Yakka Sada kitobxonlari
71 subscribers
253 photos
50 videos
21 files
44 links
Kitobni satrlarni o‘qir ekansan ham tabassum qilasan, ham yig‘laysan.  Kitob o‘qing,
insoniylik tuyg‘usini his qiling...
«Kitob yoqishdan ham og‘irroq jinoyat bor, masalan, uni o‘qimaslik»;anonim yozish kanalni adminga https://sprosi.link/al_addl
Download Telegram
Yakka Sada kitobxonlari
Agar bolangiz baqirmaydigan bola bo'lishi xohlasangiz! • U o'z muammolarini osongina aytib bera oladigan darajada sirdoshi bo'ling; • Ishonchli joydaligini his qildiradigan xavfsiz boshpana bo'ling; • "Kel bolam, yomg'irda yuramiz va birga namlanamiz" deydigan…
"Istirohat bog'igacha yugurish musobaqasiga tayyormisan?, Birinchi bo'lib yetib borgan g'alaba qozonadi" deya oladigan darajada baquvvat bo'ling;
• U yig'lasa, erkalansa, qaysar bo'lsa, sabr qiling;
• Uyqusiz tunlarga kasalliklarga, qo'lda olib yurishga chidash uchun keragicha chidamli bo'ling;
• Tizzasidagi yarani mehr bilan o'pa oladiganchalik rahmdil bo'ling;
• Farzandingizning borligidan xursand bo'ling;
• "Yaxshiyam borsan, bolam" degan minnatdorchilik tuyg'usiga to'la bo'ling;
Chunki bola sabr-toqat talab qiladigan "qiyinchilik" emas, qalbingizga shukronalik yomg'irini yog'diruvchi "ne'mat"dir.


Farzand tarbiyasiga oyid kitob oʻqishni tavsiyasi qilaman..!
Odamlar siz haqingizda o'zlari xohlagandek o'ylashlariga to'sqinlik qilmang. Balki bu ular uchun taskindir.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bizni yoshlikdan ishchi bo‘lishga tarbiyalashadi. Davlat ishi yaxshi, kasal bo‘lsang ham, oylik beradi, qariganda pensiyasi bor va hakazo cho‘pchaklar miyamizga singdiriladi.

Uzoq yillik qullik tuzumi ota-onalarimizning o‘y-xayollarini shunday izolyasiya qilib tashladi.

Biroq, siz bunaqa bo‘lmang! Farzandlaringizni imkon qadar mustaqil biznes qilishga o‘rgating!

Arzimagan pensiya uchun butun umr ishlab, yuksak orzulardan voz kechish telbalikdan boshqa narsa emas...
Forwarded from Elektron kitoblar
#Nazmiy

​​Kel, yashirib qo‘yayin seni
yurakning eng chuqur yeriga.
Keyin sen ham yashirgin meni
yurakning eng chuqur yeriga.

Topolmasin bizlarni birov!

Shavkat RAHMON

📚 @kitoblar_pdf
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kishi qizini turmushga bermoqchi bo‘lsa, undan izn so‘rasin”, dedilar.

Abu Ya’lo rivoyati.

Izoh: Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Juvon ayoldan maslahat so‘ramay turib nikohlanmas. Qiz boladan izn olinmay turib nikohlanmas», dedilar. «Ey Allohning Rasuli, izni qandoq bo‘lur?» deyishdi. «Sukut saqlamog‘i», dedilar».

Imom Buxoriy va Muslim rivoyati.


@Al_AddL
#OILA

MUHABBAT VA MEHR

• Oila qurgunga qadar juftlar orasida muhabbatning o‘zi bo‘ladi.
• Oila qurgach esa muhabbatga ko‘mak sifatida rahm ham qo‘shiladi.
• Aksar juftlar muhabbat sababli bir-birlariga bog‘lanishadi, ammo hayotlarini o‘zaro mehr bilan davom ettirishadi.
• Mehrsiz muhabbatning yolg‘iz o‘zi bilan yashash ancha qiyin.
• Oila mustahkamligi uchun muhabbatga ko‘mak sifatida mehribonlik ham kerak. 
• Shu haqiqatga ishora qilib Alloh taolo marhamat qiladi:
«Sizlar taskin topishingiz uchun o‘zlaringizdan juftlar yaratgani va o‘rtangizda muhabbat va mehribonlik paydo qilgani U Zotning oyat belgilaridandir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan kishilar uchun ibrat-alomatlar bor». Rum surasi, 21-oyat.

| Mahbubiy

📚 @Al_AddL
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kitobdan
#Uchdan_keyin_kech

“Bola irodasiga qarshi chiqmang. Uning irodasiga qarshi ish qilishga majburlash orqali uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini sindirasiz.”
#LATOIF

   Masjid imomi namozxonlarni kayfiyatini ko‘tarish uchun debdi:
-Hayotimdagi eng go‘zal lahzalar xotinimdan boshqa bir ayol bilan o‘tkazgan lahzalarimdir!
  Masjiddagilar g‘ala-g‘ovur ko‘tarishdi. Imomning gapidan dahshatga tushishdi.
  Imom davom etdi:
- Ha, eng go‘zal lahzalarim onajonim bilan o‘tkazgan lahzalarim ekan!
   Namozxonlar bu safar takbir va olqishlar aytishdi. Ba’zi kishilarning hatto ko‘zlari ham yoshlandi.

   So‘ngra namozxonlardan biri uyiga borib oshxonada kechgi ovqat tayyorlayotgan xotiniga imomning gapiga o‘xshash gapni aytib uni xursand qilmoqchi bo‘ldi. Ammo gapning avvalgi qismini aytib toki ikkinchi qismini aytgunicha xotini uning boshiga kapkir bilan urdi. Erning bosh suyagini amaliyoti olti soat davom etdi.
  Ahmoq xotin bechora eriga "onam bilan" degan gapini aytishga fursat ham bermadi.

  Gapni qayerda va kimga gapirish juda ham muhim ekandaa, aaa shunaqami?!

|Abdulqodir Polvonov
#Kitob_tavsiya
📓 Veysi Cheri: Munosib ota-ona bo'lmoq saodat

Har bir bola o‘z salohiyati bilan tug‘iladi va bu salohiyat unga munosib muhit topilgandagina unib chiqishi va paydo bo‘lishi mumkin. Aks holda, bu potensial abadiy chiriydi. Farzandlarimizga o‘z shaxsiyatini topishi va o‘rnatishi hamda o‘zining individualligi va o‘ziga xosligini yo‘qotmagan holda jamiyat a’zolarining faol, fikrlash, ishlab chiqarish, sevish va o‘yin o‘ynashiga imkon beradigan muhitni ta’minlash bizning eng katta ijtimoiy burchimizdir. Dots. Dr. Veysi Cheri o'zining "Yetarli darajada yaxshi ota-ona bo'lish" kitobida o'zining "yetarli darajada yaxshi g'amxo'rlik" uslubini va bolalar uchun ideal muhitni o'zining kasbiy amaliyoti va tadqiqot va kuzatishlariga asoslanib ochib beradi. Bu ota-onalarga zamonaviy dunyo tomonidan tatbiq etilgan mukammallik tashvishi va bosimi ostida o'zini ham, farzandlarini ham charchatmaydigan, yetarlicha yaxshi shaxslarni tarbiyalash yo'llarini ko'rsatadi.
#motivatsiya #hikoya

📖 O‘zingizga ishonchingiz bolsin!
Yakka Sada kitobxonlari
#motivatsiya #hikoya 📖 O‘zingizga ishonchingiz bolsin!
#motivatsiya #hikoya

📖 O‘zingizga ishoning!

Bu bola faqatgina sinfda emas, balki butun maktab bo‘yicha eng kambag‘al oiladan edi. O‘qituvchining jahlini chiqargan narsa ham shu: o‘zi nima ahvolda-yu, “Kim bo‘lsam ekan?” mavzusida yetti betlik insho yozibdi. Yonida ilova-chizmasi ham bor – yilqichilikka mo‘ljallangan kattakon ferma.

Insho “0” baho bilan egasiga qaytdi. Bola hayron bo‘ldi. Dars tugagach o‘qituvchining oldiga oqarib kirib, nega bunday baho qo‘yganini so‘radi. Shunda o‘qituvchi:

🔴“Yozganlaring yoshingga to‘g‘ri kelmaydi. Holingga qarab orzu qilsang bo‘lmaydimi? Sen o‘ylayotgan ferma uchun katta mablag‘ kerak. Oldin yer sotib olish zarur, keyin otlar, yem-xashak… Xullas, xom-hayollaringni qo‘yib, inshoni boshqatdan yoz”.

🤔 Bola xafa bo‘lib uyiga qaytdi. Uzoq o‘ylanib oʻtirdi... Ertasiga esa yozganlarini eski holatda o‘qituvchisiga olib bordi va unga qarata shu so‘zlarni aytdi: “Siz bahongizni o‘zgartirmang, men esa orzularimni...”

Yillar o‘tdi. Endi nafaqaga chiqqan o‘qituvchi kattakon yilqichilik fermasiga hayratlangancha qarab turar, ichkarida bir paytlar orzulari uchun “0” baho olgan sobiq o‘quvchisi hashamatli uyda o‘tirardi. Ro‘parasidagi devorda esa inshoga ilova qilingan yilqichilik fermasining ramkaga solingan chizmasi bor edi...

☝️Xulosa: O‘zgalarning siz haqida fikrlariga eʼtibor bermang. Asosiysi, o‘zingizga bo‘lgan ishonchni yoʻqotmang!
#hayrli_tong

Agar siz goʻzallik tarqatish va ulugʻvor ishlar bilan shugʻullanayotgan boʻlsangizu, buni hech kim sezmasa, aslo xafa boʻlmang... Quyosh chiqishi ham odatda dunyodagi eng goʻzal manzara va eng ulugʻvor ishdir, lekin afsuski, koʻpchilik bu vaqtda uxlayotgan boʻladi...
Siz uxlayotganlar qatorida emasligingizdan xursandman Qadrdon. Assalomu alaykum!

Bizni kuzatib boring👇
@Al_AddL
#ERKAK #AYOL

«Erkaklar tabiati bir xil bo‘ladi. Ular qaysar va sarkash ayollarni yomon ko‘rishadi. Ular yumshoq va haqqidan voz kecha oladigan ayollarni yaxshi ko‘rishadi. Ayolligingni yo‘qotib qo‘yma. Aks holda u seni yomon ko‘rib qoladi. Erkak shaklidagi ayolga erkaklar toqat qila olishmaydi. Erkak kishi ayolining barcha sifatini yo‘qotishiga rozi bo‘lishi mumkin, ammo ayolligini yo‘qotishiga chiday olmaydi. Ayolliging eng chiroyli ziynatingdir. Joning chiqqunicha unga qattiq yopishib ol!»

| Abdulqodir Polvonov

📚 @Al_AddL
Har bir musulmon uch xil tug‘yonga ketishdan hazir bo‘lsin!

Bu tug‘yonga olib boruvchi so‘zlar «men», «meniki», «o‘zimniki» so‘zlaridir. Ushbu uch kalima sababli Iblis, Fir’avn va Qorunlarga balo kelgan.
Iblis: «Men undan (insondan) yaxshiman. Meni olovdan yaratgansan, uni esa loydan yaratgansan», degan (Sod surasi, 76-oyat).
Fir’avn: «Ey qavmim! Misr mulki va mana bu ostimdan oqib turgan anhorlar meniki emasmi?!» degan (Zuxruf surasi, 51-oyat).
Qorun: «U menga o‘zimdagi ilm tufayligina berilgan», degan (Qasas surasi, 78-oyat).
# ONA
Yakka Sada kitobxonlari
# ONA
#ONA

SURAT

Dunyoning ishlari doim shoshilinch. Odatdagidek tik turgancha nonushta qilayotgan edim. Onam odatdagidek qistardi:
– Oʻtirsang-chi, bolam. Birpas oʻtirgin.
– Boʻldi, ketdim.
– Shoshma, bolam. – Onam koʻzimga odatdagidan boshqacha, qandaydir mung bilan termildi. – Gap bor.
Tipirchilab soatga qaradim: hali benzin olish kerak, ishga borish kerak, keyin nashriyotga oʻtish...
– Nima edi?
Onam koʻzimga hamon ma'yus termilib oʻtirardi.
– Suratga tushaylik, – dedi toʻsatdan.
Ajablandim.
– Nega?
– Yaqinda men oʻlaman.
Onam bu gapni xuddi: «Qoʻshninikiga chiqib kelaman», degandek ohangda aytdi. Kulib yubordim.
– Qoʻysangiz-chi, oyi.
Shunday dedim-da, chiqdim ketdim.
Oradan ikki hafta oʻtdi-yu...
Kechalari uygʻonib ketaman, oʻylayman. Oʻylayman: sen nomard, sen ahmoq nimaga, nimaga oʻshanda kulding? Suratga tushishga vaqting yoʻqmidi? Kerak boʻlsa topasan-ku! Kitob uchun, jurnal uchun, ish ustida, bogʻda, koʻchada... Nima, sen kinoyulduzmisan?
Jahonshumul shaxsmisan? Ana, bir dasta surating yotibdi. Har xil. Har yerda... Faqat... Onang bilan tushgan surating yoʻq!

©️ Oʻtkir Hoshimov
🙈1
Farzandlarga nisbatan haddan ziyod qattiqqoʻl boʻlish—tarbiyaga kirmaydi.

Sevgi va mehr kerak.

Agar bolalarga nisbatan 90% vaqtda muhabbatli boʻlib, qolganida qandaydir sabablarga koʻra gʻazab qilinsa ham, bola adovat yoki gina emas, hijolatchilikni his qiladi.
Keyingi safar bunday holatga tushmaslik uchun harakat qiladi.

@Al_AddL
#hayrli_tong

Ayni yashayotgan paytingizni imkon deb biling. Oʻtmish uchun qaygʻurmang, kelajakdan esa xavotirlanmang...
Biz uchun bugun quyoshli tong va nafas olish imkoni bor. Shunday ekan hayotimizning yana bir sahifasini yaxshi amallar bilan toʻldiraylik Qadrdon. Assalomu alaykum!
#Tafakkur

Bir shayxdan so‘rashgan ekan:
«Allohning quli uchun nima foydaliroq: gunohlarini kechirishni so‘rash (istig‘for)mi yoki Allohni madh qilish (tasbih)?

U shunday javob beribdi:
«Kiyim pokiza bo‘lganidagina mushku anbar va gulob unga yarashadi. Agar kiyim iflos bo‘lsa, unga sovun va suv foydaliroq. Tasbih — bu pokizalarning iforidir. Istig‘for — gunohkorlar uchun sovundir».
O‘g‘il nega erka bo‘ladi?

Yusuf Xos Hojib shunday deydi: «Bolaga otaning mehnati singgan bo‘lsa, uning fe'lxulqini jadal o‘rganadi. Ota farzandini tergab tarbiyalasa, unda fe'l-yo‘riq yaxshi bo‘ladi, ota va onasining yuzini yorug‘ qiladi. Agar nazorat qiluvchisi bo‘lmasa, unday farzand yaramas va nobakor bo‘ladi. Bunday farzanddan umidingni uzaver. Ey ota, o‘g‘il-qizni tergab tarbiyalagin, toki keyin sendan noluvchilar bo‘lmasin».
Bu kamchilik ko‘pincha yakka o‘g‘illarda bo‘ladi. Ota-ona uzoq vaqt farzand kutadi. Unga yetgach, asrab-avaylaydi. Bolaga bir narsa bo‘lsa nima qilaman, deb qo‘rqadi. Talabchanlikni ham, g‘azabini ham ichiga yutadi. Vaqti-soati kelib, esi kirsa, yaxshi bo‘lib ketadi, deb aldaydi o‘zini.
Bu illat bolasi ko‘p oilalarda ham uchraydi. Ko‘ngli bo‘sh ota, bolasining ko‘ngliga qarab yashaydi. Bolasi yig‘lasa, ayb menda, deb o‘ylab, eziladi. Aytganini muhayyo qilib, ko‘ndiradi. O‘g‘li: «Otam mening ko‘nglimga qarab yashashi kerak ekan», deb ishonadi. Katta bo‘lib, talabni oshiraveradi. Shunday qilib, ota o‘zi dunyoga keltirgan bolasining quliga aylanadi.


📖 "Otalar kitobi"dan
😁1
#hayrli_tong                                                              

Har bir insonning koʻnglida mehr bor: gohida yashirin, gohida oshkor!
Hammaning ongida yaxshi fikr bor, amalga oshirish uchun uni niyatga aylantirsa bas. Odamzotning ruhiyatida ezgu ishlarga ishtiyoq bor, bu qilgan amallarida koʻrinadi...
Sizning ham yaxshi niyatlaringiz ezgu ishlarga vasila boʻlsin. Yana bir yangi kuningiz muborak boʻlsin.

Assalomu alaykum!