Yakka Sada kitobxonlari
71 subscribers
253 photos
50 videos
21 files
44 links
Kitobni satrlarni o‘qir ekansan ham tabassum qilasan, ham yig‘laysan.  Kitob o‘qing,
insoniylik tuyg‘usini his qiling...
«Kitob yoqishdan ham og‘irroq jinoyat bor, masalan, uni o‘qimaslik»;anonim yozish kanalni adminga https://sprosi.link/al_addl
Download Telegram
Yakka Sada kitobxonlari
#iqtibos Ishdan juda charchab kelgan boʻlsangiz ham, oʻqisangiz-oʻqimasangiz ham, kamida bir soatga yaqin vaqt davomida diqqat bilan berilib kitob oʻqib oʻtirganingizni yosh bolangiz koʻrishi shart. Ayniqsa erkak kishining kitob oʻqishi farzandlarga koʻproq…
«Yaxshi otalar kitobi»

Erkak kishi oilani iqtisodiy taʼminlashi kerak. Bu uning majburiyati. Buni hech kim inkor qilmaydi. Erkak kishi ikki dunyoda ham qoʻl ostidagilariga masʼul. Buni ham hech kim inkor qilmaydi. Bulardan birini oʻylab birini oʻylamaslik gʻildiraksiz aravada yurish demakdir.

Erkak ikki dunyoda ham qoʻl ostidagilarini omon saqlab qolish uchun yetarlicha salohiyatga ega boʻlishi kerak. Bilmaganini oʻrganishi kerak. Chunki u ortidan odamlar ergashib borayotgan yoʻlboshchi!

Otalar yoʻlda, ishda, yegʻilishlarda, xullas, band kun tartibida boʻlishadi. Mana shu yumushlar orasida kitob, audiokitob yoki mutaxassis, olim insonlarning suhbatlari orqali boʻlsa ham oila hamda farzand tarbiyasiga doir bilmlarini oshirib borishlari zarur. Moddiy taʼminotni maʼnaviy taminot bilan birgalikda olib borish maqsadga muvofiq boʻladi.

«Yaxshi otalar» kitobi otalarni farzand tarbiyasidagi oʻrinlaridan xabardor qiladi, eslatadi. Kitob ayni otalar uchun qulay shakilda yozilgan mavzular katta emas. Har xil uslublar bilan toʻldirilmagan. Qisqa, lekin ibratli, hayotiy hikoyalar berilgan. Oila va farzandlar uchun ozgina himmat qilinsa yaxshi maʼlumotlar olsa boʻladi.

Ilova: «CsGo» va «1.6»lardan ozgina tiyilib, oz-ozdan mutola qilinsa yaxshi foydalar olsa boʻladi.

#kitobdan
👍1🔥1🥰1
#hayirli_kun#Latoif

Masjid imomi namozxonlarni kayfiyatini ko'tarish uchun debdi:
— Hayotimdagi eng go'zal lahzalar xotinimdan boshqa
bir ayol bilan o'tkazgan lahzalarimdir!
Masjiddagilar g'ala-g'ovur ko'tarishdi. Imomning gapidan dahshatga tushishdi.
Imom davom etdi:
— Ha, eng go'zal lahzalarim onajonim bilan o'tkazgan lahzalarim ekan!
Namozxonlar bu safar takbir
va olqishlar aytishdi. Ba'zi kishilarning hatto ko'zlari ham yoshlandi.

So'ngra namozxonlardan biri uyiga borib oshxonada kechgi ovqat tayyorlayotgan xotiniga imomning gapiga o'xshash gapni aytib uni xursand qilmoqchi bo'ldi. Ammo gapning avvalgi qismini aytib toki ikkinchi qismini aytgunicha xotini uning boshiga kapkir bilan urdi. Erning bosh suyagini amaliyoti olti soat davom etdi.
Ahmoq xotin bechora eriga "onam bilan" degan gapini aytishga fursat ham bermadi.

Gapni qayerda va kimga gapirish juda ham muhim ekandaa, aaa shunaqami?!

•Abdulqodir Samarqandiy
😁3🔥1🥰1
#Hikoya

25000$ DOLLARLIK SIR...

Er-xotin birga 60 yil umr kechirishdi. Ular orasida bir-biridan berkitadigan hech qanday sir yo‘q edi. Faqatgina kampirda bitta sir bor ekanligini hisobga olmaganda... Kampirni o‘z javonining yuqorisida - choli hech qachon e’tibor qaratmagan bir poyafzal qutisi turar edi. Endilikda kampir o‘zini juda ham qarib qolganini o‘ylab, yerga sekingina cho‘kkalab o‘tirib, choliga o‘zining sirini aytishlikka qaror qildi, hamda javon ustida turgan qutichani olib kelishini so‘radi...
Chol qutini keltirib, ichini ochdi. Quti ichida chiroyli qilib tikilgan ikki dona qo‘g‘irchoq va bir dasta pul - 25000$ dollarni ko‘rdi
- Bu nima? – hayron bo‘lib so‘radi chol
- Shu desangiz, bizning to‘yimiz bo‘lishidan ilgari suyukli buvim, menga, baxtli yashash siri nimada ekanligini aytdilar. Ular menga:
- “Agar sen umr yo‘ldoshingdan xafa bo‘lib ranjisang, hech qachon bahslashmagin-da, har safar bir dona qo‘g‘irchoq tikgin” – degan edilar.
Cholning ko‘zi yoshlandi, sababi quti ichida faqat ikkitagina qo‘g‘irchoq bor edi-da!
So‘ng kampiridan yana so‘radi:
- Unda aytchi, bu qanday pullar? Axir bular, xo‘jaligimizga ishlatgan pullardan tejab, saqlab qo‘yganlaring emasdir?
- Men bu pullarni qo‘g‘irchoqlarni sotib, yig‘ganman...

#Sabr oila rishtasing asosi ekan🤓
🔥1🤓1
#Tafakkur

ISHONCH

   Atir solingan shishacham tushib ketib sinib maydalanib ketdi. Ko‘p xafa bo‘ldim. Ammo singan xonadan atir hidi ancha vaqt ketmay turdi. Muattar hiddan ko‘p muddat bahramand bo‘ldik. Bu atir shishadalik vaqtida xonani muattar qilmas edi. Bildimki, u xonani muattar qilishi uchun shisha sinishi lozim ekan.
   Goho qalbing yoki ichingdagi bir narsa sinadi. Ishon, uning singaniga sabab, ichidagi go‘zallik tashqariga chiqishi uchundir. Bu bilan hayotingda yangi tajribaga ega bo‘lasan. Aqling ziyoda bo‘ladi , fikrlashing o‘zgaradi.
Demak, qalbing sinsa, yoki sindirilsa xafa bo‘lma. Alloh seni yanada afzalroq bo‘lishingni iroda qilayapdi.
   "Ehtimol siz yomon ko‘rgan narsada Alloh ko‘p yaxshiliklar qilar".

Abdulqodir Polvonov
👍1🔥1🥰1
ADOLAT

Xalifa Umar ibn Abdulaziz rahimahulloh qo‘l ostidagi voliylaridan Abdulhamid degan kishiga quyidagi maktubni yozgan ekan:

"Menga maktubingda ishboshilardan bir nechtasi ayrim baytulmolga qarashli mollarni o‘zlashtirib olganini aytib, ularga qo‘lingni cho‘zishga (qiynoqqa olishga) ruxsat so‘rabsan. Taajjub, xuddi men senga qalqondek insonlarni azoblashda mendan foydalanmoqchi bo‘libsan, go‘yo mening bunga rozi bo‘lishim seni Ollohning g‘azabidan qutqarib qoladigandek..
Ushbu maktubim yetib borishi bilan, qara: ulardan kim o‘z aybiga iqror bo‘lsa, aybiga yarasha jazo ber, kim inkor etsa, qasam ichdir, so‘ngra qo‘yib yubor. Qasamki, qilgan xiyonatlari bilan Ollohga ro‘para bo‘lishlari ularning qonlari bo‘ynimda bo‘lib Ollohga ro‘baro‘ bo‘lishimdan ko‘ra xayrliroqdir".

Hilyatul avliyo, 5/275.

Shayx Sayfulloh Nosir hafizahulloh
👍1🔥1🥰1
Farzandingiz siz bilan gaplashishni, muammolarini bo‘lishishni istasa, hamma ishni to‘xtating va uni tinglang. Bundan ko'ra muhimroq narsa yo‘q!

#tarbiya
👍1🔥1🥰1
Yakka Sada kitobxonlari
Farzandingiz siz bilan gaplashishni, muammolarini bo‘lishishni istasa, hamma ishni to‘xtating va uni tinglang. Bundan ko'ra muhimroq narsa yo‘q! #tarbiya
OTA DOIMO BAND BO‘LSA

Bu yerda gap otaning bolaga qancha vaqt ajratishida emas, balki oz bo‘lsa ham soz vaqt ajratishida. Ajratilgan vaqtning sifatida. Eng band ota ham bolasining betidan o‘pib qo‘yishga, u bilan 5 daqiqa bo‘lsa-da o‘ynashga yoki gaplashishga vaqt topa oladi. Qolaversa, dam olish kunlaridan, ta’til vaqtidan unumli foydalansa bo‘ladi.
Asosiysi bularga otada xohish bo‘lishi. Bola otasi uni yaxshi ko‘rishini, u otasi uchun muhimligini, otasi doim uni qo‘llab-quvvatlashini bilishi kerak.
👍1🔥1
«Begona tajriba”: chiqindi yig‘uvchilar kutubxona ochishdi
25.02.2018

Turkiya poytaxtida 5000 ta kitob jamg‘armasiga ega yangi kutubxona ochildi. Yigirma yil avval yopilib ketgan g‘isht zavodi hududidagi bu kutubxona boshqa kutubxonalardan aytarli farq qilmaydi. Xo‘sh, shunga nima bo‘pti, oddiy bir kutubxonada, desangiz adashasiz. Gap shundaki, kutubxona o‘quvchilari asosan chiqindi yig‘uvchilar. Aynan ularning kitobga mehri tufayli bu kutubxona tashkil topdi, ko‘plab kitoblar saqlab qolindi.

«Resheto.net» nashri xabariga ko‘ra, Anqara janubida Chankaya mavzesi bor. Bu yerda poytaxt ramzi hisoblangan balandligi 125 metrli Atakule teleminorasi, ko‘plab ishbilarmonlik va savdo ofislari joylashgan. Ana shu idoralar vaqti-vaqti bilan «keraksiz” juda ko‘p qog‘oz, jumladan, gazeta-jurnallar va kitoblarni tashlab yuboradi. Shahar ma’muriyati esa oqilona qarorga keldi: qayta ishlashga yuboray desa hali kitoblar yangi va bus-butun, undan ko‘ra kutubxona tashkil qilgan ma’qulmasmi?!

Besh mingga yaqin kitobni yig‘ish uchun bir yil ham ketmadi: «Garri Potter”, Charlz Dikkens va «Nobel” mukofoti sovrindori O‘rxon Pamukning romanlari... Xullas, har bir «qutqarilgan” kitobga javonda joy topildi. Yana bir yarim mingta kitob hozircha omborda saqlanyapti. Kitoblarni janrlari bo‘yicha 17 toifaga ajratishdi: badiiy adabiyotdan tortib publitsistikagacha. Kutubxonaga kiraverishda «mutolaa saloni” degan yozuvni ilib qo‘yishgan, ichkarida esa mumtoz musiqaning yengil sadosi quloqqa chalinadi.


Foto: «Resheto.net»
Erta tongdan to soat 17:30 gacha bu kutubxonadan barcha bepul foydalanishi mumkin. Chiqindilarni olib ketuvchi tashkilotning 700 nafar xodimi uchun esa kutubxona eshiklari kechayu kunduz ochiq. Yaqin atrofdagi maktablar o‘quvchilari va aholi ham kutubxonaga o‘rganib qolishdi. Kitoblarni joyida o‘qishdan tashqari, uyga ikki haftagacha olib ketishga ruxsat beriladi.

Hozir bu kutubxonani butun Turkiya biladi. Himmatpeshalar sharofati bilan kitoblar soni ko‘paygandan-ko‘paymoqda. «Chiqindi” kutubxona tashkilotchilari hozircha uning binosini kengaytirish borasida bir fikrga kelganlari yo‘q, ammo ko‘chma kutubxonalar tashkil etishmoqchi. Bu kututbxonalar har ikki haftada Anqaraning o‘z kutubxonalari yo‘q maktablari bo‘ylab ko‘chib yuradi.
👍1🔥1
Farzandingizga doimo aytib turishingiz kerak bo‘lgan 9 ta gaplar

1. Sen kuchlisan, yengilma!
2. Men doim sen bilanman.
3. Hammasini uddalaysan!
4. Men senga ishonaman.
5. Men sen bilan faxrlanaman.
6. Menga yordam berayotganing uchun raxmat.
7. Men seni yaxshi ko‘raman.
8. Kuning qanday o‘tdi?
9. Bunday vaziyatda sen qanday yo‘l tutgan bo‘lar eding?

Mehr va e’tiboringizni ayamang. Ko‘proq bag‘ringizga bosib quchoqlab turing, erkalang, u bolaligini his qilsin.

Bolani urmang! Bolaga nima yaxshi-yu nima yomonligini tushuntirishdan erinmang.
👍1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

Aslıda hech narsa xaddan ortıq qayğurıshımızga arzımaydı. Shunchakı hayotnı borıcha qabul qılıb bor kunlarnı yashab qolıshımız kerak.

Bız hayoldagı baxtnı kutıb unı ızlab, aslıda hayotdagı asl baxtlarımıznı anglamayotgan bölıshımız mumkın.

Shunchakı hayotnı borıcha qabul qılıng sevıng, dardlarını xam baxtlarını xam...😊

Assalamu alaykum qadrdonlar.
Yangı kun muborak!t.me/Al_AddL
🔥1
Esingdami sen tug'ilgan on,
Hamma shodon edi, sen esa giryon.
Shunday yashaginki, ketar chog'ingda,
Hamma giryon qolsin, sen ketgin shodon.

Sa'diy Sheroziy
🔥1👏1
Duch kelgan har qanday mashaqqat va muammoingizni go'yo siz tomon kelayotgan bulutlar deb tassovur qiling "Avval boshda chaqmoq chaqadi, momoqaldiroq bo'ladi. Lekin ohiri Allohning izni ila mayin yomg'ir bilan tugaydi" deb biling.

Doktor Oiz Qarniyning "Yechim" kitobidan
1🥰1