#Asl_otalar_kitobi
Yaxshi ota bo‘lish shartlari
Ota bo‘lish oson, lekin yaxshi ota bo‘lish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Yaxshi ota bo‘lish uchun umrning har bir bosqichida yangi-yangi mas’uliyat va vazifalarga "labbay" deb javob berishingiz kerak bo‘ladi.
Yaxshi ota bo‘lish uchun tavsiya, maslahatlar ko‘p, lekin hayotda asqatadigan ayrimlarini sizga ilindik:
1. Asabiylashmang.
Chaqaloqligidan boshlab baqir-chaqir bilan bolaning asab tolalarini lat yedirib, keyin undan osudalik talab qilishdan foyda yo‘q.
2. Aldamang.
3. Urmang.
4. Har narsani man qilavermang.
Mashina yo‘liga chiqishi – haqiqatda man qilinishi shart bo‘lgan narsa. Qumda yangi kiyimda o‘ynashi esa shunchaki sizga noqulaylik keltiradi, xolos.
5. Yomon namuna bo‘lmang.
O‘zingiz xunuk so‘zlarni ishlata turib, bolangizga: "Xunuk gapirma!" deya olmaysiz. O‘zgarishni o‘zingizdan boshlang.
6. Aybingizni tan ola biling.
7. Bolani erka qilishdan qo‘rqmang.
Erkalik yangi o‘yinchoqlar bilan emas, sizning mehringiz bilan qoplansin.
8. Quchoqlang!
9. Sabrli bo‘ling.
Bolaga jahl qilishning eng asosiy sababi sabrsizlikdir. Bolaning qiliqlariga, ishiga, o‘qishiga, yurish-turishiga ozgina sabr qilsangiz, u ham sizni faqat xursand qiladi.
Jalolxon Umarov
"Asl otalar" kitobidan

❤3
#hayrli_kun
Hayot naqadar goʻzal.. umr esa juda qisqadir, kunlar kun sanamay oʻtib ketayotgandek goʻyo...
Bu qisqa umrimiz davomida chiroyli va shirin soʻzlarni faqat eshitishimiz emas, balki ularni kimlargadir aytishimiz kerakligini unutmang... Chunki, yonimizda chiroyli hamda shirin soʻzlarga arziydigan, qancha yaqinlarimiz bor...
Qalbingiz hamisha sokinlikda, xotirjamlikda, shukrda va tabassumda boʻlsin Qadrdon.
Assalomu alaykum!

👍2🔥2
islomiy_nikoh.pdf
684.5 KB
"Islomiy nikoh va uning odoblari"
✍ Shayx Muhammad Ali Sobuniy
📖Mazkur asarda oila qurishdan va nikohdan asl maqsad nima ekanligi, nikohning mas’uliyatlari, sunnatga muvofiq to‘y va uning qanday bo‘lishi, taloq, ko‘pxotinlik masalalari batafsil yoritilgan.
Nikohdan so‘ng va yangi bir oila ostonasida ilk oylarda boshlanadigan sinov imtihonlar, kelin qaynona, kuyov qaynona, qaynota munosabatlari, solih va soliha er-xotinlik masalalari yuzasidan so‘z yuritilgan
Oilangiz huzur va sakinat maskani bo‘lishi sababchisi - o‘zingizdir!

👏3❤1
O‘TA MEXRIBON VA O‘TA QATTIQQO‘L OTA-ONALAR:
Bolaga haddan tashqari mehribonchilik qilish, oilada kattalarning fikri bir joydan chiqmasligi, oilaviy jipslikning, intizomning yo‘lini, bolaning xudbin va bemexr bulib ulg‘ayishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun o‘ta mexribon va raxmdil ota-onalarning farzandlari tantiq va o‘z aytganini qildiradigan bo‘lishadi.
O‘ta qattiqqo‘l ota-onalarning farzandlari esa qo‘rqoq, yolg‘on ko‘p ishlatadigan yoki isyonkor(agressiv) bo‘lib ulg‘ayishadi. Bunday oilalarda o‘sgan bolalar isyonkorlik, nafratlanish yoki o‘z fikriga ega bo‘lmagan, ota-onaga qaram bo‘ladigan farzandlar bo‘lib voyaga yetishadi.
Yechim: hamma narsada meьyorga amal kilish kerak.

👍5
#Kitobdan
Biz ona sifatida farzandimiz boshqacha inson bo‘lishini istaymiz. Uning dunyolarni kashf qila oladigan aql sohibi bo‘lishini chin dildan orzu qilamiz. Mana shu maqsadga yetishish uchun esa harakatlarimiz va so‘zlarimiz bilan ularga o‘rnak bo‘lamiz. Bolaga baqirish yoki uni urish bizni mana shu "ideal farzand tarbiyalash" maqsadimizdan juda ham uzoqlashtiradi. Zero, farzandiga baqirgan va uni urgan bir ona bolasiga asabni boshqarishni, hurmat bilan munosabatda bo‘lishni va o‘zidan kuchsizni ezmaslik kerakligini o‘rgata olmaydi. Bil'aks, ezishni, jonga ozor berishni, uyaltirishni va asabiylashgada buning alamini boshqadan qanday yo‘l bilan olishni o‘rgatadi.
Xadicha Kubro Tongar
"Baqirmaydigan onalar” kitobidan.

👏2🔥1
Oilada er rahbarligining bitta ko‘rinishi - ayolning aytayotgan hamma gapi ham e’tiborga molik emasligini bilmoqdir.
Abdurahmon Zokir Hoshimiy
*
Ya’ni, ayolning hissiyot bilan aytgan har gapini "Menga shunday dedi-ya", deb og‘riqli qabul qilavermaslik kerak. Mana shu erkaklikdan hisoblanadi.
Ustoz Mubashshir Ahmad

👍3🔥1
«Yolg‘on gapirma» emas, «rost gapir» deng
Oilada bolalarning yolg‘on gapirishiga eng katta sabab ota-onalar! Chunki bola ko‘rib, eshitib o‘rganadi. Inson zoti tabiatan taqlidchi bo‘lganidek, bola ham kimgadir taqlid qilayotgan bo‘lishi mumkin.
Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar ko‘proq xayolotda kezib yurishadi. Xayol surib, o‘ylamay gapirib qo‘yishadi. Ularning aytgan gapini esa biz yolg‘on deb o‘ylaymiz.
Unutmang, unga qancha ko‘p «Yolg‘on gapirma» so‘zini ishlatsangiz, u yolg‘onchi bo‘lib boraveradi. Agar unga «Rost gapir, Alloh rostgo‘ylarni yaxshi ko‘radi, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam ham rostgo‘y bo‘lganlar» deb o‘rgatsangiz, bolaga bu ijobiy ta’sir qiladi.
Bolani jazolab qo‘rqitib qo‘ysangiz ham yolg‘on gapiradigan bo‘ladi.
Bolalar yolg‘on gapirishining bir necha sabablari bor:
oilasida, yaqinlari orasida yolg‘on gapiradiganlarni ko‘rib ergashishi;
ota-ona yoki ustozlar, kattalar xatosi uchun qattiq jazolashi sabab jazodan qo‘rqib yolg‘on gapirishi;
rost va yolg‘on tushunchalari o‘rgatilmagani…
«Tarbiya-chi?» kitobidan

🔥3
Rasulullohga oshiq qiz (s.a.v)
Har gal shu voqeani eslasam, o'zimdan jahlim chiqadi. Agar mendan ham kimdir intervyu olib "Hayotingizda qilgan xatolardan birini ayting!", deb so'raganida hech ikkilanmay shu voqeani keltirgan bo'lardim:
Kitob do'konini kezarkanman turfa-xil kitoblarni ko'rib ko'nglim quvnaydi. Kitob sotib ololmasligimni bilsamda bu yerdan har o'tganimda do'konga kirib, o'zimga ma'qul bo'lgan kitoblarni tanlab olaman va keyinchalik kelib sotib olaman.
Shunday kunlarning biri edi. Akrom Malikning "Xalqa" asari bilan tanishib chiqayotgan edim. Shu payt do'konga
bir qiz salom berib kirib keldi va Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hayotlari aks ettirilgan kitob narxini so'radi. Sotuvchi amaki u kitob 200.000 so'm turishini aytdi. Qiz biroz jim turdida "rahmat", deb do'kondan chiqdi. Men u qizga nazar ham tashlaganim yo'q, aksincha, kitobni o'qish bilan band edim. Ammo bu bandlikni qizning keyingi tashrifi butkul besaranjom qildi.
– Amaki sizdan bir iltimosim bor edi!-, dedi qiz.
– Bemalol, ayting qizim!-, dedi amaki taraddudlanib.
– Pulim biroz kamroq edi. Shunga kitobni menga nasiyaga berib turolmaysizmi? Har hafta oz-ozdan to'lab uzib yuboraman.-, dedi qiz.
Amaki esa qarzga berolmasligini to'g'ri ma'noda tushintirdi. Bu orada esa voqelikka ters o'girib kitob titish bilan ovvora bo'layotgan men, ichimda nafsim bilan kurashayotgan edim. Cho'ntagimda institutga yetib olishim va Farg'onada uch-to'rt kun turishimga yetadigan pul bor edi. Men shart hamma pulimni chiqarib u qizga bermoqchi bo'ldim. Nafsim esa bundan qaytarar, hozir pulsiz qolsam o'qishda qanday kun kechirishim haqida tinmay eslatar edi. Shu o'ylar ichida biroz turib qoldim va so'ngida pullarimni u qizga bermoqchi bo'lib tashqariga chiqdim. Ammo u qiz ketib bo'lgandi. Yana qaytib qolar degan umidda kutib turdim. Oradan ko'p vaqt o'tishiga qaramay u qiz qaytib kelmadi. Qayerdan ham qaytsin. Axir, bir marta sarg'ayib bo'lgan bo'lsa, qiz bola boshiga shunday hijolatni ko'targan qiz qaysi yuz bilan yana takror qaytib kelishi mumkin? Koshki hozir u qiz qaytib kelsada, men bor pullarimni sotuvchiga bo'lsada do'kondan chiqib ketsam, u qizning yuziga ham qaramasdim, minnatdorchilik ham kutmasdim. Shunchaki u qizning Rasulullohga(s.a.v) bo'lgan ulkan muhabbatidan shu qadar hijolatli holga tushib bo'lsada, kitobni sotib olmoqchi bo'lgani meni qattiq ta'sirlantirgan edi xolos! Qalbidagi ulkan muhabbat u kitobni qarzga bo'lsada so'rashga majbur etganini ko'rgan holda men nodon birorta kitobga shunday muhabbat qo'yganimni eslolmadim. Qaytib qolar, degan umidda biroz kutib turdim. Ammo u qiz qaytmadi. Balki u o'sha kitobni sotib olgandir. Balki u Habibimizni (s.a.v) tushidayoq ko'rib bo'lgandir! Bilmadim...
"Bir soatlik umr" kitobidan

❤3🥰1😢1
Alloh qodir qilib kimgadir yashirincha yaxshilik qildingiz sizga, "yashirin qilingan amal"ning savobi beriladi.
Shayton: -"Shunday ajoyib ish qildinku lekin buni hech kim bilmadida, bilsa seni hurmating oshar edi, -deydi.
Siz qilgan amalingizni (so'ramasalar ham) odamlarga aytib berasiz, "yashirin qilingan amal" o'chirilib o'rniga "oshkora qilingan amal"ning savobi yoziladi.
Shayton yana sizni vasvasa qiladi:
-Sen shuncha yaxshilik qilayapsan, u esa senga hech bir yordam qilmayapti..
Siz, qilgan amalingizni (yaxshilik qilgan insoningizga) aytib minnat qilishni boshlaysiz. "Oshkora qilingan yaxshilik" o'chirilib, o'rniga "Riyokor" deb yozib qo'yiladi.
Alloh saqlasin!

❤3🔥1
"Gap"lar haqida...
Agar qadryatlaringiz va dunyoqarashlaringiz bir-biringizga mos kelmasa, faqatgina bir sinfda o'qiganligingiz uchun, bir joyda yashaganligingiz uchun yoki bir joyda ishlaganligingiz-u yoshingiz barobar bo'lganligi uchungina choyxonada soatlab birga o'tirishingiz vaqtni isrof qilishdan boshqa narsa emas.

Ibrat
Maktab direktori aytadi:
“Ertalab maktabga keldim. Ne koʻz bilan koʻrayki, maktabning tashqi devoriga sepiladigan boʻyoq bilan xunik bir gap yozilgan edi. Uzoq tekshiruvdan soʻng buni kim qilganini aniqladik. Darrov uning otasini maktabga chaqirdik. U keldi. Devordagi yozuvni koʻrgach, xotirjamlik bilan oʻgʻlini chaqirib berishimizni soʻradi. Oʻgʻlini chaqirdik. U oʻgʻlidan haqiqatdan ham bu ishni qilganmi yoki qilmaganini soʻradi. Oʻgʻli qilganini tan oldi. Soʻngra ota choʻntagidan telefonini chiqarib boʻyoqchiga telefon qildi. U kelgach, u bilan devorni oldingidan ham chiroyli qilib berishini aytib kelishdi. Keyin oʻgʻliga qarab sokinlik bilan dedi:
- Oʻgʻlim! Agar boshimni koʻtarib yurishimga sabab boʻla olmasang, hech boʻlmaganda uni tushirib yurishimga sabab boʻlma!
Soʻngra u bizdan ruxsat olib qaytib ketdi. Men oʻquvchiga qaradim. U qoʻllari bilan yuzini ushlab yigʻlar edi. Men otaning uslubidan va uning bolasiga taʼsiridan hayratda edim. Soʻngra u oʻquvchi bizdan kechirim soʻradi, pushaymonligini izhor qildi. Keyinchalik maktabning eng old oʻquvchilaridan biriga aylandi.
Haqiqiy murabbiy oʻquvchisiga xatodan goʻzal natija olishni, toʻgʻri yoʻl topishni oʻrgatadi. Qadimgilar: ”Xato toʻgʻrilikka olib boradi", deyishgan. Maqsad jazolash emas. Maqsad muammoni davolash va mushkulotdan ijobiy natija bilan chiqish yoʻlini topishdir.

🔥3❤2
Lampochkaning yorug'i shamning yorug'idan ancha ustun, ammo unga elektr toki kelib turmasa yoritmaydi.
Sham esa ayni sizga kerak bo'lib turganda yordamga keladi va hech qanday ta'masiz, sizga borini beradi.
Bizga "elektr toki" kelib turganda atrofimizda "lampochka" lar hizmatda, tok uzilib qorong'uda qolganimizda esa faqat biz uchun o'zini qurbon qilishga tayyorlargina qoladi.
Atrofingizdagi insonlarni shu ikki toifaga ajratib oling!
Lampochkalarga qanday munosabat bildirish o'zingizga havola, ammo, Sizga borini berishga tayyor turganlarni qadrlash va qorong'uda qolguday bo'lsa siz ham ularga boringizni berish, ham qarzingiz ham farzingizdir!
Shuni unutmang!
©Akmal

🔥4
"Uch pullik dunyo manfaatlariga erishaman deb bolalarimizni begona qo‘llarga topshirmaylik. Karyera yarataman deb, uning izidan quvib, bolamizning haqqi bo‘lgan vaqtlarni o‘z hislarimizga qurbon qilmaylik. Farzandlarimizning sog‘lom va baxtiyor ulg‘ayishini sotib oladigan hech qanday pul, hech qanday boylik bu dunyoda yo‘q. Ona uydagi g‘amxo‘r kishi bo‘lsa, ota u uyning boshidir. Uyning moddiy va ma’naviy javobgarligi otaning zimmasida. Uning vafoti bilan ham farzandlar, ham ona qiynaladi. Yoshlikda beva qolgan ona uchun ishlar avvalgidek oson kechmaydi: ham ona, ham ota bo‘ladi. Na onalikni nuqsonli qiladi, na bolalariga otasizlikni sezdiradi. Balki shu tufayli jannat onalar oyog‘i ostiga to‘shalgandir."
"Olim yetishtirgan onalar" kitobidan
"Olim yetishtirgan onalar" kitobidan
❤2
Forwarded from Chat..?!
#Kitob_tavsiya
Xadicha Kubro Tongar: Men bolamni urmayman
Bu kitob qalbimni tirnadi ....
Jamiyatdagi eng ma’sum, o‘zini himoya qila olmaydigan, zo‘ravonlik ko‘rsa-da, aybdor kabi boshini egib turadigan va ne ajabki, yana o‘sha zo‘ravon kattalar ko‘ziga mehr istab termilib, sal xayrxohlik sezsa yelkasini qisibgina ularning bag‘riga intiladigan beg‘uborlar ruhiy olamini yurakdan his qildim.
Bolaligida ruhiy-hissiy, jismoniy, jinsiy tajovuz qurboni bo‘lganlarning mahzun hikoyalarini mutolaa qilish naqadar mushkul bo‘lmasin, kelgusida bunday holatlarning oldini olishga qaratilgan jasoratli bir chaqiriq sifatida dolzarb hamdir.
Kitobni o‘qigach, qalbingizdagi bolalikka yangi hayot baxsh etishga jazm qilsangiz, sizni faqat olqishlaymiz!

Iffat
...Omonatni egasiga topshirish uchun manzilga borib eshikni taqillatdim. Biroz kutdim ammo hech kim javob bermadi. Ikki rakat namoz o'qilgudek vaqtdan so'ng eshikni qayta taqillatdim.
— Kim u?! -, degan qiz bolaning ovoz eshitildi. Men eshik ortidan qay maqsadda tashrif buyurganimni bildirdim.
— Dadam yo'q edilar. -, dedi qiz past ohangda.
— Uzoq masofadan kelgan edim. Iloji bo'lsa olib qololmaysizmi?! -, dedim ming hijolatda. Oradan bir-necha soniya o'tgach o'sha past ohangda ovoz eshitildi:
— Dadam kelsalar o'zlariga beraverasiz!
Men indamay ortimga qaytdim...
"Kitobdan"

👏2🕊2