Yakka Sada kitobxonlari
71 subscribers
253 photos
50 videos
21 files
44 links
Kitobni satrlarni o‘qir ekansan ham tabassum qilasan, ham yig‘laysan.  Kitob o‘qing,
insoniylik tuyg‘usini his qiling...
«Kitob yoqishdan ham og‘irroq jinoyat bor, masalan, uni o‘qimaslik»;anonim yozish kanalni adminga https://sprosi.link/al_addl
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏠 Uyingizni obod qilyapsizmi?

Inson miyyasi – bu uning uyi. Uni go‘zal fikrlar va bilimlar bilan boyitishi yoki keraksiz axborot va zararli odatlar bilan vayron qilishi faqat insonning o‘ziga bog‘liq.

Yaqinda mana shu qisqa metrajli multfilmni ko‘rib qoldim. Unda inson miyasi qanday qilib foydali bilimlar bilan boyishi hayotini ham obod qilishga xizmat qilishi, aksincha, keraksiz odatlar bilan esa vayronaga aylanishi tasvirlangan edi.

Xo‘sh, siz o‘z "uy"ingizni obod qilyapsizmi yoki bekorchi narsalar bilan to'ldiryasizmi?

#Ibrat uchun farzandlaringizga ko'rsating va yaqinlaringizga ham ulashib qo‘ying.
👍1
Yakka Sada kitobxonlari
¹Kunlarning birida sichqon ferma xo‘jayini qo‘ygan qopqonni ko‘rib qoldi. U bu haqda qo‘yga, tovuqqa hamda sigirga aytib berdi. Ammo ular: “Qopqon bizning muammoimiz emas. Biz uning nimasidan qo‘rqamiz? Uning bizga hech qanday aloqasi yo‘q”, deb javob qaytarishdi.…
² Burgut baland bir daraxtda shunchaki dam olib o‘tirgan edi.
Uning bu o‘tirishini ko‘rib qolgan quyoncha burgutdan so‘radi:
— Xuddi sendek hech narsa qilmay, bamaylixotir o‘tirishim mumkinmi?
— Albatta, mumkin, nimaga yo‘q ekan, — dedi burgut.
Quyoncha daraxtning tagiga o‘tirib dam olishni boshladi. Shunda birdan qayerdandir tulki paydo bo‘ldi-yu, uni ushlab, yeb qo‘ydi.
Qissadan hissa. Agar sen hech ish qilmasdan bemalol va xotirjam bo‘lishni xohlasang juda-juda yuqorida o‘tirishing kerak. Ko‘rpangga qarab, oyoq uzatdeyshadiy dono xalqimiz🙈
👍2
³Kunlarning birida bir fermada ot kasal bo‘lib qoldi.
Uni ko‘rgani kelgan veterinar:
— Agar ertalabgacha oyoqqa turmasa, uni o‘ldirishimga to‘g‘ri keladi, — dedi.
Ertalab esa ot o‘rnidan turmadi. Uning yonida qo‘y yotgandi.
— Qani, birodar, o‘rningdan tursangchi! Aks holda ular seni o‘ldirishadi! — dedi u otni niqtab.
Ot bor yo‘q kuchini to‘pladi-da, o‘rnidan turdi.
Ertalab kelib, bu vaziyatni ko‘rgan fermer:
— Mo‘'jiza yuz beribdi. Bunday bo‘lishi mumkin emas edi. Otim tuzalibdi. Bu voqeani darhol bayram qilish kerak. Shu bois qo‘yni so‘yamiz! — dedi.
Qissadan hissa. Hech qachon birovning ishiga aralashmang, biroq qopqon voqeasini ham unutmang.
Yakka Sada kitobxonlari
³Kunlarning birida bir fermada ot kasal bo‘lib qoldi. Uni ko‘rgani kelgan veterinar: — Agar ertalabgacha oyoqqa turmasa, uni o‘ldirishimga to‘g‘ri keladi, — dedi. Ertalab esa ot o‘rnidan turmadi. Uning yonida qo‘y yotgandi. — Qani, birodar, o‘rningdan tursangchi!…
⁴ Uch kishi tosh tashiyotgan edi. Ularning biridan so‘rashdi:
— Umuman olganda, bu yerda nima qilayapsan?
U peshonasidagi terni artib tashladi-da, javob berdi:
— Mana shu mehnatim tufayli qaddim bukilib, og‘ir kunlarga qolib ketdim.
Ikkinchisining oldiga borib undan so‘rashdi:
— Sen nima qilayapsan?
U yenglarini shimardi-da, tumshug‘ini ko‘tarib, g‘urur ila javob berdi:
— Pul ishlayapman. Bu yerda boshqa nima ham qilardim?
Keyin uchinchi kishidan so‘radilar:
— Sen nima ish qilayapsan?
U jilmaydi-da, javob berdi:
— Ibodatxona qurayapman.
Qissadan hissa. Qachonki oldinga oliy maqsad qo‘yarkansan, har qanday vaziyatda ham yashayotgan umringda ma'no bo‘ladi.

Maqsadlar oliy bolinsin, ammallar ezgu, yashang charchamang ey yaxshi inson!
👍3
Forwarded from Adl
Harakat qilishni boshlang!

Hayotning muvaffaqiyatga to'la yo'lidan yurish uchun eng muhim qadamingizni qo'ying! Harakat qilish - imkoniyatlarni ochuvchi kalit. Biror narsani o'zgartirishni xohlayotgan bo'lsangiz, harakatni boshlash vaqti keldi. Kichik qadamlardan boshlang, ularni muntazam ravishda bajaring. O'zingizga ishonch hosil qiling va harakatlaringiz orqali orzularingizni ro'yobga chiqaring. Hayot har kuni yangi imkoniyatlar bilan to'la - foydalaning!

Endi harakat qiling, orzularingizga yaqinlashishni boshlang. O'zingiz bu qobiliyatga egasiz!
Olloh yor bolsin...

#Motivatsiya
🙏2👍1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Odamlar_bu_so'zlarga_kulgu_bilan_reyaksi_bildirishdi...

#aslida_yig'lash_kerak


“Kitob o‘qigan, o‘zini ustida ishlagan odamda qanot bo‘ladi. U befarq bo‘lmaydi. Uning kuchi bilimida bo‘ladi. Shuning uchun hech kimni pisand qilmaydi. “Kattalar”ga xushomad qilmaydi. Uning bilimi bor, ilmi bor. Mana nima uchun kitob o‘qinglar deymiz. Kitob o‘qisangiz savol berishni bilasiz”, degan edi davlat rahbari.

«Kitob yoqishdan ham og‘irroq jinoyat bor, masalan, uni o‘qimaslik»
👍4
#Hikmat

Inson duyo matosidan nimani qo'lga kiritolmagan bo'lsa o'sha narsaga yetishishni baxt deb o'ylaydi, (farzandi yo'q farzandli bo'lishni, kasal sog' bo'lishni, kambag'al boy bo'lishni baxt deb o'ylaydi).
Aslida esa haqiqiy baxt-saodat ham va baxtiqarolik ham oxiratda bo'ladi.

"Xulosa Abdulloh domladan"
Bir kuni bir badavlat kishi kambag‘al odamga bir savat aynigan ovqat berdi. Kambag‘al odam yuzida tabassum bilan savatni olib, qasrdan chiqib ketdi. Borib, savatning ichidagi narsalarini bo‘shatib, tozaladi da, unga eng chiroyli gullardan solib, yana qasrga qaytdi. Gul solingan savatni haligi badavlat kishiga berdi.

Badavlat kishi bundan ajablanib, «Men senga savatda aynib qolgan ovqat bergan edim, sen bo‘lsa savatni chiroyli gullar solib qaytaribsan?» dedi. Shunda kambag‘al: «Har bir inson qalbida borini ulashadi. Qalbi go‘zal bo‘lsa go‘zallikni, qalbi qabih bo‘lsa qabohatni ulashadi», deb javob berdi.
Qaysi kasbni tanlashni, nima bilan shug'ullanishni bilmaganda o'ziga shu savollarni berishi mumkin:

1. Nima bilan har kuni zerikmay shug'ullana olaman?
2. Qaysi mavzuda soatlab gapira olaman?
3. Men jamiyatga nima foydali narsa bera olaman?

Xar bir omadli insonning avalo buyuk maqsadi, oliy orzusi bolishi muhim...
#Ijtimoiy_odoblar
#audio_kitob

Bismillahir rohmanir rohiym!

Alloh taolo O‘zining oxirgi dini Islomni mukammal qilgani, bandalariga bergan ne’matini batamom etgani, uni bandalariga qiyomat qoim bo‘lgunicha din deb rozi bo‘lgani barchamiz uchun ikki dunyoning baxti-saodatidir.

Ushbu mukammal din e’tiqod masalalarini ham, odob-axloq, muomala, ma’naviyatlar, ta’lim-tarbiya, ijtimoiy masalalar, ibodatlar, halol-harom va boshqa muammolarni ham o‘z ichiga oladi.

Borliqni yaratgan Alloh taolo O‘zi yaratgan borliqda O‘zi yaratgan odam qanday yashasa, ikki dunyo saodatiga erishishini O‘zi yaxshi bilgani bois, azaliy va chegarasiz ilmi ila bandalariga rioya qilinishi lozim bo‘lgan odoblarni ham joriy qilgan.

Biz ushbu kitobimizda mazkur odoblarning bir yo‘nalishi bo‘lmish ijtimoiy odoblar haqida so‘z yuritmoqchimiz.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

📖 Nomi: Ijtimoiy odoblar Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Qisimlar soni: 99-qism

O‘qidi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
•Sabr – bu Alloh taoloning eshigiga suyanib, intizor kutmoqlikdir.
Qo'rqmang! Kim uning eshigiga borsa, quruq qaytmaydi.
#Tarjima

-Sevish bilan yaxshi ko'rib qolish orasidagi farqni bilasanmi Vinni ?
-Yoq Puchuqvoy, o'zing tushuntir.
-Agar bir gulni yoqtirsang, uni uzib olasan. Ammo uni sevsang, har kun kelib sug'orasan...
👍3😇1
''Peshonamdagi nur''.pdf
372.8 KB
Bu turk tilidan tarjima qilingan qisqa hajmdagi badiiy kitob!
Nimaga badiiy? Turk badiiy kitoblarini aksarida diniy hayot yoritiladi. Tarbiyaviy va saviyali tomonlari koʻp. Bizning kitoblarimiz esa sizlar fikrlagandek ajratilgan diniy kitob alohida badiiy kitob alohida lekin turk yozuvchilari ham diniy ham hayoliy fikrlashi kuchli boʻlganligi uchun bir kitobda ikkisini ham ajoyib tarzda jam qila oladi!
Men badiiy kitob deganimda aynan shunga oʻxshash kitoblarni aytgan edim.... Bu kitobni oʻqishingiz tavsiya qilaman..!
👍1
#ibrat

Erkaklar ichida daholari, shu bilan birga ahmoqlari ham ko‘p uchraydi. Ayollarda esa daholari nodir, shuningdek ahmoqlari ham kam bo‘ladi.

Abdurahmon Boniy

"Xa malumot uchun aytib ketishni, lozim kordim. Bugungi kunda odamlar Yer yuzida yashaydigan qushlarning 10 694 turini bilishadi. Chumchuq eng "aqlli" qush hisoblanadi, chunki 100 gramm chumchuq massasiga 4,5 gramm miya to‘g‘ri keladi"
😁1
Shaxmat tugagandan keyin shoxni ham piyodani ham bir joyga solinishini bilasanmi? Afsuski o‘yin tugagunicha piyodani holi haqida bilmaysan…

"Bu dunyo insonlarni barcha shodliklarini, G'amlarini xam, olib eltadigan joy bu Qabrdir. U yer uchun shox ham, gado ham birdik."
👏1