Forwarded from 🍀
#shaxsiy_fikr
Avtobus va marshrutkalarda yurishning ajoyibligi odamlar orasida yurib birni ko'rib fikr qilasiz, birni ko'rib shukur qilasiz.
Birinchisidan bolaga aytiladigan gap emas edi.
İkkinchisidan jamoat joyida aytiladigan gap emas edi.
Uchinchisidan begona ayolning quchog'ida yursinmi erkak o'z ayolining quchog'ida bo'lmay? Qanaqadir mantiqsizlik.
Xullas, bolalar nega uydagi kattalarni hurmat qilmaydi, deymiz. Mana bizning o'sha kattalarga munosabatimiz. Bu munosabatni ko'rib o'sgan bola amakisiga hurmati bo'larkanmi? Fahmi joyida bo'lmasa, borib amakisiga "ha, xotiningizni quchig'ida yotibsizmi?" Deyishdanam tap tortmaydi. Sababi, uning uchun ideal bo'lgan onasi shu gapni aytdi. Demak, bu gap aytsa bo'ladigan gap. Bu gapni aytish bolaga ham mumkin, deb o'ylaydi. Bolada filtr bormi? Filtr hozir kattalarda ham yo'qku.
*Bintu Malik

Bugun avtobusda ketarkanman, bir ayol o'g'liga gapiryapti. O'g'li yosh, o'rtacha 6-7- sinflar yigiti, avtobus boshida, ayol esa avtobus oxirrog'ida. "Amaking chiqarkanmi?" Dedi o'g'liga. Yo'q dedi o'g'li. "O'tirsin shunday xotinining quchog'ida" dedi ayol. Kulguli eshitildi shekilli bu gap, ayrimlar kulib qo'yishdi. Lekin aslida bu kulguli gap emas edi.
Birinchisidan bolaga aytiladigan gap emas edi.
İkkinchisidan jamoat joyida aytiladigan gap emas edi.
Uchinchisidan begona ayolning quchog'ida yursinmi erkak o'z ayolining quchog'ida bo'lmay? Qanaqadir mantiqsizlik.
Asli, ayollarning jamoat oldida baland gapirishi tarafdorimasman. Bu ularning husnini tushiradigan holat. Erkak nazdida eng xunuk ayol bu erkaklarga jur'atli va baqiradigan ayol, deb o'qiganman kitobda.
Xullas, bolalar nega uydagi kattalarni hurmat qilmaydi, deymiz. Mana bizning o'sha kattalarga munosabatimiz. Bu munosabatni ko'rib o'sgan bola amakisiga hurmati bo'larkanmi? Fahmi joyida bo'lmasa, borib amakisiga "ha, xotiningizni quchig'ida yotibsizmi?" Deyishdanam tap tortmaydi. Sababi, uning uchun ideal bo'lgan onasi shu gapni aytdi. Demak, bu gap aytsa bo'ladigan gap. Bu gapni aytish bolaga ham mumkin, deb o'ylaydi. Bolada filtr bormi? Filtr hozir kattalarda ham yo'qku.
İbn Sino bola 3 yoshiga qadar hayotida baza bo'ladigan narsalarnjng 75%ini o'rganishini aytgan. Afsuski, biz ayni o'sha paytda "bolada, bolani aqli nimani ham olardi" deymiz. Aqli oladigan bo'lganida esa bu aql qotib bo'lgan bo'ladi, keyin nega buni tarbiya qilolmayapmiz deymiz.
*Bintu Malik
👍1💯1
Audio
#Ijtimoiy_odoblar
#audio_kitob
🎙 O‘qidi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
Кундузлари умуман бошқалар учун меҳнат қиладиган, кечалари телевизор қаршисида бировларнинг ҳаётини томоша қилиб, бошқаларни тинглайдиган кишилар ўз ҳаётини бошқаларга бахш этган, ўзига бегоналашган инсонлардир. Ойнаи жаҳон экранлари ҳар кеча фақат ўн дақиқа бир кўзгуга айлансаю одамлар бу ойнада фақат ўн дақиқа ўзларини кўриб, ўзларини ўйласалар... Шубҳасиз, бу бечоралар ўзларидан бу қадар узоқ, ўзлигига бу қадар бегона бўлмасмиди...?!
🔥2😢2
Yakka Sada kitobxonlari
#Iqtibos Uylanmoqchi bo‘lsangiz yaxshi ayollarni axtarmang, balki yaxshi erkaklarni axtaring. Yaxshi erkaklarning uylarida yaxshi ayollar bo‘ladi. Bu so‘zning ma’nosini faqat ozchilikkina tushunadilar. Qizlaringizni nazorat qiling, zero arslonlar qo‘riqlagan…
#kun_xulosasi
Oila qurish uchun bo‘lajak kuyov bilan uchrashuvga chiqar ekansiz, albatta, uning o‘qiydigan kitoblari, atrofidagi kishilar, ustozlari haqida so‘rang. Chunki bular kishining qanday ekanini ko‘rsatib beruvchi muhim uch omil.
#kitobidan

👍1🔥1🤔1
Forwarded from zankiy | زنگي
Bir do‘stimiz tavsiya qilishgan ekan.
Ochig‘i, podkastni tinglar ekansiz, nafaqat bilim, balki mehr va tajriba ham sizga beg‘araz taqdim etilayotganini his qilasiz. Abdulaziz Muhammad USTOZ har bir so‘zlari chuqur mulohaza, hayotiylik va samimiyatni jamlagan. Fikrlar oddiy emas — yelkangizga qo‘l qo‘yib, yo‘lingizni yoritib turgandek.
Shu suhbatdan keyin qalbimda bir iliqlik, ichimda esa bir harakat uyg‘ondi.
“Talabachilik” sahifasidagi ushbu podkastni sizga ham chin dildan tavsiya qilaman:
▫️ Tomosha qilish
Ko‘rib chiqing — ehtimol, siz ham o‘zingizni yangidan kashf qilarsiz.

❤2👍1🔥1
Yakka Sada kitobxonlari
Tovus o‘g‘risi kim? Imom A’zam Abu Hanifa rahimahullohning yoniga bir kishi kelib, dedi: - Yaxshi tovusim bor edi. Uni kimdir o‘g‘irlabdi. Surishtirdim, izladim, topolmadim. Shunga maslahatingizni olmoqchi edim. - Sening otangni taniyman, uylaring qo‘shni…
Bir kuni imom Molik masjidda o‘tirsalar, bir kishi kelib, tajviddan yengil masala so‘raydi. Imom unga qarata “Hamma ilmning o‘z ahli bor. Buni borib, Nofe’dan so‘ra”, deydilar. Holbuki imom Molik u masalani bilar edilar. Lekin ustozga hurmat o‘laroq, javob bermay, u kishiga dalolat qildilar.
Boshqa bir kun imom Nofe’ga bir talabasi darsini topshirayotib, ovozini baland ko‘taradi. Shunda imom: «Hoy, sal sekinroq o‘qi, men seni eshityapman. Molikni ko‘rmayapsanmi?!», deb masjidning narigi chetida shogirdlariga dars berib o‘tirgan imom Molikka ishora qiladilar.
Bu muborak zotlar Ilm, amal va kamtarlikni o‘zlarida mujassam etganlaridan Alloh taolo ularni ummatga imom qilib qo‘ydi. Alloh taolo o‘z rahmati bilan burkasin, bizlarni ham ulardagi axloqlar bilan xulqlantirsin!
Shayx Alijon qori suhbatidan

👍5👏1
Forwarded from Kitobchi_qiz hayoti 🪐
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🍿
🔗 https://www.youtube.com/watch?v=vvnRO05_Ba4
🗣️ Автор: #Umidjon_Ishmukhamedov
📅 Дата: 01.06.2025
⏱️ Продолжительность: 1:49:38
🎥 1280x720
Matonatli Ayol🔗 https://www.youtube.com/watch?v=vvnRO05_Ba4
🗣️ Автор: #Umidjon_Ishmukhamedov
📅 Дата: 01.06.2025
⏱️ Продолжительность: 1:49:38
🎥 1280x720
❤2👍1🔥1🥰1
Kitobchi_qiz hayoti 🪐
🍿 Matonatli Ayol 🔗 https://www.youtube.com/watch?v=vvnRO05_Ba4 🗣️ Автор: #Umidjon_Ishmukhamedov 📅 Дата: 01.06.2025 ⏱️ Продолжительность: 1:49:38 🎥 1280x720
Bu patcast juda ajoyib, Xayotiy va Fiyoyilik bilan yashash xaqida bolibdi. MILLAT_UMIDI loyixasiga raxmat! UZBEKISTAN 🇺🇿 buyuk MILAT bo'ladi. "Qachonki bu yurt, ONALAR bir og'izda ishonch bilan aytsalar!" UZBEKISTAN 🇺🇿 KELAJAGI buyuk deb...
❤1🔥1🎉1
ARAFA DUOSI MUSTAJOB!
Ibn Rajab rohimahullohning "Latoiful ma’orif" kitobida keladi:
"Oriflardan biri aytadi:
"Arafa kuni nima duo qilgan bo‘lsam kelasi yilgacha albatta ijobat bo‘lgan!".
@IkromSharif

🙏3
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!
Yaxshilar, barchangizga Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!
Alloh taolo ushbu muborak kunlarida qilgan barcha solih amallarimizni maqbul amallardan qilsin!

❤1🔥1
Yakka Sada kitobxonlari
Faqat qilgan gunohlaring uchun emas, balki bajarilmagan majburiyatlaring uchun ham tavba qil... "Hech qachon iloji yo‘q demang! Imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q. Har bir qulf o‘z kaliti bilan yasaladi. Faqat xos kalitni topish uchun aql va qalbni birlashtirmoq…
#Hikmat
Hasan Basriy aytdilar:
- Istig‘for aytadigan kishini Alloh azoblaydi deb o‘ylamayman.
- Nima uchun?- deyishdi.
- Isig‘for aytishni uning ko‘ngliga kim soldi?- dedi.
- Alloh, - deyishdi.
- Qanday qilib o‘zi kechirim so‘rashga undab, yana azoblashi mumkin?!- dedi.
«Modomiki ular istig‘for aytar ekanlar, Alloh ularni azoblamas”.
(Anfol surasi, 33-oyat).

🔥2❤1👍1
#Tafakkur
Oygul unashtirilsa, unashtirilgan yigiti bilan quchoqlashib bo‘y-bo‘y suratlarini ijtimoiy tarmoqlarga ulashadi.
Shuhrat uylanib xotinining rasmini profil surati qiladi.
Nargiza farzand ko‘radi, instagramdan tortib vatsabu telegramlargacha bolasining suratlarini qo‘yib "Masha Alloh" deydi.
Kumush erining bozorligini muzlatkichga chiroyli taxlab, suratga oladi, instagramda ulashganida yuzdan ortiq "layk" kelishi uchun.
Zuhra yemakxonaga borsa, ovqatlari sovuguncha chiroyli fonli surat olishga urinadi.
Xullas, mahramiyat, andishayu hayo yer bilan bitta bo‘ldi.
El-yurt orasida xotini bilan yonma-yon yurishga uyalgan bobolarimizning nabiralari bugun xotinini nikohlab olmasdan burun quchoqlab hammaga ko‘z ko‘z qiladi.
Pishirayotgan taomi qo‘shnining burniga sezilishidan istihola qilgan momolarimizning nabiralari yegan-ichganidan tortib, ich kiyimlarigacha internetda hammaga ko‘rsatadigan bo‘ldi.
Juftining ismini tilga olishdan hayo qilgan buyuklarning avlodlari bugun mana shu ahvolda.
''Nomahramning ko‘zi tushmasin!'' deya vafot etganida tunda ko‘milishni istagan Hazrati Fotima va fotimaqalbli qizlardan qanday qilib bor bo‘yiyu vujudini ko‘z-ko‘z qilib suratlar ulashadigan qizlar tug‘ildi?
Tor kiyinishdan andisha qilgan, o‘zini, iffatini muhofaza qilgan erkaklar qanday qilib tor pochali shimlar kiyadigan, tanasining hamma joyini elga ko‘rsatadigan kiyimlarda bemalol yuradigan erkaklarga aylandi?..
Hayo hissi bilan ko‘zi yorigunicha homiladorligini yashirishga uringan onalardan, tor kiyimlar bilan hayotda va ijtimoiy tarmoqda qappaygan qornini ko‘z-ko‘z qiladigan onalar qanday ko‘paydi?
Biz qanday qilib, mahramiyat rashkining sharmu hayosi bilan tanilgan ajdodlarning mahramiyatni bilmagan, rashki yo‘q, sharmu hayodan mahrum avlodlari bo‘ldik?
Kecha va bugun o‘zgarib ketgan qadriyatlarimiz va hayot tarzimizni isloh qilishni avval o‘zimizdan boshlamog‘imiz kerakmikin?...
*️⃣ Ijtimoiy tarmoqlarda erimiz (xotinimiz) bilan quchoqlashib turgan suratimizni joylamasligimiz — yolg‘izligimizni anglatmaydi.
*️⃣ Internetda bolalarimizning suratlarini qo‘yib til uchida "Masha Alloh"lar qabul qilishga ishtiyoqmand emasligimiz — befarzandligimizni bildirmaydi.
*️⃣ Ijtimoiy tarmoqlarda ovqatlanayotganimizdagi suratlarni baham ko‘rmasligimiz, bizning och yoxud yemakxonalarga bormasligimizni bildirmaydi.
*️⃣ "Bu ishni qildim!", "Faloncha yutuqqa erishdim!", "Pismadon joylarga bordim!" deya maqtanib blogpostlar qo‘ymasligimiz — bekorchiligimizga ishora emas.
Biz o‘zimizga berilgan hamma narsa, nafasdan tortib toki mana shu so‘zlarni yozayotganda klaviaturani bosayotgandagi barmoqlarimizning harakati ham shak-shubhasiz Allohdan ekanini yaxshi bilamiz! Bizning hech nimamiz yo‘q! Hech narsaga qodir emasmiz! Bo‘ynimizdan miyamizgacha minglarcha tomiru tomirchalar borgan. Bittasi uzilsa yo jinni bo‘lamiz, yo o‘lamiz. Nimamizga buncha ishonamizu, nimamizni maqtab ko‘z-ko‘z qilamiz?!
©️Umida Aziz

🔥1
Audio
#Ijtimoiy_odoblar
#audio_kitob
🎙 O‘qidi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🥰1
Forwarded from UFQ kitoblar || Rasmiy (Yusufjon)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#сотувда
Kichik rivoyatlarda axloqiy yoʻriqlar
➡️ Kibr-u havo – gunohlar dengizi, nafs – shahvatlar dengizi, oʻlim – umrlar dengizi, qabr – nadomatlar dengizi hisoblanadi.
"Muhabbat oyatlari" – muhabbatli hikoyalari bilan jaholat dengizidan qutqaradigan kitob.
Bir gunoh uchun qirq yil yigʻi, habibimizni tushida koʻrganlar hamda tengdoshlari orasida tengsiz boʻlgan zot haqidagi rivoyatlar sizga qiziq boʻlishiga ishonamiz.
💰 Narxi - 38 000 so'm
☎️ tel: +998972571555
+998913625868
📌 BIZNING MANZIL:
1 Mashxad guzari,
Saltanat majmuasi yonida.
📱 Telegram / 📱 Instagram
Kichik rivoyatlarda axloqiy yoʻriqlar
"Muhabbat oyatlari" – muhabbatli hikoyalari bilan jaholat dengizidan qutqaradigan kitob.
Bir gunoh uchun qirq yil yigʻi, habibimizni tushida koʻrganlar hamda tengdoshlari orasida tengsiz boʻlgan zot haqidagi rivoyatlar sizga qiziq boʻlishiga ishonamiz.
• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 171 bet.
+998913625868
1 Mashxad guzari,
Saltanat majmuasi yonida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🔥1
Forwarded from Abdurashidov (Shaxsiy blog)
Qambag'allik ayb emas, biroq yo'qchilik - illat. Birinchisida inson tug'ma oliyjanob fazilatlarni saqlab qola oladi, ammo yo'qchilikda ularni xech qachon va xech kim saqlab qola olmaydi.
Фёдор Достоевский (jinoyat va jazo kitobidan)

💯2👍1🔥1
Yakka Sada kitobxonlari
#Tafakkur Oygul unashtirilsa, unashtirilgan yigiti bilan quchoqlashib bo‘y-bo‘y suratlarini ijtimoiy tarmoqlarga ulashadi. Shuhrat uylanib xotinining rasmini profil surati qiladi. Nargiza farzand ko‘radi, instagramdan tortib vatsabu telegramlargacha…
Olamning (turli) yerlarida musulmonlar boshlariga tushayotgan musibatlarning sodir bo‘lishini bilmoqchi bo‘lsam. Albatta u bizning gunoh va ma’siyatlarimiz yomonligi sababidan hamda Allohning buyruqlarini tark etishimiz tufayli (ekanini ko‘raman).
Bas endi biz zolimlarning zulmi, esipastlarning ahmoqliklari haqida gapirib keyin o‘zimizni mas’uliyatdan qochuvchi oqsuyaklar o‘rniga qo‘ymasligimiz hamda go‘yo o‘zimiz jabr ko‘rib (boshqaga) zulm qilmagan va yomonlik ko‘rib (birovga yomonlik) qilmagan (kishidek) o‘zimizni farishta hisoblamasligimiz lozim.
Imom Butiy

❤1👍1🔥1🥰1
Audio
#Ijtimoiy_odoblar
#audio_kitob
🎙 O‘qidi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1
Yakka Sada kitobxonlari
O‘g‘il bola hamisha otasidan namuna oladi. "Otam shunday qilyaptimi, demak, bu to‘g‘ri" degan xulosaga keladi. Ota bolasi yonida har bir ishini o‘ylab qilishi zarur. Chunki tarbiya ilmi - o‘ta nozik ilm. Keltirilgan misollarga qarab yaxshi o‘g‘ilni, haqiqiy…
«Asl otalar kitobi»
Dunyodagi eng ezgu ish-shubhasiz, farzandga to'g'ri tarbiya berishdir. Zero, oila jamiyatning eng asosiy bo'lagidir. Jamiyat rivoji ham oilalarga bogʻliq. Agar har bir ota va ona mas'uliyatni his qilib, farzandiga to'g'ri tarbiya bera olsa bunday oila jamiyatga tayanch bo'ladi.
Farzand tarbiyasida avvalo, otaning oʻrni beqiyos. Men o'qib tugatgan Jalolxon Umarovning "Asl otalar kitobi''da yaxshi otalarning qanday xususiyatlarga ega boʻlishi haqida batafsil toʻxtalib o'tiladi.
Afsuski, hozirgi kunda ko'p otalar farzandlarining moddiy taʼminoti bilangina cheklanishmoqda. Farzandlariga kerak bo'lgan eng bebaho neʼmat-ma'naviy tarbiyaga unchalik ahamiyat bermaydilar. Aslida, moddiy buyumlardan farzand otasidan oladigan namuna ahamiyatliroq.
Mutafakkirlar aytganidek, bola-misoli bir ko'zgu unga qanday qarasanggiz, munosabat bildirsanggiz u sizga shunday javob qaytaradi. Shuning uchun u bilan munosabatda ehtiyotroq boʻlishingiz zarur.
Kitobda yozilganidek, bolalarning eng birinchi qahramoni-bu ularning otalari. Ularning nazarida, otalari dunyodagi eng yaxshi odam. Shu sababli, ularga yolgʻon gapirmang, bu ularning qalblaridagi aksinggizga jiddiy zarar yetkazadi. Biror ish qo'linggizdan kelmaydimi, va'da bermang, xato qildinggizmi uzr so'rang, zero, uzr ojizlik belgisi emasligini tushunishsin.
Ularni tinglang, har bir ishida suyanchiq boʻling, vaqti kelganda ibratli usulda tanbeh berishni biling. Chindan farzandlaringiz uchun yaxshi ota boʻlmoqchi boʻlsangiz ulardan hech qachon vaqtinggizni va e'tiboringgizni ayamang.
Yaxshi ota boʻlish uchun boshlagan yo'linggizda ushbu kitob sizga juda ham asqotadi.
Mohigul Qobiljon qizi

❤1🔥1🥰1
Forwarded from 🍀
#shaxsiy_fikr
Ayolni baxtli qilish qiyin ish emas deb o'ylayman gohida.
Boru yog'i ayol istagan narsa - erkak hamma narsani o'zidan bilib qilishi.
Ayollar ham axmoq emas.
O'ylab ko'ring, turmush qurmasingizdan avval siz unga, u sizga g'irt begona edingiz. Endi esa bir tanu bir jonsiz. Bu Allohning mo'jizasi. Orangizdagi baxt-saodat, sevgi-muhabbat kaliti, fikrimcha erkaklarning qo'lida. So'ralmaganda berilgan gul, sovg'a yoki yordam qo'li, aytiladigan ikki og'iz shirin gapdan olam guliston bo'ladi.

Erkakka "menga yordam bering" demasidan kelib yordam berishini istaydi ayol. Og'ir narsa ko'tarma, deganingiz kerakmas. Keling va shu og'ir narsani ko'tarib kerakli joyga qo'yib bering.
O'zingni ko'p urintirma demang. "Kel, men ham senga qarashaman, tezroq ishlaringni bitirasan" deng.
Charchagandek ko'ringanida qayergadir aylanishga olib boring, o'zi so'ramasin.
Ayollar ham axmoq emas.
Oilaviy sharoitni ko'rib turib, sizdan steyk yeyishga olib borishingizni talab qilmaydi. Shunchaki kechgi sayrga, shahringizdagi biror bog'ga olib borsangiz va yo'l davomida chiroyli suhbat qursangiz kifoya.
Balki u bugun chiroyli emasdir, sochini yuvishga ulgurmagandir, oldingizga atir sepib kelmagandir. Ko'ngli uchun chiroyli ekanligini aytib qo'yishingizni istaydi ayol, chunki o'zining ahvolidan o'zi ham xabardor. Siz aytmasangiz ham ovqat hidiga burkanganidan xabardor, oynaga qarashga vaqti bo'lmagani uchun, oldingizga yasanib kelolmagani uchun, ish-o'qish yoki bola-chaqadan ortolmayotgani uchun o'zini ayblab yuradi ayol zoti. Shunchaki, bularni inkor etib, qalbiga sokinlik beradigan 2-3 og'iz shirin gap aytishingizga muhtoj ayol kishi.
O'ylab ko'ring, turmush qurmasingizdan avval siz unga, u sizga g'irt begona edingiz. Endi esa bir tanu bir jonsiz. Bu Allohning mo'jizasi. Orangizdagi baxt-saodat, sevgi-muhabbat kaliti, fikrimcha erkaklarning qo'lida. So'ralmaganda berilgan gul, sovg'a yoki yordam qo'li, aytiladigan ikki og'iz shirin gapdan olam guliston bo'ladi.
Men ulg'aygan uyda mehmonlar ketishsa, otam kelib bizga yordam berardilar, biz idishlarni tashisak bizga qo'shilib tashirdilar. Stuarni ko'tarib, plisos qilardilar. Onamni yotqizib, ikkimiz uylarni yig'ishtirardik. Ovqat pishirishga yaqin qolsa, kartoshka-piyozlarni archib berardilar. Agar bonka yopadigan mahal bo'lsa, hamma mahsulotlarni archish, maydalash, ezg'ilashga, hatto bonkalarni yopishga ham yordam berardilar. Men otamni onamga gul berganini ko'rmaganman yoji seni yaxshi ko'raman deganini eshitmaganman. Lekin, otam onamni yaxshi ko'rishini onamni asrab-avaylashida ko'rganman. Men uchun sevgi shu, balki.
*Bintu Malik
🔥1🥰1
Forwarded from Uzbek Podcast Hub 🎙
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 TIRIK KITOB bilan suhbat | Podcast #3 [9.06.2025]
https://www.youtube.com/watch?v=M2uQC32ZJPc
📹 360p
#Abdulhay_Madaipov #podkast #HayrullaAsadov #TirikKitob
#video #360p #podcast #uzpodcast #uzpodcast_hub
Do‘stlaringizga jo‘nating!
Dunyoni o‘zgartirish kichik harakatlardan boshlanadi. 👇
@uzpodcast_hub

TIRIK KITOB bilan suhbat...
Abdulhay Madaipov
📹 TIRIK KITOB bilan suhbat | Podcast #3 [9.06.2025]
https://www.youtube.com/watch?v=M2uQC32ZJPc
🔊 Mp3
#Abdulhay_Madaipov #podkast #HayrullaAsadov #TirikKitob
#mp3 #podcast #uzpodcast #uzpodcast_hub

👍2❤1🔥1👏1