Yakka Sada kitobxonlari
71 subscribers
253 photos
50 videos
21 files
44 links
Kitobni satrlarni o‘qir ekansan ham tabassum qilasan, ham yig‘laysan.  Kitob o‘qing,
insoniylik tuyg‘usini his qiling...
«Kitob yoqishdan ham og‘irroq jinoyat bor, masalan, uni o‘qimaslik»;anonim yozish kanalni adminga https://sprosi.link/al_addl
Download Telegram
Qaysi kasbni tanlashni, nima bilan shug'ullanishni bilmaganda o'ziga shu savollarni berishi mumkin:

1. Nima bilan har kuni zerikmay shug'ullana olaman?
2. Qaysi mavzuda soatlab gapira olaman?
3. Men jamiyatga nima foydali narsa bera olaman?

Xar bir omadli insonning avalo buyuk maqsadi, oliy orzusi bolishi muhim...
#Ijtimoiy_odoblar
#audio_kitob

Bismillahir rohmanir rohiym!

Alloh taolo O‘zining oxirgi dini Islomni mukammal qilgani, bandalariga bergan ne’matini batamom etgani, uni bandalariga qiyomat qoim bo‘lgunicha din deb rozi bo‘lgani barchamiz uchun ikki dunyoning baxti-saodatidir.

Ushbu mukammal din e’tiqod masalalarini ham, odob-axloq, muomala, ma’naviyatlar, ta’lim-tarbiya, ijtimoiy masalalar, ibodatlar, halol-harom va boshqa muammolarni ham o‘z ichiga oladi.

Borliqni yaratgan Alloh taolo O‘zi yaratgan borliqda O‘zi yaratgan odam qanday yashasa, ikki dunyo saodatiga erishishini O‘zi yaxshi bilgani bois, azaliy va chegarasiz ilmi ila bandalariga rioya qilinishi lozim bo‘lgan odoblarni ham joriy qilgan.

Biz ushbu kitobimizda mazkur odoblarning bir yo‘nalishi bo‘lmish ijtimoiy odoblar haqida so‘z yuritmoqchimiz.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

📖 Nomi: Ijtimoiy odoblar Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Qisimlar soni: 99-qism

O‘qidi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
•Sabr – bu Alloh taoloning eshigiga suyanib, intizor kutmoqlikdir.
Qo'rqmang! Kim uning eshigiga borsa, quruq qaytmaydi.
#Tarjima

-Sevish bilan yaxshi ko'rib qolish orasidagi farqni bilasanmi Vinni ?
-Yoq Puchuqvoy, o'zing tushuntir.
-Agar bir gulni yoqtirsang, uni uzib olasan. Ammo uni sevsang, har kun kelib sug'orasan...
👍3😇1
''Peshonamdagi nur''.pdf
372.8 KB
Bu turk tilidan tarjima qilingan qisqa hajmdagi badiiy kitob!
Nimaga badiiy? Turk badiiy kitoblarini aksarida diniy hayot yoritiladi. Tarbiyaviy va saviyali tomonlari koʻp. Bizning kitoblarimiz esa sizlar fikrlagandek ajratilgan diniy kitob alohida badiiy kitob alohida lekin turk yozuvchilari ham diniy ham hayoliy fikrlashi kuchli boʻlganligi uchun bir kitobda ikkisini ham ajoyib tarzda jam qila oladi!
Men badiiy kitob deganimda aynan shunga oʻxshash kitoblarni aytgan edim.... Bu kitobni oʻqishingiz tavsiya qilaman..!
👍1
#ibrat

Erkaklar ichida daholari, shu bilan birga ahmoqlari ham ko‘p uchraydi. Ayollarda esa daholari nodir, shuningdek ahmoqlari ham kam bo‘ladi.

Abdurahmon Boniy

"Xa malumot uchun aytib ketishni, lozim kordim. Bugungi kunda odamlar Yer yuzida yashaydigan qushlarning 10 694 turini bilishadi. Chumchuq eng "aqlli" qush hisoblanadi, chunki 100 gramm chumchuq massasiga 4,5 gramm miya to‘g‘ri keladi"
😁1
Shaxmat tugagandan keyin shoxni ham piyodani ham bir joyga solinishini bilasanmi? Afsuski o‘yin tugagunicha piyodani holi haqida bilmaysan…

"Bu dunyo insonlarni barcha shodliklarini, G'amlarini xam, olib eltadigan joy bu Qabrdir. U yer uchun shox ham, gado ham birdik."
👏1
Baxt bu – ko‘p narsaga ega bo‘lish emas.
Baxt bu – boriga rozi bo‘lish, borini his qila bilishdir.

Sen yolg'iz emassan...🙈
Yaxshi kayfiyat hamrohingiz bo‘lsin!
Juma muborak Azizlar sizlarga alo kayfiyat tiblab qolaman...https://t.me/Al_AddL
🥰1
Aql nima Nafs nima.pdf
863.5 KB
#Maqola

🗂 Aql nima? Nafs nima?

Aql nima, nafs nima, deysiz.
Men ularning har biriga aniq chegara qo‘yib beraman va ravshan farqlab ajratib beraman, deb da’vo qilmayman. Chunki bunday ishlar haligacha bizning jahl zulmatimiz qo‘ynidadir. Ilm uning atrofini yoritishga qodir bo‘lmagan. Hammamiz ham: Nafsim dedi, aqlim aytdi, deymiz. Lekin siz va nafsingiz nima? Nafs nima, aql nima? Haligacha bu bizga aniq bo‘lmagan. Shu sabab men bu majhullikni kashf qilolmayman. Lekin ko‘rinib turgan ma’lum bir misolni eslataman;

Qishning sovuq kunlarida to‘shakning issig‘idan va uyqu lazzatidan bahra olib yotibsiz. Birdan soat qo‘ng‘irog‘i chalinib sizni namozga chaqiradi. Ichingizdan sizga: “Namozga tur”, deyayotgan ovozni his qilasiz. Bu ovozni eshitsangiz turasiz. Yana boshqa ovoz: “Ozgina uxla”, deyayotganini ham eshitasiz. Shunda birinchi ovoz qaytib: “Namoz uyqudan yaxshidir”, deydi. Ikkinchisi esa shosha-pisha: “Uyqu shirin, vaqt esa mo‘l. Ozgina uxla”, deydi.

Davomi; komentni ichida.
Erkak kishi oilasi uchun mas’ul

Har bir erkak oilasi uchun mas’uldir. U oila a’zolarini yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarishi kerak. Har kun o‘tgan kun davomida nima ishlar qilgani: kitob o‘qigani, yaxshilik qilgani va shu kabilar haqida juftingiz va farzandlaringizdan so‘rang. Kamchiliklar bo‘lsa, hali to‘ldirishga vaqt bor. Shuningdek, kun davomida xatolarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsalar, ulardan saboq olib, qayta takrorlamaslikni tushuntiring.

Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan

Yanada ko'proq iqtiblar;https://t.me/Al_AddL
Yakka Sada kitobxonlari
Erkak kishi oilasi uchun mas’ul Har bir erkak oilasi uchun mas’uldir. U oila a’zolarini yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarishi kerak. Har kun o‘tgan kun davomida nima ishlar qilgani: kitob o‘qigani, yaxshilik qilgani va shu kabilar haqida juftingiz…
Otalik farzi

Musulmonlar xalifasi Xorun ar-Rashid davrida bir qassob yashagan bo'lib, u hayvonlarning qancha yog' qancha gosht qilishini aytib bera olardi. Xalifa bundan xabar topib, qassobni saroyga keltirdi va qassob oldidagi qo'ylarni qancha yog'va qancha go'sht qilishini to'g'ri aytib berdi. Shunda Xorun ar-Rashid qassobni diniy va dunyoviy bilimini sinamoqchi bo'ldi. Lekin qassob bu sinovdan o'ta olmadi.

So'ng Xalifa jar chaqirtirib, e'lon berdi:
- Bu qassobni shuncha bilmi bo'la turib yo dunyoviy yoki diniy bilim olmagani, halol bilan xaromni farqiga bormagani uchun boshqalarga ibrat bo'lsin deya, kelasi juma kuni ostiraman.
Hamma hukmdan rozi bo'libdi.
Ertasi kuni Xalifa qabuliga ikki yosh yigitcha kirib keldi. Xalifaning bu bolalarga xavasi keldi va bolalar qassobning o'g'illari ekanligini aytishib, "otamizdan so'ragan savollaringizni bizdan so'rang" - dedilar.

Xalifa bolalarni olimlar bilan birga so'roq qildi va ularning barchasi qassobning o'g'illarining zehniga qoyil qolishdi.

So'ng qassobning katta o'g'li:
- Ey muhtaram jamoa! Bola loy, ota va ona kulol emasmi? Bola onadan o'g'ri yoki qotil bo'lib tug'ilmaydiku. Uni tarbiyasi kattalar zimmasidadir. Otamizga chiqargan hukmni aslida uning otasiga chiqarish kerak. Otamiz o'zi ilmsiz bo'lsa ham, bizni ilmli, ma'rifatli bo'lishimizga sharoit yaratdi. Otamiz tahsinga loyiqdir, - dedi.

Xalifa buyurdiki:
- Qassobning otasini olib keling, o'lgan bo'lsa qabri ustiga o'ttiz darra uring. Chunki, qassobning otasi unga boshqa narsani o'rgatmagan.

Xalifa bu bolani o'ziga vazir qilib, otasiga zarbop to'n kiydirdi.

Dunyoviy va diniy ilm izlash tug'ilgandan qabrga borguncha farz. O'z ma'naviyatimiz va milliy g'ururimizni o'zimiz ko'taraylik. Toki, bizning ham qabrimiz ustiga darra tushishidan Alloh asrasin.