Yakka Sada kitobxonlari
71 subscribers
253 photos
50 videos
21 files
44 links
Kitobni satrlarni o‘qir ekansan ham tabassum qilasan, ham yig‘laysan.  Kitob o‘qing,
insoniylik tuyg‘usini his qiling...
«Kitob yoqishdan ham og‘irroq jinoyat bor, masalan, uni o‘qimaslik»;anonim yozish kanalni adminga https://sprosi.link/al_addl
Download Telegram
#Oila

YAXSHI JUFT

- Robbini rozi qiladi;
- erini xursand etadi;
- uyidan uzoqlashmaydi;
- besh vaqt namozini tark qilmaydi;
- oila sirlarini saqlaydi;
- ziynatini begonaga ko‘rsatmaydi;
- ovozini ko‘tarmaydi;
- jussani (figurasini) bildirib kiyinmaydi;
- erining oldida aziz;
- nafsining nazdida xor;
- bolasi uchun mehribon ona;
- uyi jannat bog‘chasi;
- agar erida yaxshilik ko‘rsa shukr qiladi;
- yomonlik ko‘rsa sabr etadi;
- agar eri uning oldiga kirsa tabassum bilan kutib olib, hursand bo‘ladi;
- agar eri uydan chiqsa mahzun bo‘lib, shavqati oshadi;
- agar eri unga g‘azab qilsa tashvish chekadi va o‘zini o‘nglaydi;
- agar eriga yuzlansa uni xursand qiladi;
- agar eri yo‘q bo‘lsa uning moli va obro‘sini himoya qiladi;
- agar erining aybini ko‘rsa berkitadi;
- agar undan uzr so‘rasa kechiradi.

©️ Mahbubiy
2
O'zinga hush kelding .pdf
26.4 MB
✍️ Mirach Chag’ri Oqtosh
📚"O'zingga xush kelding"
#hayotnoma

•Yasam hashamat
•Yasama hurmat.
•Yasama ko'rinish
•Yasama hamdardlik
Yasama hayrixohlik
•Yasama kulgu
•Hatto qayğusi ham yasama.
•Nimagadir bilmayman, atrofimiz yasamalarga to'lib ketdi.
•Ammo o'zing kabi bolish negadir, boshqalar naznida noan-anaviy dek...
🔥3
O‘g‘il farzand — ne’mat. Qiz farzand esa hasanot. Qiyomatda ne’matdan so‘ralinadi, hasanotga esa ajru savob beriladi...
🔥1
Ey oqila ayol!

Tabassum — qalbning yumshoqligi, ta’bning sog‘lomligidan darak beradi. Shuning uchun doim tabassum qiling. Eringiz bilan ko‘rishganda ham, xayrlashayotganda ham, izn so‘rayotganda ham tabassum qiling. Biron narsa so‘rasangiz ham, so‘ragan narsangiz berilganda tashakkur aytganda ham tabassum qiling, dasturxonga taom tortganda ham, umuman, har bir ishda tabassum qiling! Hatto uyqudan uyg‘onib, yuzingiz uning yuzida bo‘lgan onda ham tabassum qiling.

Aslida har qanday tabassum qilishning o‘zi sadaqadir. Endi shu tabassumni eringizga qisangiz, buning ajri nihoyatda katta bo‘ladi!

"Oila — saodat maskani"
💯2👍1
Oilaning baxti er yo xotinning husni bilan emas, balki xulqi, hikmati va o‘zaro tahammuli — bir-biring ba’zi kamchiliklariga chidash bilan bo‘ladi.
Yomon xulq, hikmatsizlik va sabrsizlik har qanday chiroyni yo‘qqa chiqaradi va har qancha muhabbatni nafratga aylantiradi.

«..Dindorini tanla, barakatopkur!”

Ustoz Ikrom Sharif
👍1🥰1
#kun_hikmati

Ota-onaning o‘z farzandiga «Sen mening g‘urur-iftixorimsan” deyishi farzand tarbiyasidagi eng munosib xatti-harakatdir.

Azizlar so'zi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
14-fevral.

1. Bugun— oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

2. Xalqaro kitob ulashish kuni.

Eslatma: 🤓
Bir ona televizorni yoqqan edi, onalarning salbiy tarbiya uslublari haqida jonli ko‘rsatuv bo‘lyapti ekan. Qarasa, ko‘rsatuv o‘g‘lining maktabidan uzatilyapti! Shu payt boshlovchi aynan uning o‘g‘liga savol berib qoldi. «Onangizning qaysi tarbiya usuli sizga yoqmaydi?” degan savolga o‘g‘il: «Onam meni uradi. Pul bermaydi”, deb javob berdi. O‘g‘lining yolg‘on gapidan ona muzlab qoldi… Chunki u o‘g‘lini hech qachon urmagan, doim pul so‘rasa, berib kelar edi. Ona bir amallab chidab, o‘g‘lining maktabdan qaytishini kutdi. O‘g‘li kelishi bilan «Seni qachon urdim? Qachon pul bermadim?” deb baqirdi. O‘g‘li esa bosiqlik bilan: «Baqirishingizni aytmaslik uchun shunday deya qoldim,
oyi”, dedi.
Haqiqatan ham, bu ona bolasiga ko‘p baqirar, bola esa onasining baqirishidan qo‘rqar, ammo ich-ichidan onasini yaxshi ko‘rar edi. Shuning uchun onamni himoya qilyapman, deb o‘ylab, shunday javob bergan edi.

Bu holatda baqirib gapirish insonga juda og‘ir botadi. Baqiradigan odamlar esa buni arzimas narsa deb biladi.

Kitobdan
#iqtibos

Ishdan juda charchab kelgan boʻlsangiz ham, oʻqisangiz-oʻqimasangiz ham, kamida bir soatga yaqin vaqt davomida diqqat bilan berilib kitob oʻqib oʻtirganingizni yosh bolangiz koʻrishi shart.

Ayniqsa erkak kishining kitob oʻqishi farzandlarga koʻproq, kuchliroq taʼsir qiladi!

Yaxshi otalar kitobidan.
👍3
Men va pul.pdf
2.2 MB
📚Men va pul

Kitob muallifi Bodo Schafer bo‘lib, bu kitob moliyaviy erkinlikka erishish, pulga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish va shaxsiy moliyaviy maqsadlarga erishish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar beradi.
Eng kerakli bo‘lgan 7 ta kalima:

Kim ushbu 7 kalimani yodlasa, u odam Allohning nazdida ulug‘ bo‘ladi. Alloh uning gunohlarini kechiradi, agarchi dengizning ko‘pigidek bo‘lsa ham.
Toatning halovatini topadi, hayoti ham, mamoti ham yaxshi holda bo‘ladi.

1. Har ishni «BISMILLAH” bilan boshlash!

2. Har narsani qilib bo‘lgandan keyin «ALHAMDULILLAH” deyish!

3. Agar tiliga ozmi ko‘pmi lag‘v kelsa yoki yomon amal qilsa, o‘shandan keyin «ASTAG‘FIRULLOH” deyish!

4. Agar bu ishni ertaga qilaman desa, ketidan «IN SHAA ALLOH” so‘zini aytish!

5. Agar unga yomon ish ro‘baro‘ bo‘lsa, «LA HAVLA VA QUVVATA ILLA BILLAHIL ALIYYIL AЪZIM” deyish!

6. O‘ziga va moliga ko‘pmi yoki kammi bir musibat yetsa, «INNA LILLAHI VA INNA ILAYHI ROJIЪUN” deyish!

7. Va kecha-yu kunduz «LA ILAHA ILLALLOH” kalimasini takrorlash!
👍2🥰1
Bu yolg‘on dunyoning tikonlari joningga botsa ham yengilma, sabr qil! Chidaginki, abadiy makoning gulzorga aylansin.
Qaysi darddan azob chekayotgan bo‘lsang, sabr qil. Sabr qilginki, U eng buyuk marhamat sohibi qo‘llaringdan tutsin.

Jaloliddin Rumiy
🥰2
#Kitobdan
#Baxtiyor_oila

​Ayollarning qandog‘i eng yaxshisidir?

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Yo Rasulalloh, ayollarning qandog‘i eng yaxshisidir?» deyildi.
«Qachon nazar solsa, surur bag‘ishlaydigani. Qachon amr qilsa, itoat qiladigani va eriga o‘z jonida va molida u yoqtirmaydigan narsa ila xilof qilmaydigani»,  ~dedilar». («Sunan» egalari rivoyat qilganlar).

Ushbu hadisi sharifda er uchun eng yaxshi xotinning ba’zi sifatlari haqida so‘z ketmokda:
1. «Qachon nazar solsa, surur bag‘ishlaydigani». Demak, er nazar solsa, ko‘nglini xursand qiladigan ayol eng yaxshi ayollarda bo‘ladigan sifatlarga ega bo‘lar ekan. Bu ta’rif ayolning tashqi qiyofasi, kiyinishi, o‘zini tutishi va axloq-odobi kabi narsalarni o‘z ichiga oladi. Eng yaxshi ayol bo‘lish umididagi qizlarimiz, ayollarimiz ushbu narsaga alohida e’tibor berishlari kerak. Kuyov va erlarining ko‘ziga doimo xursand qiladigan ravishda ko‘rinishga harakat qilishlari lozim.
2. «Qachon amr qilsa, itoat qiladigani». Erga itoatkor bo‘lish ayollarning eng go‘zal, eng yaxshi sifatlaridan biridir. Albatta, bu yerda shar’iy ruxsat berilgan ishlar doirasidagi itoatkorlik haqida so‘z ketmoqda. Gunoh ishlarda itoat qilish mumkin emas. Chunki Xoliqqa ma’siyat bo‘ladigan ishlarda maxluqqa itoat qilinmaydi.
Er oila boshlig‘i bo‘lganidan keyin, oila a’zolari, jumladan, ayol kishi unga itoat qilishi kerak. Eriga itoat qilmaydigan ayolni yaxshi ayollar qatoriga mutlaqo qo‘shib bo‘lmaydi. Eriga itoatkor ayol eng yaxshi sifatlardan biriga ega bo‘lgan ayoldir.
3. «Eriga o‘z jonida va molida u yoqtirmaydigan narsa ila xilof qilmaydigani».
Boshqacha qilib aytganda, eng yaxshi ayol sifatiga sohiba bo‘lishni istagan ayol eriga yoqmaydigan ishlarni qilmasligi kerak. Chunki shu xilof tufayli oilada urush-janjal chiqishi, er-xotinning halovati yo‘qolishi, hatto oila buzilib ketishi ham mumkin. Yana ayol kishi o‘z molini eri yomon ko‘radigan narsalarga sarflamasligi kerak. Ana shunda eng yaxshi ayollarning yana bir sifatiga ega bo‘ladi.
Ushbu hadisda zikr qilingan uch sifatni o‘zida mujassam qilgan ayol eng yaxshi ayollardan bo‘lishiga shubha yo‘q.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Baxtiyor oila” kitobidan
🥰1👏1