Yakka Sada kitobxonlari
71 subscribers
253 photos
50 videos
21 files
44 links
Kitobni satrlarni o‘qir ekansan ham tabassum qilasan, ham yig‘laysan.  Kitob o‘qing,
insoniylik tuyg‘usini his qiling...
«Kitob yoqishdan ham og‘irroq jinoyat bor, masalan, uni o‘qimaslik»;anonim yozish kanalni adminga https://sprosi.link/al_addl
Download Telegram
Bir solih kishi boynikiga ziyofatga chaqirildi, da’vatga ijobat etib, mehmonga bordi. Lekin yeguliklarga qo‘l cho‘zmay o‘tiraverdi. Hayron bo‘lgan mezbon nihoyat:
– Dasturxondagi barcha ne’matlar halol, shubhalanmay, bemalol yeb o‘tiring, – dedi.
Solih kishi javob berdi:
– Mening bir necha bolalarim bor. Ular uyda och o‘tirgani holda, mening bu yerda turfa taomlar yeyishim muruvvatdan bo‘lmas.
Bu gapdan so‘ng uning oilasiga darhol yeguliklar jo‘natildi. Shundan keyingina mehmon ovqatlana boshladi.
2👍1🔥1
Yakka Sada kitobxonlari
Ey qizim [@kitob_pdf_yuklabot].pdf
...Odamlar Xudoning qandayligini O'zidan kelgan kitobdan o'rganmasdan, o'z o'lchovlariga xos Xudo istashadi. "Shunday xudo bo'lsinki, mening ishlarimga aralashmasin" deyishadi. Lekin Tangriga buyurtma berilmaydi. Shunday ekan, Allohni o'z qamrovimizda tasavvur qilmaylik. Yer milliard yillardan beri tegirmon toshidek bir tomondan ustiga odamni chiqaradi - da, keyin yana ostiga oladi. Bu charxpalakka o'xshagan dunyoga insonlarning kelib-ketishi davom etadi. Shu milliardlab insonlar nega yana yer yuziga chiqadi deysiz? Allohning qudrati yangi dunyolar yaratishga yetmaydimi? Aslida, bularni aytishning ham hojati yo'q. Alloh o'z holiga tashlab qo'ygan joy cho'kadi, chiriydi, yo'q bo'ladi. O'zingiz ham buni bilasiz. Dinni davlatdan uzib qo'yish Alloh dunyo ishlarini bilmaydi, deganday bo'ladi. Nima deb o'ylaysiz, shunchalik ham be'manilik bo'lishi mumkinmi?

"Ey qizim" 📚 har bir qiz-u ayol o‘qishi shart bo‘lgan kitob!
👍2🔥1
Bu fotosurat haddan ziyod shaxsiy erkinlikning yomon tomoni va suiiste’mol qilinishiga juda yaxshi namunadir.

Suratda bir bo‘lak pirog olgan odam o‘zining ulushini oldi.
Ha, to‘g‘ri, balki u o‘ziga tegishlisini olgandir, ortig‘ini olmagandir, lekin o‘z ulushini olish chog‘ida boshqalarning o‘z ulushini olishini qiyinlashtirdi.
Bu hatto adolatsizlikka ham yo‘l ochmoqda.

Agar biz o‘z erkinligimizdan foydalangan holda boshqalarga zarar yetkazayotgan bo‘lsak va adolatsizlikka sabab bo‘lsak, bu shaxsiy erkinlikni suiiste’mol qilishdir.

“Adolat arifmetik emas, geometrikdir”. Platon.

#izox
"Jamiyatda yashayotgan har bir kishi ózini avvalo, Inson ólaroq his qilsa, manfaatlari har jihatdan himoya etilsa, tug'ilish musibat emas, saodat bólsa, Hayot tirikchilik qilishdangina iborat bólmay, bir ne'matga aylansa, nihoyat ikki tomondan ósha ruhiy muvozanat - kóngil xotirjamligi bólsa! "

Ulug'bek Hamdam
"Muvozanat" kitobidan
👍1🥰1💯1
Оrzu qilsangiz–intiling, intilsangiz erishasiz. Har bir qadam sizni maqsadingizga yaqinlashtiradi, faqat ishonch va mehnatdan voz kechmang!
🔥2👍1🎉1
#Tafakkur

Bolalardan o‘rganishimiz kerak bo‘lgan sifatlarning eng bebahosi – beg‘uborlik.
2
#kitobdan
Salom, do'stim, siz bilan yana diydorlashish naqadar
ajoyib...
Ikkalamiz ham ulkan bir daraxtning turli shoxlañdan ko ‘k ka bo y cho ‘zgan yaproqlarmiz. Yo ‘llarimiz qanchalar farqli,
safarimiz qanchalar turfa bo ‘Isa-da, maqsadimiz bir, manzilimiz
bir... Ikkalamiz ham bitta Yer va bir osmon oras ida bir chimdim
baxt uchun, birozgina tabassum uchun, huzur-halovat bilan olin gan bir chimdim nafas uchun yashayapmiz... Ushbu hayotdagi
barcha shoshqaloqliklarimiz ham, shoshqaloqligimiz tufayli qar shimizdan chiqqan mag ‘lubiyatlarimiz ham, xatolarimiz va xato larimizdan oigan barcha tajribalarimiz, saboqlarimiz ham —
barchasi go'zal bir hayot kechirish va bu hayotni sevgi bilan
yashay olish uchundir...

"Menga baxtni ko'rsat" kitobidan
👍2
Amakim ustoz Abdulhamid Muhammad Tursun hikoya qiladilar: "Bobomiz mulla Tursunboy (mening opoqdadamning dadalari, familiyamiz shu kishiga nisbat berilgan. 104 ga kirib vafot etganlar- Mubashshir Ahmad) hunarmand kosib bo‘lish bilan birga, sobiq ittifoq davrida uylarida yosh bolalarga Qur’ondan ta’lim berganlar. O‘tgan asrning yetmishinchi yillari uydagi qiroatxona fosh etilib, Tursunboy opoqdadani Ichki ishlar bo‘limiga olib ketishadi. U kishini tergov qilgan nachalnik: "Boboy, bolalarga nima o‘rgatasiz?" deya so‘raydi. U kishi: "Ularga o‘g‘irlik qilma, aroq ichma, zino qilma, poraxo‘r bo‘lma, harom yema, odobli bo‘l, boshqalarga yaxshilik qil!" deb o‘rgataman", deydilar.

Shunda nachalnik indamay yonidagi qo‘ng‘iroqni bosadi va kirgan yordamchiga: "Boboyni tez uylariga olib borib qo‘y", deb tergovni tezda tugatadi".

"Shunday qatag‘on davrlarda ham mas’ullar bunday umuminsoniy sifatlarni qadrlagan"deya so‘zlarini tugatdilar amakim.

Mubashshir Ahmad
👍2🔥1👏1
Ayol kishi olayotgan molini narxini tushirish, arzonlashtirish maqsadida sotuvchi erkak bilan hazillashishi, so‘zlashishni ko‘paytirishi joiz emas. Chunki, uning hayosining bahosi olayotgan molining bahosidan ancha qimmatroqdir.

IkromSharif
👍31🔥1
NAMOZ – NUR!

“Namoz – nur”. Ya’ni, namozdan hosil bo‘lgan savob insonga nur bo‘ladi. Namozning nur ekani quyidagi holatlarda yaqqol ko‘rinadi:

– namoz o‘qigan bandaning yuzidan nur balqib turadi;
– namoz bandani ma’siyat va fahsh ishlardan saqlaydi;
– namozning savobi qiyomat kuni bandaga nur bo‘ladi;
– namoz qalbga nur bag‘ishlab, uni munavvar qiladi. Ochilmay qolgan haqiqatlar va botiniy hollar kashf qilinishida namozning o‘rni beqiyos;
– namoz banda qabrini yorituvchi nur bo‘ladi...
2👍1🔥1👏1
Oqil inson mol-dunyoning ko‘pligi bilan xursand bo‘lib ketmaydi. Uning kamligi bilan xafa bo‘lib ham ketmaydi. Balki uning asl mol-dunyosi aqlu zakovati va taqdim etgan solih amali bo‘ladi...
🔥2🥰1
#Iqtibos

Uylanmoqchi bo‘lsangiz yaxshi ayollarni axtarmang, balki yaxshi erkaklarni axtaring. Yaxshi erkaklarning uylarida yaxshi ayollar bo‘ladi. Bu so‘zning ma’nosini faqat ozchilikkina tushunadilar.

Qizlaringizni nazorat qiling, zero arslonlar qo‘riqlagan daraxtga maymunlar osilmaydilar.

Imom Sha’roviy
👍52🔥1💯1