Yakka Sada kitobxonlari
71 subscribers
253 photos
50 videos
21 files
44 links
Kitobni satrlarni o‘qir ekansan ham tabassum qilasan, ham yig‘laysan.  Kitob o‘qing,
insoniylik tuyg‘usini his qiling...
«Kitob yoqishdan ham og‘irroq jinoyat bor, masalan, uni o‘qimaslik»;anonim yozish kanalni adminga https://sprosi.link/al_addl
Download Telegram
Amakim ustoz Abdulhamid Muhammad Tursun hikoya qiladilar: "Bobomiz mulla Tursunboy (mening opoqdadamning dadalari, familiyamiz shu kishiga nisbat berilgan. 104 ga kirib vafot etganlar- Mubashshir Ahmad) hunarmand kosib bo‘lish bilan birga, sobiq ittifoq davrida uylarida yosh bolalarga Qur’ondan ta’lim berganlar. O‘tgan asrning yetmishinchi yillari uydagi qiroatxona fosh etilib, Tursunboy opoqdadani Ichki ishlar bo‘limiga olib ketishadi. U kishini tergov qilgan nachalnik: "Boboy, bolalarga nima o‘rgatasiz?" deya so‘raydi. U kishi: "Ularga o‘g‘irlik qilma, aroq ichma, zino qilma, poraxo‘r bo‘lma, harom yema, odobli bo‘l, boshqalarga yaxshilik qil!" deb o‘rgataman", deydilar.

Shunda nachalnik indamay yonidagi qo‘ng‘iroqni bosadi va kirgan yordamchiga: "Boboyni tez uylariga olib borib qo‘y", deb tergovni tezda tugatadi".

"Shunday qatag‘on davrlarda ham mas’ullar bunday umuminsoniy sifatlarni qadrlagan"deya so‘zlarini tugatdilar amakim.

Mubashshir Ahmad
👍2🔥1👏1
Ayol kishi olayotgan molini narxini tushirish, arzonlashtirish maqsadida sotuvchi erkak bilan hazillashishi, so‘zlashishni ko‘paytirishi joiz emas. Chunki, uning hayosining bahosi olayotgan molining bahosidan ancha qimmatroqdir.

IkromSharif
👍31🔥1
NAMOZ – NUR!

“Namoz – nur”. Ya’ni, namozdan hosil bo‘lgan savob insonga nur bo‘ladi. Namozning nur ekani quyidagi holatlarda yaqqol ko‘rinadi:

– namoz o‘qigan bandaning yuzidan nur balqib turadi;
– namoz bandani ma’siyat va fahsh ishlardan saqlaydi;
– namozning savobi qiyomat kuni bandaga nur bo‘ladi;
– namoz qalbga nur bag‘ishlab, uni munavvar qiladi. Ochilmay qolgan haqiqatlar va botiniy hollar kashf qilinishida namozning o‘rni beqiyos;
– namoz banda qabrini yorituvchi nur bo‘ladi...
2👍1🔥1👏1
Oqil inson mol-dunyoning ko‘pligi bilan xursand bo‘lib ketmaydi. Uning kamligi bilan xafa bo‘lib ham ketmaydi. Balki uning asl mol-dunyosi aqlu zakovati va taqdim etgan solih amali bo‘ladi...
🔥2🥰1
#Iqtibos

Uylanmoqchi bo‘lsangiz yaxshi ayollarni axtarmang, balki yaxshi erkaklarni axtaring. Yaxshi erkaklarning uylarida yaxshi ayollar bo‘ladi. Bu so‘zning ma’nosini faqat ozchilikkina tushunadilar.

Qizlaringizni nazorat qiling, zero arslonlar qo‘riqlagan daraxtga maymunlar osilmaydilar.

Imom Sha’roviy
👍52🔥1💯1
Ish ko’pligi-yu, vaqt yo’qligidan nolimang. Vaqt ko’pligi-yu, ish yo’qligidan qo’rqing. Odamni abgor qiladigan narsa – bekorchilik.

O’tkir Hoshimov
👍2🔥1😁1💯1
Tungi suhbatlar.pdf
1.2 MB
Tungi shubatlar kitobi. (pdf)
-Ko'ngil ham sinadimi?
-Ha, sinadi)
-Qanday qilib?
-Uni Xoliqqa emas, Maxluqqa ishonganingda...)
👍3💯2🔥1🕊1
Insonlarni baxtli bo'lishidan to'sib turadigan ashaddiy omillardan biri orzularini va hayot tarzini o'zligiga emas, atrofdagilarga qarab belgilashidir...

"Ohing Allohga omonat" Kitobidan.
👍4🔥3🥰1
Siz qanday kitobxonsiz?

1. Asalari kitobxon 🐝🐝

Qattiq intizomli kitobxon. Mutolaa vaqtini qatʼiy belgilab oladi. Oʻqiganlari yuzasidan tartibli va tushunarli xulosalar qayd etadi. Doimo keyingi oʻqiydigan kitobining nomini biladi.

2. Pingvin kitobxon 🐧🐧

Mavsumiy kitobxon boʻlib, asosan qish faslida mutolaani koʻpaytiradi. Oʻqish uchun unga alohida sharoit-muhit zarur: issiq ichimlik bilan koʻrpa-adyolga oʻranib, karavotida soatlab oʻqishi mumkin.

3. Yalqov kitobxon 🦥🦥

Kitobni bir oʻtirishda oʻqib tugatishi amri mahol. Bitta kitobga oylab vaqt sarflaydi va yana bir necha oy keyingi kitobni tanlaydi.

4. Boyoʻgʻli kitobxon 🦉🦉

Dono kitobxon boʻlib, kuchli tahlil qobiliyatiga ega va kitobni diqqat bilan oʻqiydi. Unda tanqidiy fikrlar har doim mavjud. Kitob tanlashda juda talabchan.

5. Qurt kitobxon 🐛🐛

Ochkoʻz kitobxon boʻlib, qoʻliga tushgan kitobki, oʻqiyveradi. Kitob sotib olishdan sira toʻxtamaydi. Kitoblari bilan vaqt oʻtkazish uchun dunyodagi hamma narsadan voz kecha oladi.
🙈2
Har kun bir betdan bo'lsa ham doimiy kitob o'qishni yo'lga qo'yishimiz kerak. Kitob o'qish bilan biz ertaga bugundan yaxshiroq bo'la olamiz.

#Kitob

GiyosiddinYusuf
👍4🔥1🤓1
“A’mo“ kitobi
@qamarbooks
Birgalikda tinglaymiz 🎤

📃 Biz sizning kitobga muhabbat qoʻyishingizni niyat qildik! Bu yoʻlda astoydil harakat qilyapmiz.

Yoʻl-yoʻlakay "Aʼmo" kitobiga yozilgan ovozli tahlilni eshitib ketarsiz 😌

Agar ishlarni yakunlab, bir piyola choy ustida tinglasangiz, nur ustiga nur 😊

🥰 Ushbu audiodan keyin hatto izoh oʻqishga vaqt topa olmaydiganlar ham kitob mutolaasiga vaqt ajrata boshlashlariga ishonamiz!
👍3🔥1😇1
Forwarded from Adl
#Hadis

SADAQA YoMON O‘LIMNI QAYTARIShI.

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, Alloh azza va aalla bir sadaqa sababidan yetmishta yomon o‘limni qaytaradi”, - dedilar”.

Sharh: Demak, bandaning sadaqasi qabul bo‘lib qolsa, bu sadaqa tufayli unga kelayotgan yomon o‘limni daf bo‘lishi bor narsa ekan. Shuning uchun har bir banda yaxshilikni, sadaqa qilishni zinhor past sanamasligi, balki kichik bir amal bilan ham ulug‘ ajrlarga, darajalarga yetishish mumkinligini bilishi, tushunishi va shunga yarasha amal qilishi kerak ekan.

"Yaxshilik va silai rahm kitobidan".

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda
kuzatib boring.
https://t.me/Al_AddL
1👍1🥰1
BIR UMRLIK BAXT KAFOLATI

Bir kishi donishmanddan: "Farzandim xursand bo‘lishi uchun nima sovg‘a qilay?" deb so‘radi.
Donishmand: “Agar qand bersang, bola bir kun xursand bo‘ladi, ertasiga ta’mini unutadi. O‘yinchoq olib bersang, bir hafta quvonadi. Tulpor ot mingizsang, bir oydan keyin uni qirchang‘i qatorida ko‘radi. Sen farzandim xursand bo‘lsin desang. Xaltasiga 📚kitob solib qo‘y, shunday qilsang, u bir umrga baxtli bo‘ladi...” debdi.