Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KECHIRIMLILIK OLIY FAZILAT.
Apr 08, 2025 yil
Kechirimlilik - bu inson qalbida yovuzlikka qarshi, yaxshilik va saxiylikni rivojlantirishdir. Dinimizda kechirimlilikning o‘rni juda katta, chunki bu insonni poklaydi, ruhiy jihatdan yuksaltiradi va insonlar orasidagi munosabatlarni yaxshilaydi. Kechirimlilikni o‘rganish va unga amal qilish, albatta, bizning ma’naviy o‘sishimizga yordam beradi.
Islom dinida kechirimlilikni qabul qilish va undan foydalanish, Allohning rahmatiga erishish uchun muhim yo‘l sifatida qaraladi. Qur’oni Karimda, “Ular (mo‘minlar) g‘azablarini yutib, odamlarni kechiradilar” (Ol Imron, 134) deyilgan. Bu oyat, insonlarni g‘azab va nafratni yengib, kechirimlilikni tan olishga chaqiradi. Bunday munosabat, nafaqat o‘zaro munosabatlarni yaxshilaydi, balki insonni ruhiy jihatdan tozalaydi.
Kechirimlilikni amalda qo‘llash juda murakkab bo‘lishi mumkin. Kishi o‘zining dardini, og‘riqlarini yengib, boshqalarni kechirishga harakat qilishi kerak. Biroq, Allohning rahmatiga erishish uchun kechirimlilik zarurdir. Hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Kechirgan kishi Allohga yo‘l oladi, shuningdek, uning qalbi toza bo‘ladi”. Demak, kechirimlilik bu nafaqat boshqalarga nisbatan yaxshilik, balki o‘z qalbingizni poklash va ruhiy holatingizni yaxshilash uchun ham kerak.
1. Ruhiy tinchlik: Kechirimlilik, qalbni yengillashtiradi va ichki tinchlikni olib keladi. Boshqalarga kechirimli bo‘lish, o‘zimizni nafratdan va g‘azabdan tozalashga yordam beradi.
2. Allohning rahmatiga erishish: Alloh o‘zining rahmatini kechirimli insonlarga beradi. Qur’onda Alloh: “Agar sizlar kechirsangiz, Alloh sizlarni kechiradi” (An-Nur, 22) deb bildirgan.
3. Insonlar o‘rtasida tinchlik o‘rnatish: Kechirimlilik, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Boshqalarga nisbatan kechirimli bo‘lish, insonlar orasidagi adovatni bartaraf etadi.
4. Vijdonning tozaligi: Kechirish, qalbni poklaydi va vijdonimizni tozalaydi. Kechirimli insonlar o‘zlarining yomon ishlari uchun azob chekmasdan, xotiralarini yengil qilib yashashadi.
Kechirimlilikni anglashda, bu faqatgina yomonliklarni unutish emas, balki haqqoniylikni ham ko‘zda tutadi. Dinimizda, kishi boshqaga zarar yetkazgan bo‘lsa, u javobgar bo‘lishi kerak. Ammo, shunga qaramay, kechirimlilikni tanlash, har kimni qo‘llab-quvvatlash va jinoyatlar uchun Allohning hukmini kutish kerak. Islomda, “Boshqalarni kechirganingda, Alloh sening kechirganingni ham hisobga oladi” degan o‘git mavjud.
Kechirimlilik, insoniy munosabatlarda juda muhim fazilatdir. Islom dini bu fazilatni nafaqat jamiyatda, balki har bir insonning qalbida ham rivojlantirishni ta’kidlaydi.
Kechirimlilik, bizni nafaqat ma’naviy, balki dunyoviy farovonlikka ham olib keladi. Har bir inson o‘z qalbida kechirimlilikni tarbiyalab, boshqalar bilan tinch, samimiy va huzurli munosabatlarda bo‘lishi kerak. Faqatgina shu tariqa biz Allohning rahmatiga erishishimiz va o‘zimizni baxtli qilishimiz mumkin.
Hasanboy Erkinov,
Uchqo‘rg‘on tuman “Qirg‘izboy o‘g‘li Egamberdi” jome
masjidi imom-xatibi.

👍3
ILM BOYLIKDAN AFZAL, CHUNKI
Boylik ko‘p hollarda kibrga ketkazishi mumkin, ilm esa tavozeni ziyoda qiladi.
Boylar va ahli ilmlar bilan muloqot qilishda ayrim boylarning xabarlarga, qo‘ng‘iroqlarga javob bermasligiga (javob bera olmaganini tushunaman, lekin qayta aloqaga ham chiqmagan, hatto birga ish qilib turilganda ham) guvoh bo‘lganman. Ahli ilmlarda bunday hol kam uchraydi: yuzlab odamlarga javob berishadi. Xususan, qanchalik band bo‘lishiga qaramay, Mubashshir domla, Alisher Sultonxo‘jayev domla, Sayfulloh Nosir domla, Muqim Mahmud domla, Hasanxon qori aka kabi ahli ilmlar shaxsiyda ham, izohlarda ham oddiy kishilardek muloqot qilib turishadi.
#Ilm

👍2🥰1
Yakka Sada kitobxonlari
Turkiya muftiysi Mehmet Go‘rmez: Masjidda jamoat bilan namoz qilinganda orqa saflarda qiqirlab kulgan bolalarning ovozi yo‘q bo‘lsa, kelajak avlod uchun havotir qiling. Har qanday musulmon bolaning ko‘nglida va tasavvurida masjid bilan bog‘liq yomon taasurot…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun ko'rgan eng go'zal video 📹 rolik. Shirin a..?😊
❤1👍1😁1
#iqtibos
Sharafning darajalari bor. Bir kishi o‘zini tayyorlaydi. Bir kishi esa jamiyatni quradi. Yana bir kishi tarixni yasaydi. Hammasidan eng sharaflisi mana shu. Agar sharafdan nasibangni bilmoq istasang, bugun o‘zingdan so‘ra: "Kechadan ko‘ra bugun yaxshiroq bo‘lishi uchun nima hozirlading?".
Mustafo Mahmud

👍2
#Tafakkur
Aziz singlim! Turmush o‘rtog‘ingiz qanchalar ma’siyatga botgan bo‘lmasin, uning gunohlari Fir’avnning gunohi oldida dengizdan bir tomchidir. (Osiyo onamiz shunday er bilan yashab ham soliha edilar.)To‘g‘ri, solih er xotiniga toatda yordamchi bo‘ladi, ammo sizning gunoh qilishingiz uchun osiy er sababchi deb biror kishi aytgan emas. Bahona qilmang!
Allohning payg‘ambari bo‘lmish Nuh alayhissalomning xonadonida kofir ayol bor edi. Allohning payg‘ambari bo‘lmish Lut alayhissalomning xonadonida ham kofir ayol bor edi. Bu ayollar ikki buyuk payg‘ambarni toatdan chalg‘ita olmagan. Hatto tarixdagi eng mashaqqatli vazifa bulmish payg‘ambarlik vazifasidan ham chalg‘ita olmagan! Xotiningiz qanchalar yomon xulqli va osiy bo‘lmasin, Nuh va Lut alayhissalomlarning xotiniga yeta olmaydi. Kufrdan o‘tadigan gunoh yo‘q. To‘g‘ri, soliha xotin toatda yordamchi bo‘ladi. Ammo uning nuqsoni sizga ham nuqsonni muboh kiladi deb kim aytdi?! (Bahona qilmang!)
«Nabaviy tarbiya» kitobidan.
Bu yerda oila qurib bo‘lgandan keyin umr yo‘ldoshida shunday nuqsonlar bo‘lsa, unga qo‘shilib Allohga osiy yashayverish kerak emas, deyilmoqda.
Turmushdan oldin juft tanlashda dini yoki xulqiga qarash muhim emas deb tushunmaslik kerak.

👍1🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buyuk rejissyor tomonidan olingan emas, shunchaki bir kelinchak tomonidan tasodifan olib qolingan, ammo ichida shedevr kinolardan ko‘proq, ko‘proq ma’nosi bor video.
Videoni ko‘rib, manzara ortida millat tarixini ko‘rsa bo‘ladi...
Ammo faqat tarixni emas. Videoni sal "xiralashtirib", orqa fonda millionlab taqdirlarni ko‘rsa bo‘ladi. O‘g‘irlangan umidlarni, tortib olingan bolalikni, toptalgan orzularni va hatto... o‘marilgan milliardlarni ko‘rsa bo‘ladi.
O‘zgalardan o‘g‘irlangan baxt baxt keltirmaydi. Baxt o‘g‘rilari ko‘p o‘tmay ishining barcha yomonligini his qiladi. Og‘ir bo‘ladi o‘shanda...
Muhammad Shakur

🔥1😭1
Yakka Sada kitobxonlari
#Tafakkur Qiyomat kunida Allohning soyasida turadigan yetti toifaning biri: "Alloh yo‘lida yaxshi ko‘rishgan ikki kishidir. Ular Allohning roziligi bo‘lgan o‘rinda birlashib, Uni norozi qiladigan o‘rinda ajraladilar.."
#Tafakkur
Hakim zotdan so‘rashdi:
– Qay birini ko‘proq yaxshi ko‘rasiz – akangiznimi yoki do‘stingiznimi?
– Do‘stlik qilsa, akamni, akalik qilsa, do‘stimni ko‘proq yaxshi ko‘raman, deb javob berdi hakim.

👏1
#Kitobdan
Albatta dunyo to'rt kishinikidir - bir bandaga Alloh boylik va ilm beradi. U Rabbiga taqvo qiladi, silai rahm qiladi va unda Allohning haqqini biladi. Bu eng afzal darajadir! Yana bir bandaga Alloh ilm beradi, ammo boylik bermaydi. Shunga qaramay uning niyati to'g'ri, agar Alloh menga ham boylik berganida falonchining amalini qilgan bo'lardim, deydi. U niyatiga yarasha [ajr] oladi va u ikkisining savobi bir xil. Yana bir bandaga Alloh boylik beradi, ammo ilm bermaydi. U molini ilmsiz holida isrof qiladi, Rabbiga taqvo qilmaydi, silai rahm qilmaydi va unda Allohning haqlarini bilmaydi. Bu eng yomon darajadir! Yana boshqa bir bandaga Alloh boylik ham, ilm ham bermaydi, shunga qaramay, agar menda ham boylik bo'lganida falonchining amalini qilardim, deydi. Bas, u niyatiga yarasha oladi. U ikkisining gunohi bir xildir.
"Keng rizq va baraka omillari"

❤2👍1
Yakka Sada kitobxonlari
O'zinga hush kelding .pdf
~ Yarim ko'ngil bilan o'sgan odamni na birovning ketishi ranjitadi, na ko'ksidan itarishi...
Chunki u vaqtida ko'p narsani yo'qotgan. Shuning uchun u hech kimni yo'qotishdan qo'rqmaydi..
"O'zingga xush kelding" kitobidan

❤1👍1🔥1