Sevgida quyosh kabi bo'l. Do'stlik va qardoshlikda oqar suv kabi bo'l. Xatolarni yopishda tun kabi bo'l. Tavoze’da tuproq kabi bo'l. G'azab onida o'lik kabi bo'l. Har ne bo'lsang bo'l. Yo bo'lganing kabi ko'rin, yoki ko'ringaning kabi bo'l...
Jaloliddin Rumiy.
Jaloliddin Rumiy.
Inson har qanday ish uchun o'zidagi energiyani sarflaydi.
Biz, yaxshi bo'lishimiz uchun ortiqcha ish qilishimiz (quvvat sarflashimiz) kerak emas. Shunchaki, yomon ishlar uchun ketadigan quvvatimizni ham yaxshilik tomonga yo'naltira olsak kifoya...

Bolalar va internet
Hozirgi kunda internet hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Bu texnologiya bilim olish, ijod qilish va muloqot uchun yaqindan ko'mak bermoqda. Shuning uchun undan bolalar ham foydalanmoqda. Ammo ular uchun bu borada ma'lum bir qoidalar, tartiblar bo'lishi kerak. Quyida shu haqida to'xtalamiz:
1. O‘rnak bo‘ling.
Bolalar ko‘pincha ota-onalarning odatlarini o‘zlashtiradilar. Internetdan me’yorida va to'g'ri foydalanishingiz bilan ularga o'rnak bo'ling.
2. Chegaralar belgilang.
Internetdan foydalanish vaqtini cheklang va undan foydalanish uchun ma’lum qoidalar o‘rnating. Masalan, ovqat vaqtida yoki uyqudan oldin telefon va planshetdan foydalanishni cheklash mumkin.
3. Kontentga e’tibor bering.
Bolalar qaysi sayt va ilovalardan foydalanayotganini nazorat qiling. Yoshlariga mos bo‘lgan ta’limiy va foydali materiallarni tavsiya eting.
4. Xavfsizlikni ta'minlang.
Bolalarga internet xavflari, shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilmaslik va begonalarga javob bermaslik kerakligini tushuntiring.
5. Aloqani mustahkamlang.
Bolalaringiz bilan ochiq muloqotda bo‘ling. Ular duch kelgan muammolar yoki qiziqtirgan savollari bo'yicha siz bilan bemalol gaplasha olsin.
6. Foydali kontentlarga qiziqtiring.
Ta’limiy dasturlar, kitoblar va ijodkorlikni rivojlantiruvchi ilovalar orqali internetning foydali tomonlarini ko‘rsating.
7. Kuzatish vositalaridan foydalaning.
Yosh bolalar uchun maxsus nazorat dasturlarini o‘rnating. Bu ularga mos bo‘lmagan kontentdan himoyalanishga yordam beradi.
Internet — bu vosita, undan qanday foydalanish esa ota-onaning tarbiyasi va nazoratiga bog‘liq.
#tarbiya

Odam oʻzi uchun duo qilishi—shart.
Bu huddi nafas olishdek zarur.
Biroq, boshqalar haqqiga duoda boʻlishi—qalb ishi. Muxabbat ishi.
Qalbimizni boshqalarning ehtiyojini sigʻidira oladigan darajada kengroq qilishimiz Robbimizga mahbub ishlardan biri......

#Kitobdan
Farzandlarimizni tarbiyalayotganimizda islomiy qonun-qoidalarga asoslanmaganimizga ishonib bormoqdaman. Turli yanglish cheklovlar bilan bolalarimizning dunyolarini ostin-ustun qildik. To‘p o‘ynama, Hazrati Xusaynning boshi dedik, qo‘g‘irchoq o‘ynama, keyin unga jon ato qilishing kerak bo‘ladi, deb har xil uydirma gaplarni gapirdik. Bolalarimizga islomni sevdirib emas, qo‘rqitib o‘rgatdik. Dinsizlikka nisbatan bolalarimizda nafrat uyg‘otmadik. Ular esa nafratlarini ota-onalariga yoki bir-birlariga nisbatan ishlatishdi.
Sevishning ham nafratlanishning ham o‘z qoidalari bor. Dushmanlarimiz ham bu qoidalarni juda yaxshi biladi va o‘z o‘rnida foydalanishadi.
Yoshlarimizga kino, teatr va shunga o‘xshash yo‘llar bilan ta’sir ko‘rsatishyapti. Ba’zida birgina karikatura ham ularning dunyoqarashini o‘zgartirishga yetib, ortyapti.
Sabab? Sababi g‘oyatda aniq. Biz bolalarimizga dushmanlarimiz
va ularning xiylalarini umuman o‘rgatmadik. Ularga tahorat, namoz, Qur’onni o‘rgatish yetmaydi. Biroq biz yetadi, deb o‘yladik.
Qaysi ota o‘z farzandi bilan sayr qilgani chiqadi?
Qaysi ota-ona jigarbandini suyib, erkalab namoz o‘qishni o‘rgatyapti? Qaysi ota-ona farzandlari bilan do‘st tutingan?
Bu xislatlar juda kamchiligimizda mavjud. Qop-qora taxtada oq nuqtalar taxtani oqartira olmaydi-ku.
© Omina Shenliko‘g‘li. "Imomning maneken qizi" asaridan

#Farzand_tarbiyasida muxum xazifa
Sen o‘zingga turmush o‘rtoq tanlayotganingda farzandingning yarim tarbiyasini hal qilayotgan bo‘lasan...

"Sizda farzandlaringiz tarbiyasi uchun vaqt bo'lmasa, butun vaqtini ularni buzish uchun bag'ishlagan kishilar bor".
Xolid al-Xulabiy
Xolid al-Xulabiy
Bizni uyg'otayotgan inson yoki soat qo'ng'irog'i shunchaki bir sababchi halos, aslida har tong bizni Alloh uyg'otadi va bizga yashash uchun yana bir kun imkoniyat beradi.
Bu imkoniyatlar esa qachondir tugaydi...
O'sha kuni bizni soat qo'ng'irog'i ham va biror yaqinimiz ham uyg'ota olmaydi.....

Kun kelib, ochilmagan gullar ochiladi, yechimi yoʻq muammolarga yechim topiladi, mahzun boʻlgan qalblar taskin topadi, yosh toʻkkan koʻzlar kuladi.
Avval ishonch, soʻng umid va sabr, keyin esa shukr qilasiz..

Seni g'amgin qiladigan va tavba qilishingga sabab bo’ladigan gunoh, seni kibrli qiladigan yaxshilikdan ko'ra Allohga ko'proq yoqadi.
Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu
Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu
💯1
Har birimizda vaqt mashinasi bor: bizni o‘tmishga olib boradigan — xotiralar; kelajakka olib boradigan esa — orzular.
kitobdan iqtibos.
kitobdan iqtibos.
Avvallari nasihat qilgan insonga minnatdorchilik bildirilardi, bugun esa nasihatni qabul qilgan insonga rahmat aytish kerak boʻlib qoldi.
Bizning davr—ilk “tarsaki” qabih ish qilganning yuziga emas, “Allohdan qoʻrq” deganning yuziga tushiriladigan davr...😊🥹😔

iqtibos
Hech bir zalolat yo'qki, magaram bezatilgan bo'lmasa.
Sufyon Savriy

Yakka Sada kitobxonlari
Har birimizda vaqt mashinasi bor: bizni o‘tmishga olib boradigan — xotiralar; kelajakka olib boradigan esa — orzular. kitobdan iqtibos.
Inson hech qachon ayni daqiqada to‘liq yashamaydi. U doim o‘tmish xotiralarini kovlaydi yoki kelajak haqida o‘ylaydi, ammo shunchaki hozirgi lahzada yashash — juda noyob holat...
#Tafakkur
Najib Mahfuz shirinlik sotib yurgan bir bolani ko'radilar va yig'lab shunday deydilar:
"Bolalarning orzusi - bir parcha shirinlik, bu bola esa orzusini sotyapti"...

😢1
Bugun nikoh qiyin qilib yuborilgan
Shayxul islom, Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh aytadilar:
Hazrati Jobir roziyallohu anhu bir kuni Nabiy sollallohu alayhi vasallam huzurlariga tashrif buyurdilar va: Ey, Allohning Rasuli! Men bir ayolga nikohlandim dedilar. (Imom Buxoriy rivoyati)
Bu sahobiy Nabiy sollallohu alayhi vasallamga juda yaqin sahobalardan edilar va har doim Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan uchrashib turar edilar. Lekin nikohda ishtirok etishga taklif qilmadilar. Chunki, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning muborak davrlarida shunday umumiy odat bor ediki, nikoh uchun biror xos e’tibor qilinmas edi. Nikoh bo‘lyapti degani, bu bir to‘fon ko‘tarilyapti degani emas edi. Bir necha oylardan beri unga tayyorgarlik bo‘lyapti….. va butun oilada uning to‘s-to‘poloni, u siz nikoh bo‘lishi mumkin emas.
Shari’at nikohni qanchalik oson qilgan edi. Biz uni keraksiz va noto‘g‘ri rasm-rusumlar orqali shunchalik qiyin qilib oldik. Buning oqibatiga nazar soling, qizlar turmushga chiqa olmay uyda o‘tirib qolganlar. Bunga sabab sep tayyorlashlik uchun pul yo‘qligidir. Bu dabdabali to‘y tantanasini qilishlik uchun pul yo‘qligidir. Endi, bu ishlarga pul to‘plashlik uchun halol-xarom bir bo‘lib ketyapti. Bu barcha rasm-rusumlarni biz o‘zga din vakillaridan olib olganmiz. (Love story to‘ydan oldingi sevgi tarixi va uni xammaga to‘yxonada namoyish etishlik, kelinning dugonalariga gul otishi, kuyovning axmoqona banan otishi, ota qizini yetaklab kelib, to‘yxonada kuyovga topshirishi, kelinning kuyov va qaynotasi bilan vals tushishi, yarim yalang‘och kelinlik liboslari........va hokazo).
Nabiy sollallohu alayhi vasallam bayon qilgan sunnat yo‘lini tark qildik. Buning oqibati shuki, halol (nikoh orqali oila qurish) yo‘llari yopilib qolgan. Halol yo‘l orqali xohishlarini qondirishlik uchun juda ko‘p mol davlatga ega bo‘lishlik zarurdir. Milionlab puli bo‘lsa, o‘shanda to‘y qila oladi, bo‘lmasa, yo‘q. Ikkinchi tarafdan atrofdagi behayolik sababli nafsoniy va shahvoniy xislar junbushga kelgan. Uni halol yo‘l ila qondirishlik imkoni bo‘lmagach, harom yo‘lga qadam tashlanmoqda.... shuning uchun bu keraksiz rasm-rusumlar jamiyatimizni halokat qirg‘og‘iga yetkazib qo‘ygan.
(Islahiy xutbaat kitobidan.2-jild, 102-bet. Abdulqayyum Komil tarjimasi)

👍2
#Kitobdan
KELIN TANLASH
Imom Gʻazzoliy “Nikoh odobi”da juft tanlashda quyidagi sakkiz jihatga ahamiyat berish lozimligini ta’kidlagan:
1. Bo‘lg‘usi kelinning din-diyonatli bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Zero, haqiqiy soliha, diyonatli ayolda keyinchalik boshqa ibratli, yaxshi jihatlar ham jamuljam bo‘ladi.
2. Yaxshi axloqli bo‘lishi ham muhim. Zero, mahmadona, shallaqi, qanoatsiz, buzuqi ayoldan solih farzand dunyoga kelishi dargumon. Shu bois bo‘lajak kuyovlarga minnatni xush ko‘radigan, shahvatparast, molparast, besabr, ko‘cha uchungina bezanadigan xulqi yomon qizlar bilan oila qurmaslik tavsiya etiladi.
3. Kelinning go‘zal, xushro‘y bo‘lishi ham zaruriy shartlardan sanaladi. Chunki muhabbatni alangalatuvchi omillardan biri chehra go‘zalligidir. Ko‘rimsiz ayol chehrasi ko‘ngilni tezda zada qilishi mumkin. Shu bilan birga, go‘zallik diyonat, xushxulqlikdan ayro bo‘lmasligi lozim. Diyonatsiz, badxulq ayolning chehra go‘zalligi buzuqlikka yetaklashi xavfi bor.
4. Kelinga beriladigan mahrning oz bo‘lishi ham maqsadga muvofiqdir.
5. Kelinning tug‘a olish qobiliyatiga ega bo‘lishi ham o‘ta muhim. Haqiqatan, homilador bo‘lish imkoniyatidan mahrum ayollarga uylanmaslikni ko‘p olimlar ma’qullashgan. Chunki, uylanishdan ko‘zlangan maqsadlardan biri o‘zidan zurriyot qoldirish, naslni davom ettirish.
6. Juftlikka tanlangan qiz bokira bo‘lgani yaxshi. Sababi:
– Bokira kelinchak ilk do‘st qadriga yetadi, faqat o‘zi bilgan erini sevadi, odatda, u bilan kifoyalanadi, oldin erkak sinagan ayolga nisbatan eriga muhabbatli bo‘ladi;
– bokira ayol eri tomonidan ko‘proq seviladi. Chunki rafiqasining oldingi turmushini eslash erkak ko‘nglini g‘ash qilishi, ehtirosini susaytirishi mumkin;
– oldin turmush qurgan ayol birinchi erini ko‘proq eslaydi. Zero, muhabbat ilk juft bilan jo‘shqinroq bo‘ladi, xotirada yaxshiroq saqlanadi.
7. Ayolning nasl-nasabli bo‘lishi ham muhim o‘rin tutadi.(O‘zbekchilikda yetti ajdod surishtirilishi bejiz emas). Zotan, tag-tugli, zoti asl, diyonatli qizlargina kelajakda iffatli, hayoli muslima ayol bo‘lib, solih, sog‘lom farzandlarni tarbiyalashga qodir bo‘ladi. Bu o‘rinda nasliy kasalliklarni surishtirish ham zarur.
8. Juftlikka tanlangan ayol yaqin qarindosh bo‘lmagani ma’qul. Chunki shahvat quvvati ham ehtirosli nazar, erkalashga uzviy bog‘liq. Zamonaviy tibbiyot ilmi ehtiroslar jo‘shqinligi ayolning notanishligiga bog‘liq ekanini e’tirof etmoqda. Aniqlanishicha, yaqin qarindoshlardan qurilgan oilalardagi erkaklarda “ruhiy mijoz sustligi” dardi ancha ko‘p uchrar ekan. Buning yana boshqa salbiy tomonlari bor.
Shuningdek, Kelin tanlashda quyidagilarga ahamiyat berish lozim:
1. Oh-voh qilib, hamma narsadan noliyveradigan;
2. Qilgan ishini minnat etadigan;
3. Begona erkaklarga – ko‘z uchida bo‘lsa ham – shahvat bilan qaraydigan;
4. Tashqarida bezanib-yasanib, uyida befarosatlik bilan kiyinadigan;
5. Itoatsiz, kibrli, qo‘pol qizlarni aslo juftlikka tanlab bo‘lmaydi.
Ziyovuddin Rahim, "Baxtli hayot sari" kitobidan

Dunyoning mayda masalalari atrofida o‘ralashib qolish, ijtimoiy tarmoqlarga mukkadan ketish, har xil voqea-hodisalar (ayniqsa, adolatsizlik, zulm, yovuzlik) haqida juda ko‘p o‘qish yoki videolarni tomosha qilish odamni asabiy va tushkun qilib qo‘yadi. Shuning uchun telefon va kompyuterdan foydalanishni tartibga solish, ijtimoiy tarmoqlardan, ayniqsa, duch kelgan yengil-yelpi narsalarni o‘qish va ko‘rishdan chetlanish tavsiya etiladi.
Qolaversa, ko‘proq do‘stlar, yaxshi insonlar bilan suhbatlashish, ilm olish, tabiat qo‘yniga sayohat qilish, tog‘larni, bog‘larni aylanish insonga rohat beradi, tanasi va ruhini sayqallaydi, tushkunlikdan chiqishga ko‘maklashadi, hayotga, yashashga bo‘lgan intilishingizni oshiradi...

Bir kishi uyida un qolmaganligi sabab bug‘doyni eshagiga ortib, tegirmon tarafga qarab yo‘l olibdi. Yetib borgach, bug‘doyni tushirib olishi bilan eshagi qochib ketibdi. Bug‘doyini tegirmonchiga topshirib, eshagini qidirishga chog‘lanibdi. Eshagini ortidan qidirib borib topa olmabdi. Bu orada juma namozi yaqinlashganini ko‘rib: “Sen qayerga borsang boraver, men Rabbimni huzuriga boraman” deb, masjidga qarab yo‘l olibdi.
Juma namozini ado etgach, o‘ylanib qolibdi, tegirmondan unni olib ketay desa, eshagi yo‘q, noiloj uyga qaytibdi.
Uyiga yaqinlashgach, eshakning ovozi eshitilibdi, hayron bo‘lib xotinidan so‘rasa, eshakning o‘zi uyga qaytib kelgan ekan.
Xotini unga: “Qorningiz och bo‘lsa kerak, yangi undan non yopdim, keltiraymi?” – debdi. U yana xayron qolibdi. Un tegirmonda qolgan, uyda un qolmagan bo‘lsa, xotini qaysi yangi undan non yopganini so‘rabdi. Xotini: “Qo‘shnimiz ham tegirmonga borgan ekan, tegirmonchi bizning unimizni ham qo‘shib bervoribdi. Unimiz ham, eshagimiz ham o‘z oyog‘i bilan kirib keldi"