Yakka Sada kitobxonlari
71 subscribers
253 photos
50 videos
21 files
44 links
Kitobni satrlarni o‘qir ekansan ham tabassum qilasan, ham yig‘laysan.  Kitob o‘qing,
insoniylik tuyg‘usini his qiling...
«Kitob yoqishdan ham og‘irroq jinoyat bor, masalan, uni o‘qimaslik»;anonim yozish kanalni adminga https://sprosi.link/al_addl
Download Telegram
Asalomu aleykum! Kanal yozilimchilari sizga Sog'liq va Ofiyatni tilayman...

Anchadan beri kanalga post quymadim😊
Yakka Sada kitobxonlari
Asalomu aleykum! Kanal yozilimchilari sizga Sog'liq va Ofiyatni tilayman... Anchadan beri kanalga post quymadim😊
Ishlar bilan bolib qolidimda...😊
Dangasalik ipedemiyasiga qarshi kurashda to'xtab qolishi yo'q...🥹
😁3
#Tafakkur
• Muhabbat haqida yozgan har kishi muhabbatli bo‘lavermaydi.
• Zotan ozodlik haqida eng ko‘p yozganlar zindondagilar ekanini unitma!

Mahbubiy
💯1
#Ayol

Ayol kishi jamiyat rivoji uchun solih farzand tarbiyalab berishdan ko‘ra kattaroq hissa qo‘sha olmaydi.

Ikrom Sharif
👍3
#kun_xulosasi

Kitob o‘qish shunchaki sahifalardagi harflarni ko‘zdan kechirish emas, balki har jumlada tafakkur qilishdir...
👍3
Forwarded from Farzandim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bu vidio aynan siz uchun
Mulohaza o'zingizdan
Allohga eng yaqinimiz — Unga tez bo‘ysunadigan, istig‘forni ko‘p aytadigan va aytgan uzrimizga vafoliroq bo‘lganimizdir...
👍3
#Latoif

Savol:
-Ayol, boks bilan shugʻullansam boʻladimi?
- Javob, eringizni urmasangiz boʻladi.
😁3
Forwarded from Kitob nuri
#Latoif

   Bir kishi xotinini bir taloq qildi. Xotin ketib qoldi. Ancha kun o‘tdi. Pushaymon bo‘lgan er xotiniga telefon qilib qaytishini so‘radi. Shunda xotin eriga dedi:
- Yoningizda stakan bormi?
- Yo‘q. Nega stakan kerak bo‘lib qoldi?!
  Xotin jiddiy javob berdi:
- Oshxonaga borib stakan olib keling.
- Qiziq talab bo‘ldi-ku! Bo‘ldi, shu narsa seni xursand qilar ekan olib kelganim  bo‘lsin.
  Er oshxonadan stakan olib kelib xotiniga dedi:
- Mana stakan qo‘limda turibdi. Nima qilay?
- Uni bor kuchingiz bilan yerga uring!
   Er xotini talab qilgan ishni qildi. Xotini yig‘lab turib dedi:
- Ana shunaqa. Singan stakanni qachon o‘z holiga qaytarsangiz men ham qaytib boraman.
Er dedi:
- Stakan plastikdan edi. Unga hech narsa qilmadi.
Xotin dedi:
- Alloh joningizni olsin! Shomdan keyin kelib meni olib keting!

📚 @kitob_nuri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁4
Forwarded from G'iyosiddin Yusuf
2007-yillar Toshkentda imtihonga tayyorlanar edim. Uydan uzoqdaligimda doim onamga ikki mahal qo'ng'iroq qilishga odatlanganman. Otam bilan 3-4 kunda bir gaplashar edim.

Har gal Samarqandga borganimda ul-bul va pul berib yuborishar edi. Otam bilan 2-3-marta gaplashishimda esa "Puling bormi?" deb so'rar edilar. Shunda yoshlik qilib demak pulim tugaydigan vaqt bo'libdi deb bemalolroq ishlatar ekanman. )

Bolaga pul bilan muomalani o'rgatish kerak.

#Tabassum

@GiyosiddinYusuf
3
Eng qiyini bir ishda davomli boʻlish. Kanal yuritishda ayniqsa. Shuning uchun kanalimiz azolari ichidan qo'shimcha "adminlikka" qoshdim...
Manfaatli bo'ladi degan umiddaman. Kitobxonlar uchun 5% yoki 10% ham foyda. O'rniga qo'shimcha biror kitob sotib olishingiz mumkin 😊
Forwarded from Afif Books | Qo’qon
Bugun Ildiz kitoblari Namangan filiali uchun juda qadrli kun — 5️⃣oylik tavalludimiz! 🎂

Bu 5 oyda nimalar bo‘ldi, deysizmi?..

📚 Siz bilan birga ilk sahifalarni ochdik,
📦 Birinchi buyurtmalarni jo‘natdik,
🎉 Ilk sovg‘alarni ulashdik,
😊 Va har safar eshigimiz ochilganda, ko‘nglimiz ham ochildi!

Eng muhimi — sizni tanidik. Sizning mehringiz, ishonchingiz va kitoblarga bo’lgan mehringizni his qildik.

Biz kitob do‘kon ochdik — siz esa har bir izohingiz, xabaringiz va eng asosiysi tashrifingiz bilan uni jonlantirdingiz.

Shuning uchun bugun biz sizga o’z minnatdorchiligimizni bildirish maqsadida sizni kitob do’konimizga taklif qilamiz! Sizlarga yangi kitoblar, shirinliklar, va eng asosiysi kitoblarga 10% chegirmalarni taqdim etamiz.

Bizni qo’llab-quvvatlab, yonimizda bo‘lib, ilm yo’lida hizmat qilganingiz uchun tashakkurlar aytib qolamiz!

Ildiz kotoblari - Amal bilan ko’rsating!

@ildizkitoblar_namangan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
#Ayol

HAR DOIM CHIROYLI VA MAFTUNKOR BO‘LIB QOLISHNI ISTAGAN AYOLLAR UCHUN GO‘ZALLIK SIRLARI

Har kuni oynai jahon va matbuot orqalari ayollarga har xil go‘zallik tavsiyalari taqdim etiladi. Birov tabiiy o‘simliklar, meva, sabzavot, sut-qatiq, tuxum kabimahsulotlardan tayyorlangan malhamlarni, yana birov zamonaviy tibbiyot yordamida plastik jarrohlik va botoks kabi go‘zallik operatsiyalarni maslahat beradi. Holbuki, bularning baridan ham foydali va ta’sirli formula, himoyalovchi vosita, sehrli yo‘riqnoma, go‘zallik va har doim go‘zal bo‘lib qolishning siri — JANJALDAN TIYILISH!

Nega deganda:
Janjallashish ayolni xunuk qiladi — Qovog‘i solingan ayol aslo chiroyli ko‘rinmaydi.
Janjal ayolni erta qaritadi — har bir qayg‘u yuzga kichkina chiziq bo‘lib o‘rnashadi, ko‘p janjal qilsangiz yuzingizga tezda ajin tushadi.
Janjal ayolni charchatadi — janjal paytida ko‘p quvvat keladi, lekin janjaldan keyin ayol birdaniga holdan toyadi, yashash quvvati kamayadi.
Janjal ayolni kasal qiladi — asabiy tarangli boshni og‘ritadi, bel va bo‘yin churrasining eng katta sababi ham stress.
Janjal ayolning sochlarini to‘kadi — erkak bilan kurashish ayolda erkaklik gormonlarini ko‘paytiradi, bu  ayolda soch to‘kilishiga sabab bo‘ldai.
Janjal ayolni ahmoqqa aylantiradi — ayol gapirayotganida oxirini to‘g‘ri hisoblamadi, hammadan ko‘p o‘zi xafa bo‘ladi, hammadan ko‘p o‘ziga zarar qiladi.
Janjal ayolni yolg‘izlatadi — janjal ayolni sevganlarining nazaridan qoldiradi. Ayol ba’zan eri bilan bir uyda, bir yotoqda yolg‘iz qoladi. Ba’zan hayhotday uyda butunlay yolg‘iz qoladi.
Oqila ayol avvalo o‘zi uchun, jismoniy va ruhiy sog‘ligi, o‘z baxti va halovati uchun janjaldan qochadi.

"Sevmoq shunchalar go‘zal bo‘lsa" kitobidan
1🔥1🥰1👏1
Haqiqiy baxt - kelajakka tashvishlanmasdan, hozirdan zavqlanish, umidlar va qo'rquvlar bilan o'zimizni o'yin-kulgi qilish emas, balki bizda mavjud bo'lgan narsadan mamnun bo'lishdir. Bu esa yetarli, chunki bunday inson hech narsaga muhtoj emas. Insoniyatning eng katta ne'matlari bizning ichimizda va bizning qo'limizdadir. Dono odam o'z nasibasiga qanoat qiladi, nima bo'lishidan qat'iy nazar, o'zida yo'q narsani xohlamaydi.

Seneca

#kitobdan #iqtibos
11🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ibn al-Javziy:
“Ko‘p odamlar vaqtini boy beradi, keyin rizq, baxt yoki ilmdan shikoyat qiladi.”



#ulamolar_nazdida_vaqtning_qadri kitobidan
2