Salom mehrimizni_20240327_201430_0000.pdf
5.6 MB
Salom mehrimizni orttiradi kitobi
Shakli: pdf
Beti: 16 bet
Hajmi: 5.6 mb
Bu qo’llanma Ummu Umar tarafidan ishlab chiqildi.
💬@Al_AddL— jajji musulmonlar uchun islomiy kitoblar

Oilaviy xabarlar doskasi
Oila a’zolarining bir-birlariga bo‘lgan munosabatlari, muomalalari juda go‘zal bo‘lmog‘i, ayniqsa, kattalar kichiklarga o‘rnak bo‘lishi lozim. Mana shundagina oila qo‘rg‘oni mustahkam bo‘ladi.
Shuningdek, oila a’zolari o’zaro har bir holatlaridan xabardor bo‘lishlari, masalan, ishxonadagi yoki ta’lim olish jarayonidagi o‘zgarishlardan, moddiy va ma’naviy ahvollaridan, hatto ichki kechinmalaridan ham boxabar bo‘lib turishlari kerak.
Shuning uchun ham men farzandlarimga oilada bir-birlari bilan o‘zaro mustahkam aloqada bo‘lishlari hamda har bir holatlaridan xabardor bo‘lib turishlari zaruratini o‘rgatmoqchi bo‘lib
...
davomini o'qish √; "Farzand tarbiyasidan 700 saboq" kitobida topasizlar...!

#Muslimalarga tafsiya.
" Tanishishni unutibmiz "
" Sema Marashli "
Yulduzlarni supurasan o'zing bilmagan xolda.
Quyosh quchog'ingda , xabaring yo'q.
Mitti bola ko'zlaringga tikilmoq istaydi,
sen esa ters o'girilib olgansan.
O'pkangda mashoqqlar yig'ilganu navolarni eshitmaysan.
Ulkan g'avg'odir bu xayot , tushunmaysan.
Uchadiyu ketadi , ortidan yugursangda , ushlay olmaysan.
Shekspir.
Yuqorida Shekspir aytganidek yonimizdagi yulduzlarimizni o'zimiz yo'q qilamiz , quyoshdek nur bo'lgan insonlarni payqamaymiz do'stimizni eng yaqinimizni ham bilmaymiz ba'zida.Buni anglab yetishimiz uchun bir o'limdan qolish yoki eng og'ir kunimiz bo'lishi kerakmi. Hayotda arzimagan tortishuvlar anglamaganimiz uchun ajrimlarga sabab bo'lmoqda bugun.
Nega ajrimlar ko'p ? Balki ular ham tanishishni unutib oila qurgandur.
Bugun bizni jamiyatda qaysi Ona qiziga sirdosh yoki dugona bo'lmoqda uni hislari ruhiyati bilan qiziqmoqda.....,
Davomi√

Yakka Sada kitobxonlari
#Muslimalarga tafsiya. " Tanishishni unutibmiz " " Sema Marashli " Yulduzlarni supurasan o'zing bilmagan xolda. Quyosh quchog'ingda , xabaring yo'q. Mitti bola ko'zlaringga tikilmoq istaydi, sen esa ters o'girilib olgansan.…
Qiz bola balog'atga yetdimi u oilaga tayyor degani emas nega onalar qizlariga qo'sha - qo'sha sarpolar qiladiyu lekin oila qanday bo'lishi turmush barchasini o'rgatishmaydi buni ham javobi bor o'rganib ko'nikib ketadi.Savollar ko'p
Kitobdan ko'p narsani olish mumkin.Bu har kimni dunyoqarishiga fikrlash doirasiga bog'liq.
Har bir inson o'zini dunyosida yashaydi kun kelib kimdir bu dunyoning yarmisiga aylanishi mumkin.Tanlov qilyotganingizda sizni fikrlaringiz qarashlariz bilan qiziqadigan Ishqi faqat yonib o'chadigan emas abadiy porlab turuvchi insonni tanlang.Zero Tanishishni unutmang bu kitob Hayot yo'llarizda ko'p narsani o'rgata oladigan bir vosita bo'la oladi deb o'ylayman.
Atrofdagi insonlarning gap so'zlariga emas qalbingizga quloq soling.Unutmang siz odamlar uchun yashamaysiz .Shunchaki o'zingiz uchun yashang.
#Kitobdan parchalar.
O'lim Allohning amridir.Kelsa , na bir soniya oldin va na bir soniya keyin sodir bo'ladi.
Atirgulingni bunchalik ahamiyatli qilgan narsa usha atirgul uchun sen sarflagan vaqtingdir.
Jahl , hafagarchilik yoki g'amga tutinmang.Quvvatingizni o'g'irlaydi va sizni sevishdan voz kechishga majbur qiladi.
O'tmishning ko'ngilsizliklari ham eski ovqatga o'xshaydi.Bir marta isitasan , yeyish mumkin , ammo ikkinchi marta isitsang , yeb bo'lmaydi.Ta'mi buziladi.
Singan yurakni qayta tiklab bo'lmaydi , degan fikr notug'ri.
Aslida eng ko'p sinadigan va doim tuzatish mumkin bo'lgan narsaning nomi yurakdir. Chunki uning joni bor.
Sevgilingizni faqatgina qalbingiz emas , miyangiz va vijdoningiz xam sevishi kerak.
Qancha kalla bo'lsa shuncha fikr bor.
Qancha yurak bo'lsa shuncha sevgi bor.
Tolstoy
Sevgi emas do'stlikning kamligi oioani baxtsiz qiladi.
Jannat sevishni bilganlarniki.
Sadiy Sheroziy.

#Kitobdan
#Uchdan_keyin_kech
“Farzand uchun eng yaxshi tarbiya – bu onaning mehridir. Ota-onalarning eng asosiy mashg‘uloti – farzandlarni tarbiyalash. Agar ular bunga rozi bo‘lmasalar, unda nima uchun farzandli bo‘lishdi?”

Agar bolangiz baqirmaydigan bola bo'lishi xohlasangiz!
• U o'z muammolarini osongina aytib bera oladigan darajada sirdoshi bo'ling;
• Ishonchli joydaligini his qildiradigan xavfsiz boshpana bo'ling;
• "Kel bolam, yomg'irda yuramiz va birga namlanamiz" deydigan do'sti bo'ling;
• "Bu senga zarar beradi, biz chegaralarni belgilashimiz kerak" deydigan ona-onasi bo'ling;
• "Bu bizning chodirimiz, kel, lager quraylik", deb yopinchiqning tagiga kirib oladigan darajada xayolparast bo'ling;
• "Kelinglar, bolalar, mening ustimga chiqinglar, odam minorasini quraylik deb ularni qiziqtira oladigan ona bo'ling;
• "Ehhe buncha uy vazifang ko'p, juda charchagan bo'lsang kerak" deya olish uchun yetarlicha tushuna oling;
• "Bolam, sen bu ishni qila olasan" deb, uni qo'llab-quvvatlang;
• U sizning yelkangizga bosh qo'yib, yig'lay oladigan odami bo'ling;
• "Maktabda bo'lgan paytingda sen yaxshi ko'rgan shirinlikni pishirdim" deyish uchun yetarlicha g'amxo'r bo'ling;
√

Agar bolangiz baqirmaydigan bola bo'lishi xohlasangiz! • U o'z muammolarini osongina aytib bera oladigan darajada sirdoshi bo'ling; • Ishonchli joydaligini his qildiradigan xavfsiz boshpana bo'ling; • "Kel bolam, yomg'irda yuramiz va birga namlanamiz" deydigan…
"Istirohat bog'igacha yugurish musobaqasiga tayyormisan?, Birinchi bo'lib yetib borgan g'alaba qozonadi" deya oladigan darajada baquvvat bo'ling;
• U yig'lasa, erkalansa, qaysar bo'lsa, sabr qiling;
• Uyqusiz tunlarga kasalliklarga, qo'lda olib yurishga chidash uchun keragicha chidamli bo'ling;
• Tizzasidagi yarani mehr bilan o'pa oladiganchalik rahmdil bo'ling;
• Farzandingizning borligidan xursand bo'ling;
• "Yaxshiyam borsan, bolam" degan minnatdorchilik tuyg'usiga to'la bo'ling;
Chunki bola sabr-toqat talab qiladigan "qiyinchilik" emas, qalbingizga shukronalik yomg'irini yog'diruvchi "ne'mat"dir.
Farzand tarbiyasiga oyid kitob oʻqishni tavsiyasi qilaman..!

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bizni yoshlikdan ishchi bo‘lishga tarbiyalashadi. Davlat ishi yaxshi, kasal bo‘lsang ham, oylik beradi, qariganda pensiyasi bor va hakazo cho‘pchaklar miyamizga singdiriladi.
Uzoq yillik qullik tuzumi ota-onalarimizning o‘y-xayollarini shunday izolyasiya qilib tashladi.
Biroq, siz bunaqa bo‘lmang! Farzandlaringizni imkon qadar mustaqil biznes qilishga o‘rgating!
Arzimagan pensiya uchun butun umr ishlab, yuksak orzulardan voz kechish telbalikdan boshqa narsa emas...

Forwarded from Elektron kitoblar
#Nazmiy
Kel, yashirib qo‘yayin seni
yurakning eng chuqur yeriga.
Keyin sen ham yashirgin meni
yurakning eng chuqur yeriga.
Topolmasin bizlarni birov!
✍ Shavkat RAHMON
📚 @kitoblar_pdf
Kel, yashirib qo‘yayin seni
yurakning eng chuqur yeriga.
Keyin sen ham yashirgin meni
yurakning eng chuqur yeriga.
Topolmasin bizlarni birov!
✍ Shavkat RAHMON
📚 @kitoblar_pdf
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kishi qizini turmushga bermoqchi bo‘lsa, undan izn so‘rasin”, dedilar.
Abu Ya’lo rivoyati.
Izoh: Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Juvon ayoldan maslahat so‘ramay turib nikohlanmas. Qiz boladan izn olinmay turib nikohlanmas», dedilar. «Ey Allohning Rasuli, izni qandoq bo‘lur?» deyishdi. «Sukut saqlamog‘i», dedilar».
Imom Buxoriy va Muslim rivoyati.
√ @Al_AddL

#OILA
MUHABBAT VA MEHR
• Oila qurgunga qadar juftlar orasida muhabbatning o‘zi bo‘ladi.
• Oila qurgach esa muhabbatga ko‘mak sifatida rahm ham qo‘shiladi.
• Aksar juftlar muhabbat sababli bir-birlariga bog‘lanishadi, ammo hayotlarini o‘zaro mehr bilan davom ettirishadi.
• Mehrsiz muhabbatning yolg‘iz o‘zi bilan yashash ancha qiyin.
• Oila mustahkamligi uchun muhabbatga ko‘mak sifatida mehribonlik ham kerak.
• Shu haqiqatga ishora qilib Alloh taolo marhamat qiladi:
«Sizlar taskin topishingiz uchun o‘zlaringizdan juftlar yaratgani va o‘rtangizda muhabbat va mehribonlik paydo qilgani U Zotning oyat belgilaridandir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan kishilar uchun ibrat-alomatlar bor». Rum surasi, 21-oyat.
| Mahbubiy
📚 @Al_AddL
MUHABBAT VA MEHR
• Oila qurgunga qadar juftlar orasida muhabbatning o‘zi bo‘ladi.
• Oila qurgach esa muhabbatga ko‘mak sifatida rahm ham qo‘shiladi.
• Aksar juftlar muhabbat sababli bir-birlariga bog‘lanishadi, ammo hayotlarini o‘zaro mehr bilan davom ettirishadi.
• Mehrsiz muhabbatning yolg‘iz o‘zi bilan yashash ancha qiyin.
• Oila mustahkamligi uchun muhabbatga ko‘mak sifatida mehribonlik ham kerak.
• Shu haqiqatga ishora qilib Alloh taolo marhamat qiladi:
«Sizlar taskin topishingiz uchun o‘zlaringizdan juftlar yaratgani va o‘rtangizda muhabbat va mehribonlik paydo qilgani U Zotning oyat belgilaridandir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan kishilar uchun ibrat-alomatlar bor». Rum surasi, 21-oyat.
| Mahbubiy
📚 @Al_AddL
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kitobdan
#Uchdan_keyin_kech
“Bola irodasiga qarshi chiqmang. Uning irodasiga qarshi ish qilishga majburlash orqali uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini sindirasiz.”

#LATOIF
Masjid imomi namozxonlarni kayfiyatini ko‘tarish uchun debdi:
-Hayotimdagi eng go‘zal lahzalar xotinimdan boshqa bir ayol bilan o‘tkazgan lahzalarimdir!
Masjiddagilar g‘ala-g‘ovur ko‘tarishdi. Imomning gapidan dahshatga tushishdi.
Imom davom etdi:
- Ha, eng go‘zal lahzalarim onajonim bilan o‘tkazgan lahzalarim ekan!
Namozxonlar bu safar takbir va olqishlar aytishdi. Ba’zi kishilarning hatto ko‘zlari ham yoshlandi.
So‘ngra namozxonlardan biri uyiga borib oshxonada kechgi ovqat tayyorlayotgan xotiniga imomning gapiga o‘xshash gapni aytib uni xursand qilmoqchi bo‘ldi. Ammo gapning avvalgi qismini aytib toki ikkinchi qismini aytgunicha xotini uning boshiga kapkir bilan urdi. Erning bosh suyagini amaliyoti olti soat davom etdi.
Ahmoq xotin bechora eriga "onam bilan" degan gapini aytishga fursat ham bermadi.
Gapni qayerda va kimga gapirish juda ham muhim ekandaa, aaa shunaqami?!
|Abdulqodir Polvonov

#Kitob_tavsiya
📓 Veysi Cheri: Munosib ota-ona bo'lmoq saodat
Har bir bola o‘z salohiyati bilan tug‘iladi va bu salohiyat unga munosib muhit topilgandagina unib chiqishi va paydo bo‘lishi mumkin. Aks holda, bu potensial abadiy chiriydi. Farzandlarimizga o‘z shaxsiyatini topishi va o‘rnatishi hamda o‘zining individualligi va o‘ziga xosligini yo‘qotmagan holda jamiyat a’zolarining faol, fikrlash, ishlab chiqarish, sevish va o‘yin o‘ynashiga imkon beradigan muhitni ta’minlash bizning eng katta ijtimoiy burchimizdir. Dots. Dr. Veysi Cheri o'zining "Yetarli darajada yaxshi ota-ona bo'lish" kitobida o'zining "yetarli darajada yaxshi g'amxo'rlik" uslubini va bolalar uchun ideal muhitni o'zining kasbiy amaliyoti va tadqiqot va kuzatishlariga asoslanib ochib beradi. Bu ota-onalarga zamonaviy dunyo tomonidan tatbiq etilgan mukammallik tashvishi va bosimi ostida o'zini ham, farzandlarini ham charchatmaydigan, yetarlicha yaxshi shaxslarni tarbiyalash yo'llarini ko'rsatadi.

#motivatsiya #hikoya 📖 O‘zingizga ishonchingiz bolsin!
#motivatsiya #hikoya
📖 O‘zingizga ishoning!
Bu bola faqatgina sinfda emas, balki butun maktab bo‘yicha eng kambag‘al oiladan edi. O‘qituvchining jahlini chiqargan narsa ham shu: o‘zi nima ahvolda-yu, “Kim bo‘lsam ekan?” mavzusida yetti betlik insho yozibdi. Yonida ilova-chizmasi ham bor – yilqichilikka mo‘ljallangan kattakon ferma.
Insho “0” baho bilan egasiga qaytdi. Bola hayron bo‘ldi. Dars tugagach o‘qituvchining oldiga oqarib kirib, nega bunday baho qo‘yganini so‘radi. Shunda o‘qituvchi:
🔴“Yozganlaring yoshingga to‘g‘ri kelmaydi. Holingga qarab orzu qilsang bo‘lmaydimi? Sen o‘ylayotgan ferma uchun katta mablag‘ kerak. Oldin yer sotib olish zarur, keyin otlar, yem-xashak… Xullas, xom-hayollaringni qo‘yib, inshoni boshqatdan yoz”.
🤔 Bola xafa bo‘lib uyiga qaytdi. Uzoq o‘ylanib oʻtirdi... Ertasiga esa yozganlarini eski holatda o‘qituvchisiga olib bordi va unga qarata shu so‘zlarni aytdi: “Siz bahongizni o‘zgartirmang, men esa orzularimni...”
Yillar o‘tdi. Endi nafaqaga chiqqan o‘qituvchi kattakon yilqichilik fermasiga hayratlangancha qarab turar, ichkarida bir paytlar orzulari uchun “0” baho olgan sobiq o‘quvchisi hashamatli uyda o‘tirardi. Ro‘parasidagi devorda esa inshoga ilova qilingan yilqichilik fermasining ramkaga solingan chizmasi bor edi...
☝️Xulosa: O‘zgalarning siz haqida fikrlariga eʼtibor bermang. Asosiysi, o‘zingizga bo‘lgan ishonchni yoʻqotmang!

#hayrli_tong
Agar siz goʻzallik tarqatish va ulugʻvor ishlar bilan shugʻullanayotgan boʻlsangizu, buni hech kim sezmasa, aslo xafa boʻlmang... Quyosh chiqishi ham odatda dunyodagi eng goʻzal manzara va eng ulugʻvor ishdir, lekin afsuski, koʻpchilik bu vaqtda uxlayotgan boʻladi...
Siz uxlayotganlar qatorida emasligingizdan xursandman Qadrdon. Assalomu alaykum!
Bizni kuzatib boring👇

#ERKAK #AYOL
«Erkaklar tabiati bir xil bo‘ladi. Ular qaysar va sarkash ayollarni yomon ko‘rishadi. Ular yumshoq va haqqidan voz kecha oladigan ayollarni yaxshi ko‘rishadi. Ayolligingni yo‘qotib qo‘yma. Aks holda u seni yomon ko‘rib qoladi. Erkak shaklidagi ayolga erkaklar toqat qila olishmaydi. Erkak kishi ayolining barcha sifatini yo‘qotishiga rozi bo‘lishi mumkin, ammo ayolligini yo‘qotishiga chiday olmaydi. Ayolliging eng chiroyli ziynatingdir. Joning chiqqunicha unga qattiq yopishib ol!»
| Abdulqodir Polvonov

Har bir musulmon uch xil tug‘yonga ketishdan hazir bo‘lsin!
Bu tug‘yonga olib boruvchi so‘zlar «men», «meniki», «o‘zimniki» so‘zlaridir. Ushbu uch kalima sababli Iblis, Fir’avn va Qorunlarga balo kelgan.
Iblis: «Men undan (insondan) yaxshiman. Meni olovdan yaratgansan, uni esa loydan yaratgansan», degan (Sod surasi, 76-oyat).
Fir’avn: «Ey qavmim! Misr mulki va mana bu ostimdan oqib turgan anhorlar meniki emasmi?!» degan (Zuxruf surasi, 51-oyat).
Qorun: «U menga o‘zimdagi ilm tufayligina berilgan», degan (Qasas surasi, 78-oyat).