yozish kanalni adminga https://sprosi.link/al_addl
Download Telegram
Yakka Sada kitobxonlari
#Ayol HAR DOIM CHIROYLI VA MAFTUNKOR BO‘LIB QOLISHNI ISTAGAN AYOLLAR UCHUN GO‘ZALLIK SIRLARI Har kuni oynai jahon va matbuot orqalari ayollarga har xil go‘zallik tavsiyalari taqdim etiladi. Birov tabiiy o‘simliklar, meva, sabzavot, sut-qatiq, tuxum k…
Jannat ahli bo‘lgan ayollarning sifati

   Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilgan hadislarida Nabiy (s.a.v.) aytganlar: «Sizlarning ichingizdan jannatga kiradigan erkaklar haqida xabar beraymi?» «Ha, ey Rasululloh», dedik. Shunda: «Payg‘ambar jannatdadir, siddiq jannatdadir, shahar ichidagi birodarlarini faqat Alloh uchun ziyorat qilsa, shu erkak jannatda. Sizlarga jannatga kiradigan ayollaringiz haqida xabar beraymi», dedilar. «Ha, ey Rasululloh», dedik. U kishi: «Mehribon va tug‘uvchan, ya’ni, eriga mehribon itoatkor va ko‘p farzand tug‘uvchi ayoldir. Agar ayol g‘azablanib yoki biror narsasi yoqmay erining jahlini chiqarsa: «Mana qo‘lim qo‘lingizda, rozi bo‘lmaguningizcha uyquga ko‘z yummayman», deb aytadi. (Tabaroniy rivoyati).
2👍1🔥1🥰1
Yakka Sada kitobxonlari
Jannat ahli bo‘lgan ayollarning sifati    Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilgan hadislarida Nabiy (s.a.v.) aytganlar: «Sizlarning ichingizdan jannatga kiradigan erkaklar haqida xabar beraymi?» «Ha, ey Rasululloh», dedik. Shunda: «Payg‘ambar jannatdadir…
Imom Shofe’iy rohimahullohdan naql qilinadi:
«Kim ilmni yaxshi ko‘rmasa, unda yaxshilik yo‘qdir. Shunday ekan, ilmni sevmaydigan odam bilan sening orangda tanish-bilishlik ham, do‘stona munosabat ham bo‘lmasin. Zero, ilm – qalbning hayoti, qalb ko‘zining chirog‘idir».

#kitobdan
1👍1🔥1💯1
Forwarded from QURANIC LOVERS 🐝
-Mahrga nima istaysiz?
-Aytaveraymi?
-Ha,uyalmang)
-"Hilol nashr" , " Qamar" va "Asaxiy"dagi barcha kitoblarni)
-Mayli ozroq uyalaqoling:))

@Yourbookloversis📚🩷
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁2🙈2🔥1
🍀
#shaxsiy_fikr Ayolni baxtli qilish qiyin ish emas deb o'ylayman gohida. Boru yog'i ayol istagan narsa - erkak hamma narsani o'zidan bilib qilishi. Erkakka "menga yordam bering" demasidan kelib yordam berishini istaydi ayol. Og'ir narsa ko'tarma, deganingiz…
FAROSAT...

U ko‘zguning oldida yuzidagi o‘zgarishlarga sinchiklab tikilayotgan ayoliga yaqinlashdi-da, bir gapni aytmoqchi bo‘ldi. Xayolidan tiliga sirg‘alib chiqishga tayyor so‘zlar quyidagicha edi:
"Bolani oldiraqol, xotin! Shundog‘am 4ta bolamiz bor. Yetar..."
Shu paytda ayoli unga kulimsirab qaradi va erining dilidan o‘tayotgan afkorni anglagandek so‘z qotdi:
- Dadasi, men bu bolamizni boshqacha suysam kerak. Axir, siz ham oyijonimning beshinchi farzandi bo‘lgansiz-ku. U, - deb ko‘rsatarkan qornini, - sizdek aqlli, farosatli va baxtli bo‘lishini istayman...
Yigit behol bo‘lib o‘tirib qoldi. 38 yil oldin o‘zi haqida ham shunday qarorga kelishganda nima bo‘lardi, degan savol uni o‘tirg‘izib qo‘ygandi...
1🔥1👏1😁1😢1🎉1
#bobomning_oʻgitlari

Mehnat kishini uchta balodan saqlaydi: diqqinafaslik, axloqiy buzilish va muhtojlikdan.
💯2🔥1🥰1🎉1
Forwarded from UFQ kitoblar || Rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ufq Kitoblar Do‘koni 📚

#sotuvda

📚 “Bir olima qiz bor edi” iymoni va sevgisi oʻrtasida qolgan, ilm talabidagi qat’iyatli yosh qizning hayotning achchiq sinovlarini boshidan kechirganligi haqida hikoya qiladi.


📝Muallif: Omina Shenliko‘g‘li
📖NOMI: Bir olima qiz bor edi
💰Narxi: 58⁰⁰⁰ soʻm

📚 Ushbu kitob dinsizlarga dinida sobitligi bilan qarshi chiqa olgan Mina ismli qiz iqtidori, gʻururi va ilmsevarligi bilan mehringizni qozonadi.

☎️ tel: +998972571555
+998913625868

📱 Telegram  / 📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1
#Tafakkur

Gʻazablanib turganingda gapirma. O‘sha lahzada aytgan gaping to‘g‘ri bo‘lishi mumkin, ammo uslubing xato bo‘ladi.
🔥1🫡1
#Tafakkur

Bir nasroniy kelib, Ahmad Diydot rohimahullohdan so‘radi: «Nima uchun sizlarning shariatingiz bizning qizlarga nikohlanishga ruxsat beradi-yu, lekin qizlaringizga uylanishga ruxsat bermaydi?»
Ahmad Diydot shunday dedilar: «Biz sizning payg‘ambaringizga iymon keltirganimiz uchun qizlaringizga uylanishga ruxsat bo‘ldi. Sizlar esa bizning Payg‘ambarni inkor qilasiz, shuning uchun qizlarimizga uylanishdan mahrum bo‘lgansiz».


Anvar Ahmad tarjimasi
👍1🔥1👏1
Yakka Sada kitobxonlari
​​«Asl otalar kitobi» Dunyodagi eng ezgu ish-shubhasiz, farzandga to'g'ri tarbiya berishdir. Zero, oila jamiyatning eng asosiy bo'lagidir. Jamiyat rivoji ham oilalarga bogʻliq. Agar har bir ota va ona mas'uliyatni his qilib, farzandiga to'g'ri tarbiya bera…
#Oilada_farzand_tarbiyasi: YAXSHILIKKA CHORLASH

Farzandga turmushning, tarbiyaning muhim qoidalarini yoshligidan o‘rgatish, uning qalbiga bunyodkorlik tuyg‘ularini singdirish ota-ona va murabbiylarning hamisha dolzarb vazifasi bo‘lib kelgan. Farzand Islom dinimizning asosiy qoidalaridan biri bo‘lgan yaxshilikka buyurish va yomonlikdan qaytarishni odat qilishi lozim.

Insonlar ichida faqat payg‘ambarlar gunohdan pokdirlar. Zero, Parvardigor ularni gunohdan pok fitratda yaratgandir. Payg‘ambarlardan boshqa barcha insonlar go‘zal odob-axloqli bo‘lish bilan bir qatorda, gunoh ishlar va xatolarga yo‘l qo‘yadilar. Islom dini gunoh amallarni ochiq bayon qilgan va mo‘minlarni bunday ishlardan saqlanishga buyurgan. Bu amrga bo‘ysungan kishi o‘zini halokatdan saqlaydi va Allohning suyukli bandasiga aylanadi. Musulmon kishining vazifasi faqat man qilingan ishlarni qilmaslik bilan kifoyalanmaydi. Balki gunox ish qilayotgan birodarini u yo‘ldan qaytarib, to‘g‘ri yo‘lga solishi ham muhimdir.

Farzand tarbiyasi ilmi
👍1🔥1
Yakka Sada kitobxonlari
#Tafakkur Hayot mohiyatini anglash qalbni poklashda, haqiqiy baxt-saodatga erishishda muhim o‘rin tutadi. Inson yorug‘ olamga nega kelganini bilsa, qalbi toza, ko‘ngli pok, yo‘li ravon, toleyi baland bo‘ladi...
Ey odam bolasi, sen kunlardan iboratsan!

Hasan Basriy rahmatullohi alayh: «Ey Odam bolasi! Sen kunlardan iboratsan. Bir kun o‘tsa, sening bir bo‘laging ketgan bo‘ladi”. Va yana: «Bir qavmlarni bildimki, ular vaqtlariga sizlarning dinoru dirhamingizga haris bo‘lishingizdan ko‘ra harisroq edilar”, deganlar.


"Ulamolar nazdida vaqtning qadri" kitobidan
1👍1🔥1👏1
Bola tarbiyasi haqida

“Bola ota-onaga omonat bo‘lib, uning qalbi pokiza gavhardir. U har qanday naqshni qabul qilaveradi agar yaxshillikka o‘rgatilsa o‘shanday o‘sadi uning savobiga ota-onasi va murabbiyi sherik bo‘ladilar. Agar yomonlikka o‘rgatilsa, o‘shanday o‘sadi uning gunohiga ham ota-onasi va murabbiyi sherik bo‘ladilar. Ular uni saqlashlari, ta’lim-tarbiya berishlari lozim unga yaxshi axloqlarni o‘rgatsinlar uni yomon bolalardan saqlasinlar”.


Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
1🔥1👏1
Yakka Sada kitobxonlari
KITOBGA SHAYDOLIK     Suriyaning sobiq muftiysi fazilatli shayx Ahmad Kuftaru juda ko‘p kitob o‘qir edi. Qayerga borsa qo‘lida kitob bo‘lar, bo‘sh vaqt topdi deguncha kitob o‘qishga kirishar edi. Birov bilan va’dasi yoki uchrashuvi bo‘lmasa ketma-ket o‘n…
Bir xillikdan qoching

Bolalaringizga tarbiya berishda turli vositalardan foydalaning: ba’zan kitob o‘qib bering, ba’zan tarbiyaviy multfilm qo‘yib bering, ba’zan o‘zingiz og‘zaki o‘rgating. Shuningdek, orada ular bilan o‘ynash, sayrga chiqishni ham tashkillashtirib turing. Bu bilan ularning dam olishiga imkon bergan, sizga bo‘lgan muhabbati va ixlosining ziyoda bo‘lishiga erishasiz. Eng asosiysi o‘rnak bo‘lish ekanini unutmang.


Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan
🔥1
Forwarded from Falaq Nashr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yakka Sada kitobxonlari pinned «Yaxshilik va yomonlik. Bu dunyoda hamma narsaning javobi bor deydilar. To‘g‘ri gap! Ammo bu dunyoda javob qilinmaydigan narsalar ham bo‘ladi. Siz birovga yaxshilik qilsangiz, javobini kutmang. Undan qaytmasa, boshqadan qaytadi. Birov sizga yomonlik qilsa…»
Yakka Sada kitobxonlari
#saboq "Bir kishi keksa bobosidan: 'Hayotning eng qiyin payti qanday o'tdi?' deb so'radi. Bobosi javob berdi: 'Har doim sabr qilishni o'rganganman.
​​"VAQT va HAYOT - ikki buyuk ustozdir.

HAYOT - bizga vaqtdan unumli foydalanishni o'rgatsa;

VAQT - hayotni qadrlashni o'rgatadi.

Aslida esa bu ikkisi ham bir narsa.

O'tayotgan onlar shunchaki soniyalar emas, umr lahzalaridir.

Shoshilmang! Oshiqmang!
Bir nafas to'xtab, yengil tin oling.

Atrofga, insonlarga, dunyoga boqing. Hayotni, har bir lahzani his qilishga urinib ko'ring.

Zero, "hayotni anglagan inson - hech narsaga va hech qayoqqa shoshilmas."

Sabrli bonling!; shaxmat katakchalarini, Oq va Qora ranglarga bo'yayotgan paytlarim shuni tushindimki, "Sabr" eng tez, Orzuga olib boruvchi yo'l ekanin...🥹🤓
🔥1🥰1👏1
Forwarded from UFQ kitoblar || Rasmiy
UFQ 📖KITOBLAR📖 DOʻKONI
#diniy_kitob
#YANGILIK

MUALLIF: Abu Homid G‘azzoliy

📖NOMI: Aldanganlar
💵Narxi: 24 000 soʻm.

📞 Murojaat uchun tel;
+998972571555
+998913625868

📍BIZNING MANZIL:
Mashxad guzari,
Saltanat majmuasi yonida.

📢TELEGRAM KANALIMIZ:
https://t.me/shams_kitoblar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1
"Dunyoda eng go‘zal kim?" degan savolga adiblar va rassomlar "Bola ko‘targan ayol", deb bir xilda javob bergan va ularning shu haqidagi asarlari eng katta shuhrat keltirgan ekan. Xo‘sh, ular nima uchun bu savolga kelinlik libosidagi qiz yoki qaddi-basti niholdek kelishgan ayolni, go‘zal juvoni emas, aksincha, uy kiyimida, ko‘zida hatto surmasi xam bo‘lmagan, qo‘lidagi bolasini emizib turgan oddiygina ayolni tanlaganlar? Chunki u ona, dunyodagi barcha mehr-shafqat mitti qalbi, nozik jismida jo bo‘lgan xilqatdir! Uning mana shu holati, bolasiga butun mehri, eng yaxshi hislarini berib emizib turishi hech bir kelinchakda topilmaydi, biron-bir go‘zallik uyi ming yil urinsa-da, bu ko‘rinishni bo‘yoqlarda ifodalay olmaydi. Siz homilador ayolga e’tibor qilganmisiz? Uning dog‘ bosgan yuzi, to‘kilgan kiprik va qoshlari xam kishiga zavq bag‘ishlaydi, hech bir odam uni "Voy, buncha xunuk", demaydi. Nega? Chunki, u bo‘lajak ona! U o‘z jonini xavfga qo‘yib, o‘z tanidan Alloh taoloning yangi bandasini dunyoga keltiradi...🫥
👍2
Forwarded from UFQ kitoblar || Rasmiy
#ibrat

Yo‘lovchi

   Psixologiya fakultetining talabasiga, "Baxtning siri" mavzusida diplom ishi berilibdi. Bu mavzuda maslahat olish uchun uzoq viloyatda yashayotgan professorning oldiga boribdi.
Professor xursand bo‘lib, talabani uzoqdan kelgani uchun uyiga taklif qilibdi.
Uyga kirgan talaba, qarasaki, uchta xonada faqatgina kitob jovonlari va yerda ikkita ko‘rpacha bor ekan xolos. Talaba ajablanib so‘rabdi:
- Domla, stol-stul, divan, mebellaringiz yo‘qmi?
Professor jilmayib debdi:
- Sening mebellaring qani?
Talaba: Men uzoqdan keldim, yo‘lovchiman, deganida professor:
- Men ham bu dunyoda yo‘lovchiman, - debdi.
👍2
Forwarded from UFQ kitoblar || Rasmiy
#сотувда

💫 Doktor Oiz Qarniyning Mahzun bo'lmang kitobini taqdim etamiz.

✍🏻 Ushbu kitob sizga «Xushchaqchaq va baxtli bo‘ling, yaxshilik tomonini izlang va tinchlaning!» deydi. Hayotga o‘z holicha boqishni, mamnun, quvnoq va shod yashashni o‘rgatadi. Yo‘nalishlar, odamlar, zamon va makonlar bilan muomala qilishda fitratga zid xatolarni tuzatadi. Sizni o‘zingiz, sizga berilgan neʼmatlar haqida tafakkur qilishga undaydi. Hayot, odamlar, oqibat to‘g‘risidagi dunyoqarashingizni yangilab olishga imkon beradi. Kitob sizga qayg‘u va musibatda tasalli, g‘am-alam vaqtida quvonch, qo‘rquv paytida ishonchga vosita bo‘ladi deb umid qilamiz.

📝 Sahifalar soni: 480 bet
📏 Bichimi: 17x24 sm
🇺🇿 Alifbosi: Kirill

📕 Qog'oz kitob – 85.000 so'm

☎️ tel: +998972571555
             +998913625868

📌BIZNING MANZIL:
1 Mashxad guzari,
Saltanat majmuasi yonida.

📱 Telegram  / 📱 Instagram
1👍1🔥1