Bir chiroyli kiyingan yahudiy Ma’munning majlisiga suqilib kirib borib, odamlar orasida o‘tirib oldi. Uni Ma’mun tanib qolib:
- Yahudiymisan? - dedi.
- Iltimos, meni fosh etib, sharmanda qilmang. (Qavmi uning musulmonlar majlislariga kelayotganidan xabar topib qolsa, unga ozor berardilar)
- Agar musulmon bo‘lsang, ko‘p ehsonlar beraman va qavmingdan birontasini senga yaqinlasha olmaydigan qilib qo‘yaman.
- Dinim, ota-bobolarim dini mening Islomni qabul qilishimga yo‘l qo‘ymaydi. Meni noqulay ahvolga solmang, hozircha o‘z holimga qo‘yib turing, o‘ylab ko‘ray, ishonch hosil qilsam, oldingizga kelaman.
Shu bilan xalifa uni o‘z holiga qo‘ydi. Bir yildan keyin esa musulmon bo‘lib, yana majlis ichida paydo bo‘ldi. Ma’mun qarasa, u fiqh haqida ham, Qur’on haqida ham juda yaxshi gaplarni gapiryapti. Hamma hayratda.
Majlis tugagach, Ma’mun uni chaqirib:
- Bizdan muhlat so‘ragan o‘sha yahudiy senmisan? - deb so‘radi.
- Ha
- Islomni qabul qilishingga nima sabab bo‘ldi? Men taklif qilganimda rad etgan eding-ku?
- Men chiroyli yozaman. Tavrotning uch nusxasini ko‘chirdim. Ayrim joylariga qo‘shib ham yubordim, ayrim joylarini olib ham tashladim. Uni mendan sotib olishdi. Hech qanday e’tiroz bildirishmadi. Uch nusxa Injilni ko‘chirdim. Unga ham xuddi shunday qildim. Cherkovga olib borgan edim, uni ham sotib olishdi. Hech qanday e’tiroz bildirishmadi. Qur’ondan ham uch nusxa ko‘chirib, xuddi shu ishni qilgandim. Uni tekshirishib, bir zumda qo‘shgan joyimni ham, olib tashlagan joyimni ham aniqlashdi. Keyin menga tahqir va nafrat nazari bilan qarashdi. Shundan bildimki, bu Kitob Saqlaguvchi tarafidan saqlanar ekan, unga o‘zgartirish kiritib bo‘lmas ekan. Kitobingizdagi Yaratuvchining: "Biz zikrni nozil qildik va albatta, Biz uni saqlaguvchilarmiz", degan oyatini esladim. Oldida ham, ortida ham, hech bir joyida noto‘g‘risi bo‘lmagan kitob mana shu Qur’on ekaniga ishonch hosil qildim va shu narsa Islomni qabul qilishimga sabab bo‘ldi. Bas, guvohlik beramanki, Allohdan o‘zga iloh yo‘qdir va Muhammad Allohning elchisidir. U kishiga Allohning rahmati va salomi bo‘lsin
#ilm_duri

👍1🔥1🥰1
Forwarded from Farzandim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu aleykum hammaga farzand ota onaning har aytganini qilmasligi mumkin lekin qilganini takrorlaydi.
👍4🔥1🤓1
Yakka Sada kitobxonlari
Qiz mol-mulk emas, sotiladigan yoki sotib olinadigan narsa ham emas. U aziz va mukarram insondir. Shuning uchun ota yoki valiy unga munosib insonni izlasin — dini go‘zal, xulqi go‘zal, tabiati go‘zal bo‘lgan insonni! Shayx Qarzoviy rahimahulloh. IkromSharif
#Oila
Turmush o‘rtog‘i bilan shirinida ham, achchig‘ida ham (murosa, itoat va o‘zaro tushunish bilan) hayot kechirayotgan ayol (kelin)ning ortida bilginki, uni yaxshi parvarish qilgan va go‘zal tarbiya bergan ulkan bir oilasi turibdi.

👍2🔥1🥰1
#kun_hikmati
Yoshlikdagi ta’lim.
Ota o‘zining murg‘ak yoshdagi o‘g‘liga, ichiga kattagina apelsin mevasi joylashtirilgan, og‘zi tor shisha idishni ko‘rsatdi. Bola buni ko‘rib hayron qoldi. Apelsin mevasini uning ichidan chiqarib olishga urinib ko‘rdi. Harchand urinmasin uning harakatlari zoe ketdi.
- Ota qanday qilib bu og‘zi tor shisha idishga katta apelsin mevasini joylashtira oldingiz? - dedi xayratini ichiga sig‘dira olmay.
Ota o‘g‘lini uyidagi boqqa olib chiqdi. Bir og‘zi tor shisha idishini olib keldi-da, yangi meva tuggan apelsin daraxti tanasiga bog‘ladi. So‘ng juda kichik mevalardan birini uning ichiga kirgazib qo‘ydi va uni tark etdi. Kunlar o‘tar, apelsin mevasi kun sayin kattalashar edi. Oxir oqibat mevani shisha idish ichidan chiqarib olish imkonsiz holga keldi. Shundan keyin bola kichik shisha idishga solingan katta mevaning “sirini” tushunib yetdi va undagi taajjub yo‘qoldi. Ota o‘g‘liga:
- Ey o‘g‘lim, yaqinda sen ko‘p odamlarga ro‘baro‘ kelasan. Ular zakovatli, madaniyatli, ma’lumotli bo‘lishlariga qaramay, o‘z bilim darajalari va mavqelariga nomunosib xatti-harakat qiladilar va jamiyatda qadrlangan go‘zal axloq odoblarga zid bo‘lgan bema’ni ishlar bilan shug‘ullanib yuradilar. Chunki bu kabi yomon odatlar ularning yoshligida qalblariga ekilgan. Ular ulg‘aygan sayin, qalblaridagi illatlar ham kattalashib boraveradi. Keyin esa, og‘zi tor shisha idish ichidagi apelsin mevasini chiqarishning iloji bo‘lmaganidek, bunday razil illatlardan ham kutilishning iloji bo‘lmaydi, - dedi.
Farzandlarimizga yoshlik chog‘laridan go‘zal fazilatlar, ma’naviy boyliklarni ta’lim berishimiz va ularning qalblariga boshqalarga nisbatan muhabbat urug‘ini ekishimiz lozim. Zero, yoshlikdagi bilim - toshga o‘yilgan naqsh kabidir.
ibroxim xodjiyev

🔥2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KECHIRIMLILIK OLIY FAZILAT.
Apr 08, 2025 yil
Kechirimlilik - bu inson qalbida yovuzlikka qarshi, yaxshilik va saxiylikni rivojlantirishdir. Dinimizda kechirimlilikning o‘rni juda katta, chunki bu insonni poklaydi, ruhiy jihatdan yuksaltiradi va insonlar orasidagi munosabatlarni yaxshilaydi. Kechirimlilikni o‘rganish va unga amal qilish, albatta, bizning ma’naviy o‘sishimizga yordam beradi.
Islom dinida kechirimlilikni qabul qilish va undan foydalanish, Allohning rahmatiga erishish uchun muhim yo‘l sifatida qaraladi. Qur’oni Karimda, “Ular (mo‘minlar) g‘azablarini yutib, odamlarni kechiradilar” (Ol Imron, 134) deyilgan. Bu oyat, insonlarni g‘azab va nafratni yengib, kechirimlilikni tan olishga chaqiradi. Bunday munosabat, nafaqat o‘zaro munosabatlarni yaxshilaydi, balki insonni ruhiy jihatdan tozalaydi.
Kechirimlilikni amalda qo‘llash juda murakkab bo‘lishi mumkin. Kishi o‘zining dardini, og‘riqlarini yengib, boshqalarni kechirishga harakat qilishi kerak. Biroq, Allohning rahmatiga erishish uchun kechirimlilik zarurdir. Hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Kechirgan kishi Allohga yo‘l oladi, shuningdek, uning qalbi toza bo‘ladi”. Demak, kechirimlilik bu nafaqat boshqalarga nisbatan yaxshilik, balki o‘z qalbingizni poklash va ruhiy holatingizni yaxshilash uchun ham kerak.
1. Ruhiy tinchlik: Kechirimlilik, qalbni yengillashtiradi va ichki tinchlikni olib keladi. Boshqalarga kechirimli bo‘lish, o‘zimizni nafratdan va g‘azabdan tozalashga yordam beradi.
2. Allohning rahmatiga erishish: Alloh o‘zining rahmatini kechirimli insonlarga beradi. Qur’onda Alloh: “Agar sizlar kechirsangiz, Alloh sizlarni kechiradi” (An-Nur, 22) deb bildirgan.
3. Insonlar o‘rtasida tinchlik o‘rnatish: Kechirimlilik, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Boshqalarga nisbatan kechirimli bo‘lish, insonlar orasidagi adovatni bartaraf etadi.
4. Vijdonning tozaligi: Kechirish, qalbni poklaydi va vijdonimizni tozalaydi. Kechirimli insonlar o‘zlarining yomon ishlari uchun azob chekmasdan, xotiralarini yengil qilib yashashadi.
Kechirimlilikni anglashda, bu faqatgina yomonliklarni unutish emas, balki haqqoniylikni ham ko‘zda tutadi. Dinimizda, kishi boshqaga zarar yetkazgan bo‘lsa, u javobgar bo‘lishi kerak. Ammo, shunga qaramay, kechirimlilikni tanlash, har kimni qo‘llab-quvvatlash va jinoyatlar uchun Allohning hukmini kutish kerak. Islomda, “Boshqalarni kechirganingda, Alloh sening kechirganingni ham hisobga oladi” degan o‘git mavjud.
Kechirimlilik, insoniy munosabatlarda juda muhim fazilatdir. Islom dini bu fazilatni nafaqat jamiyatda, balki har bir insonning qalbida ham rivojlantirishni ta’kidlaydi.
Kechirimlilik, bizni nafaqat ma’naviy, balki dunyoviy farovonlikka ham olib keladi. Har bir inson o‘z qalbida kechirimlilikni tarbiyalab, boshqalar bilan tinch, samimiy va huzurli munosabatlarda bo‘lishi kerak. Faqatgina shu tariqa biz Allohning rahmatiga erishishimiz va o‘zimizni baxtli qilishimiz mumkin.
Hasanboy Erkinov,
Uchqo‘rg‘on tuman “Qirg‘izboy o‘g‘li Egamberdi” jome
masjidi imom-xatibi.

👍3
ILM BOYLIKDAN AFZAL, CHUNKI
Boylik ko‘p hollarda kibrga ketkazishi mumkin, ilm esa tavozeni ziyoda qiladi.
Boylar va ahli ilmlar bilan muloqot qilishda ayrim boylarning xabarlarga, qo‘ng‘iroqlarga javob bermasligiga (javob bera olmaganini tushunaman, lekin qayta aloqaga ham chiqmagan, hatto birga ish qilib turilganda ham) guvoh bo‘lganman. Ahli ilmlarda bunday hol kam uchraydi: yuzlab odamlarga javob berishadi. Xususan, qanchalik band bo‘lishiga qaramay, Mubashshir domla, Alisher Sultonxo‘jayev domla, Sayfulloh Nosir domla, Muqim Mahmud domla, Hasanxon qori aka kabi ahli ilmlar shaxsiyda ham, izohlarda ham oddiy kishilardek muloqot qilib turishadi.
#Ilm

👍2🥰1
Yakka Sada kitobxonlari
Turkiya muftiysi Mehmet Go‘rmez: Masjidda jamoat bilan namoz qilinganda orqa saflarda qiqirlab kulgan bolalarning ovozi yo‘q bo‘lsa, kelajak avlod uchun havotir qiling. Har qanday musulmon bolaning ko‘nglida va tasavvurida masjid bilan bog‘liq yomon taasurot…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun ko'rgan eng go'zal video 📹 rolik. Shirin a..?😊
❤1👍1😁1
#iqtibos
Sharafning darajalari bor. Bir kishi o‘zini tayyorlaydi. Bir kishi esa jamiyatni quradi. Yana bir kishi tarixni yasaydi. Hammasidan eng sharaflisi mana shu. Agar sharafdan nasibangni bilmoq istasang, bugun o‘zingdan so‘ra: "Kechadan ko‘ra bugun yaxshiroq bo‘lishi uchun nima hozirlading?".
Mustafo Mahmud

👍2
#Tafakkur
Aziz singlim! Turmush o‘rtog‘ingiz qanchalar ma’siyatga botgan bo‘lmasin, uning gunohlari Fir’avnning gunohi oldida dengizdan bir tomchidir. (Osiyo onamiz shunday er bilan yashab ham soliha edilar.)To‘g‘ri, solih er xotiniga toatda yordamchi bo‘ladi, ammo sizning gunoh qilishingiz uchun osiy er sababchi deb biror kishi aytgan emas. Bahona qilmang!
Allohning payg‘ambari bo‘lmish Nuh alayhissalomning xonadonida kofir ayol bor edi. Allohning payg‘ambari bo‘lmish Lut alayhissalomning xonadonida ham kofir ayol bor edi. Bu ayollar ikki buyuk payg‘ambarni toatdan chalg‘ita olmagan. Hatto tarixdagi eng mashaqqatli vazifa bulmish payg‘ambarlik vazifasidan ham chalg‘ita olmagan! Xotiningiz qanchalar yomon xulqli va osiy bo‘lmasin, Nuh va Lut alayhissalomlarning xotiniga yeta olmaydi. Kufrdan o‘tadigan gunoh yo‘q. To‘g‘ri, soliha xotin toatda yordamchi bo‘ladi. Ammo uning nuqsoni sizga ham nuqsonni muboh kiladi deb kim aytdi?! (Bahona qilmang!)
«Nabaviy tarbiya» kitobidan.
Bu yerda oila qurib bo‘lgandan keyin umr yo‘ldoshida shunday nuqsonlar bo‘lsa, unga qo‘shilib Allohga osiy yashayverish kerak emas, deyilmoqda.
Turmushdan oldin juft tanlashda dini yoki xulqiga qarash muhim emas deb tushunmaslik kerak.

👍1🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buyuk rejissyor tomonidan olingan emas, shunchaki bir kelinchak tomonidan tasodifan olib qolingan, ammo ichida shedevr kinolardan ko‘proq, ko‘proq ma’nosi bor video.
Videoni ko‘rib, manzara ortida millat tarixini ko‘rsa bo‘ladi...
Ammo faqat tarixni emas. Videoni sal "xiralashtirib", orqa fonda millionlab taqdirlarni ko‘rsa bo‘ladi. O‘g‘irlangan umidlarni, tortib olingan bolalikni, toptalgan orzularni va hatto... o‘marilgan milliardlarni ko‘rsa bo‘ladi.
O‘zgalardan o‘g‘irlangan baxt baxt keltirmaydi. Baxt o‘g‘rilari ko‘p o‘tmay ishining barcha yomonligini his qiladi. Og‘ir bo‘ladi o‘shanda...
Muhammad Shakur

🔥1😭1