Yakka Sada kitobxonlari
71 subscribers
253 photos
50 videos
21 files
44 links
Kitobni satrlarni o‘qir ekansan ham tabassum qilasan, ham yig‘laysan.  Kitob o‘qing,
insoniylik tuyg‘usini his qiling...
«Kitob yoqishdan ham og‘irroq jinoyat bor, masalan, uni o‘qimaslik»;anonim yozish kanalni adminga https://sprosi.link/al_addl
Download Telegram
Yakka Sada kitobxonlari pinned «Siz qanday kitobxonsiz..?»
#Ota — misoli ko‘zgu

Farzand tarbiyasi o‘ta nozik masala bo‘lib, jiddiy e’tibor bermoq lozim. Har bir ota-ona farzandining komil inson bo‘lib voyaga yetishini xohlaydi. Buning uchun tarbiyani farzandingiz go‘dakligidan boshlamog‘ingiz kerak. O‘g‘il farzandlarning tarbiyasida otaning o‘rni muhim hisoblanadi. Ota farzandi uchun go‘yo ko‘zgu misolidir. Shuning uchun ham farzandingiz oldida hech qachon baqir-chaqir qilmang, birov bilan urishayotganingizda farzandingiz guvoh bo‘lmasin. Ayniqsa, ayolingizni behurmat qilmang, bu bilan o‘z hurmatingizni yo‘qotasiz. Farzandingizni urmang, qo‘rqitmang, bu bilan alamzada bo‘lishiga sababchi bo‘lasiz. Ozodalikka, tartib saqlashga e’tibor qarating, shuningdek, gapirayotgan gapingizga, hatto kiyayotgan kiyimingizga e’tibor bering. Ular sizni ochiq-sochiq, yirtiq-amoq, kirlangan kiyimlarda ko‘rishmmng. O‘smir yoshdagi farzandingizni o‘zi yoqtirgan, qiziqqan kasb-hunarga yo‘naltiring. Telefon, uzoqlashtiring. Ular bilan dildan suhbatlashing, aniqrog‘i, do‘stlashing..!
👍2🔥2🥰1🕊1
Betashvish yashash siri. Deyl Karnegi.pdf
4.1 MB
"Betashvish yashash siri.
Deyl Karnegi.pdf
Forwarded from Farzandim (Yulduz Zafarovna)
Agar ayol kishi ish, oʻqish yoki farzandiga qarash tanlovi oʻrtasida qolib ketsa, albatta bolasini tanlash kerak deb oʻylayman.

Ayol kishi farzandi tarbiyasi va parvarishidan soʻraladi. Qolgani ikkinchi darajali masalalar.

Agar oʻqishga ketganda kimdir bolasiga qarab tura olsa, (turmush oʻrtogʻi, qaynonasi yoki onasi) oʻqib olgani maʼqul. Lekin, begonalar (nyankalar) qoʻliga topshirib, oʻqish yoki ishlash bilan hech narsaga erishmaydi. Erishgani faqat afsus boʻladi. Chunki, juda koʻp ayollarni koʻrdim.

"Yoshligimda bolalarimni uyga tashlab, oʻqidim. Yonimga kelsa,

"bor oʻzing oʻynab tur, darsim bor",

"bor opang qarasin, men darsga ketyapman"

dedim. Endi esa, juda afsusdaman. Bolalarimni menga mehri yoʻq, tarbiyasi ham men xohlagandek emas"

deb yigʻlashadi.

Oila- ayol kishining eng birlamchi ehtiyoji. Omonat qilib berilgan farzandlarni Oʻzi xohlagandek tarbiya qilaylik, ilm beraylik.

Kanalga ulanish uchun 👇
https://t.me/olim_yetishtirgan_onalarYulduz
🤔2👍1
#Tafakkur

Abu Dardo roziyallohu anhuning "Dammun" laqabli tuyasi bor yedi. Agar uni birovga foydalanish uchun bersa, olganlarga: "Unga falon vazndan ortiq narsa yuklamanglar, u ko‘tara olmaydi",  deb tayinlar edi.
Vaqt o‘tib, shu tuyalari jon berayotganida unga shunday dedi: "Dammun, qiyomat kuni Rabbimning huzurida mendan arz qilmagin. Chunki senga toqatingdan ortiq narsa yuklamadim!"
------
Buyuk muallimning buyuk talabalari – sahobalar!
Asli yuk tashish uchun yaratilgan hayvon Qiyomatda o‘z haqqini talab qilib qolishidan xavfsirayabdi!
1🥰1😢1🤓1
Yakka Sada kitobxonlari
Faqat qilgan gunohlaring uchun emas, balki bajarilmagan majburiyatlaring uchun ham tavba qil... Ibn Taymiyyah
Gunoh – yo‘qotish, tavba – najot!

Gunohlar hayotimizga zulmat olib keladi, qalbimizni qotiradi va oxiratimizga ziyon yetkazadi. Lekin Allohning rahmati cheksiz! Har bir inson gunoh qilishi mumkin, lekin muhim savol: undan qanday poklanish va saqlanish mumkin?

"Asatag'firAlloh" sizga gunohlardan qochish, poklanish va najot topish yo‘li dir...
🕊2🥰1💯1
O’zingizni boshqalar bilan solishtirmang, faqat o’zingizni yaxshilashga harakat qiling.

#motivatsiya
🔥1🥰1
Bugun men zakaz qilgan kitobim yetib keldi. OZON ilovasi oraqli qabul qilib oldim.

"JAZOSIZ TARBIYA 2" kitobi
1🔥1🥰1👏1🎉1
Yakka Sada kitobxonlari
Bugun men zakaz qilgan kitobim yetib keldi. OZON ilovasi oraqli qabul qilib oldim. "JAZOSIZ TARBIYA 2" kitobi
Bolalarni tarbiyalashda jazo qo‘llash haqida har kimda har xil tushuncha bor. Jazolash tarafdorlari ko‘proqdek, nazarimizda. Ularning qat'iy ishonchiga ko‘ra, so‘kish eshitib, kaltak yeb ulg‘aygan bola kelgusida risoladagidek shaxs bo‘lib yetishadi, bo‘lmasa o‘g‘ri, kazzob bo‘lib ketishi mumkin.
👍21🔥1🎉1🕊1
Oʻngimda,soʻlimda,ortimda,yonimda kim bor deya alanglama .
Shunchaki:
,,Menga Allohning oʻzi kifoyadirʼʼ,
degin va yurishda davom et...

"Duo taqdirni oʻzgartiradi"
#Kitobdan
1👍1🔥1🥰1🎉1🕊1
Yakka Sada kitobxonlari
#Ota — misoli ko‘zgu Farzand tarbiyasi o‘ta nozik masala bo‘lib, jiddiy e’tibor bermoq lozim. Har bir ota-ona farzandining komil inson bo‘lib voyaga yetishini xohlaydi. Buning uchun tarbiyani farzandingiz go‘dakligidan boshlamog‘ingiz kerak. O‘g‘il farzandlarning…
#sizga_va_ozimga

"Mukammallik emas, mehr muhim!"

Ko‘p ota-onalar farzandining tarbiyasi, bilim olish jarayoni yoki xulq-atvorida "hammasi ideal bo‘lishi kerak" deb o‘ylaydi.
Lekin, esda tuting:

Farzandingiz mukammallikni emas, sizning mehringizni eslab qoladi.

Uy toza bo‘lmasligi mumkin — lekin quchoqlab kitob o‘qigan onani eslaydi.
Darsda xato qilishi mumkin — lekin uni maqtagan dadasining tabassumini eslaydi.
Ovqat yegisi kelmasligi mumkin — lekin uni sabr bilan kutgan onani yodda tutadi.

Bolalarimizga eng kerakli narsa — mehribon, sabrli, quvnoq ota-ona. Mukammallikdan ko‘ra, ular uchun sizning bag‘ringiz, sizning ko‘zlaringizdagi quvonch muhimroq...
👍3🔥1🥰1🕊1
Yakka Sada kitobxonlari
O‘g‘il bola hamisha otasidan namuna oladi. "Otam shunday qilyaptimi, demak, bu to‘g‘ri" degan xulosaga keladi. Ota bolasi yonida har bir ishini o‘ylab qilishi zarur. Chunki tarbiya ilmi - o‘ta nozik ilm. Keltirilgan misollarga qarab yaxshi o‘g‘ilni, haqiqiy…
#Kitobdan

Ota bo‘lish oson, lekin yaxshi ota bo‘lish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Yaxshi ota bo‘lish uchun umrning har bir bosqichida yangi-yangi mas’uliyat va vazifalarga «labbay» deb javob berishingiz kerak bo‘ladi.

Jalolxon Umarov. “Asl otalar kitobi”dan
👍2🔥1💯1
#kechki_mutolaa

Boyazid Bistomiy hazratlari bir kecha uyqu og‘ir kelib, bomdod namoziga uyg‘ona olmadilar. Keyin pushaymon bo‘lib shunchalik ko‘p yig‘ladilarki, g‘oyibdan bir ovoz:
– Ey Boyazid! Bu qusuringni kechirdim. Bu tavbang tufayli senga yana yetmish ming namoz savobini berdim, – dedi.

Bir necha oydan keyin, bomdod vaqtida yana uyqu bostirgan edi. Shayton kelib muborak oyoqlaridan turtib uyg‘otdi va – Tur, namoz vaqting o‘tib ketadi, – dedi.

Boyazid Bistomiy hazratlari hayratlanib so‘radilar:
– Ey mal’un, sen qachondan beri xayrli ishga qo‘l uradigan bo‘lding? Hammaning namoz vaqti o‘tib ketishini xohlarding-ku. Meni nega uyg‘otding?

Shayton:
– Sen bomdod namozini o‘tkazib yuborgan kuning shunchalik yig‘ladingki, evaziga yetmish ming namoz savobi olding. Men shuni o‘ylab, seni namozga turg‘azdim, toki bir namozdan ortiq savob olmagaysan. Yo‘qsa yana yetmish ming namoz savobini olarding, – deb javob berdi.

P.S.: Shunday tavba qilingki, shaytonlar ham gunoh qilishingizdan qo‘rqib qolsin!
🔥2👍1🥰1🎉1
#iqtibos

​​Bugungi kitobxonning didini o‘ldirmaslik, uni bestsellerga o‘rgatmaslik, ermak uchun o‘qiydigan kitobxonga aylantirmaslik lozim...


Nazar Eshonqul
🔥21👍1
Yakka Sada kitobxonlari
O'zinga hush kelding .pdf
Axir aytishadi-ku
,,Agar sabr tosh boʻlganida allaqachon yorilib ketardi, lekin yurak kutarkan,,

"Oʻzingga xush kelding"
#Kitobidan
🔥1🥰1