Oltin olma duo ol.
Nima uchun duo olishga intiq bo'lishimiz kerak?
Ajab emaski, shu inson, "duosi qabul bo'ladigan insonlardan" bo'lsa va bizni "Sizdan Alloh rozi bo'lsin", deb duo qilsa....
Mayli uning (duosi qabul bo'ladigan insonligi) ehtimoli mingdan bir, milliondan bir bo'lsin, ammo, ehtimoli borligining o'zi bizni duo olishga bo'lgan rag'batimizning kuchayishiga kifoya qilishi kerak.
Chunki bizga millionlab oltin tangalar bilan qo'lga kirita olmayotgan narsani, birgina duo bilan qo'lga kiritish imkoniyati berilayapti...

🔥5
Birgina "yolg'on"ingiz barcha "haqiqat"laringizni shubha ostida qoldiradi.
"Haqiqat"laringizni asrang!
"Haqiqat"laringizni asrang!
🔥4
Xaromdan saqlanish.
G'iybat qilish odatga aylandi, birovning haqqidan qo'rqmay qo'ydik, ko'zlar avratga tikilgan,
yolg'onchilarni "ishbilarmon" deb atadik....
Biz xaromdan saqlanmayapmiz, shunchaki, "cho'chqaning go'shti"ni yemayapmiz halos....

💯5👍2
Boy odamning kambag'al odamdan hech qanday ustunligi yo'q, shunchaki u boylik bilan, sherigi esa kambag'allik bilan sinalayapti halos.
🔥4
Haqiqiy inson tanasining emas, qalbining o'limidan qo'rqadigan insondir.
Imom Ibn Qoyyim al-Javziya
Imom Ibn Qoyyim al-Javziya
🔥4
Qarg'a bilan laylak
Bir kuni cho'lda qarg'a bilan laylakning yonma-yon turganini ko'rib ajablandim. Bu ikki boshqa-boshqa qush, qanday qilib do'st bo'ldi. Hayratga tushib ular tomon yaqinlashdim. Qarasam, ikkisi ham cho'loq ekan.
Dard insonlarni birlashtirib, bir-birini tushunishga yo'l ochar ekan. Mana shunda tushunasan, nega ba'zi insonlar sen bilan birgayu, ba'zilari esa sendan uzoq ekanini...
"Masnaviydan ibratli xikoyalar"

👍2🔥1
Ko'pchilik insonlar mashxur odamlardek yashashni hohlashadi-yu, ammo, ulardek mehnat qilishni hayollariga ham keltirishmaydi......
🔥3
Biz "O'zligimiz"dan (dinimizdan) shu qadar yiroqlashib ketdikki, natijada u ko'zimizga "yot g'oyalar" ga o'xshab ko'rina boshladi...
👍2🔥2
Esimizni tanibmizki, o'qib o'rganamiz, tinimsiz mehnat qilamiz va turli risk (tavakkalchilik) larni bo'ynimizga olib biznes qilmoqchi bo'lamiz....
Bu ishlarning hammasi "oltmish bilan yetmishning orasida" deb ta'riflangan umrimizni chiroyli o'tkazish uchundir.
Ma'lum bir muddatdan keyin yakuniga yetishi aniq bo'lgan umrimiz uchun shuncha harakat qilamiz, ammo abadiy bo'lgan (tugamaydigan) hayotimiz uchun zahira yig'ishda saal dangasamiz....

👍5
Teskari tendensiya.
Insonning kibri pastlagan sari, natijasi yuqorilashadi, kibri ko'tarilgan sari natijasi pasayadi...
Hulosa: Agar haqiqatda Kibrni yo'qota olsangiz, qandaydir natija ko'rsatish ham shart emas.
Chunki kibrni yo'qota olishning o'zi katta natija!!!

👍4🔥2👏1
"Kitob yozgan" insonlarning avlodi sifatida hech yo'q "kitob o'qiydigan" avlod bo'lishimiz kerak.
Afsuski, biz shuni ham uddalay olmayapmiz....

Madinai Munavvarada bir ayol o‘g‘rilik qilib qo‘lga tushadi. Uning qarindosh-urug‘lari bundan qattiq tashvishlanadilar. Agar qo‘li kesilsa, butun urug‘imizga or bo‘ladi, deb qayg‘uradilar. Maslahatlashib, Usoma ibn Zayd Payg‘ambarimizning erkasi, uni ishga solaylik, kechirib yuborsalar ajab emas, deyishadi. Usoma ibn Zayd roziyallohu anhu vositachilik qiladilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qattiq g‘azablanadilar va masjidda jamoat namozidan so‘ng xutba qilib: «Sizga nima bo‘ldiki, Allohning haddidan bo‘lgan bir hadda menga vositachi qo‘yasizlar! Allohga qasamki, agar Muhammadning qizi Fotima o‘g‘rilik qilsa ham, uning qo‘lini, albatta, kesaman! Sizdan oldingi ummatlarning halok bo‘lishiga sabab ham oddiy odamga hadni joriy etib, obro‘liga joriy etmaslik edi», dedilar («Had» deganda shar’iy jazo tushuniladi).
”Tafsiri Hilol, Ikkinchi juz”
”Tafsiri Hilol, Ikkinchi juz”
🔥2
Kichik narsalarning ta'sir kuchi katta bo‘ladi. Masalan, shunchaki tabassum, sehrli quchoq, samimiy tashakkur, beminnat iltifot kabi...
❤2🔥2
Bugun o'qigan postlarimning eng yaxshilaridan biri.
Guruch (sholi) suvda yetishtirilsa-da tarkibida suv yo'q.
Tarvuz esa qup-quruq dalada pishib yetiladi, to'qson foiz suvdan iborat.
Alloh sabablarga muhtoj emas, istasa sabablarni teskari qila oladi....

👍2🥰1
Hadisdan
Farzandlarga yaxshilik qilish
Usoma ibn Zayd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: meni olib sonlariga o‘tqazar edilar. Hasanni esa boshqa sonlariga o‘tqazar edilar. So‘ngra sonlarini bir-biriga qo‘shib turib: «Ey Allohim! Ikkisini rahim qilgin, men ularga rahim qilurman», der edilar». Buxoriy rivoyat qilgan.
Sharh: Ushbu hadisi sharifdan olinadigan foydalar:
1- Birovning bolasini ham quchog‘iga olib o‘tirish mukinligi.
2- Ikki bolani quchoqqa olib o‘tirish joizligi.
3- Alloh taologa bolalarga rahim qilishni so‘rab duo qilib turish kerakligi...

💯1
Buyuk imomlar Buxoriy, Muslim va Termiziy Jarir roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Odamlarga rahm qilmaydigan odamga Alloh taolo rahm qilmaydi», deganlar.
”Tafsiri Hilol, Ikkinchi juz”
”Tafsiri Hilol, Ikkinchi juz”
Asl do'stlarni saralab olishing uchun boshingga musibat tushishi kerak, Huddiki yaltiroq qo'ng'izni ko'rinish berishi uchun qorong'u tushishi kerak bo'lganidek....
🔥1
Ilmning fazli
Hasan Basriy aytadilar:
«Ilmning bironta bobini o‘rganib, so‘ng uni bir musulmonga o‘rgatishim menga dunyoning hammasi Alloh yo‘lida meniki bo‘lishidan yaxshiroqdir»
Imom Shofeiy rahmatullohi alayh aytadilar:
«Farz ibodatlaridan keyin ilm talab qilishdan afzalroq narsa yo‘q».

🕊2
Ko’p kulgan ko’p yig’laydi
Yoshligimda “Ko’p kulgan ko’p yilg’laydi” deyishardi. Ishonardim. Keyinchalik shunchaki irim ekan dedim va tan olmadim.
Endi yana tushunyapman rostdan ham ko’p kulgan ko’p yig’lar ekan. Faqat endi o’qiganlarimni hayotni o’zi insonlar orqali tasdiqlab beryapti.
Tez xursand bo’ladigan insonlarni hafa bo’lishi ham tez. Tez hafa bo’ladigan insonlarni esa xursand bo’lishi ham huddi shunday tez.
Qalbga bog’langan narsalar insonni kayfiyatini boshqarishni boshlaydi. Kayfiyat esa jism harakatini ta’minlovchi qarorlarga to’liq ta’sir qiladi.
Kayfiyat bilan harakatlar o’rtasidagi bog’liqlikni uzib qo’yishni imkonini topa olmadim. Lekin kayfiyat va qalb orasidagi bog’liqlikni uzib qo’yish mumkin ekan.
Bu dunyodagi qiyinchilik ham, xursandchilik ham vaqtinchalik va mutloq emasligini siz ham men ham bilamiz. Lekin abadiydek qalbga bog’lab qo’yganmiz.
Qalbga bog’langan insonlar, buyumlar va voqeliklar turli holatlar orqali kayfiyatimiz yordamida to’liq bizni harakatlarimizga hukmdorlik qiladi.
Shu sababdan xursand va hafa bo’lishimga atigi bittadan sabab borligini ko’ryapman.
Xursand bo’lishimga hozir tirikligim. Hafa bo’lishimga esa tirikligimda abadiy qoladigandek yashayotganim...