Yakka Sada kitobxonlari
71 subscribers
253 photos
50 videos
21 files
44 links
Kitobni satrlarni o‘qir ekansan ham tabassum qilasan, ham yig‘laysan.  Kitob o‘qing,
insoniylik tuyg‘usini his qiling...
«Kitob yoqishdan ham og‘irroq jinoyat bor, masalan, uni o‘qimaslik»;anonim yozish kanalni adminga https://sprosi.link/al_addl
Download Telegram
Yigirma yildan soʻng qilgan ishlaringizdan koʻra qilmagan ishlaringizga koʻproq afsuslanasiz.
Sizni ushlab turgan arqonlarni boʻshating.
Xavfsiz bandargohni tark eting, yelkanlarni keng oching.
Izlaning.
Orzu qiling.
Kashf eting!

“Qalbga taskin bitiklar” asaridan
🔥5
Lampochkaning yorug'i shamning yorug'idan ancha ustun, ammo unga elektr toki kelib turmasa yoritmaydi.

Sham esa ayni sizga kerak bo'lib turganda yordamga keladi va  hech qanday ta'masiz, sizga borini beradi.

Bizga "elektr toki" kelib turganda atrofimizda "lampochka" lar hizmatda, tok uzilib qorong'uda qolganimizda esa faqat biz uchun o'zini qurbon qilishga tayyorlargina qoladi.

Atrofingizdagi insonlarni shu ikki toifaga ajratib oling!

Lampochkalarga qanday munosabat bildirish o'zingizga havola, ammo, Sizga borini berishga tayyor turganlarni qadrlash va qorong'uda qolguday bo'lsa siz ham ularga boringizni berish, ham qarzingiz ham farzingizdir!

Shuni unutmang!

©Akmal
🔥4
"Uch pullik dunyo manfaatlariga erishaman deb bolalarimizni begona qo‘llarga topshirmaylik. Karyera yarataman deb, uning izidan quvib, bolamizning haqqi bo‘lgan vaqtlarni o‘z hislarimizga qurbon qilmaylik. Farzandlarimizning sog‘lom va baxtiyor ulg‘ayishini sotib oladigan hech qanday pul, hech qanday boylik bu dunyoda yo‘q. Ona uydagi g‘amxo‘r kishi bo‘lsa, ota u uyning boshidir. Uyning moddiy va ma’naviy javobgarligi otaning zimmasida. Uning vafoti bilan ham farzandlar, ham ona qiynaladi. Yoshlikda beva qolgan ona uchun ishlar avvalgidek oson kechmaydi: ham ona, ham ota bo‘ladi. Na onalikni nuqsonli qiladi, na bolalariga otasizlikni sezdiradi. Balki shu tufayli jannat onalar oyog‘i ostiga to‘shalgandir."

"Olim yetishtirgan onalar" kitobidan
2
Forwarded from Chat..?!
#Kitob_tavsiya

Xadicha Kubro Tongar: Men bolamni urmayman

Bu kitob qalbimni tirnadi ....
Jamiyatdagi eng ma’sum, o‘zini himoya qila olmaydigan, zo‘ravonlik ko‘rsa-da, aybdor kabi boshini egib turadigan va ne ajabki, yana o‘sha zo‘ravon kattalar ko‘ziga mehr istab termilib, sal xayrxohlik sezsa yelkasini qisibgina ularning bag‘riga intiladigan beg‘uborlar ruhiy olamini yurakdan his qildim.
Bolaligida ruhiy-hissiy, jismoniy, jinsiy tajovuz qurboni bo‘lganlarning mahzun hikoyalarini mutolaa qilish naqadar mushkul bo‘lmasin, kelgusida bunday holatlarning oldini olishga qaratilgan jasoratli bir chaqiriq sifatida dolzarb hamdir.
Kitobni o‘qigach, qalbingizdagi bolalikka yangi hayot baxsh etishga jazm qilsangiz, sizni faqat olqishlaymiz!
🔥3
Iffat

...Omonatni egasiga topshirish uchun manzilga borib eshikni taqillatdim. Biroz kutdim ammo hech kim javob bermadi. Ikki rakat namoz o'qilgudek vaqtdan so'ng eshikni qayta taqillatdim.
— Kim u?! -, degan qiz bolaning ovoz eshitildi. Men eshik ortidan qay maqsadda tashrif buyurganimni bildirdim.
— Dadam yo'q edilar. -, dedi qiz past ohangda.
— Uzoq masofadan kelgan edim. Iloji bo'lsa olib qololmaysizmi?! -, dedim ming hijolatda. Oradan bir-necha soniya o'tgach o'sha past ohangda ovoz eshitildi:
— Dadam kelsalar o'zlariga beraverasiz!

Men indamay ortimga qaytdim...

"Kitobdan"
👏2🕊2
Otaning qandayligini hech kim yo‘qligida bolasiga qilgan muomalasidan bilish mumkin...
🔥3🥰1
Inson o'zini yomon ko'rishi bilan o'zini yomon ekanini bilishi orasida yer bilan osmoncha farq bor.

O'zini yomon ko'rgan inson -
o'zini yomon ko'radi,
bu ishni qilganni ham yomon ko'radi,
hammaga nisbatan amalzada bo'lib yashaydi.

O'zini yomon ekanini bilgan inson -
o'z ustida ishlaydi,
vazifasini chiroyli bajaradi,
aybdorlarni izlamaydi...
🔥4
#Kitobdan

ISHI KO'P OTA MODASI

Otalarning ishi ko‘p bo‘lishi urfga aylanyapti shekilli, "otalik vazifamni bajaryapman" deb haqiqiy otalik vazifalarini unutadigan otalar ko‘pchilikni tashkil etmoqda.
Otaning asosiy vazifalaridan biri farzandlariga do‘st kabi ota bo‘lishdan ko‘ra, ularga atrofidagilar bilan qanday do‘stlik qurishlari kerakligini o‘rgatishdan iboratdir. Bolalar yonlaridagi otalarini do‘stlaridek emas, otalaridek ko‘rishsagina ma'naviy xotirjamlikka erishadilar. Otaning borligi farzand uchun sokinlik manbai, ishonch asosidir.
Otaning "Ishim juda ko‘p bo‘lsa ham farzandlarimga vaqt ajratishga harakat qilayapman" deyishga mutlaqo haqqi yo‘q. Zero ota-onaning bola bilan munosabatlari kunlik va uzluksiz ravishda bo‘lishi lozim. Ota bolasi uchun hech narsa qilmasa ham uning yonida turishining o‘zi bola uchun o‘ta muhim xotirjamlik manbai hisoblanadi.

"Bola tarbiyasida to‘g‘ri ko‘ringan xatolar" kitobidan
3
- Alloh mendan rozi bo'lishi uchun nima qilishim kerak?

- Alloh sendan rozi bo'lishi uchun avvalo sen Allohdan rozi bo'lishing kerak.

- Meni Allohdan roziligim qanday bo'ladi?

- Senga berilgan mukofotni qanday rozilik bilan qabul qilgan bo'lsang, berilgan musibatni ham shunday qabul qilishing bilan...
🔥5👍1
Juma muborak!

Jumaning xayri va barokati sizga bo'lsin!
🎉3
#Kitobdan

Bolani baqirmasdan, jahl qilmasdan, urmasdan tarbiyalash pedagogika bugun kashf qilgan uslub emas. Bu Payg'ambarimiz (s.a.v) tomonlaridan bundan 1400 yil avval ko'rsatib berilgan ota onalik shaklidir. Bizga esa bu ta'lim "din" tushunchasi faqatgina ibodatlar (namoz, ro'za, zakot) sifatida qaramasdan, hayotimizni qamrab olgan rollarimizda ushbu vaziyatda "Payg'ambarimiz qanday yo'l tutgan bolardilar?" degan savolni berish orqali o'tadi, chunki bu so'roq ortida "Alloh qanday qilishimni istagan bo'lardi?" degan istixola yotadi...

Xadicha Kubro Tongar, «Baqirmaydigan onalar»
🔥3
Sergap insonning yonida "yaxshi tinglovchi" bo'ling;

Kamgap insonga voiz (so'zlovchi) bo'ling;

Shogirdlarga nisbatan talabchan va qattiqqo'l ustoz bo'ling;

Ko'ngli yarimlarga nisbatan "mehribon" inson bo'ling!

Hullas, insonlarga moslashib yashang.

"Mening borim shu....." deydiganlarga aytar gapimiz:

- Yashar ekansiz, qarshingizdagi insonlarga moslashishga to'g'ri keladi.

Unutmang, sizni boringizcha faqat va faqat QABR qabul qiladi...
🔥21
O'qiymiz, eshitamiz, tomosha qilamiz va bular orqali bilim olamiz.

Ammo, so'nggi nuqtani doim "amal" qo'yadi.

O'rganilgan, lekin amal qilinmagan bilim, bizning zararimizga ishlaydi...
🔥32
Har kimning o'z makoni bor. Burgutga - balandlik, cho'rtanga - tubsizlik, kalamushga - kovak...

"Shafqatsiz asr" kitobidan
🔥5
Oila qachon darz ketadi, barbod bo‘ladi, bilasizmi?


Oila - qachonki uyimizda yashayotgan yaqinlarimizdan ko‘ra begonalar haqida ko‘proq qayg‘ura boshlagan vaqtimizda barbod bo‘ladi.

Oila – qachonki oddiy tanishlarimiz va do‘stlarimiz uchun turli o‘tirish, kechalarni rejalab, turli tabriklarni yozsagu, har kuni oilamizni ehtirom qilishni unutsak barbod bo‘ladi.

Oila – qachonki chiroyli-chiroyli idishlarni, kosa-piyolalarni mehmonlarga chiqarib, uydagilarimizga esa cheti singan idishlar bo‘lsa barbod bo‘ladi.

Oila – qachonki boshqalarni ko‘nglini olish, rozi qilishga urinsagu, onamizga xizmat qilishni behuda ish deb bilganimizda barbod bo‘ladi.

Oila – qachonki do‘stlarimiz davrasida yoki ijtimoiy tarmoqlarda oilamizga bo‘lgan mehr-muhabbatimizni ko‘z-ko‘z qilsagu, uyda bir piyola suv eltishgada yaramaganimizda barbod bo‘ladi.

Oila inson uchun ulkan davlat. Keling, ularga g‘amxo‘rlik qilaylik
🔥4
Qiyomatda, qancha muddat yashaganimizga emas, qanday yashaganligimizga qarab hukm qilinadi.

Chunki, qancha yashashimiz Allohning qo'lida, qanday yashashimiz esa o'zimizning ixtiyorimizga ko'ra bo'ladi!
👍3🔥1
Oltin  olma duo ol.

Nima uchun duo olishga intiq bo'lishimiz kerak?

Ajab emaski, shu inson,  "duosi qabul bo'ladigan insonlardan" bo'lsa va bizni "Sizdan Alloh rozi bo'lsin", deb duo qilsa....

Mayli uning (duosi qabul bo'ladigan insonligi) ehtimoli mingdan bir, milliondan bir bo'lsin, ammo, ehtimoli borligining o'zi bizni duo olishga bo'lgan  rag'batimizning kuchayishiga kifoya qilishi kerak.

Chunki bizga millionlab oltin tangalar bilan qo'lga kirita olmayotgan narsani, birgina duo bilan qo'lga kiritish imkoniyati berilayapti...
🔥5
Birgina "yolg'on"ingiz barcha "haqiqat"laringizni shubha ostida qoldiradi.

"Haqiqat"laringizni asrang!
🔥4
Himmatda yomg'irdan ibrat ol. U yog'sa, yaxshiyu yomoni birday siylaydi...
🔥32
Xaromdan saqlanish.

G'iybat qilish odatga aylandi, birovning haqqidan qo'rqmay qo'ydik, ko'zlar avratga tikilgan,
yolg'onchilarni "ishbilarmon" deb atadik....

Biz xaromdan saqlanmayapmiz, shunchaki, "cho'chqaning go'shti"ni yemayapmiz halos....
💯5👍2
Boy odamning kambag'al odamdan hech qanday ustunligi yo'q, shunchaki u boylik bilan,  sherigi esa kambag'allik bilan sinalayapti halos.
🔥4