Yakka Sada kitobxonlari
71 subscribers
253 photos
50 videos
21 files
44 links
Kitobni satrlarni o‘qir ekansan ham tabassum qilasan, ham yig‘laysan.  Kitob o‘qing,
insoniylik tuyg‘usini his qiling...
«Kitob yoqishdan ham og‘irroq jinoyat bor, masalan, uni o‘qimaslik»;anonim yozish kanalni adminga https://sprosi.link/al_addl
Download Telegram
Juma muborak bo'lsin. Hurmatli kanalimiz a'zolari..!
#iqtibos

Sharafning darajalari bor. Bir kishi o‘zini tayyorlaydi. Bir kishi esa jamiyatni quradi. Yana bir kishi tarixni yasaydi. Hammasidan eng sharaflisi mana shu. Agar sharafdan nasibangni bilmoq istasang, bugun o‘zingdan so‘ra: "Kechadan ko‘ra bugun yaxshiroq bo‘lishi uchun nima hozirlading?".

Mustafo Mahmud
👍2
EHTIYOJ

    Gohida senga yomg‘irpo‘sh beradigan kishiga emas, sen bilan birga ho‘l bo‘ladigan kishiga muhtoj bo‘lasan.
  His qilish hududi ato qilish hududidan yuqorida turadi..!
#Tafakkur

Aziz singlim! Turmush o‘rtog‘ingiz qanchalar ma’siyatga botgan bo‘lmasin, uning gunohlari Fir’avnning gunohi oldida dengizdan bir tomchidir. (Osiyo onamiz shunday er bilan yashab ham soliha edilar.)To‘g‘ri, solih er xotiniga toatda yordamchi bo‘ladi, ammo sizning gunoh qilishingiz uchun osiy er sababchi deb biror kishi aytgan emas. Bahona qilmang!

Allohning payg‘ambari bo‘lmish Nuh alayhissalomning xonadonida kofir ayol bor edi. Allohning payg‘ambari bo‘lmish Lut alayhissalomning xonadonida ham kofir ayol bor edi. Bu ayollar ikki buyuk payg‘ambarni toatdan chalg‘ita olmagan. Hatto tarixdagi eng mashaqqatli vazifa bulmish payg‘ambarlik vazifasidan ham chalg‘ita olmagan! Xotiningiz qanchalar yomon xulqli va osiy bo‘lmasin, Nuh va Lut alayhissalomlarning xotiniga yeta olmaydi. Kufrdan o‘tadigan gunoh yo‘q. To‘g‘ri, soliha xotin toatda yordamchi bo‘ladi. Ammo uning nuqsoni sizga ham nuqsonni muboh kiladi deb kim aytdi?! (Bahona qilmang!)

«Nabaviy tarbiya» kitobidan.

Bu yerda oila qurib bo‘lgandan keyin umr yo‘ldoshida shunday nuqsonlar bo‘lsa, unga qo‘shilib Allohga osiy yashayverish kerak emas, deyilmoqda.
Turmushdan oldin juft tanlashda dini yoki xulqiga qarash muhim emas deb tushunmaslik kerak.
👍1🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buyuk rejissyor tomonidan olingan emas, shunchaki bir kelinchak tomonidan tasodifan olib qolingan, ammo ichida shedevr kinolardan ko‘proq, ko‘proq ma’nosi bor video.

Videoni ko‘rib, manzara ortida millat tarixini ko‘rsa bo‘ladi...

Ammo faqat tarixni emas. Videoni sal "xiralashtirib", orqa fonda millionlab taqdirlarni ko‘rsa bo‘ladi. O‘g‘irlangan umidlarni, tortib olingan bolalikni, toptalgan orzularni va hatto... o‘marilgan milliardlarni ko‘rsa bo‘ladi.

O‘zgalardan o‘g‘irlangan baxt baxt keltirmaydi. Baxt o‘g‘rilari ko‘p o‘tmay ishining barcha yomonligini his qiladi. Og‘ir bo‘ladi o‘shanda...

Muhammad Shakur
🔥1😭1
Yakka Sada kitobxonlari
#Tafakkur Qiyomat kunida Allohning soyasida turadigan yetti toifaning biri: "Alloh yo‘lida yaxshi ko‘rishgan ikki kishidir. Ular Allohning roziligi bo‘lgan o‘rinda birlashib, Uni norozi qiladigan o‘rinda ajraladilar.."
#Tafakkur

Hakim zotdan so‘rashdi:
– Qay birini ko‘proq yaxshi ko‘rasiz – akangiznimi yoki do‘stingiznimi?
– Do‘stlik qilsa, akamni, akalik qilsa, do‘stimni ko‘proq yaxshi ko‘raman, deb javob berdi hakim.
👏1
#Kitobdan

Albatta dunyo to'rt kishinikidir - bir bandaga Alloh boylik va ilm beradi. U Rabbiga taqvo qiladi, silai rahm qiladi va unda Allohning haqqini biladi. Bu eng afzal darajadir! Yana bir bandaga Alloh ilm beradi, ammo boylik bermaydi. Shunga qaramay uning niyati to'g'ri, agar Alloh menga ham boylik berganida falonchining amalini qilgan bo'lardim, deydi. U niyatiga yarasha [ajr] oladi va u ikkisining savobi bir xil. Yana bir bandaga Alloh boylik beradi, ammo ilm bermaydi. U molini ilmsiz holida isrof qiladi, Rabbiga taqvo qilmaydi, silai rahm qilmaydi va unda Allohning haqlarini bilmaydi. Bu eng yomon darajadir! Yana boshqa bir bandaga Alloh boylik ham, ilm ham bermaydi, shunga qaramay, agar menda ham boylik bo'lganida falonchining amalini qilardim, deydi. Bas, u niyatiga yarasha oladi. U ikkisining gunohi bir xildir.

"Keng rizq va baraka omillari"
2👍1
Yakka Sada kitobxonlari
O'zinga hush kelding .pdf
~ Yarim ko'ngil bilan o'sgan odamni na birovning ketishi ranjitadi, na ko'ksidan itarishi...
Chunki u vaqtida ko'p narsani yo'qotgan. Shuning uchun u hech kimni yo'qotishdan qo'rqmaydi..

"O'zingga xush kelding" kitobidan
1👍1🔥1
Odamlar “Assalomu alaykum va rohmatullohu va barakotuhu” deyishni o‘rniga “Assalom alaykum” deyishga o‘rganib qoldik. Natijada hayotimizda rahmatni va barakani yo‘qotib qo‘ydik. Salomni mukammal beringlar- hayotingiz mukammal bo‘ladi.

Assalomu alaykum va rohmatullohu va barakotuhu
💯2
#Kitobdan

Qalb misoli suv - oqishga o'zan topsa, oqib ketaveradi. Qalb misoli alanga, kutilmaganda butun atrofni tutatib yuborishi ham mumkin. "Ko'rib qoldim", - deb aytishga ham ulgurmagudek qisqa vaqt ichida qalbga ishq o'rnashib qolaveradi. "Men sevib qolmayman", - deb turgan joyingda oshiq bo'lib qolganingni o'zing ham sezmay qolasan.!

Fotih Duman "Dam" kitobidan.
1🔥1👏1
#kitobdan

Ey nafsim!
Dunyo sevgisi bilan Alloh sevgisi bir qalbda joylasha olmas ekan. Men shuni angladim.
Seviladigan Zotga bir bo'lmoq, yagona bo'lmoq yarashadi.
Ey nafsim.! Sen qalbimdagi dunyo sevgisisan. Sen o'lmasang, qalbimga ishq kirmaydi, Alloh ishqi kira olmaydi.
Asl sevgilimga yetishmoq uchun seni o'ldirishim shart...!

" Men bas qil ey nafs " kitobidan
👍3
Asalomu aleykum! Kanal yozilimchilari sizga Sog'liq va Ofiyatni tilayman...

Anchadan beri kanalga post quymadim😊