Yakka Sada kitobxonlari
71 subscribers
253 photos
50 videos
21 files
44 links
Kitobni satrlarni o‘qir ekansan ham tabassum qilasan, ham yig‘laysan.  Kitob o‘qing,
insoniylik tuyg‘usini his qiling...
«Kitob yoqishdan ham og‘irroq jinoyat bor, masalan, uni o‘qimaslik»;anonim yozish kanalni adminga https://sprosi.link/al_addl
Download Telegram
#saboq

"Bir kishi keksa bobosidan: 'Hayotning eng qiyin payti qanday o'tdi?' deb so'radi. Bobosi javob berdi: 'Har doim sabr qilishni o'rganganman.
Har bir bola bizga Alloh taolo tomonidan berilgan eng katta ne’matdir. Farzandning axloqi, uning ikki dunyo saodatiga va jamiyatdagi o‘rniga bevosita ta’sir qiladi. Shu bois, ota-onalarga G‘iyosiddin Yusuf do‘stimizning “Go‘zal xulqlar” nomli kitobini o‘qib bering deb qattiq tavsiya qilgan bo‘lar edim.

Kitobda ilmga intilish, rostgo‘ylik, omonatdorlik, vaqt qadri, mehnatkashlik va yaxshi gumon qilish kabi fazilatlar juda sodda va aniq hikoyalar orqali ko‘rsatilgan. Har bir mavzu batafsil yoritib berilgan, bu esa bolalar bu go‘zal xulqlarni o‘zlashtirishini osonlashtiradi. Rasmlar va mavzu so‘nggidagi savollar ularning fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.

Shuning uchun, “Go‘zal xulqlar” — nafaqat bolalar, balki ota-onalar uchun ham foydali kitob. Uni bolalaringizga o‘qib berishingiz oralaringizdagi mehr-muhabbat rishtalarini ham mustahkamlaydi. Muallifga Allohning barakasi bo‘lsin! Omin.
Shayton hali sodir boʻlmagan narsalar uchun tashvishlanishimiz va havotirga tushishimizni juda xohlaydi.
Ishda boshliq nima deyishi, doʻstimiz qanday yoʻl tutishi, farzandimiz oʻqishga kira olishi yoki kira olmasligi haqida oʻylab hotirjamligimizni yoʻqotishimizni istaydi.
Shayton—kelajak—bu sizning nazorat nuqtangiz ekaniga sizni ishontirishga urinadi, goʻyo sizning hayol va havotiringizdan biror narsa oʻzgarib qoladigandek.

Oʻzingizga cheksiz savollar bera boshlaysiz, “ishdan ayrilsam-chi?” “Shuncha xarakatim zoe ketsa-chi?”—bu savollarning barchasi tuzoq.
Ular bizga yechim bermaydi, aksincha gumon, qoʻrquv va umidsizlik sari yetaklab boradi.

Shayton hamma narsani nazorat qiladigandek yashashimizni xohlaydi.
Ertangi kunimiz qanday oʻtishi, atrofdagilarning xarakatlari, qoʻlimizdagi narsalarning kelib-ketishini yolgʻiz oʻzimiz nazorat qilishimiz kerakligiga oʻrgatadi.
Aslida esa, biz na boshqalar va na oʻzimizning hayotimizga hokim emasmiz.
Barchasi Alloh taoloning irodasi bilan sodir boʻladi.

Robbim bizning yoʻlimizni belgilab boʻlgan.
U ertaga nima boʻlishini, nimalardan oʻtishimizni, nimalarni yoʻqotib, nimalarni qoʻlga kiritishimizni biladi.
U bizning tasavvurimizdan-da kengrogʻini koʻra oladi va Uning rahmati bizning qoʻrquvlarimizdan buyukroq.

Qudratingiz yetmaydigan narsalar ustida bosh qotirib, tashvishlanishni bas qiling.
Sizning mas’uliyatingiz—niyat va amalda ekanini qabul qiling.
Bir insonni dindor boʻlishiga majbur qilolmaysiz, lekin unga oʻrnak boʻla olasiz.
Boshqalarning qalblarini oʻzgartirolmaysiz, lekin ularga sevgi va sabrni koʻrsata olasiz.
Hayotingizdagi toʻfonlarni toʻxtata olmaysiz, lekin uning ichida oʻzingizni iymon bilan mustahkamlay olasiz.

Allohga ishoning, U eng yaxshi boshqaruvchi.
Tavakkulingiz yoʻqolib ketishiga yoʻl qoʻymang.
👍2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

Aslıda hech narsa xaddan ortıq qayğurıshımızga arzımaydı. Shunchakı hayotnı borıcha qabul qılıb bor kunlarnı yashab qolıshımız kerak.

Bız hayoldagı baxtnı kutıb unı ızlab, aslıda hayotdagı asl baxtlarımıznı anglamayotgan bölıshımız mumkın.

Shunchakı hayotnı borıcha qabul qılıng sevıng, dardlarını xam baxtlarını xam...😊

Assalamu alaykum qadrdonlar.
Yangı kun muborak!t.me/Al_AddL
Forwarded from FARZAND TARBIYASI 🌙
🌳  Juma kunining sunnatlari:


🪴 G‘usl qilish
🪴 Poklanish
🪴 Hushbo‘ylanish
🪴 Pok va eng chiroyli kiyimlarni kiyish
🪴 Misvoq ishlatish
🪴 Kahf surasini o‘qish. Yoki tafakkur, tadabbur qilib tinglash ma‘nolarini o‘qish
🪴 Ixlos bilan ko‘p duo qilish
🪴 Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga imkon qadar ko’p salovat aytish.

🌱 Har birimizni ibodat-u, halol yashamoqlikda sobit qilsin, Allohim!


@bola_tarbiyasi 🏡Oliy maqsadga aylansin!
Bir kishi dedi: Dunyo qanday yomon. Gullarning ham tikoni bor...
Ikkinchi kishi dedi: Dunyo qanday go‘zal. Tikonlarning ham guli bor...

Dunyoga xar kim o'zini, nigohi bilan boqadi..!🫥
👍21🕊1
#saboq

Jahl ustida qaror qabul qilmang.
Ba'zi ishlarni orqaga qaytarib bo'lmaydi.
Ba'zi xatolar oxirgisi bo'lishi mumkin.
3🔥1🥰1🤗1
Mahrga kitob so'rashdan ham yaxshirog'i kitobxon yigit tanlash, chunki uning uyi shundoq ham kitoblarga to'la bo'ladi...

P.S: 😊🙂🤓
1👏1😁1
Siz uchun boshqalardan kechib, siz uchun hayot tashvishlariga ko‘nib yashayotganlarni siz ham qadrlang. Dunyo sizga tor kelganida faqat u sizga bag‘rini oromgoh, ko‘ksini qalqon, g‘ayratini soyabon qiladi.
4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hikmati

Kimningdir o‘zgarishini istasangiz avvalo o‘zingiz o‘zgaring. Bilingki, vaqt g‘animat, u kutmaydi!

Yaxshilik qilishga shoshiling!