Forwarded from Kitob nuri
#Latoif
Bir kishi xotinini bir taloq qildi. Xotin ketib qoldi. Ancha kun o‘tdi. Pushaymon bo‘lgan er xotiniga telefon qilib qaytishini so‘radi. Shunda xotin eriga dedi:
- Yoningizda stakan bormi?
- Yo‘q. Nega stakan kerak bo‘lib qoldi?!
Xotin jiddiy javob berdi:
- Oshxonaga borib stakan olib keling.
- Qiziq talab bo‘ldi-ku! Bo‘ldi, shu narsa seni xursand qilar ekan olib kelganim bo‘lsin.
Er oshxonadan stakan olib kelib xotiniga dedi:
- Mana stakan qo‘limda turibdi. Nima qilay?
- Uni bor kuchingiz bilan yerga uring!
Er xotini talab qilgan ishni qildi. Xotini yig‘lab turib dedi:
- Ana shunaqa. Singan stakanni qachon o‘z holiga qaytarsangiz men ham qaytib boraman.
Er dedi:
- Stakan plastikdan edi. Unga hech narsa qilmadi.
Xotin dedi:
- Alloh joningizni olsin! Shomdan keyin kelib meni olib keting!
📚 @kitob_nuri

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁4
Forwarded from G'iyosiddin Yusuf
2007-yillar Toshkentda imtihonga tayyorlanar edim. Uydan uzoqdaligimda doim onamga ikki mahal qo'ng'iroq qilishga odatlanganman. Otam bilan 3-4 kunda bir gaplashar edim.
Har gal Samarqandga borganimda ul-bul va pul berib yuborishar edi. Otam bilan 2-3-marta gaplashishimda esa "Puling bormi?" deb so'rar edilar. Shunda yoshlik qilib demak pulim tugaydigan vaqt bo'libdi deb bemalolroq ishlatar ekanman. )
Bolaga pul bilan muomalani o'rgatish kerak.
#Tabassum
@GiyosiddinYusuf
Har gal Samarqandga borganimda ul-bul va pul berib yuborishar edi. Otam bilan 2-3-marta gaplashishimda esa "Puling bormi?" deb so'rar edilar. Shunda yoshlik qilib demak pulim tugaydigan vaqt bo'libdi deb bemalolroq ishlatar ekanman. )
#Tabassum
@GiyosiddinYusuf
❤3
Eng qiyini bir ishda davomli boʻlish. Kanal yuritishda ayniqsa. Shuning uchun kanalimiz azolari ichidan qo'shimcha "adminlikka" qoshdim...
Manfaatli bo'ladi degan umiddaman. Kitobxonlar uchun 5% yoki 10% ham foyda. O'rniga qo'shimcha biror kitob sotib olishingiz mumkin 😊
Forwarded from Afif Books | Qo’qon
Bugun Ildiz kitoblari Namangan filiali uchun juda qadrli kun — 5️⃣ oylik tavalludimiz! 🎂
Bu 5 oyda nimalar bo‘ldi, deysizmi?..
📚 Siz bilan birga ilk sahifalarni ochdik,
📦 Birinchi buyurtmalarni jo‘natdik,
🎉 Ilk sovg‘alarni ulashdik,
😊 Va har safar eshigimiz ochilganda, ko‘nglimiz ham ochildi!
Eng muhimi — sizni tanidik. Sizning mehringiz, ishonchingiz va kitoblarga bo’lgan mehringizni his qildik.
Biz kitob do‘kon ochdik — siz esa har bir izohingiz, xabaringiz va eng asosiysi tashrifingiz bilan uni jonlantirdingiz.
Shuning uchun bugun biz sizga o’z minnatdorchiligimizni bildirish maqsadida sizni kitob do’konimizga taklif qilamiz! Sizlarga yangi kitoblar, shirinliklar, va eng asosiysi kitoblarga 10% chegirmalarni taqdim etamiz.
Bizni qo’llab-quvvatlab, yonimizda bo‘lib, ilm yo’lida hizmat qilganingiz uchun tashakkurlar aytib qolamiz!
Ildiz kotoblari - Amal bilan ko’rsating!
@ildizkitoblar_namangan

👍2❤1
#Ayol
HAR DOIM CHIROYLI VA MAFTUNKOR BO‘LIB QOLISHNI ISTAGAN AYOLLAR UCHUN GO‘ZALLIK SIRLARI
Har kuni oynai jahon va matbuot orqalari ayollarga har xil go‘zallik tavsiyalari taqdim etiladi. Birov tabiiy o‘simliklar, meva, sabzavot, sut-qatiq, tuxum kabimahsulotlardan tayyorlangan malhamlarni, yana birov zamonaviy tibbiyot yordamida plastik jarrohlik va botoks kabi go‘zallik operatsiyalarni maslahat beradi. Holbuki, bularning baridan ham foydali va ta’sirli formula, himoyalovchi vosita, sehrli yo‘riqnoma, go‘zallik va har doim go‘zal bo‘lib qolishning siri — JANJALDAN TIYILISH!
Nega deganda:
Janjallashish ayolni xunuk qiladi — Qovog‘i solingan ayol aslo chiroyli ko‘rinmaydi.
Janjal ayolni erta qaritadi — har bir qayg‘u yuzga kichkina chiziq bo‘lib o‘rnashadi, ko‘p janjal qilsangiz yuzingizga tezda ajin tushadi.
Janjal ayolni charchatadi — janjal paytida ko‘p quvvat keladi, lekin janjaldan keyin ayol birdaniga holdan toyadi, yashash quvvati kamayadi.
Janjal ayolni kasal qiladi — asabiy tarangli boshni og‘ritadi, bel va bo‘yin churrasining eng katta sababi ham stress.
Janjal ayolning sochlarini to‘kadi — erkak bilan kurashish ayolda erkaklik gormonlarini ko‘paytiradi, bu ayolda soch to‘kilishiga sabab bo‘ldai.
Janjal ayolni ahmoqqa aylantiradi — ayol gapirayotganida oxirini to‘g‘ri hisoblamadi, hammadan ko‘p o‘zi xafa bo‘ladi, hammadan ko‘p o‘ziga zarar qiladi.
Janjal ayolni yolg‘izlatadi — janjal ayolni sevganlarining nazaridan qoldiradi. Ayol ba’zan eri bilan bir uyda, bir yotoqda yolg‘iz qoladi. Ba’zan hayhotday uyda butunlay yolg‘iz qoladi.
Oqila ayol avvalo o‘zi uchun, jismoniy va ruhiy sog‘ligi, o‘z baxti va halovati uchun janjaldan qochadi.
"Sevmoq shunchalar go‘zal bo‘lsa" kitobidan

❤1🔥1🥰1👏1
Haqiqiy baxt - kelajakka tashvishlanmasdan, hozirdan zavqlanish, umidlar va qo'rquvlar bilan o'zimizni o'yin-kulgi qilish emas, balki bizda mavjud bo'lgan narsadan mamnun bo'lishdir. Bu esa yetarli, chunki bunday inson hech narsaga muhtoj emas. Insoniyatning eng katta ne'matlari bizning ichimizda va bizning qo'limizdadir. Dono odam o'z nasibasiga qanoat qiladi, nima bo'lishidan qat'iy nazar, o'zida yo'q narsani xohlamaydi.
Seneca
#kitobdan #iqtibos
Seneca
#kitobdan #iqtibos
❤1⚡1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ibn al-Javziy:
“Ko‘p odamlar vaqtini boy beradi, keyin rizq, baxt yoki ilmdan shikoyat qiladi.”
#ulamolar_nazdida_vaqtning_qadri kitobidan
⚡2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaxyo ibn Ma'in ilmni qabul qilish va uni tarqatishdagi ulug' bir uslubning sohibi xisoblanadi. Zero, u zotning aytkanlarini ilm hosil qilish va yetkazishda muhaddislar va ulamolar o'zlariga dastur qilib olishgan: "Agar yozsang yig'ib bor, ya'ni eshitgan har bir narsangni yozgin va jamlagin, Agar gapirsang, tekshirgin" so'zini aytkan edi.
#ulamolar_nazdida_vaqtning_qadri kitobidan
Bir odam baxtini sinab ko'rish uchun tug'ilgan qishlog'ini tashlab, olis o'lkalarga uloqib ketibdi. U yigirma yildan keyin boy-badavlat bo'lib, xotini va bolasini ergashtirib yurtiga qaytibdi. Qishloqda uning onasi bilan singlisi kichkina mehmonxona ochib olishgan ekan. U uyidagilarni xayratga solaman deb, xotini bilan bolasini boshqa bir joyga qo'yib, o'zi onasining oldiga boribdi- onasi uni tanimabdi. U azbaroyi xazilga go'yo o'ziga xona zarurligini aytibdi. Onasi bilan singlisi ko'rsaki, unda pul juda ko'p. Tunda uni bolg'a bilan urib o'ldirib, jasadini daryoga tashlab yuborishibdi. Ertalab uning xotini kelibdi, xali hech narsadan xabari yo'q, kechagi mehmonning kimligini aytibdi. Ona o'zini osib qoyibdi. Singlisi o'zini quduqqa tashlabdi
©Alber kamyu. (Begona Vabo kitobidan)
©Alber kamyu. (Begona Vabo kitobidan)
😢2👍1🔥1😱1
Adl
https://youtube.com/shorts/yIBim_PpaHE?si=qY7Q-NsfpFh9ewhG
YouTube
ILMNI TARQATAVERING, HATTO ESHITMASALAR HAM! (Kitob sotuvchi akaxon bilan suhbat)
Men bugun she'r o'qimayman. Bugun some'man. Bugun ajoyib INSON bilan tanishdim. Sizlarga ham tanishtirgim keldi va suhbatni ilindim.
Qahramonimiz: XAYRULLA aka.
Toshkent, "Buyuk ipak yo'li" metro bekati, Dog'iston ko'chasidagi rastada kitob sotuvchi akaxon.
Qahramonimiz: XAYRULLA aka.
Toshkent, "Buyuk ipak yo'li" metro bekati, Dog'iston ko'chasidagi rastada kitob sotuvchi akaxon.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hayirli_kun
Ruhsiz odam tutqun. Ruhsiz odam qul boʻladi. Ichida Ollohi bor odam erkin. Uning hech narsada qoʻrquvi yoʻq. Hamma narsadan erkin bo'ladi.
Rauf Parfi

🔥2
Imom Butiy hikmatlari:
Alloh taolo insonda aql va qalbni joyladi. Birinchisi fikr yuritib iymon keltirishi lozim bo‘lgan narsaga iymon keltirish uchun (berilgan). Ikkinchisi Allohning amrini muhabbat bilan yaxshi ko‘rishda ishlatish uchun va Alloh yomon ko‘rgan narsani yomon ko‘rishda foydalanish uchun (berilgan). Agar qalb Alloh va rasulining hamda solih bandalarining muhabbati bilan mashg‘ul bo‘lmasa ilojsiz havoyi nafs va man etilgan narsalarning muhabbati bilan to‘ldirilishiga sabab bo‘ladi. Agar qalb havoyi nafsning muhabbati bilan to‘lib toshsa e’tiqodning bir o‘zi egasini o‘zini qurbon va fido qiladigan (xayrli) ishlarga undashi dargumon bo‘ladi.

Audio
#Ijtimoiy_odoblar
#audio_kitob
🎙 O‘qidi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
yo-nasib.pdf
19.5 MB
Bilaman, qalbingiz u tomon talpinib turganda, voz kechish osonmas. Ammo unutmang, jannat arzonmas...
"Yo Nasib "📚 pdf
✍Usmon Sungur Eken
"Yo Nasib "📚 pdf
✍Usmon Sungur Eken
❤1👏1
Forwarded from Саодат Курбонова
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бу одатни шакллартирсангиз 100 ёшдан ўтишингиз мумкин, хаттоки астма инфарктни бошдан ўтказган бўлсангиз хам узоқ яшайсиз!
👍3❤1
Yaxshilik va yomonlik.
Bu dunyoda hamma narsaning javobi bor deydilar. To‘g‘ri gap! Ammo bu dunyoda javob qilinmaydigan narsalar ham bo‘ladi. Siz birovga yaxshilik qilsangiz, javobini kutmang. Undan qaytmasa, boshqadan qaytadi. Birov sizga yomonlik qilsa, javob bermang. Sizdan qaytmasa, boshqadan qaytadi! Hayotga kulib qarang. Hamma narsani yaxshilikka yo‘ying. Kechirimli bo‘ling! Shunda o‘zingiz ham xursand yurasiz! Oqil insonning qalbi go‘zal va yuzi nurli bo‘ladi.
Siz ham oliyjanob insonsiz. Bu nomga dog‘ tushirmang..!

🥰2👏1🎉1