Yakka Sada kitobxonlari
71 subscribers
253 photos
50 videos
21 files
44 links
Kitobni satrlarni o‘qir ekansan ham tabassum qilasan, ham yig‘laysan.  Kitob o‘qing,
insoniylik tuyg‘usini his qiling...
«Kitob yoqishdan ham og‘irroq jinoyat bor, masalan, uni o‘qimaslik»;anonim yozish kanalni adminga https://sprosi.link/al_addl
Download Telegram
NAMOZ – NUR!

“Namoz – nur”. Ya’ni, namozdan hosil bo‘lgan savob insonga nur bo‘ladi. Namozning nur ekani quyidagi holatlarda yaqqol ko‘rinadi:

– namoz o‘qigan bandaning yuzidan nur balqib turadi;
– namoz bandani ma’siyat va fahsh ishlardan saqlaydi;
– namozning savobi qiyomat kuni bandaga nur bo‘ladi;
– namoz qalbga nur bag‘ishlab, uni munavvar qiladi. Ochilmay qolgan haqiqatlar va botiniy hollar kashf qilinishida namozning o‘rni beqiyos;
– namoz banda qabrini yorituvchi nur bo‘ladi...
2👍1🔥1👏1
Oqil inson mol-dunyoning ko‘pligi bilan xursand bo‘lib ketmaydi. Uning kamligi bilan xafa bo‘lib ham ketmaydi. Balki uning asl mol-dunyosi aqlu zakovati va taqdim etgan solih amali bo‘ladi...
🔥2🥰1
#Iqtibos

Uylanmoqchi bo‘lsangiz yaxshi ayollarni axtarmang, balki yaxshi erkaklarni axtaring. Yaxshi erkaklarning uylarida yaxshi ayollar bo‘ladi. Bu so‘zning ma’nosini faqat ozchilikkina tushunadilar.

Qizlaringizni nazorat qiling, zero arslonlar qo‘riqlagan daraxtga maymunlar osilmaydilar.

Imom Sha’roviy
👍52🔥1💯1
Ish ko’pligi-yu, vaqt yo’qligidan nolimang. Vaqt ko’pligi-yu, ish yo’qligidan qo’rqing. Odamni abgor qiladigan narsa – bekorchilik.

O’tkir Hoshimov
👍2🔥1😁1💯1
Tungi suhbatlar.pdf
1.2 MB
Tungi shubatlar kitobi. (pdf)
-Ko'ngil ham sinadimi?
-Ha, sinadi)
-Qanday qilib?
-Uni Xoliqqa emas, Maxluqqa ishonganingda...)
👍3💯2🔥1🕊1
Insonlarni baxtli bo'lishidan to'sib turadigan ashaddiy omillardan biri orzularini va hayot tarzini o'zligiga emas, atrofdagilarga qarab belgilashidir...

"Ohing Allohga omonat" Kitobidan.
👍4🔥3🥰1
Siz qanday kitobxonsiz?

1. Asalari kitobxon 🐝🐝

Qattiq intizomli kitobxon. Mutolaa vaqtini qatʼiy belgilab oladi. Oʻqiganlari yuzasidan tartibli va tushunarli xulosalar qayd etadi. Doimo keyingi oʻqiydigan kitobining nomini biladi.

2. Pingvin kitobxon 🐧🐧

Mavsumiy kitobxon boʻlib, asosan qish faslida mutolaani koʻpaytiradi. Oʻqish uchun unga alohida sharoit-muhit zarur: issiq ichimlik bilan koʻrpa-adyolga oʻranib, karavotida soatlab oʻqishi mumkin.

3. Yalqov kitobxon 🦥🦥

Kitobni bir oʻtirishda oʻqib tugatishi amri mahol. Bitta kitobga oylab vaqt sarflaydi va yana bir necha oy keyingi kitobni tanlaydi.

4. Boyoʻgʻli kitobxon 🦉🦉

Dono kitobxon boʻlib, kuchli tahlil qobiliyatiga ega va kitobni diqqat bilan oʻqiydi. Unda tanqidiy fikrlar har doim mavjud. Kitob tanlashda juda talabchan.

5. Qurt kitobxon 🐛🐛

Ochkoʻz kitobxon boʻlib, qoʻliga tushgan kitobki, oʻqiyveradi. Kitob sotib olishdan sira toʻxtamaydi. Kitoblari bilan vaqt oʻtkazish uchun dunyodagi hamma narsadan voz kecha oladi.
🙈2
Har kun bir betdan bo'lsa ham doimiy kitob o'qishni yo'lga qo'yishimiz kerak. Kitob o'qish bilan biz ertaga bugundan yaxshiroq bo'la olamiz.

#Kitob

GiyosiddinYusuf
👍4🔥1🤓1
“A’mo“ kitobi
@qamarbooks
Birgalikda tinglaymiz 🎤

📃 Biz sizning kitobga muhabbat qoʻyishingizni niyat qildik! Bu yoʻlda astoydil harakat qilyapmiz.

Yoʻl-yoʻlakay "Aʼmo" kitobiga yozilgan ovozli tahlilni eshitib ketarsiz 😌

Agar ishlarni yakunlab, bir piyola choy ustida tinglasangiz, nur ustiga nur 😊

🥰 Ushbu audiodan keyin hatto izoh oʻqishga vaqt topa olmaydiganlar ham kitob mutolaasiga vaqt ajrata boshlashlariga ishonamiz!
👍3🔥1😇1
Forwarded from Adl
#Hadis

SADAQA YoMON O‘LIMNI QAYTARIShI.

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, Alloh azza va aalla bir sadaqa sababidan yetmishta yomon o‘limni qaytaradi”, - dedilar”.

Sharh: Demak, bandaning sadaqasi qabul bo‘lib qolsa, bu sadaqa tufayli unga kelayotgan yomon o‘limni daf bo‘lishi bor narsa ekan. Shuning uchun har bir banda yaxshilikni, sadaqa qilishni zinhor past sanamasligi, balki kichik bir amal bilan ham ulug‘ ajrlarga, darajalarga yetishish mumkinligini bilishi, tushunishi va shunga yarasha amal qilishi kerak ekan.

"Yaxshilik va silai rahm kitobidan".

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda
kuzatib boring.
https://t.me/Al_AddL
1👍1🥰1
BIR UMRLIK BAXT KAFOLATI

Bir kishi donishmanddan: "Farzandim xursand bo‘lishi uchun nima sovg‘a qilay?" deb so‘radi.
Donishmand: “Agar qand bersang, bola bir kun xursand bo‘ladi, ertasiga ta’mini unutadi. O‘yinchoq olib bersang, bir hafta quvonadi. Tulpor ot mingizsang, bir oydan keyin uni qirchang‘i qatorida ko‘radi. Sen farzandim xursand bo‘lsin desang. Xaltasiga 📚kitob solib qo‘y, shunday qilsang, u bir umrga baxtli bo‘ladi...” debdi.
"Farrosh bo‘lardim"

Bir kishi "Microsoft” kompaniyasiga farrosh bo‘lib ishlash uchun kelibdi. Kadrlar bo‘limida u bir nechta testlardan, suhbatdan o‘tibdi va unga deyishibdi:
— Tabriklaymiz, sizni ishga qabul qilamiz. Bizga o‘z e-mailingizni qoldiring, ish jadvali haqida ma’lum qilamiz.
— Kechirasiz, mening kompyuterim yo‘q,– debdi boyagi kishi, – elektron pochtam ham yo‘q.
— Afsuski, u holda sizni ishga qabul qilolmaymiz. "Microsoft”ning barcha xodimlari bilan e-mail orqali aloqa qilamiz va ishimizning asosiy qismi kompyuterlar bilan bog‘liq. Shuning uchun sizni ishga ololmaymiz.
Bechora kishi tashqariga yo‘l olibdi va kompyuter uchun qanday qilib pul topishni o‘ylay boshlabdi. Cho‘ntagida atigi 30 dollar puli bor ekan. Qarasa, nariroqda bir fermer bog‘idan terib kelgan olmalarini sotayotgan ekan. U 10 kilo olma sotib olibdi va gavjum ko‘chalardan biriga borib olma sota boshlabdi. Ikki soatda uning puli ikki barobar, olti soatdan keyin esa 10 barobarga ko‘payibdi. U "Microsoft”ga ishga kirmasdan ham yashash mumkinligini tushunibdi.
Bir qancha vaqtdan keyin erkak avtomobil sotib olibdi, avvaliga kichik do‘kon, keyinroq magazin ochibdi. Besh yildan keyin supermarketlar tarmog‘ini tashkil qilibdi. Shundan so‘ng u biznesini sug‘urta qildirmoqchi bo‘libdi, sug‘urta agenti esa undan elektron pochtasini qoldirishni so‘rabdi. Biznesmen xuddi bir necha yil oldingi singari unda e-mail ham, kompyuter ham yo‘qligini aytibdi.
– Qoyil! – debdi sug‘urta agenti, – kompyuteringiz yo‘q bo‘la turib shunday biznesga ega ekansiz! Agar komyuteringiz bo‘lganida kim bo‘lardingiz ekan?!
Biznesmen unga jilmayib javob qaytaribdi:
– U holda "Microsoft”da farrosh bo‘lardim.


@Al_AddL
😁42👍2🔥1🥰1
Yakka Sada kitobxonlari
Faqat qilgan gunohlaring uchun emas, balki bajarilmagan majburiyatlaring uchun ham tavba qil... Ibn Taymiyyah
Faqat qilgan gunohlaring uchun emas, balki bajarilmagan majburiyatlaring uchun ham tavba qil...


"Hech qachon iloji yo‘q demang! Imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q. Har bir qulf o‘z kaliti bilan yasaladi. Faqat xos kalitni topish uchun aql va qalbni birlashtirmoq lozim."

"Tafakkur xazinasi" kitobidan
👍6🔥2🥰1👏1🕊1
#Saboq

Men bolamni deyman, bolam bolasini deydi.

Inson o‘zi juda qiziq bir mavjudot. Pul, boylik, dunyo, mansab topish maqsadida yeladi, yuguradi. Farzandlarimga bir narsa tashlab ketay deydi, lekin farzand ota-ona qaytargan ishni qaytaraveradi, ya’ni bolasini haqida qo‘proq qayg‘uraveradi. Chunki biz shunday yaralganmiz.

Dunyo narkobaronlarining otasi hisoblangan Pablo Eskobar bir kuni oilasi bilan politsiya taqibidan qochadi va oila ko‘chada tunab qoladi. Bolalari sovuq qotmasin deb dunyoning eng ashaddiy jinoyatchisi gulxan yoqmoqchi bo‘ladi, lekin o‘tin topa olmagach 2 million dollarni ertalabgacha yoqib chiqadi. Vaholanki, u o‘sha kecha narkotik sotib o‘sha pulni topgan edi va aynan shu pullar tufayli politsiya changaliga tushishiga bir bahya qolgan edi.

Agar ota-onaningiz hayot bo‘lishsa, hoziroq ularni quchoqlab o‘pib qo‘ying, hollaridan xabar oling. Eng ashaddiy jinoyatchida bor bo‘lgan pullar sizda bo‘lmasligini mumkin, lekin unda bo‘lgan mehr sizda ortig‘i bilan bo‘lishi shart...
👍2🔥1🥰1🤝1