Yakka Sada kitobxonlari
71 subscribers
253 photos
50 videos
21 files
44 links
Kitobni satrlarni o‘qir ekansan ham tabassum qilasan, ham yig‘laysan.  Kitob o‘qing,
insoniylik tuyg‘usini his qiling...
«Kitob yoqishdan ham og‘irroq jinoyat bor, masalan, uni o‘qimaslik»;anonim yozish kanalni adminga https://sprosi.link/al_addl
Download Telegram
Yakka Sada kitobxonlari
Bolaga kitob o’qib berishning foydalari Bolangizga kitob o'qib bering Amerika Pediatrlari Uyushmasi tadqiqotlarining ko’rsatishicha, bola bilan har kuni 15 daqiqa davomida kitob mutolaa qilishning foydasi katta ekan. Bola miyasining 90% uning 3 yoshiga…
Bolaga qanday kitob tanlash lozim?

Eng yaxshi kitob, bu klassik ertak va hikoyalardir. Lekin undan-da yaxshi tanlov — bolaning o’zi qiziqqan kitobni o’qib berish. Bola bilan kitob do’konlariga tez-tez borib turish kerak. U yerdan bola o’zi qiziqib tanlagan kitobni sotib olish va o’qib berish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Bitta o’yinchoqning narxiga ba’zida 10 dona kichik kitob sotib olsa bo’ladi. Ota-ona pulni sifatsiz, keraksiz va ba’zida zararli plastikdan yasalgan o’yinchoqqa emas, foydali va qiziqarli kitob xarid qilishga sarflasa, bolaning kelajagiga katta ijobiy hissa qo’shgan bo’ladi. Keyinchalik bola ham, o’yinchoq do’koniga emas, balki kitob do’koniga borishni afzal ko’rib qoladi.
ibrat

Bugun o‘qiganlarimning eng go‘zali:

Yer sajda qiluvchilarning peshonasini unutmaydi.
Tun ibodat qiluvchilarning ohini unutmaydi.
Yuz tavba qiluvchilarning ko‘z yoshlarini unutmaydi.
Osiy bo‘lsak-da, Alloh mo‘minligimizni biladi.
Umr esa juda tez o‘tmoqda. Hoyu-havaslardan, tilingning toyilishidan ehtiyot bo‘l. Hamma tug‘ilib, tezda boqiy hayotga rihlat qiladi.
Bolalar uchun juda kerak bo‘lgan 7 narsa

1. O'ziga ishongan kattalar.
Agar siz doim bolangizdan “Qayerda uxlashni xohlaysan?”, “Nima yeysan?” deb so‘rab, uning istagini topishga urinaversangiz, natijada bola kattalarni boshqarishni o‘rganadi. Aynan shunday — kattalar bolalarni emas, bolalar kattalarni boshqaradi.

Ba’zida bola birdaniga to‘rt kattani: onasi, otasi, buvisi va bobosini boshqarib qoladi. Bu bolaga juda og‘ir yuk bo‘ladi va uning ichki resurslari tez tugaydi. Bu esa injiqlik, agressiya, yomon uyqu va ovqatlanish kabi muammolarga olib keladi. Bolaga yo‘l ko‘rsatadigan va unga ishonch beradigan katta kerak.

Davomi bor
Yakka Sada kitobxonlari
Bolalar uchun juda kerak bo‘lgan 7 narsa 1. O'ziga ishongan kattalar. Agar siz doim bolangizdan “Qayerda uxlashni xohlaysan?”, “Nima yeysan?” deb so‘rab, uning istagini topishga urinaversangiz, natijada bola kattalarni boshqarishni o‘rganadi. Aynan shunday…
Davomi

2. Baxtli ota-onalar
Bola muvozanatli bo‘lib o‘sishi uchun uning atrofida o‘z o‘rnini topgan va dunyoni ijobiy ko‘radigan hech bo‘lmaganda bitta inson bo‘lishi kerak. Bunday odamni ko‘rib, bola o‘zini xotirjam his qiladi va kelajakda o‘z o‘rnini topishga ishonadi. Masalan, agar siz nashriyotda ishlasangiz va ishingizni yaxshi ko‘rsangiz, bolangizni o‘sha joyga olib boring. Bunday muhit bola uchun qiziqarli va ilhomlantiruvchi bo‘lishi mumkin.

Davomi bor
Kichik bola bilan telefonda gaplashishda nimalarga e’tibor qaratish kerak?

Bolalar bilan telefonda gaplashish biroz qiyin bo'lsa-da, dastlabki vaqtlarda bu juda qiziqarli va o'zgacha zavqli bo'ladi. Ayniqsa, farzandingizning endi tili chiqayotganda.

Kichik bola bilan telefonda suhbatlashishni osonlashtirish uchun quyidagi jihatlarni inobatga olish tavsiya etiladi:

1. Yoshga mos muloqot qilish.
Bolalar odatda 1,5–2 yoshdan boshlab telefonda qisqa suhbatlarga qiziqish bildiradi, ammo bu bosqichda ular faqat bir necha so‘z yoki sodda jumlalar bilan muloqot qiladi. 3–4 yoshga kelib, bolalar fikrlarini yaxshiroq ifodalay oladi, bu esa telefonda muloqotni sezilarli darajada osonlashtiradi.

2. Qisqa va oddiy gaplarni ishlatish.
Bolalar bilan telefonda gaplashayotganda gaplaringizni sodda va qisqa qilib tuzing. Bolaning diqqatini uzoq vaqt ushlab turish qiyin, shuning uchun ortiqcha so‘zlardan qochib, asosiy mazmunni yetkazishga harakat qiling.

3. Savol-javob usulini qo‘llash.
Bola bilan faol muloqot qilish uchun unga oddiy savollar bering. Masalan: “Bugun nima qilding?”, “O‘yinchoqlaring bilan o‘ynadingmi?” kabi savollar bolani javob berishga undaydi.

4. Ohangga e’tibor bering.
Bolalar so‘zlardan ko‘ra ovoz ohangiga ko‘proq e’tibor beradi. Mehrli, quvnoq va bolaga mos ohangda gapirish orqali suhbatni qiziqarliroq qilishingiz mumkin.

5. Bolani rag‘batlantirish.
Agar bola gaplashishga urinayotgan bo‘lsa, uni maqtang va qo‘llab-quvvatlang. Bu, ayniqsa, nutq rivojlanayotgan davrda bolaning ishonchini oshiradi.

6. Texnik vositalardan ortiqcha foydalanmaslik.
Telefonda muloqot qilishni bolaga o‘yin sifatida ko‘rsatmaslik kerak. U texnik vositalardan faqat aloqa uchun foydalanish lozimligini his qilishi muhim.

Kichik bola bilan telefonda gaplashish sabr va tushunishni talab qiladi. Ularning qobiliyati yosh o‘tishi bilan rivojlanadi, shuning uchun bolaning ehtiyojlarini inobatga olib, muloqotni asta-sekin kengaytirib borish kerak.
Boʻsh choʻntaklar hech qachon bizning “shaxs” boʻlishimizda toʻsiq boʻlmaydi.
Bu jarayonga faqat boʻsh ong va boʻm-boʻsh qalb xalaqit berishi mumkin...
Ey ayol...

Eringga g‘azab qilishdan oldin tanasidan qancha ter tomganini bil!

Eringga g‘azab qilishdan oldin ko‘zidagi charchoqqa boq!

"Er bo‘lgandan keyin ishlaydi, boqadi-da, uning vazifasi" deyishga shoshma.


Erlik vazifamni, farzandlarimga otalik mas’uliyatimni his qila olyapmanmi, ularga Dinini o‘rgata olyapmanmi, Namozga chorlay olyapmanmi deb ko‘zidan duv-duv yosh quyilgandir;

Har bir oila boshlig‘i oila a’zolarining baxtli bo‘lishini, dunyo va oxiratda najot topishini istaydi;

Uning ojiz inson ekanini, u ham charchashini unutma.

Ehtimol biror joyi og‘risa ham oilam nojam bo‘lmasin deb aytmas.

Agar sen dugonalaring, opa-singillaringdek libos kiya olmayotgan bo‘lsang, darhol eringni ayblama, sabrli bo‘l!

Unutma, oqila ayol modani deb erini o‘ylamaydigan emas, balki erini deb modani o‘ylamaydigan ayoldir.

Alloh taolodan oilangni saodatli etishini, sizlarni ibodatda bardavom aylashini, O‘zidan o‘zgaga muhtoj qilmasligini so‘rab duo qil!
👍2
Inson tabiyati shundayki, u hech qachon yaxshi joydan yomon joyga ko'chishni istamaydi.

Agar, bu dunyodagi koshonangizdan, oxiratdagi qasringizni go'zal qila olsangiz (yaxshi inson bo'lsangiz) u yerga ketishdan (o'limdan) qo'rqmay qolasiz.

Muhammadali Eshonqulov.

Hohlaymizmi yo'qmi, bu dunyodagi binolarimiz nurab boraveradi (umrimiz kamayib boraveradi), buni to'xtata olmaymiz, bizning qo'limizdan keladigani imkonimiz boricha ertaga aniq boradigan joyimizni obod qilishdir.
Har bir bolaga alohida e’tibor

Bolalar bir oilada o‘sib, bir xil tarbiya ko‘rishsa-da, ularning xarakteri, qiziqishlari va ehtiyojlari bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun har bir bolaga alohida e’tibor qaratish ota-onaning muhim vazifasidir.

Farzandingiz bilan muntazam muloqot qiling, ularning hissiyotlarini tushunishga harakat qiling va o‘ziga xos qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlang. Ularning har birini boshqa birov bilan solishtirish o‘rniga, o‘z imkoniyatlariga qarab rag‘batlantirishga intiling.

Bu nafaqat ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi, balki oilada iliq va mustahkam munosabatlarning shakllanishiga yordam beradi. Unutmang, har bir bola o‘z dunyosiga ega va u alohida e’tiborga loyiq!
​​Ibn Javziy aytadi:

Bolang yetti yoshgacha sening rayhoningdir. Keyin o‘n to‘rt yoshgacha sening xodimingdir.

O‘n besh yoshdan keyin sening sherigingdir. Agar yaxshilik qilsang do‘sting bo‘ladi. Yomonlik qilsang dushmaning. Shu yoshga yetgach uni so‘kilmaydi ham, urilmaydi ham...
" Ummu Sibyon " bolalarga ziyon yetkazadigan jin toifasidir. Uning qiladigan ishi go'daklarga zarar yetkazishdan iborat.
Ammo bolaning qulog'iga azon va takbir aytib qo'yilsa, mazkur jin bolaga zarar yetkaza olmay qoladi.

Sog'lom bola - "Shayx Muhammad Sodiq" 📚
Farzandingizda kitob o‘qishga mehr uyg‘otishning oson usullari

Farzandingizning bo‘sh vaqtini kuzatib boring

O‘rtacha, zamonaviy odamlar kuniga 74 Gb gacha ma’lumotni qayta ishlaydilar. Olimlarning fikriga ko‘ra, 500 yil oldin ziyoli odam umri davomida bir xil miqdorda iste’mol qilgan.
Smartfonlardan foydalanadigan va erta yoshdan Internetga kiradigan bolalar ham katta hajmdagi ma’lumotlarga duch kelishadi. Kitoblar multfilmlar, TikTok videolari, mobil o‘yinlar bilan raqobatlashadi – bola nima o‘qishni tanlashda qiynalayotgani ajablanarli emas. Ko‘ngilochar gadjetlardan foydalanishni cheklashga harakat qiling. Shunday qilib, 2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga odatiyb ish kunlarida kuniga bir soatgacha, dam olish kunlari esa uch soatgacha ekran qarshisida o‘tirishi mumkin.
Mutolaaga ko‘proq interaktiv kontent qo‘shing. Misol uchun kuzda farzandingizga ushbu mavsumga mos kitoblarni taklif qiling. Olma pirogini birgalikda pishirish, gerbariy yig‘ish, uyni bezatish va hokazo. Kitoblar qahramonlariga rang beriladigan maxsus kitoblarini qidiring, bolangizning sevimli asarlari asosida o‘yinlar o‘ylab toping. Xulosa qilib aytganda bolalarga adabiyot qiziqarli bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib bering...
Imkon qadar hech kimga g‘am tashvish yetkazmang. Hech qachon o‘z g‘azabingizni boshqalarga to‘kmang. Agar abadiy osoyishtalikni istasangiz, dardni o‘zingiz his qiling, lekin boshqalarga ozor bermang.

Umar Xayyom
Sevgida quyosh kabi bo'l. Do'stlik va qardoshlikda oqar suv kabi bo'l. Xatolarni yopishda tun kabi bo'l. Tavoze’da tuproq kabi bo'l. G'azab onida o'lik kabi bo'l. Har ne bo'lsang bo'l. Yo bo'lganing kabi ko'rin, yoki ko'ringaning kabi bo'l...



Jaloliddin Rumiy.
Inson har qanday ish uchun o'zidagi energiyani sarflaydi.

Biz, yaxshi bo'lishimiz uchun ortiqcha ish qilishimiz (quvvat sarflashimiz) kerak emas. Shunchaki,  yomon ishlar uchun ketadigan quvvatimizni ham yaxshilik tomonga yo'naltira olsak kifoya...
Bolalar va internet

Hozirgi kunda internet hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Bu texnologiya bilim olish, ijod qilish va muloqot uchun yaqindan ko'mak bermoqda. Shuning uchun undan bolalar ham foydalanmoqda. Ammo ular uchun bu borada ma'lum bir qoidalar, tartiblar bo'lishi kerak. Quyida shu haqida to'xtalamiz:

1. O‘rnak bo‘ling.
Bolalar ko‘pincha ota-onalarning odatlarini o‘zlashtiradilar. Internetdan me’yorida va to'g'ri foydalanishingiz bilan ularga o'rnak bo'ling.

2. Chegaralar belgilang.
Internetdan foydalanish vaqtini cheklang va undan foydalanish uchun ma’lum qoidalar o‘rnating. Masalan, ovqat vaqtida yoki uyqudan oldin telefon va planshetdan foydalanishni cheklash mumkin.

3. Kontentga e’tibor bering.
Bolalar qaysi sayt va ilovalardan foydalanayotganini nazorat qiling. Yoshlariga mos bo‘lgan ta’limiy va foydali materiallarni tavsiya eting.

4. Xavfsizlikni ta'minlang.
Bolalarga internet xavflari, shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilmaslik va begonalarga javob bermaslik kerakligini tushuntiring.

5. Aloqani mustahkamlang.
Bolalaringiz bilan ochiq muloqotda bo‘ling. Ular duch kelgan muammolar yoki qiziqtirgan savollari bo'yicha siz bilan bemalol gaplasha olsin.

6. Foydali kontentlarga qiziqtiring.
Ta’limiy dasturlar, kitoblar va ijodkorlikni rivojlantiruvchi ilovalar orqali internetning foydali tomonlarini ko‘rsating.

7. Kuzatish vositalaridan foydalaning.
Yosh bolalar uchun maxsus nazorat dasturlarini o‘rnating. Bu ularga mos bo‘lmagan kontentdan himoyalanishga yordam beradi.

Internet — bu vosita, undan qanday foydalanish esa ota-onaning tarbiyasi va nazoratiga bog‘liq.

#tarbiya
Odam oʻzi uchun duo qilishi—shart.
Bu huddi nafas olishdek zarur.
Biroq, boshqalar haqqiga duoda boʻlishi—qalb ishi. Muxabbat ishi.

Qalbimizni boshqalarning ehtiyojini sigʻidira oladigan darajada kengroq qilishimiz Robbimizga mahbub ishlardan biri......
#Kitobdan

Farzandlarimizni tarbiyalayotganimizda islomiy qonun-qoidalarga asoslanmaganimizga ishonib bormoqdaman. Turli yanglish cheklovlar bilan bolalarimizning dunyolarini ostin-ustun qildik. To‘p o‘ynama, Hazrati Xusaynning boshi dedik, qo‘g‘irchoq o‘ynama, keyin unga jon ato qilishing kerak bo‘ladi, deb har xil uydirma gaplarni gapirdik. Bolalarimizga islomni sevdirib emas, qo‘rqitib o‘rgatdik. Dinsizlikka nisbatan bolalarimizda nafrat uyg‘otmadik. Ular esa nafratlarini ota-onalariga yoki bir-birlariga nisbatan ishlatishdi.
Sevishning ham nafratlanishning ham o‘z qoidalari bor. Dushmanlarimiz ham bu qoidalarni juda yaxshi biladi va o‘z o‘rnida foydalanishadi.
Yoshlarimizga kino, teatr va shunga o‘xshash yo‘llar bilan ta’sir ko‘rsatishyapti. Ba’zida birgina karikatura ham ularning dunyoqarashini o‘zgartirishga yetib, ortyapti.
Sabab? Sababi g‘oyatda aniq. Biz bolalarimizga dushmanlarimiz
va ularning xiylalarini umuman o‘rgatmadik. Ularga tahorat, namoz, Qur’onni o‘rgatish yetmaydi. Biroq biz yetadi, deb o‘yladik.
Qaysi ota o‘z farzandi bilan sayr qilgani chiqadi?
Qaysi ota-ona jigarbandini suyib, erkalab namoz o‘qishni o‘rgatyapti? Qaysi ota-ona farzandlari bilan do‘st tutingan?
Bu xislatlar juda kamchiligimizda mavjud. Qop-qora taxtada oq nuqtalar taxtani oqartira olmaydi-ku.

© Omina Shenliko‘g‘li. "Imomning maneken qizi" asaridan
#Farzand_tarbiyasida muxum xazifa

Sen o‘zingga turmush o‘rtoq tanlayotganingda farzandingning yarim tarbiyasini hal qilayotgan bo‘lasan...
"Sizda farzandlaringiz tarbiyasi uchun vaqt bo'lmasa, butun vaqtini ularni buzish uchun bag'ishlagan kishilar bor".

Xolid al-Xulabiy
Bizni uyg'otayotgan inson yoki soat qo'ng'irog'i shunchaki bir sababchi halos, aslida har tong bizni Alloh uyg'otadi va bizga yashash uchun yana bir kun imkoniyat beradi.

Bu imkoniyatlar esa qachondir tugaydi...

O'sha kuni bizni soat qo'ng'irog'i ham va  biror yaqinimiz ham uyg'ota olmaydi.....