Yakka Sada kitobxonlari
71 subscribers
253 photos
50 videos
21 files
44 links
Kitobni satrlarni o‘qir ekansan ham tabassum qilasan, ham yig‘laysan.  Kitob o‘qing,
insoniylik tuyg‘usini his qiling...
«Kitob yoqishdan ham og‘irroq jinoyat bor, masalan, uni o‘qimaslik»;anonim yozish kanalni adminga https://sprosi.link/al_addl
Download Telegram
Bismillahir Rohmanir Rohim!
Asalomu aleykum!

Azizlar sizlarga kitobxonlik yoqsa kanalga qushining..,

Siz o'zingizni shaxsiy bilimingizni rivojlantinishingizga xissamizni qushsak bundan mamnun bolamiz..!
Mening ilk azonim.pdf
21.2 MB
Mening ilk azonim kitobi

Shakli: pdf
Beti: 17 bet
Hajmi: 21.2 mb

Bu qo’llanma Ummu Umar tarafidan ishlab chiqildi.

💬@Al_AddL— jajji musulmonlar uchun islomiy kitoblar
Bobo nabirasining qulog’iga bir nimalar deb pichirladi. Nabirasi bo’lsa bobosi aytgan so’zlarni o’zicha takrorlardi. Diqqat qilsam, bobo nabirasiga “Alhamdu lillahi”…. deyotgan ekan. Bola kalimani ishtiyoq bilan qaytardi….. Buni eshitib, beixtiyor o’zim ham Alhamdulillah deb yuboribman. Qaniydi yer yuzidagi har uchta odamning ikkitasi xuddi mana shunday bola tarbiyasi bilan shug’ullansa juda ko’p muommolar o’z-o’zidan hal bo’lib ketardi-a?

Erkin Malik “Sajdada orom bor” kitobdan

  @Al_AddL
#ERKAK

“Erkak kishiga faqat cho‘ntagini bo‘shligi ayb bo‘lishi mumkin xolos” degan jumla qanchalar pastkashlikning cho‘qqisini ifodalaydi. Aslida kishini tarbiyasi kamligi, dini kamligi, aqli kamligi, erkaklik hamiyati va g‘ururi kamligi uchun ayblanadi. Mol-dunyo hech qachon seni haqiqiy erkak sifatida namoyon eta olmaydi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
​Kitob oʻqish menga vaqtni oʻldirish vositasi edi. Oxiri borib u vaqtni tiriltira boshladi.

©️Mustafo Mahmud
Shahvat, hirs va ...bozlik haqida
t.me/audio_kitobxona
🔊 Shahvat, hirs va ...bozlik haqida
🎙 Abdukarim Mirzayev

🎧@audio_kitobxona
Jamiyatdagi ijtimoiy zulmlarning eng kattasi bir  oila o'zining nopok o'g'li uchun soliha qiz qidirishidir!

Muhammad Rotib Nobulsiy

@Al_AddL
😢1
Erkak betadbir, bemulohaza bo’lgan honadonda ayol tadbirli, oqila bo’lsa oila baxtiyor va mustahkam bo’lishiga ko’p hollarda duch kelganmiz. Ammo ayol batadbir, tarbiyasiz va shallaqi bo’lgan oilaning holiga voy.

Said Chamlija “Farzand tarbiyasida o’ttiz uch xato” kitobidan

@Al_AddL
👍1
Salom mehrimizni_20240327_201430_0000.pdf
5.6 MB
Salom mehrimizni orttiradi kitobi

Shakli: pdf
Beti: 16 bet
Hajmi: 5.6 mb

Bu qo’llanma Ummu Umar tarafidan ishlab chiqildi.

💬@Al_AddL— jajji musulmonlar uchun islomiy kitoblar
#Tafakkur

Eng qiyin ziddiyatlardan biri: jamiyat Gʻarb kabi yashab o‘tib, sahobalar kabi o‘lishni xohlaydi.

@Al_AddL
​​Oilaviy xabarlar doskasi

Oila a’zolarining bir-birlariga bo‘lgan munosabatlari, muomalalari juda go‘zal bo‘lmog‘i, ayniqsa, kattalar kichiklarga o‘rnak bo‘lishi lozim. Mana shundagina oila qo‘rg‘oni mustahkam bo‘ladi.
Shuningdek, oila a’zolari o’zaro har bir holatlaridan xabardor bo‘lishlari, masalan, ishxonadagi yoki ta’lim olish jarayonidagi o‘zgarishlardan, moddiy va ma’naviy ahvollaridan, hatto ichki kechinmalaridan ham boxabar bo‘lib turishlari kerak.
Shuning uchun ham men farzandlarimga oilada bir-birlari bilan o‘zaro mustahkam aloqada bo‘lishlari hamda har bir holatlaridan xabardor bo‘lib turishlari zaruratini o‘rgatmoqchi bo‘lib
...
davomini o'qish √; "Farzand tarbiyasidan 700 saboq" kitobida topasizlar...!
#Muslimalarga tafsiya.

  " Tanishishni unutibmiz "
                                   " Sema Marashli "


Yulduzlarni supurasan o'zing bilmagan xolda.
Quyosh quchog'ingda , xabaring yo'q.
Mitti bola ko'zlaringga tikilmoq istaydi,
sen esa ters o'girilib olgansan.
O'pkangda mashoqqlar yig'ilganu navolarni eshitmaysan.
Ulkan g'avg'odir bu xayot , tushunmaysan.
Uchadiyu ketadi , ortidan yugursangda , ushlay olmaysan.
                                Shekspir.

Yuqorida Shekspir aytganidek yonimizdagi yulduzlarimizni o'zimiz yo'q qilamiz , quyoshdek nur bo'lgan insonlarni payqamaymiz  do'stimizni eng yaqinimizni ham bilmaymiz ba'zida.Buni anglab yetishimiz uchun bir o'limdan qolish yoki eng og'ir kunimiz bo'lishi kerakmi. Hayotda arzimagan tortishuvlar anglamaganimiz uchun ajrimlarga  sabab bo'lmoqda bugun.
Nega ajrimlar ko'p ?  Balki ular ham tanishishni unutib oila qurgandur.
Bugun bizni jamiyatda qaysi Ona qiziga sirdosh yoki dugona bo'lmoqda uni hislari ruhiyati bilan qiziqmoqda.....,


Davomi√
Yakka Sada kitobxonlari
#Muslimalarga tafsiya.   " Tanishishni unutibmiz "                                    " Sema Marashli " Yulduzlarni supurasan o'zing bilmagan xolda. Quyosh quchog'ingda , xabaring yo'q. Mitti bola ko'zlaringga tikilmoq istaydi, sen esa ters o'girilib olgansan.…
Qiz bola balog'atga yetdimi u oilaga tayyor degani emas nega onalar qizlariga qo'sha - qo'sha sarpolar qiladiyu lekin oila qanday bo'lishi turmush barchasini o'rgatishmaydi buni ham javobi bor o'rganib  ko'nikib ketadi.Savollar ko'p
Kitobdan ko'p narsani olish mumkin.Bu har kimni dunyoqarishiga fikrlash doirasiga bog'liq.
Har bir inson o'zini dunyosida yashaydi kun kelib kimdir bu dunyoning yarmisiga aylanishi mumkin.Tanlov qilyotganingizda sizni fikrlaringiz qarashlariz bilan qiziqadigan Ishqi faqat yonib o'chadigan emas abadiy porlab turuvchi insonni tanlang.Zero Tanishishni unutmang bu kitob  Hayot yo'llarizda ko'p narsani o'rgata oladigan bir vosita bo'la oladi deb o'ylayman.
Atrofdagi insonlarning gap so'zlariga emas qalbingizga quloq soling.Unutmang siz odamlar uchun yashamaysiz .Shunchaki o'zingiz uchun yashang.

#Kitobdan parchalar.

O'lim Allohning amridir.Kelsa , na bir soniya oldin va na bir soniya keyin sodir bo'ladi.

Atirgulingni bunchalik ahamiyatli qilgan narsa usha atirgul uchun sen sarflagan vaqtingdir.
             
Jahl , hafagarchilik yoki g'amga tutinmang.Quvvatingizni o'g'irlaydi va sizni sevishdan voz kechishga majbur qiladi.

O'tmishning ko'ngilsizliklari ham eski ovqatga o'xshaydi.Bir marta isitasan , yeyish mumkin , ammo ikkinchi marta isitsang , yeb bo'lmaydi.Ta'mi buziladi.

Singan yurakni qayta tiklab bo'lmaydi , degan fikr notug'ri.
Aslida eng ko'p sinadigan va doim tuzatish mumkin bo'lgan narsaning nomi yurakdir. Chunki uning joni bor.

Sevgilingizni faqatgina qalbingiz emas , miyangiz va vijdoningiz xam sevishi kerak.

Qancha kalla bo'lsa shuncha fikr bor.
Qancha yurak bo'lsa shuncha sevgi bor.
                                                 Tolstoy

Sevgi emas do'stlikning kamligi oioani baxtsiz qiladi.

Jannat sevishni bilganlarniki.
                                    Sadiy Sheroziy.

                            
#Kitobdan
#Uchdan_keyin_kech

“Farzand uchun eng yaxshi tarbiya – bu onaning mehridir. Ota-onalarning eng asosiy mashg‘uloti – farzandlarni tarbiyalash. Agar ular bunga rozi bo‘lmasalar, unda nima uchun farzandli bo‘lishdi?”
Agar bolangiz baqirmaydigan bola bo'lishi xohlasangiz!

• U o'z muammolarini osongina aytib bera oladigan darajada sirdoshi bo'ling;
• Ishonchli joydaligini his qildiradigan xavfsiz boshpana bo'ling;
• "Kel bolam, yomg'irda yuramiz va birga namlanamiz" deydigan do'sti bo'ling;
• "Bu senga zarar beradi, biz chegaralarni belgilashimiz kerak" deydigan ona-onasi bo'ling;
• "Bu bizning chodirimiz, kel, lager quraylik", deb yopinchiqning tagiga kirib oladigan darajada xayolparast bo'ling;
• "Kelinglar, bolalar, mening ustimga chiqinglar, odam minorasini quraylik deb ularni qiziqtira oladigan ona bo'ling;
• "Ehhe buncha uy vazifang ko'p, juda charchagan bo'lsang kerak" deya olish uchun yetarlicha tushuna oling;
• "Bolam, sen bu ishni qila olasan" deb, uni qo'llab-quvvatlang;
• U sizning yelkangizga bosh qo'yib, yig'lay oladigan odami bo'ling;
• "Maktabda bo'lgan paytingda sen yaxshi ko'rgan shirinlikni pishirdim" deyish uchun yetarlicha g'amxo'r bo'ling;
Yakka Sada kitobxonlari
Agar bolangiz baqirmaydigan bola bo'lishi xohlasangiz! • U o'z muammolarini osongina aytib bera oladigan darajada sirdoshi bo'ling; • Ishonchli joydaligini his qildiradigan xavfsiz boshpana bo'ling; • "Kel bolam, yomg'irda yuramiz va birga namlanamiz" deydigan…
"Istirohat bog'igacha yugurish musobaqasiga tayyormisan?, Birinchi bo'lib yetib borgan g'alaba qozonadi" deya oladigan darajada baquvvat bo'ling;
• U yig'lasa, erkalansa, qaysar bo'lsa, sabr qiling;
• Uyqusiz tunlarga kasalliklarga, qo'lda olib yurishga chidash uchun keragicha chidamli bo'ling;
• Tizzasidagi yarani mehr bilan o'pa oladiganchalik rahmdil bo'ling;
• Farzandingizning borligidan xursand bo'ling;
• "Yaxshiyam borsan, bolam" degan minnatdorchilik tuyg'usiga to'la bo'ling;
Chunki bola sabr-toqat talab qiladigan "qiyinchilik" emas, qalbingizga shukronalik yomg'irini yog'diruvchi "ne'mat"dir.


Farzand tarbiyasiga oyid kitob oʻqishni tavsiyasi qilaman..!
Odamlar siz haqingizda o'zlari xohlagandek o'ylashlariga to'sqinlik qilmang. Balki bu ular uchun taskindir.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bizni yoshlikdan ishchi bo‘lishga tarbiyalashadi. Davlat ishi yaxshi, kasal bo‘lsang ham, oylik beradi, qariganda pensiyasi bor va hakazo cho‘pchaklar miyamizga singdiriladi.

Uzoq yillik qullik tuzumi ota-onalarimizning o‘y-xayollarini shunday izolyasiya qilib tashladi.

Biroq, siz bunaqa bo‘lmang! Farzandlaringizni imkon qadar mustaqil biznes qilishga o‘rgating!

Arzimagan pensiya uchun butun umr ishlab, yuksak orzulardan voz kechish telbalikdan boshqa narsa emas...
Forwarded from Elektron kitoblar
#Nazmiy

​​Kel, yashirib qo‘yayin seni
yurakning eng chuqur yeriga.
Keyin sen ham yashirgin meni
yurakning eng chuqur yeriga.

Topolmasin bizlarni birov!

Shavkat RAHMON

📚 @kitoblar_pdf
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kishi qizini turmushga bermoqchi bo‘lsa, undan izn so‘rasin”, dedilar.

Abu Ya’lo rivoyati.

Izoh: Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Juvon ayoldan maslahat so‘ramay turib nikohlanmas. Qiz boladan izn olinmay turib nikohlanmas», dedilar. «Ey Allohning Rasuli, izni qandoq bo‘lur?» deyishdi. «Sukut saqlamog‘i», dedilar».

Imom Buxoriy va Muslim rivoyati.


@Al_AddL