Yakka Sada kitobxonlari
71 subscribers
253 photos
50 videos
21 files
44 links
Kitobni satrlarni o‘qir ekansan ham tabassum qilasan, ham yig‘laysan.  Kitob o‘qing,
insoniylik tuyg‘usini his qiling...
«Kitob yoqishdan ham og‘irroq jinoyat bor, masalan, uni o‘qimaslik»;anonim yozish kanalni adminga https://sprosi.link/al_addl
Download Telegram
Juma muborak!

Jumaning xayri va barokati sizga bo'lsin!
🎉3
#Kitobdan

Bolani baqirmasdan, jahl qilmasdan, urmasdan tarbiyalash pedagogika bugun kashf qilgan uslub emas. Bu Payg'ambarimiz (s.a.v) tomonlaridan bundan 1400 yil avval ko'rsatib berilgan ota onalik shaklidir. Bizga esa bu ta'lim "din" tushunchasi faqatgina ibodatlar (namoz, ro'za, zakot) sifatida qaramasdan, hayotimizni qamrab olgan rollarimizda ushbu vaziyatda "Payg'ambarimiz qanday yo'l tutgan bolardilar?" degan savolni berish orqali o'tadi, chunki bu so'roq ortida "Alloh qanday qilishimni istagan bo'lardi?" degan istixola yotadi...

Xadicha Kubro Tongar, «Baqirmaydigan onalar»
🔥3
Sergap insonning yonida "yaxshi tinglovchi" bo'ling;

Kamgap insonga voiz (so'zlovchi) bo'ling;

Shogirdlarga nisbatan talabchan va qattiqqo'l ustoz bo'ling;

Ko'ngli yarimlarga nisbatan "mehribon" inson bo'ling!

Hullas, insonlarga moslashib yashang.

"Mening borim shu....." deydiganlarga aytar gapimiz:

- Yashar ekansiz, qarshingizdagi insonlarga moslashishga to'g'ri keladi.

Unutmang, sizni boringizcha faqat va faqat QABR qabul qiladi...
🔥21
O'qiymiz, eshitamiz, tomosha qilamiz va bular orqali bilim olamiz.

Ammo, so'nggi nuqtani doim "amal" qo'yadi.

O'rganilgan, lekin amal qilinmagan bilim, bizning zararimizga ishlaydi...
🔥32
Har kimning o'z makoni bor. Burgutga - balandlik, cho'rtanga - tubsizlik, kalamushga - kovak...

"Shafqatsiz asr" kitobidan
🔥5
Oila qachon darz ketadi, barbod bo‘ladi, bilasizmi?


Oila - qachonki uyimizda yashayotgan yaqinlarimizdan ko‘ra begonalar haqida ko‘proq qayg‘ura boshlagan vaqtimizda barbod bo‘ladi.

Oila – qachonki oddiy tanishlarimiz va do‘stlarimiz uchun turli o‘tirish, kechalarni rejalab, turli tabriklarni yozsagu, har kuni oilamizni ehtirom qilishni unutsak barbod bo‘ladi.

Oila – qachonki chiroyli-chiroyli idishlarni, kosa-piyolalarni mehmonlarga chiqarib, uydagilarimizga esa cheti singan idishlar bo‘lsa barbod bo‘ladi.

Oila – qachonki boshqalarni ko‘nglini olish, rozi qilishga urinsagu, onamizga xizmat qilishni behuda ish deb bilganimizda barbod bo‘ladi.

Oila – qachonki do‘stlarimiz davrasida yoki ijtimoiy tarmoqlarda oilamizga bo‘lgan mehr-muhabbatimizni ko‘z-ko‘z qilsagu, uyda bir piyola suv eltishgada yaramaganimizda barbod bo‘ladi.

Oila inson uchun ulkan davlat. Keling, ularga g‘amxo‘rlik qilaylik
🔥4
Qiyomatda, qancha muddat yashaganimizga emas, qanday yashaganligimizga qarab hukm qilinadi.

Chunki, qancha yashashimiz Allohning qo'lida, qanday yashashimiz esa o'zimizning ixtiyorimizga ko'ra bo'ladi!
👍3🔥1
Oltin  olma duo ol.

Nima uchun duo olishga intiq bo'lishimiz kerak?

Ajab emaski, shu inson,  "duosi qabul bo'ladigan insonlardan" bo'lsa va bizni "Sizdan Alloh rozi bo'lsin", deb duo qilsa....

Mayli uning (duosi qabul bo'ladigan insonligi) ehtimoli mingdan bir, milliondan bir bo'lsin, ammo, ehtimoli borligining o'zi bizni duo olishga bo'lgan  rag'batimizning kuchayishiga kifoya qilishi kerak.

Chunki bizga millionlab oltin tangalar bilan qo'lga kirita olmayotgan narsani, birgina duo bilan qo'lga kiritish imkoniyati berilayapti...
🔥5
Birgina "yolg'on"ingiz barcha "haqiqat"laringizni shubha ostida qoldiradi.

"Haqiqat"laringizni asrang!
🔥4
Himmatda yomg'irdan ibrat ol. U yog'sa, yaxshiyu yomoni birday siylaydi...
🔥32
Xaromdan saqlanish.

G'iybat qilish odatga aylandi, birovning haqqidan qo'rqmay qo'ydik, ko'zlar avratga tikilgan,
yolg'onchilarni "ishbilarmon" deb atadik....

Biz xaromdan saqlanmayapmiz, shunchaki, "cho'chqaning go'shti"ni yemayapmiz halos....
💯5👍2
Boy odamning kambag'al odamdan hech qanday ustunligi yo'q, shunchaki u boylik bilan,  sherigi esa kambag'allik bilan sinalayapti halos.
🔥4
…Bu xuddi tuproqning misoliga o’xshaydi. Oddiy tuproqdan kimdir loy qilib g’isht quyadi, kimdir sopol idishlar yasaydi va hokazo. Lekin Alloh taolo ushbu oddiy tuproqdan insonni yaratdi, unga jon kirgizdi.

”Tafsiri Hilol, Birinchi juz”
👍5
Haqiqiy inson tanasining emas, qalbining o'limidan qo'rqadigan insondir.

Imom Ibn Qoyyim al-Javziya
🔥4
Qarg'a bilan laylak

Bir kuni cho'lda qarg'a bilan laylakning yonma-yon turganini ko'rib ajablandim. Bu ikki boshqa-boshqa qush, qanday qilib do'st bo'ldi. Hayratga tushib ular tomon yaqinlashdim. Qarasam, ikkisi ham cho'loq ekan.

Dard insonlarni birlashtirib, bir-birini tushunishga yo'l ochar ekan. Mana shunda tushunasan, nega ba'zi insonlar sen bilan birgayu, ba'zilari esa sendan uzoq ekanini...


"Masnaviydan ibratli xikoyalar"
👍2🔥1
Ko'pchilik insonlar mashxur odamlardek yashashni hohlashadi-yu, ammo, ulardek mehnat qilishni hayollariga ham keltirishmaydi......
🔥3
Biz "O'zligimiz"dan (dinimizdan) shu qadar yiroqlashib ketdikki, natijada u ko'zimizga "yot g'oyalar" ga o'xshab ko'rina boshladi...
👍2🔥2
Esimizni tanibmizki, o'qib o'rganamiz,  tinimsiz mehnat qilamiz va turli risk (tavakkalchilik) larni bo'ynimizga olib biznes qilmoqchi bo'lamiz....

Bu ishlarning hammasi "oltmish bilan yetmishning orasida" deb ta'riflangan  umrimizni  chiroyli o'tkazish uchundir.

Ma'lum bir muddatdan keyin yakuniga yetishi aniq bo'lgan umrimiz uchun shuncha harakat qilamiz, ammo abadiy bo'lgan (tugamaydigan) hayotimiz uchun zahira yig'ishda saal dangasamiz....
👍5
Teskari tendensiya.

Insonning kibri pastlagan sari, natijasi yuqorilashadi, kibri ko'tarilgan sari natijasi pasayadi...

Hulosa: Agar haqiqatda Kibrni yo'qota olsangiz, qandaydir natija ko'rsatish ham shart emas.

Chunki kibrni yo'qota olishning o'zi katta natija!!!
👍4🔥2👏1
"Kitob yozgan"  insonlarning avlodi sifatida hech yo'q "kitob o'qiydigan" avlod bo'lishimiz kerak.
Afsuski, biz shuni ham uddalay olmayapmiz....
👍5
Madinai Munavvarada bir ayol o‘g‘rilik qilib qo‘lga tushadi. Uning qarindosh-urug‘lari bundan qattiq tashvishlanadilar. Agar qo‘li kesilsa, butun urug‘imizga or bo‘ladi, deb qayg‘uradilar. Maslahatlashib, Usoma ibn Zayd Payg‘ambarimizning erkasi, uni ishga solaylik, kechirib yuborsalar ajab emas, deyishadi. Usoma ibn Zayd roziyallohu anhu vositachilik qiladilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qattiq g‘azablanadilar va masjidda jamoat namozidan so‘ng xutba qilib: «Sizga nima bo‘ldiki, Allohning haddidan bo‘lgan bir hadda menga vositachi qo‘yasizlar! Allohga qasamki, agar Muhammadning qizi Fotima o‘g‘rilik qilsa ham, uning qo‘lini, albatta, kesaman! Sizdan oldingi ummatlarning halok bo‘lishiga sabab ham oddiy odamga hadni joriy etib, obro‘liga joriy etmaslik edi», dedilar («Had» deganda shar’iy jazo tushuniladi).

”Tafsiri Hilol, Ikkinchi juz”
🔥2