Yakka Sada kitobxonlari
71 subscribers
253 photos
50 videos
21 files
44 links
Kitobni satrlarni o‘qir ekansan ham tabassum qilasan, ham yig‘laysan.  Kitob o‘qing,
insoniylik tuyg‘usini his qiling...
«Kitob yoqishdan ham og‘irroq jinoyat bor, masalan, uni o‘qimaslik»;anonim yozish kanalni adminga https://sprosi.link/al_addl
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hayirli_kun

Ruhsiz odam tutqun. Ruhsiz odam qul boʻladi. Ichida Ollohi bor odam erkin. Uning hech narsada qoʻrquvi yoʻq. Hamma narsadan erkin bo'ladi.

Rauf Parfi
🔥2
Imom Butiy hikmatlari:

Alloh taolo insonda aql va qalbni joyladi. Birinchisi fikr yuritib iymon keltirishi lozim bo‘lgan narsaga iymon keltirish uchun (berilgan). Ikkinchisi Allohning amrini muhabbat bilan yaxshi ko‘rishda ishlatish uchun va Alloh yomon ko‘rgan narsani yomon ko‘rishda foydalanish uchun (berilgan). Agar qalb Alloh va rasulining hamda solih bandalarining muhabbati bilan mashg‘ul bo‘lmasa ilojsiz havoyi nafs va man etilgan narsalarning muhabbati bilan to‘ldirilishiga sabab bo‘ladi. Agar qalb havoyi nafsning muhabbati bilan to‘lib toshsa e’tiqodning bir o‘zi egasini o‘zini qurbon va fido qiladigan (xayrli) ishlarga undashi dargumon bo‘ladi.
Audio
📖📖📖📖📖

#Ijtimoiy_odoblar
#audio_kitob

📖 Nomi: Ijtimoiy odoblar
📝 Qisimlar soni: 85-qism

🎙
O‘qidi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
#hislar

Meni mendek tushunsa tushunganlarim,
Vallohi boshqasi bag'rim tilmasdi...
🔥1😢1
Ba'zi insonlarni sababsiz yaxshi ko'ramiz. Ba'zi insonlarni esa ming sabab bo'lsa xam yaxshi ko'ra olmaymiz. Bu qalblar egasi Alloh ekaniga yaqqol isbot emasmi?
🔥1👏1
yo-nasib.pdf
19.5 MB
Bilaman, qalbingiz u tomon talpinib turganda, voz kechish osonmas. Ammo unutmang, jannat arzonmas...

"Yo Nasib "📚 pdf

Usmon Sungur Eken
1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бу одатни шакллартирсангиз 100 ёшдан ўтишингиз мумкин, хаттоки астма инфарктни бошдан ўтказган бўлсангиз хам узоқ яшайсиз!
👍31
Yaxshilik va yomonlik.

Bu dunyoda hamma narsaning javobi bor deydilar. To‘g‘ri gap! Ammo bu dunyoda javob qilinmaydigan narsalar ham bo‘ladi. Siz birovga yaxshilik qilsangiz, javobini kutmang. Undan qaytmasa, boshqadan qaytadi. Birov sizga yomonlik qilsa, javob bermang. Sizdan qaytmasa, boshqadan qaytadi! Hayotga kulib qarang. Hamma narsani yaxshilikka yo‘ying. Kechirimli bo‘ling! Shunda o‘zingiz ham xursand yurasiz! Oqil insonning qalbi go‘zal va yuzi nurli bo‘ladi.

Siz ham oliyjanob insonsiz. Bu nomga dog‘ tushirmang..!
🥰2👏1🎉1
Audio
📖📖📖📖📖

#Ijtimoiy_odoblar
#audio_kitob

📖 Nomi: Ijtimoiy odoblar
📝 Qisimlar soni: 86-qism

🎙
O‘qidi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21👍1
Charles W. Eliot:

"Kitoblar insonning eng yaxshi do'stlari, ular hech qachon sizni xafa qilmaydi"
#kun_hikmati

Baliqlar kabi bo'ling!

– Nima uchun baliqlar kichik akvariumda ham uzoq muddat zerikmasdan, "yuragi siqilmasdan" yurishini bilasizmi?

– Sababi baliqlarning xotirasi har 15 soniyada yangilanib turar ekan. Avvalgi o'tgan barcha narsalarni esidan chiqarar ekan.

• Siz bo'lsa 10 yilgi dardlarni ham ko'tarib yuribsiz:)

P.s. Baliq kabi bo'lish sog'liqqa ancha foydali)
🐳
🐳3👏1
Audio
📖📖📖📖📖

#Ijtimoiy_odoblar
#audio_kitob

📖 Nomi: Ijtimoiy odoblar
📝 Qisimlar soni: 87-qism

🎙
O‘qidi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1🔥1
#Tafakkur

"Suhbatlarimiz chiroyli bo‘lishi mumkin, odamlarning ko‘zidan yosh chiqadigan gaplar gapirish, qoyil qolib, ertaga uch-to‘rt kun gapirib, falonchi gapni qoyil qildi, deyish ham mumkin. Ammr shu gap gapligicha qolsa, buning nima foydasi bor?!
Hech bo‘lmasa, bitta suhbatdan bitta so‘zni amalga olaylik. Mayli, hammasini bajara olmasmiz, lekin "men mana shu narsani bilmas ekanman, endi bildim, shunga bir amal qilay", deb ko‘chaga chiqqandan keyin shunga urinib ko‘raylik -Xudo xoxlasa, hammasi yaxshi bo‘lib ketadi!
Ana shunda ahloq ma’nosi ko‘tariladi, qalbimiz poklanadi, nafsimiz jilovlanadi, bizni yomonllikka tortmaydi"

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh
3❤‍🔥1👍1
Audio
📖📖📖📖📖

#Ijtimoiy_odoblar
#audio_kitob

📖 Nomi: Ijtimoiy odoblar
📝 Qisimlar soni: 88-qism

🎙
O‘qidi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥11👍1🔥1
Forwarded from Mutolaa Zavqi
Kitob o‘qimang, u - ZARARLARI
(psixologlar ham tan olishdan qo‘rqadi!)

1. Qisqa videolarga alergiya paydo bo‘ladi
Endi sizga 30 soniyali kulgili videolar zerikarlidek tuyuladi. 300 betli romanni esa “tez tugab qoladi” deb qolishingiz mumkin. Bu — juda xavfli bosqich.



2. Yolg‘onlarga ishonmay qo‘yasiz
“Kitob o‘qiganingizdan keyin, sizga: ‘Bu odam bolaligidan o‘ziga ishongan, shuning uchun hozir millioner’ deyishsa, siz: ‘Demak, hamma ayb menda ekan’, deb o‘zingizni emas, asli aybdor bo'lgan tizimni ayblay boshlaysiz. Bu esa sizga xavf tug'diradi!



3. Tanqidiy fikrlash qiynab yuboradi.
Teleko‘rsatuvda kimdir “kitob o‘qish muhim!” deb chiqsa, sizda unga qarata: “Unda nega hali ham saqich reklama qilyapsizlar?” degan tanqidiy savol tug'iladi. Kitoblar sizda fidoyilik tuyg'usini uyg‘otib qo‘yadi.



4. Pul emas, ma’no izlay boshlaysiz
Ish haqi, dollar kursi, uy-joy emas — endi sizni ko‘proq: “Yaratilishimdan ko'zlangan maqsad ortidan yuribmanmi, o'zi?” degan savol qiynay boshlaydi. Bu esa sizning moliyaviy kelajagingiz uchun juda yomon bo'lishi mumkin.



5. Ko‘zlar, qalb, miyani ishlatishga majbur bo‘lasiz
Bu uchta a’zoni birdaniga ishlatish — insonni charchatadi. Oson yo‘li bor: TikTok yoki Instagram. Kitob mutolaasi— mashaqqatli yo‘l.



6. Aqliy o‘rtamiyonalikdan ayrilib qolasiz
Hammaga birdek yoqadigan “hech narsaga aralashmay yuradigan odam” bo‘lolmaysiz, ortiq. Sizda o'zgacha qarashlar paydo bo‘ladi. Vaholanki, jamiyatga eng yoqimli inson — jim yurgan inson.



7. O‘zingiz bilan gaplasha boshlaysiz
“Men qayerdaman?”, “Kimman?”, “Qayerga ketayapman?” — bu savollar ko'plab kitoblar mutolaasidan keyin yuzaga chiqadi. Avvaliga boshqalar bilan, keyin esa faqat o‘zingiz bilan suhbat qurishni boshlaysiz. Bu — ortga qaytib bo'lmaydigan yo‘l.




Xulosa
Siz tinchgina, kitob o‘qimay qo'ya qoling!
Zamon allaqachon o‘zgargan. Endi sizdan faqat scroll qilish, like bosish, va kulib qo‘yish talab etiladi.
Kitob esa — buday ishlarni qilishingizga halaqit beradi.

O‘qishni boshlasangiz, sizdan hozirgi “siz” qolmasligi mumkin.


Foydali bo'ldi, deyish uchun -❤️‍🔥

@mutolaa_zavqdir
❤‍🔥1🔥1🥰1
Tovus o‘g‘risi kim?

Imom A’zam Abu Hanifa rahimahullohning yoniga bir kishi kelib, dedi:

- Yaxshi tovusim bor edi. Uni kimdir o‘g‘irlabdi. Surishtirdim, izladim, topolmadim. Shunga maslahatingizni olmoqchi edim.

- Sening otangni taniyman, uylaring qo‘shni mahallada. Ammo tovus boqishingni bilmas ekanman. Qani, yurchi mahallangga boraylik. Ammo sen bizdan ilgariroq borib, qo‘shnilarningni bir joyga yig‘. Ularga bizning kelayotganimizni ayt, - dedi Imom A’zam sallasini to‘g‘rilarkan.

Imom A’zam u yerga xos shogirdlarni ham ergashtirib bordi. Masalaning nima bilan tugashi shogirdlarga tovusning egasidan ham ko‘ra qiziq edi.

Mahallaga yetib borishganida ancha odam ularni kutib turgan ekan. Imom A’zam avvaliga ularga go‘zal masalalar va ularning yechimlaridan gapirdi. Ularning ko‘ngillari yumshab, diqqatlari jamlandi.

- Bir kishi qo‘shnisining tovusini o‘g‘irlabdi, - dedi u nihoyat maqsadga o‘tib. - U yana uyalmasdan namoz o‘qish uchun masjidga ham chiqadi. Mana, hozir boshlarida tovusning patlari ko‘rinib turibdi.

Shunday deyishi bilan chekkaroqda o‘tirgan bir kishi beixtiyor boshini qoqdi. Uni Imom A’zam ko‘rdi. Ammo suhbat davom etdi. Suhbat tugab, odamlar qaytgachgina Imomi A’zam Abu Hanifa rahimahulloh boyagi kishini chaqirtirdi va unga mehribonlik bilan shunday dedi:

- O‘g‘lim, tovusni egasiga qaytar. Seni el oldida sharmanda qilish niyatim bo‘lganida odamlarga oshkor qilardim, ammo tuzuk yigitga o‘xshaysan. O‘g‘rilikni qiziqqaningdan birovning maslahatiga ko‘ra qilgan ko‘rinasan. Endi bu ishingni qayta takrorlama va odamlarning biror nimasini oluvchi emas, ularning kamchiliklarini to‘ldiruvchi, xursand qiluvchi bo‘l.

U uyalganidan yerga kirib ketay dedi. Tezda borib tovusni olib keldi va egasiga berib, uzr so‘radi.

#Ibratli_hikoya

ilm_duri
🔥6👍21🥰1
Ishq bilan imtihon davrida qarshingizga qoʻzichoqdek koʻringan boʻrilar, farishtadek koʻringan shaytonlar chiqadi. Luqmaning haloli va oʻz vaqti boʻlganidek, ishqning ham haloli va vaqti bordir. Bu zamonda halol rizq topmoq naqadar qiyinlashgan boʻlsa, halol muhabbat topmoq undan oʻn barobar mushkuldir.

@kitobdan
👏2💯2🔥1🎉1
Yakka Sada kitobxonlari
Ey qizim [@kitob_pdf_yuklabot].pdf
Erkakni rashki, (ilohiy) buyuruqdan, fitratdan, or nomus, g‘ururdan.
Ayolni rashki, nafsidan tabiatidan.

"Ey qizim" kitobidan.
1👍1🔥1🥰1
Yakka Sada kitobxonlari
#iqtibos ​​Bugungi kitobxonning didini o‘ldirmaslik, uni bestsellerga o‘rgatmaslik, ermak uchun o‘qiydigan kitobxonga aylantirmaslik lozim... Nazar Eshonqul
Kitob o'qiganda yig'laydigan insonlarning tuyg'ulariga ehtiyot bo'ling! Ularning qalbi hammanikidan ham nozikroq bo'ladi...🤓
🙈21💯1