Yakka Sada kitobxonlari
71 subscribers
253 photos
50 videos
21 files
44 links
Kitobni satrlarni o‘qir ekansan ham tabassum qilasan, ham yig‘laysan.  Kitob o‘qing,
insoniylik tuyg‘usini his qiling...
«Kitob yoqishdan ham og‘irroq jinoyat bor, masalan, uni o‘qimaslik»;anonim yozish kanalni adminga https://sprosi.link/al_addl
Download Telegram
Yakka Sada kitobxonlari
#Ota — misoli ko‘zgu Farzand tarbiyasi o‘ta nozik masala bo‘lib, jiddiy e’tibor bermoq lozim. Har bir ota-ona farzandining komil inson bo‘lib voyaga yetishini xohlaydi. Buning uchun tarbiyani farzandingiz go‘dakligidan boshlamog‘ingiz kerak. O‘g‘il farzandlarning…
#sizga_va_ozimga

"Mukammallik emas, mehr muhim!"

Ko‘p ota-onalar farzandining tarbiyasi, bilim olish jarayoni yoki xulq-atvorida "hammasi ideal bo‘lishi kerak" deb o‘ylaydi.
Lekin, esda tuting:

Farzandingiz mukammallikni emas, sizning mehringizni eslab qoladi.

Uy toza bo‘lmasligi mumkin — lekin quchoqlab kitob o‘qigan onani eslaydi.
Darsda xato qilishi mumkin — lekin uni maqtagan dadasining tabassumini eslaydi.
Ovqat yegisi kelmasligi mumkin — lekin uni sabr bilan kutgan onani yodda tutadi.

Bolalarimizga eng kerakli narsa — mehribon, sabrli, quvnoq ota-ona. Mukammallikdan ko‘ra, ular uchun sizning bag‘ringiz, sizning ko‘zlaringizdagi quvonch muhimroq...
👍3🔥1🥰1🕊1
Yakka Sada kitobxonlari
O‘g‘il bola hamisha otasidan namuna oladi. "Otam shunday qilyaptimi, demak, bu to‘g‘ri" degan xulosaga keladi. Ota bolasi yonida har bir ishini o‘ylab qilishi zarur. Chunki tarbiya ilmi - o‘ta nozik ilm. Keltirilgan misollarga qarab yaxshi o‘g‘ilni, haqiqiy…
#Kitobdan

Ota bo‘lish oson, lekin yaxshi ota bo‘lish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Yaxshi ota bo‘lish uchun umrning har bir bosqichida yangi-yangi mas’uliyat va vazifalarga «labbay» deb javob berishingiz kerak bo‘ladi.

Jalolxon Umarov. “Asl otalar kitobi”dan
👍2🔥1💯1
#kechki_mutolaa

Boyazid Bistomiy hazratlari bir kecha uyqu og‘ir kelib, bomdod namoziga uyg‘ona olmadilar. Keyin pushaymon bo‘lib shunchalik ko‘p yig‘ladilarki, g‘oyibdan bir ovoz:
– Ey Boyazid! Bu qusuringni kechirdim. Bu tavbang tufayli senga yana yetmish ming namoz savobini berdim, – dedi.

Bir necha oydan keyin, bomdod vaqtida yana uyqu bostirgan edi. Shayton kelib muborak oyoqlaridan turtib uyg‘otdi va – Tur, namoz vaqting o‘tib ketadi, – dedi.

Boyazid Bistomiy hazratlari hayratlanib so‘radilar:
– Ey mal’un, sen qachondan beri xayrli ishga qo‘l uradigan bo‘lding? Hammaning namoz vaqti o‘tib ketishini xohlarding-ku. Meni nega uyg‘otding?

Shayton:
– Sen bomdod namozini o‘tkazib yuborgan kuning shunchalik yig‘ladingki, evaziga yetmish ming namoz savobi olding. Men shuni o‘ylab, seni namozga turg‘azdim, toki bir namozdan ortiq savob olmagaysan. Yo‘qsa yana yetmish ming namoz savobini olarding, – deb javob berdi.

P.S.: Shunday tavba qilingki, shaytonlar ham gunoh qilishingizdan qo‘rqib qolsin!
🔥2👍1🥰1🎉1
#iqtibos

​​Bugungi kitobxonning didini o‘ldirmaslik, uni bestsellerga o‘rgatmaslik, ermak uchun o‘qiydigan kitobxonga aylantirmaslik lozim...


Nazar Eshonqul
🔥21👍1
Yakka Sada kitobxonlari
O'zinga hush kelding .pdf
Axir aytishadi-ku
,,Agar sabr tosh boʻlganida allaqachon yorilib ketardi, lekin yurak kutarkan,,

"Oʻzingga xush kelding"
#Kitobidan
🔥1🥰1
#Kitobdan

Dinimizda uyaladigan narsa yo‘q. "Insonlar oyga yetib borgan asrda misvok”ni tanqid qiladigan kishilar bor. Ular misvokni tanqid qiladi. Go‘yo ularni oyga chiqishdan misvok tusib turgandek. Azizim! Sizni misvok emas, boshingizdagi bemor aqlingiz to‘syapti, xolos!

«Nabaviy tarbiya» kitobidan
👍2🔥2🥰1
Qiz mol-mulk emas, sotiladigan yoki sotib olinadigan narsa ham emas. U aziz va mukarram insondir. Shuning uchun ota yoki valiy unga munosib insonni izlasin — dini go‘zal, xulqi go‘zal, tabiati go‘zal bo‘lgan insonni!

Shayx Qarzoviy rahimahulloh.

IkromSharif
👍1🔥1🥰1🎉1🤗1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Asalomu aleykum! Barchangizga ARAFA kuni va kelayotgan, XAYIT bayram muborak bolsin..!
1🥰1
Alloh taolo tutgan ro‘zalarimizni, qilgan ibodatlarimizni, ezgu amallarimizni qabul aylasin!

Bilib-bilmay qilgan gunohlarimiz, yo‘l qo‘ygan xatolarimizni mag‘firat qilsin.

Barchamizni ramazonni munosib o‘tkazadigan va yil davomida ham ushbu shijoat, ibodatda sobit turadigan bandalardan qilsin!

Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!
2🥰1
Kanalimizdagi barchani Ramazon oyining Hayit bayrami bilan tabriklaymiz!
🔥42🥰1🎉1
Har bir kun – yangi imkoniyat!

Bugun sizga yangi bilim, yangi tajriba va yangi muvaffaqiyatlar olib kelishi mumkin. Fikrlaringizni toza sahifa kabi oching va uni foydali ishlar bilan to‘ldiring. Har bir kichik qadam katta natijaga eltadi. Vaqtingizni qadrlang, foydalaning va o‘zingizga ishoning!
Bugun – sizning kuningiz!

@K1tobchi_q1z_blogs
👍1🔥1😁1
Yakka Sada kitobxonlari
#Tafakkur Bolalardan o‘rganishimiz kerak bo‘lgan sifatlarning eng bebahosi – beg‘uborlik.
#Samimiyat

O‘g‘il otasidan so‘radi: «Dadajon, sizning quvonchingiz bilan mening quvonchim orasida qanday farq bor?»

Ota: «Sen o‘z muvaffaqiyating uchun quvonasan, men esa sening muvaffaqiyating uchun quvonaman..»
👍2🔥1
#iqtibos

HIKMATNI OLAVER!

   Olimlar bilan aloqani uzmang. Ular bilan birga o‘tiring. Ulardan o‘rganing. "Falonchi amal qilmaydi" demang. Uning ilmidan olib amal qilavering. Uni va amalini Allohga havola qiling. Avliyolar hikmatni olishadi. Uni qaysi tildan chiqqaniga , qaysi toshga yozilganiga,  qaysi bir inson vositasida yetib kelganiga parvo qilishmaydi.

"Burhonul muayyad" kitobidan.

😄
😁1