Forwarded from Uzbek Podcast Hub 🎙
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 TIRIK KITOB bilan suhbat | Podcast #3 [9.06.2025]
https://www.youtube.com/watch?v=M2uQC32ZJPc
📹 360p
#Abdulhay_Madaipov #podkast #HayrullaAsadov #TirikKitob
#video #360p #podcast #uzpodcast #uzpodcast_hub
Do‘stlaringizga jo‘nating!
Dunyoni o‘zgartirish kichik harakatlardan boshlanadi. 👇
@uzpodcast_hub

❤1👍1
TIRIK KITOB bilan suhbat...
Abdulhay Madaipov
📹 TIRIK KITOB bilan suhbat | Podcast #3 [9.06.2025]
https://www.youtube.com/watch?v=M2uQC32ZJPc
🔊 Mp3
#Abdulhay_Madaipov #podkast #HayrullaAsadov #TirikKitob
#mp3 #podcast #uzpodcast #uzpodcast_hub
Do‘stlaringizga jo‘nating!
Dunyoni o‘zgartirish kichik harakatlardan boshlanadi. 👇
@uzpodcast_hub
https://www.youtube.com/watch?v=M2uQC32ZJPc
🔊 Mp3
#Abdulhay_Madaipov #podkast #HayrullaAsadov #TirikKitob
#mp3 #podcast #uzpodcast #uzpodcast_hub
Do‘stlaringizga jo‘nating!
Dunyoni o‘zgartirish kichik harakatlardan boshlanadi. 👇
@uzpodcast_hub
👍2❤1🔥1👏1
Yakka Sada kitobxonlari
Tovus o‘g‘risi kim? Imom A’zam Abu Hanifa rahimahullohning yoniga bir kishi kelib, dedi: - Yaxshi tovusim bor edi. Uni kimdir o‘g‘irlabdi. Surishtirdim, izladim, topolmadim. Shunga maslahatingizni olmoqchi edim. - Sening otangni taniyman, uylaring qo‘shni…
Bir kuni imom A'zam hazratlari yoʻlda ketarkan, roʻparasidan bir hayvon kelayotganini koʻrdi va chekkaga oʻtib unga yoʻl berdi. Buni koʻrganlar nega hayvonga yoʻl berganini soʻrashganda u shunday dedi:
— Uning shoxlari bor, mening esa aqlim...
@kitobdan

🔥1🥰1💯1
Yakka Sada kitobxonlari
#Hikmat Hasan Basriy aytdilar: - Istig‘for aytadigan kishini Alloh azoblaydi deb o‘ylamayman. - Nima uchun?- deyishdi. - Isig‘for aytishni uning ko‘ngliga kim soldi?- dedi. - Alloh, - deyishdi. - Qanday qilib o‘zi kechirim so‘rashga undab, yana…
#Hikmat
Hasan Basriy yana shunday degan: «Ilm olishni Alloh yo‘lida jihod qilishdan afzal deb bilaman. Ha, ilm Alloh yo‘lida jihod qilishdan afzaldir. Kim uyidan ilm talabida chiqsa, uni maloikalar qanotlari bilan o‘rab oladilar, unga osmondagi qushlar, quruqlikdagi hayvonlar, dengizdagi baliqlar salavot aytadilar. Alloh taolo unga yetmish ikkita siddiqning ajrini beradi. Odamlar, ilmni egallanglar va ilm olish uchun sokin, muloyim, viqorli bo‘linglar, ta’lim olayotgan va ta’lim berayotganlarga tavozu’li bo‘linglar. Olimlik bilan faxrlanmanglar, ahmoqlar bilan tortishmanglar va ilm bilan Amirlarga aralashib ketmanglar. U bilan Allohning bandalaridan o‘zingizni baland tutmanglar, agar shunday qilsangiz, Allohning g‘azabida qolgan, jahannamga yuztuban tashlanadigan zulmkor ulamolardan bo‘lib qolasizlar.

🥰1
Forwarded from Hadid books | 📚 (Haytboy Iskandarov)
Yapon xalq maqoli
Oddiy lekin haqiqat, ilm har qanday vaziyatda eng ishonchli yordamchidir.
📚|@hadid_books
Biz oldin miyani to‘ydiraylik, so‘ngra u qorinni to‘yg‘azadi.
Oddiy lekin haqiqat, ilm har qanday vaziyatda eng ishonchli yordamchidir.
📚|@hadid_books
👍2🔥1
Olti narsani eslasang, musibating yengillashadi:
1. Hamma narsa Allohning qazo va qadari bilan bo'ladi.
2. Sabrsizlik qazoi qadarni ortga qaytarmaydi.
3. Bundan ham og'ir musibatga uchrashing mumkin.
4. Yo'qotganing yo'qotmaganingdan kamroq.
5. Har bir qazoi qadarda hikmat bor. Uni bilganingda, musibatni ayni ne'mat deb bilarding.
6. Mo'minga yetgan musibat albatta yo savob, yo mag'firat, yo poklanish, yo sha'ni ulug' bo'lish, yo kattaroq baloning daf etilishi bo'ladi. Allohning huzuridagi narsa yaxshiroq, boqiy qoluvchiroqdir.
✍️"Saodatga yetaklovchi hikmatlar", Ahmad Tursun
ilm_duri

👍1🔥1
Forwarded from Anglanish
Bu savolni berayotgan o‘zimiz, o‘zbek jamiyati.
Bu savolga javobni esa asrlar davomida o‘zimizdan yashirib keldik.
Har bir yigitcha tug‘ilganida “kelajak tayanchi” deb qaralsin,
Har bir qizcha esa hali beshikda yotganidayoq “ertalab qaynonasi qanday bo‘larkin?” degan savol bilan qarshilansinmi?
Nega qiz bola maktabda eng yaxshi o‘quvchi bo‘lsa, “ha, o‘zini ko‘rsatibdi” deyilmidi-yu,
o‘qishga kiraman desa, “unda uylanish yoshing o‘tib ketadi” deyishimiz kerak?
Nega ona bo‘lish — yagona yo‘ldek ko‘rsatiladi?
Nega qiz bola faqat ro‘zg‘or, tozalik, pazandachilik bilan o‘lchanadi?
Men shuni aytaman:
Qiz bola — inson.
Uning orzusi bor.
Uning tanlovi bor.
U ham muhandis bo‘lishi mumkin, u ham shifokor, yozuvchi, olima, tadbirkor bo‘lishi mumkin.
Erga tegish — bu ayolning hayotdagi yagona vazifasi emas. Bu — uning tanlovi bo‘lsa, hurmat qilinadi.
Ammo u o‘qishni tanlasa, jamiyat uni qo‘llab-quvvatlashi shart.
O‘qigan qiz — o‘zining, bolalarining, hatto erining ham hayotini o‘zgartiradi.
O‘qigan qiz — oila, jamiyat va kelajakning poydevori.
Aytadigan gapim aniq:
Qiz bolani “kimga tegasan?” deb so‘rashdan ko‘ra,
“Kim bo‘lmoqchisan?” deb so‘rashni o‘rganaylik.
Jamiyat, qachon uyg‘onasiz?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2❤🔥1🥰1😢1💘1
Audio
#Ijtimoiy_odoblar
#audio_kitob
🎙 O‘qidi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Bir odam ertalab uyidan chiqayotganda xotiniga debdi:
— Bugun, albatta, ot sotib olaman!
— Xudo xohlasa, deng, — eslatibdi xotin.
— Xudo xoxlasayam, xoxlamasayam, baribir, sotib olaman, — debdi afandi.
Er bozorda uzoq yurib, yaxshi ot tanlabdi, bahosini kelishibdi, so‘ng kissaga ko‘lini solsa, puli yo‘q emish. Uning fig‘oni falak bo‘lib uyiga qaytayotganda qarshisidan bir nechta otliq chiqibdi. Ular savol berishsa, u churq etib javob qilmabdi. Achchiqlangan otliqlar uni obdon kaltaklab, oldilariga solib ketishibdi.
Pul oldirgan, kaltak yegan, o‘lgudek horigan er yarim tunda uyiga qaytibdi. Eshik taqillaganini eshitgan xotini so‘rabdi:
— Kim u?
— Xudo xohlasa, eringman! — debdi.
Tabassum ~ evaziga hech narsa talab qilinmaydigan quvonchli lahzalardir. Qani, tabassum qiling-chi 😊😊
FIKRAT

😁1🤣1
Forwarded from Kitobchi_qiz hayoti 🪐
Munofiqning 3 ta belgisi haqida Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam quyidagicha marhamat qilganlar:
Hadis (Sahih al-Buxoriy va Muslim rivoyati):

> **"Munofiqning belgisi uchta:
1. Gapirganda yolg‘on gapiradi,
2. Va’da bersa – ustidan chiqmaydi,
3. Ishonib topshirilgan narsaga xiyonat qiladi."**
(Arabchasiga qisqacha: إِذَا حَدَّثَ كَذَبَ، وَإِذَا وَعَدَ أَخْلَفَ، وَإِذَا اؤْتُمِنَ خَانَ)
🔥1😢1💯1
Forwarded from Ustoz Kundaligi
Ҳар бир инсоннинг сиғинадиган “бути” бор. Қанчалик йўқ деса ҳам, бор ўша бут.
Ана шу нафс — ичимиздаги бутхонадир.
Қайси жиҳатимиз ожиз, нотавон бўлса, у ўша томондан ҳужумга ўтиб, бизнинг нозик нуқталаримиздан кўнглимизда бут ясаийди.
Кимнингдир бути шон-шўхрат, мансаб бўлса, яна бошқасининг бути шаҳватдир, кимнингдир бути пул, баъзиларнинг бути фарзанд ёки ҳаётдир.
Буларнинг бари нафснинг севган нарсаларидир. Бу нарсалар Аллоҳга хуш келадиган хислатлардан устун тутилса, ана ўша энг катта гуноҳдир, жиноятдир.
Бут бизнинг Аллоҳга юзланишимизга тўсқинлик қилаётган бўлса, у ҳолда бизларни Ундан узоқлаштирган ҳар бир иллатнинг номи – бутдир.
Тўғри, биз бутпараст эмасмиз, лекин билингки, ҳар бир инсоннинг сиғинадиган бир “бути” бор.
Китобдан.
@Ustoz_kundaligi

🔥1
Forwarded from Sanjar Nazar
Dunyodagi eng sifatli va chiroyli kitoblar, qarasangiz, bolalarniki bo‘ladi. “Akademnashr” o‘laroq bunga harakat qilamiz. Eslasangiz, “Yod olamiz, shodlanamiz” seriyali kitoblarni chiqarganmiz. “7B” degan muqovaning to‘rtinchi muqova degan turi bor. Yozuvchilar uyushmasida taqdimoti o‘tdi. Besh nafar eng yaxshi mualliflar asari jamlangan, butun boshli qo‘shsahifada 4, 8 qator she’rlardan iborat kitoblar. Loyihadan maqsad — bolaning qalbini kitob bilan rom etish edi. Bola adabiyotni sevsin, so‘zni his qilsin, deganmiz. Tanlangan she’rlar juda sodda, oson edi. O‘sha kitoblarni hadya qilgan xonadon bolalari oldimga chiqib yodlaganlarini aytib berishardi. She’r yodlash bolaning nutqi shakllanishiga keskin yordam beradi.
Xullas, uyushmaning o‘sha paytdagi rahbari Muhammad Ali: “Mana, bular qanday tadbirkor bolalar. Kitobni ko‘ring. Kitob bozoriga kirib, endi rosa sotishadi”, degan. Shunda men “Mubolag‘a qildingiz. Rahmat, lutf uchun. Lekin tijoriy loyiha o‘laroq muvaffaqiyatsiz bo‘lishi aniq” degandim. Rostdan, uch mingta chiqqan besh kitobni, taxminan, 3 yil sotdik.
Yaqinda Telegram’dagi guruhda ovozli suhbat bo‘ldi. O‘sha joyda “O‘zbekistonda eng yaxshi kitob savdosi bolalar nashrlariniki”, degandim. Ya’ni bolalar kitobi qolib ketishi mumkin emas. Nima kitob chiqarsangiz ham sotiladi. O‘zimcha buning ikkita sababini topgandekman. Birinchisi, bozor juda och — hech narsa yo‘q. Hech vaqo yo‘qligidan borini ko‘tarib ketaverasiz. Ikkinchisi, bizning fitratimizda ilm — bu xalos bo‘lish yo‘li ekanini anglash bor. Genetik, tarixiy xotira, ota-bobolar yo‘li o‘laroq saqlanib qolgan. O‘zimizga juda zarur bo‘lsa kitob sotib olmasmiz, lekin bolamizga albatta olib beramiz. Bolam o‘qimishli bo‘lsin, mendan ko‘ra yaxshiroq yashasin deb.
“Daryo” saytidagi suhbatdan, 2021-yil.
Telegram | Instagram | Facebook

Forwarded from Abdurashidov (Shaxsiy blog)
Xaqiqatni aytganda, avvalgi payg'ambarlarnin mo'jizalari vaqtinchalik mo'jizalar edi. Chunki bu mo'jizalar payg'ambarlar tiriklik vaqtida o'z ta'sirin o'tkazib turib, ular vafot etganlaridan so'ng yo'qqa chiqar edi. Shuning uchun ham Alloh taolo o'zining ohirgi uchun boqiy mo'jizani ixtiyor etdi. Butun olamlar uchun songgi va umumiy Payg'ambar qilib tanlagan habibi Muhammad alayhissalomga o'zining kalomini bosh mo'jiza sifatida nozil qildi.
– Xazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamning shariatlari oxirgi shariat bo'lgani, u zotning risolatlari qiyomatgacha turishi lozimligi uchun Alloh taolo u zot sollallohu alayhi vasallamning bosh mo'jizalarin moddiy emas, ma'naviy qildi, muvaqqat emas, abadiy qildi. Qur'oni Karim Nabiy sollallohu alayhi vasallamning bosh mo'jizalaridir. Bu mo'jiza U zot sollallohu alayhi vasallamning xayotlariga va shaxslariga bog'liq emas. U zotdan keyin ham qiyomatgacha abadiy mo'jiza bo'lib turaveradi.
©Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. (Qur'on va sunnatdagi ilmiy mo'jizalar kitobidan

❤1🔥1
- Vatan qachon xarob bo‘ladi?
- Qachonki johil qahvaxonada o‘tirganini, universitet talabasi esa unga qahva keltirayotganiga shohid bo‘lsang shunda xarob bo‘ladi.
Mubashshir Ahmad

❤1🔥1😨1
Yakka Sada kitobxonlari
Olamning (turli) yerlarida musulmonlar boshlariga tushayotgan musibatlarning sodir bo‘lishini bilmoqchi bo‘lsam. Albatta u bizning gunoh va ma’siyatlarimiz yomonligi sababidan hamda Allohning buyruqlarini tark etishimiz tufayli (ekanini ko‘raman). Bas endi…
Imom Muslim o‘zining sahihida Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilgan mana bu hadisga e’tibor beringlar:
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilarida edik.
"Gʻazotlarning biridan keyin, u kishiga keltirilgan asirlarga nazar solib, asirlar orasida oh tortib nimanidir izlayotgan ayolni ko‘rdik. U ayol bir go‘dak bolani oldiga kelib mahkam tutdida uni bag‘riga bosib uni emiza boshladi.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizlarga qarab;
"Ushbu ayol o‘z bolasini o‘tga tashlaydi deb o‘ylaysizlarmi"? - dedilar.
Shunda biz; "Yo‘q, ey Rasululloh unday deb o‘ylamaymiz", dedik.
Payg‘ambar alayhissalom; "Alloh taoloning o‘z bandalariga bo‘lgan mehribonligi bu ayolni bolasiga qayg‘urishidan ham kuchlidir", dedilar".
Bu so‘zning keng va chuqur ma’nosi nima? Ya’ni, ey odam bolasi, Alloh bilan bo‘lgan aloqada, bolani o‘z onasi bilan bo‘lgan munsobatidek aloqada bo‘l, shunda sen sahovatli hamda barcha gunohlaringni kechirib yuboradigan mag‘firatli va mehribon Robbingni topasan.
Ya’ni bola qanchalik yomon sifatga ega bo‘lib, narsalarni buzib sindirsa ham, unga biror xatar yetganida nima qiladi? Unga biror qo‘rqinch yetganida uning xoli nima bo‘ladi? Eng avalo onasiga murojaat qilib uning etagini mahkam tutadi.
o‘Hayotda ana shu bola kabi bo‘l. Gunohlar sodir etib uning og‘irligini his qilganingda ana shu bola o‘z onasiga murojaat qilgani kabi sen ham Allohga iltijo qil. Senga biror xatar va dunyo yoki oxirat ishlarida turli sinovlar yetganida ana shu bola kabi Allohga murojaat qil. Shunday xollarda bola o‘z onasiga talpingani singari sen ham Allohga intil. Shunday qilsang mag‘firatli va mehribon Robbingni topasan.
Imom Butiy
@ilm_duri

👍1🔥1🥰1
Yakka Sada kitobxonlari
#Ayol HAR DOIM CHIROYLI VA MAFTUNKOR BO‘LIB QOLISHNI ISTAGAN AYOLLAR UCHUN GO‘ZALLIK SIRLARI Har kuni oynai jahon va matbuot orqalari ayollarga har xil go‘zallik tavsiyalari taqdim etiladi. Birov tabiiy o‘simliklar, meva, sabzavot, sut-qatiq, tuxum k…
Jannat ahli bo‘lgan ayollarning sifati
Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilgan hadislarida Nabiy (s.a.v.) aytganlar: «Sizlarning ichingizdan jannatga kiradigan erkaklar haqida xabar beraymi?» «Ha, ey Rasululloh», dedik. Shunda: «Payg‘ambar jannatdadir, siddiq jannatdadir, shahar ichidagi birodarlarini faqat Alloh uchun ziyorat qilsa, shu erkak jannatda. Sizlarga jannatga kiradigan ayollaringiz haqida xabar beraymi», dedilar. «Ha, ey Rasululloh», dedik. U kishi: «Mehribon va tug‘uvchan, ya’ni, eriga mehribon itoatkor va ko‘p farzand tug‘uvchi ayoldir. Agar ayol g‘azablanib yoki biror narsasi yoqmay erining jahlini chiqarsa: «Mana qo‘lim qo‘lingizda, rozi bo‘lmaguningizcha uyquga ko‘z yummayman», deb aytadi. (Tabaroniy rivoyati).

❤2👍1🔥1🥰1
Yakka Sada kitobxonlari
Jannat ahli bo‘lgan ayollarning sifati Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilgan hadislarida Nabiy (s.a.v.) aytganlar: «Sizlarning ichingizdan jannatga kiradigan erkaklar haqida xabar beraymi?» «Ha, ey Rasululloh», dedik. Shunda: «Payg‘ambar jannatdadir…
Imom Shofe’iy rohimahullohdan naql qilinadi:
«Kim ilmni yaxshi ko‘rmasa, unda yaxshilik yo‘qdir. Shunday ekan, ilmni sevmaydigan odam bilan sening orangda tanish-bilishlik ham, do‘stona munosabat ham bo‘lmasin. Zero, ilm – qalbning hayoti, qalb ko‘zining chirog‘idir».
#kitobdan

❤1👍1🔥1💯1
Forwarded from QURANIC LOVERS 🐝
-Mahrga nima istaysiz?
-Aytaveraymi?
-Ha,uyalmang)
-"Hilol nashr" , " Qamar" va "Asaxiy"dagi barcha kitoblarni)
-Mayli ozroq uyalaqoling:))
@Yourbookloversis📚 🩷
-Aytaveraymi?
-Ha,uyalmang)
-"Hilol nashr" , " Qamar" va "Asaxiy"dagi barcha kitoblarni)
-Mayli ozroq uyalaqoling:))
@Yourbookloversis
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁2🙈2🔥1
🍀
#shaxsiy_fikr Ayolni baxtli qilish qiyin ish emas deb o'ylayman gohida. Boru yog'i ayol istagan narsa - erkak hamma narsani o'zidan bilib qilishi. Erkakka "menga yordam bering" demasidan kelib yordam berishini istaydi ayol. Og'ir narsa ko'tarma, deganingiz…
FAROSAT...
U ko‘zguning oldida yuzidagi o‘zgarishlarga sinchiklab tikilayotgan ayoliga yaqinlashdi-da, bir gapni aytmoqchi bo‘ldi. Xayolidan tiliga sirg‘alib chiqishga tayyor so‘zlar quyidagicha edi:
"Bolani oldiraqol, xotin! Shundog‘am 4ta bolamiz bor. Yetar..."
Shu paytda ayoli unga kulimsirab qaradi va erining dilidan o‘tayotgan afkorni anglagandek so‘z qotdi:
- Dadasi, men bu bolamizni boshqacha suysam kerak. Axir, siz ham oyijonimning beshinchi farzandi bo‘lgansiz-ku. U, - deb ko‘rsatarkan qornini, - sizdek aqlli, farosatli va baxtli bo‘lishini istayman...
Yigit behol bo‘lib o‘tirib qoldi. 38 yil oldin o‘zi haqida ham shunday qarorga kelishganda nima bo‘lardi, degan savol uni o‘tirg‘izib qo‘ygandi...

❤1🔥1👏1😁1😢1🎉1
#bobomning_oʻgitlari
Mehnat kishini uchta balodan saqlaydi: diqqinafaslik, axloqiy buzilish va muhtojlikdan.

💯2🔥1🥰1🎉1