Yakka Sada kitobxonlari
71 subscribers
253 photos
50 videos
21 files
44 links
Kitobni satrlarni o‘qir ekansan ham tabassum qilasan, ham yig‘laysan.  Kitob o‘qing,
insoniylik tuyg‘usini his qiling...
«Kitob yoqishdan ham og‘irroq jinoyat bor, masalan, uni o‘qimaslik»;anonim yozish kanalni adminga https://sprosi.link/al_addl
Download Telegram
Farzandingiz necha yoshda bo‘lishidan qat’i nazar, u bilan katta odamlardek muomala qiling.

Bolaga qanot beradigan so‘zlarni ko‘p ayting. Bolangizni seving. Sevilgan, muhabbatga to‘yib o‘sgan bolada o‘ziga ishonch bo‘ladi.

Bolangizga sifatli poyabzal olib berolmasangiz ham, albatta kitob olib bering.

Bolaning shaxsiy xonasi bo‘lmasa ham, shaxsiy kutubxonasi bo‘lsin.

Farzandingiz haqqiga ko‘p-ko‘p duo qiling. Farzandingizni hech qarg‘amang.

Bugungi befarqligingiz ertaga qimmatga tushmasidan oldin harakat qiling.
🤗21
Alloh mehribondir, U siz voz kecha oladigan darajada davlat beradi.

Izoh: Tasavvur qiling sizning savdo do'koningiz bor va bir soatda sizga 100 000 so'm foyda keltiradi. Siz juma kuni do'konni ikki soatga yopib jamoat namoziga bora olasiz.

Endi o'ylab ko'ring, agar do'koningiz soatiga 10 000 000 (o'n million) foyda berib tursa ham uni ikki soatga yopa olasizmi?

Yaniki, siz juma kuni jamoat namozida qatnashish uchun 20 000 000 (yigirma million) so'mdan voz kecha olasizmi?

Xulosa: Mening fikrimcha, "Alloh menga davlat bermayapti"  deb emas, men unga tayyor emasman deb fikrlasak to'g'riroq bo'ladi...
#Oila

YAXSHI JUFT

- Robbini rozi qiladi;
- erini xursand etadi;
- uyidan uzoqlashmaydi;
- besh vaqt namozini tark qilmaydi;
- oila sirlarini saqlaydi;
- ziynatini begonaga ko‘rsatmaydi;
- ovozini ko‘tarmaydi;
- jussani (figurasini) bildirib kiyinmaydi;
- erining oldida aziz;
- nafsining nazdida xor;
- bolasi uchun mehribon ona;
- uyi jannat bog‘chasi;
- agar erida yaxshilik ko‘rsa shukr qiladi;
- yomonlik ko‘rsa sabr etadi;
- agar eri uning oldiga kirsa tabassum bilan kutib olib, hursand bo‘ladi;
- agar eri uydan chiqsa mahzun bo‘lib, shavqati oshadi;
- agar eri unga g‘azab qilsa tashvish chekadi va o‘zini o‘nglaydi;
- agar eriga yuzlansa uni xursand qiladi;
- agar eri yo‘q bo‘lsa uning moli va obro‘sini himoya qiladi;
- agar erining aybini ko‘rsa berkitadi;
- agar undan uzr so‘rasa kechiradi.

©️ Mahbubiy
2
O'zinga hush kelding .pdf
26.4 MB
✍️ Mirach Chag’ri Oqtosh
📚"O'zingga xush kelding"
#hayotnoma

•Yasam hashamat
•Yasama hurmat.
•Yasama ko'rinish
•Yasama hamdardlik
Yasama hayrixohlik
•Yasama kulgu
•Hatto qayğusi ham yasama.
•Nimagadir bilmayman, atrofimiz yasamalarga to'lib ketdi.
•Ammo o'zing kabi bolish negadir, boshqalar naznida noan-anaviy dek...
🔥3
O‘g‘il farzand — ne’mat. Qiz farzand esa hasanot. Qiyomatda ne’matdan so‘ralinadi, hasanotga esa ajru savob beriladi...
🔥1
Ey oqila ayol!

Tabassum — qalbning yumshoqligi, ta’bning sog‘lomligidan darak beradi. Shuning uchun doim tabassum qiling. Eringiz bilan ko‘rishganda ham, xayrlashayotganda ham, izn so‘rayotganda ham tabassum qiling. Biron narsa so‘rasangiz ham, so‘ragan narsangiz berilganda tashakkur aytganda ham tabassum qiling, dasturxonga taom tortganda ham, umuman, har bir ishda tabassum qiling! Hatto uyqudan uyg‘onib, yuzingiz uning yuzida bo‘lgan onda ham tabassum qiling.

Aslida har qanday tabassum qilishning o‘zi sadaqadir. Endi shu tabassumni eringizga qisangiz, buning ajri nihoyatda katta bo‘ladi!

"Oila — saodat maskani"
💯2👍1
Oilaning baxti er yo xotinning husni bilan emas, balki xulqi, hikmati va o‘zaro tahammuli — bir-biring ba’zi kamchiliklariga chidash bilan bo‘ladi.
Yomon xulq, hikmatsizlik va sabrsizlik har qanday chiroyni yo‘qqa chiqaradi va har qancha muhabbatni nafratga aylantiradi.

«..Dindorini tanla, barakatopkur!”

Ustoz Ikrom Sharif
👍1🥰1
#kun_hikmati

Ota-onaning o‘z farzandiga «Sen mening g‘urur-iftixorimsan” deyishi farzand tarbiyasidagi eng munosib xatti-harakatdir.

Azizlar so'zi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
14-fevral.

1. Bugun— oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

2. Xalqaro kitob ulashish kuni.

Eslatma: 🤓
Bir ona televizorni yoqqan edi, onalarning salbiy tarbiya uslublari haqida jonli ko‘rsatuv bo‘lyapti ekan. Qarasa, ko‘rsatuv o‘g‘lining maktabidan uzatilyapti! Shu payt boshlovchi aynan uning o‘g‘liga savol berib qoldi. «Onangizning qaysi tarbiya usuli sizga yoqmaydi?” degan savolga o‘g‘il: «Onam meni uradi. Pul bermaydi”, deb javob berdi. O‘g‘lining yolg‘on gapidan ona muzlab qoldi… Chunki u o‘g‘lini hech qachon urmagan, doim pul so‘rasa, berib kelar edi. Ona bir amallab chidab, o‘g‘lining maktabdan qaytishini kutdi. O‘g‘li kelishi bilan «Seni qachon urdim? Qachon pul bermadim?” deb baqirdi. O‘g‘li esa bosiqlik bilan: «Baqirishingizni aytmaslik uchun shunday deya qoldim,
oyi”, dedi.
Haqiqatan ham, bu ona bolasiga ko‘p baqirar, bola esa onasining baqirishidan qo‘rqar, ammo ich-ichidan onasini yaxshi ko‘rar edi. Shuning uchun onamni himoya qilyapman, deb o‘ylab, shunday javob bergan edi.

Bu holatda baqirib gapirish insonga juda og‘ir botadi. Baqiradigan odamlar esa buni arzimas narsa deb biladi.

Kitobdan
#iqtibos

Ishdan juda charchab kelgan boʻlsangiz ham, oʻqisangiz-oʻqimasangiz ham, kamida bir soatga yaqin vaqt davomida diqqat bilan berilib kitob oʻqib oʻtirganingizni yosh bolangiz koʻrishi shart.

Ayniqsa erkak kishining kitob oʻqishi farzandlarga koʻproq, kuchliroq taʼsir qiladi!

Yaxshi otalar kitobidan.
👍3