Yakka Sada kitobxonlari
71 subscribers
253 photos
50 videos
21 files
44 links
Kitobni satrlarni o‘qir ekansan ham tabassum qilasan, ham yig‘laysan.  Kitob o‘qing,
insoniylik tuyg‘usini his qiling...
«Kitob yoqishdan ham og‘irroq jinoyat bor, masalan, uni o‘qimaslik»;anonim yozish kanalni adminga https://sprosi.link/al_addl
Download Telegram
Teskari tendensiya.

Insonning kibri pastlagan sari, natijasi yuqorilashadi, kibri ko'tarilgan sari natijasi pasayadi...

Hulosa: Agar haqiqatda Kibrni yo'qota olsangiz, qandaydir natija ko'rsatish ham shart emas.

Chunki kibrni yo'qota olishning o'zi katta natija!!!
👍4🔥2👏1
"Kitob yozgan"  insonlarning avlodi sifatida hech yo'q "kitob o'qiydigan" avlod bo'lishimiz kerak.
Afsuski, biz shuni ham uddalay olmayapmiz....
👍5
Madinai Munavvarada bir ayol o‘g‘rilik qilib qo‘lga tushadi. Uning qarindosh-urug‘lari bundan qattiq tashvishlanadilar. Agar qo‘li kesilsa, butun urug‘imizga or bo‘ladi, deb qayg‘uradilar. Maslahatlashib, Usoma ibn Zayd Payg‘ambarimizning erkasi, uni ishga solaylik, kechirib yuborsalar ajab emas, deyishadi. Usoma ibn Zayd roziyallohu anhu vositachilik qiladilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qattiq g‘azablanadilar va masjidda jamoat namozidan so‘ng xutba qilib: «Sizga nima bo‘ldiki, Allohning haddidan bo‘lgan bir hadda menga vositachi qo‘yasizlar! Allohga qasamki, agar Muhammadning qizi Fotima o‘g‘rilik qilsa ham, uning qo‘lini, albatta, kesaman! Sizdan oldingi ummatlarning halok bo‘lishiga sabab ham oddiy odamga hadni joriy etib, obro‘liga joriy etmaslik edi», dedilar («Had» deganda shar’iy jazo tushuniladi).

”Tafsiri Hilol, Ikkinchi juz”
🔥2
Kichik narsalarning ta'sir kuchi katta bo‘ladi. Masalan, shunchaki tabassum, sehrli quchoq, samimiy tashakkur, beminnat iltifot kabi...
2🔥2
Bugun o'qigan postlarimning eng yaxshilaridan biri.

Guruch (sholi) suvda yetishtirilsa-da tarkibida suv yo'q.

Tarvuz esa qup-quruq dalada pishib yetiladi, to'qson foiz suvdan iborat.

Alloh sabablarga muhtoj emas, istasa sabablarni teskari qila oladi....
👍2🥰1
Hadisdan

Farzandlarga yaxshilik qilish

Usoma ibn Zayd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: meni olib sonlariga o‘tqazar edilar. Hasanni esa boshqa sonlariga o‘tqazar edilar. So‘ngra sonlarini bir-biriga qo‘shib turib: «Ey Allohim! Ikkisini rahim qilgin, men ularga rahim qilurman», der edilar». Buxoriy rivoyat qilgan.

Sharh: Ushbu hadisi sharifdan olinadigan foydalar:

1- Birovning bolasini ham quchog‘iga olib o‘tirish mukinligi.
2- Ikki bolani quchoqqa olib o‘tirish joizligi.
3- Alloh taologa bolalarga rahim qilishni so‘rab duo qilib turish kerakligi...
💯1
Buyuk imomlar Buxoriy, Muslim va Termiziy Jarir roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Odamlarga rahm qilmaydigan odamga Alloh taolo rahm qilmaydi», deganlar.

”Tafsiri Hilol, Ikkinchi juz”
Asl do'stlarni saralab olishing uchun boshingga musibat tushishi kerak, Huddiki yaltiroq qo'ng'izni  ko'rinish berishi uchun qorong'u tushishi kerak bo'lganidek....
🔥1
Ilmning fazli

Hasan Basriy aytadilar:
«Ilmning bironta bobini o‘rganib, so‘ng uni bir musulmonga o‘rgatishim menga dunyoning hammasi Alloh yo‘lida meniki bo‘lishidan yaxshiroqdir»




Imom Shofeiy rahmatullohi alayh aytadilar:
«Farz ibodatlaridan keyin ilm talab qilishdan afzalroq narsa yo‘q».
🕊2
Ko’p kulgan ko’p yig’laydi

Yoshligimda “Ko’p kulgan ko’p yilg’laydi” deyishardi. Ishonardim. Keyinchalik shunchaki irim ekan dedim va tan olmadim.

Endi yana tushunyapman rostdan ham ko’p kulgan ko’p yig’lar ekan. Faqat endi o’qiganlarimni hayotni o’zi insonlar orqali tasdiqlab beryapti.

Tez xursand bo’ladigan insonlarni hafa bo’lishi ham tez. Tez hafa bo’ladigan insonlarni esa xursand bo’lishi ham huddi shunday tez.

Qalbga bog’langan narsalar insonni kayfiyatini boshqarishni boshlaydi. Kayfiyat esa jism harakatini ta’minlovchi qarorlarga to’liq ta’sir qiladi.

Kayfiyat bilan harakatlar o’rtasidagi bog’liqlikni uzib qo’yishni imkonini topa olmadim. Lekin kayfiyat va qalb orasidagi bog’liqlikni uzib qo’yish mumkin ekan.

Bu dunyodagi qiyinchilik ham, xursandchilik ham vaqtinchalik va mutloq emasligini siz ham men ham bilamiz. Lekin abadiydek qalbga bog’lab qo’yganmiz.

Qalbga bog’langan insonlar, buyumlar va voqeliklar turli holatlar orqali kayfiyatimiz yordamida to’liq bizni harakatlarimizga hukmdorlik qiladi.

Shu sababdan xursand va hafa bo’lishimga atigi bittadan sabab borligini ko’ryapman.

Xursand bo’lishimga hozir tirikligim. Hafa bo’lishimga esa tirikligimda abadiy qoladigandek yashayotganim...
🔥2
Ko'p uzoqlashma - unitishadi.
Ko'p yaqinlashma - malolanishadi.....
"Aql"ning "pul"dan ustunli shundaki, aql bilan pul topsa bo'ladi, lekin pulga aql sotib olishning iloji yo'q!
Soliha ona

Bola tarbiyasida avval uning nasil nasabi bo’lgan onasiga e’tibor qaratish kerak. Qaysiki olimni qarasak onasi tarbiya qilgan. ImomBuhoriy, Abdulloh ibn Muborak, Imom Ahmad, Imom Shofe'iy yetimlikdan katta bo’lishgan. Lekin katta imomlar bo’lib yetishishdi bunda onalarining o’rni katta bo’lgan. Demak onaning soliha bo’lishi farzand tarbiyasida juda katta o’rin egallaydi. Shuning uchun ham ona bu huddiki madrasadir...
kitobdan_parcha

​​​​Omadsizlik va muvaffaqiyat

Ishi yurishmaydiganlar ko‘p gapirib, kam ishlaydiganlardir. Ular odamlarni o‘ziga qaratib, ularni hayron qoldirish uchun faraziy ishlardan, xayoliy yutuqlardan gapiradilar. Shunga qaramay, hech muhabbat qozona olishmaydi. Ammo muvaffaqiyatli odamlar esa, e’tibor jalb qiladigan, aqllarni shoshirib qo‘yadigan, muayyan natijalarni taqdim qilishadi. Shunday ekan, gap sotmay ishga kirish. Tilni emas, kuchni ishlat. Shunda qalbi sergak insonlar haqingga duo qilib, o‘z e’tiroflarini aytishadi va sening buyuk ishlaringga kamarbasta bo‘lishadi. Odamlar Allohning yerdagi guvohlaridir. Har qanday hasadchiga: “Sen eshitgan narsalardan tashqari sen ko‘rib turgan yutuqlar ham senga yetarli javob bo‘ladi”, deb ayt.

Shayx Oiz Qarniy hafizahulloh - "Qalb tubidan" kitobi
👍2
Bolaga kitob o’qib berishning foydalari

Bolangizga kitob o'qib bering

Amerika Pediatrlari Uyushmasi tadqiqotlarining ko’rsatishicha, bola bilan har kuni 15 daqiqa davomida kitob mutolaa qilishning foydasi katta ekan.


Bola miyasining 90% uning 3 yoshiga qadar rivojlanib bo’ladi. Shu davrda bolaga kitob o’qib berish miya rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Uch yoshlik bolaning so’z boyligiga qarab u maktabga qabul qilinganidan soʻng «o’qish»dan necha baho olishini oldindan bilsa bo’ladi.

Kuniga 15 daqiqa davomida bolaga kitob o’qib berilsa, u 1 yil mobaynida 1 millionga yaqin yangi so’zni eshitgan bo’ladi.

Birinchi sinf kitoblarini o’qiy olmagan bola, keyinchalik 4-sinf kitoblarini ham o’qiy olmaydi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ko’p kitob o’qib berilsa, ular 1-sinfga qadar alifboni o’rgana oladi, 20 gacha sanay oladi va o’z ismlarini yoza oladi.

Bolaning maktab yoshigacha bo’lgan davrida ota-onasi bilan kitob o’qishi maktab davrida kitobga qiziquvchanliging oshishiga olib keladi.

Yoshligidan kitob o’qishga odatlangan bolada til nuqsonlari, oʻgʻzaki nutqdagi qiyinchiliklar kam namoyon bo’ladi.

O’qish boshqalarning hissiyotlarini tushunishga yordam beradi.

O’qish bola bilimlari asosidir.

Kitobdan olingan ma’lumot televizor, internet va radiodagi qabul qilingan ma’lumotdan ko’ra ko’proq miyaga ijobiy ta’sir qiladi. Bundan tashqari, kitob o’qish zehnni charxlab, diqqatni bir joyda uzoq vaqt ushlay olish qobiliyatini kuchaytiradi.

Statistikaga ko’ra, maktab yoshidagi bolalarga ota-ona kitob o’qib bersa, kitobga bo’lgan qiziqish 100% bo’ladi. To’rtinchi sinfga kelib kitobga bo’lgan qiziqish 54%gacha tushib ketadi. Buning sababi, bola bilan ota-ona birga o’qimasligida ekan.

Kitob tili adabiy va chiroylidir.

Kitobni qiziqish va ishtiyoq bilan bolaga o’qib berish keyinchalik unda kitobga mehr uyg’onishiga olib keladi.

Televizordagi berilayotgan «lug’at» dan ko’ra kitobda berilayotgan matndagi «lug’at» ikki barobar ko’pdir.

Uyda 6-8 yoshli bolalarga ota-onasi kitob o’qib berish davrini bolalarning biri kitobni sevganlari uchun xush ko’rsalar, biri ota-onasi bilan ajoyib vaqt o’tkazayotganlari uchun yaxshi ko’rar ekanlar.
Adolat qayerda?

Bir arslonni kun bo'yi ta'qib etadigan
bo'lsak va arslonni yashash uchun qilgan harakatlarini ko'rsak, kun so'ngida bu arslonni yashab qolishi uchun bir jaryonni tutib yeyishi bizni xursand qilardi.
Huddi shu hikoyani, jayronni ta'qib etib boshlaydigan bo'lsak, jaryonni yashab qolish uchun qilgan mujodalasini kuzatamiz. Kun so'ngida esa, bu jayronni bir arslon tomonidan yeyilishi bizda bir g'azab uyg'otar edi.
Boshlang'ich nuqtasini farqli tomondan boshlashlik, huddi shunday narsa inson bilan ham sodir bo'ladi. Buning ortidan ikki xil umuman farqli xulosa paydo bo'ladi. Shu sababli, kishining biror narsaga nisbatan ichidagi adolatni istash tuyg'usi, qaysi hikoyani qanchalik, qaysi tomondan kuzatganiga bog'liq.

🙈
Xaqqoniylik noyob hislat, Soxta korlikni xamma joydan topish mumkin...
💯1
iqtibos

Ilmning oʻzi bandani Allohga yaqin qila olmaydi, ey doʻstlarim. Yomon kishida ilmning ziyoda boʻlishi zaqqum (achchiq mevali oʻsimlik) ildizidagi suvning ziyoda boʻlishiga oʻxshaydi. Uning suvi qanchalik koʻpaysa achchiqligi ham shunchalik koʻpayib boradi.
Ha shunday.

Imom Butiy rahimahulloh
🔥2
Olim oʻgʻil tarbiyalamoqchimisiz unda...

— Bolani hurmat qiling, kamsitmang, masxara qilmang, behuda tanbeh bermang.

– Uni toʻliq ismi bilan chaqiring laqab qoʻymang.

– Masʼuliyatli vazifalarni ishonib topshiring. U bilan maslahatlashing, fikrinini hurmat qiling.

– Olimlardek kiyintiring, olimlardek muomala qiling.

– Olim boʻlishini eslatib turing, ilmli insonlar davrasiga qoʻshing, haqqiga duoda boʻling.
Yakka Sada kitobxonlari
Bolaga kitob o’qib berishning foydalari Bolangizga kitob o'qib bering Amerika Pediatrlari Uyushmasi tadqiqotlarining ko’rsatishicha, bola bilan har kuni 15 daqiqa davomida kitob mutolaa qilishning foydasi katta ekan. Bola miyasining 90% uning 3 yoshiga…
Bolaga qanday kitob tanlash lozim?

Eng yaxshi kitob, bu klassik ertak va hikoyalardir. Lekin undan-da yaxshi tanlov — bolaning o’zi qiziqqan kitobni o’qib berish. Bola bilan kitob do’konlariga tez-tez borib turish kerak. U yerdan bola o’zi qiziqib tanlagan kitobni sotib olish va o’qib berish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Bitta o’yinchoqning narxiga ba’zida 10 dona kichik kitob sotib olsa bo’ladi. Ota-ona pulni sifatsiz, keraksiz va ba’zida zararli plastikdan yasalgan o’yinchoqqa emas, foydali va qiziqarli kitob xarid qilishga sarflasa, bolaning kelajagiga katta ijobiy hissa qo’shgan bo’ladi. Keyinchalik bola ham, o’yinchoq do’koniga emas, balki kitob do’koniga borishni afzal ko’rib qoladi.
ibrat

Bugun o‘qiganlarimning eng go‘zali:

Yer sajda qiluvchilarning peshonasini unutmaydi.
Tun ibodat qiluvchilarning ohini unutmaydi.
Yuz tavba qiluvchilarning ko‘z yoshlarini unutmaydi.
Osiy bo‘lsak-da, Alloh mo‘minligimizni biladi.
Umr esa juda tez o‘tmoqda. Hoyu-havaslardan, tilingning toyilishidan ehtiyot bo‘l. Hamma tug‘ilib, tezda boqiy hayotga rihlat qiladi.