Yakka Sada kitobxonlari
71 subscribers
253 photos
50 videos
21 files
44 links
Kitobni satrlarni o‘qir ekansan ham tabassum qilasan, ham yig‘laysan.  Kitob o‘qing,
insoniylik tuyg‘usini his qiling...
«Kitob yoqishdan ham og‘irroq jinoyat bor, masalan, uni o‘qimaslik»;anonim yozish kanalni adminga https://sprosi.link/al_addl
Download Telegram
ACHCHIQ HAQIQAT
  
Gʻarb madaniyati ko‘pxotinlikka qarshi, ammo yuzlab zinoga ruxsat beradi. Ko‘pxotinlikni jazolaydi. Ammo bachchavozlikni himoya qiladi. Ular islom diyorlarini kuzatib turishadi. Agar bu diyorlardan biror kishi Muhammad sallollohu alayhi va sallamga ta’na qilib qolsa, u kishini masxara qilib qolsa uni qo‘llab unga bag‘irlarini ochishadi.
   Bugun ozgina bilimi bor odamga ateizm tanilish va mashhurlikka yetib bordigan eng qisqa yo‘l ekanligi ma’lum bo‘lib qoldi. Buzuq inson bo‘lsangiz hech kim sizga indamaydi. Omondasiz, hamma sizdan rozi...
   Men yosh musulmonlardan bu kabi qabihliklardan uzoq bo‘lishlarini, qanchalar ko‘p to‘siq bo‘lmasin din va sharaflarini mahkam tutishlarini so‘ragan bo‘lar edim.
   Ateizm fikriy jihatdan jirkanchlik va pastkashlikdir. Xulqiy jihatdan esa buzuqlikdir. Garchi ularning buguni rohat bo‘lsada, ertaga ularni azob, la’nat va g‘azab kutib turibdi!

Muhammad Gʻazzoliy rohimahullohning "Achchiq haqiqat" kitobidan.

@Al_AddL
🔥3
#Kitobdan

Umr yo'ldosh tanlash degani farzandlarga ota yoki ona tanlash degani hamdir! Avvalo ota yoki ona bo'lishga haqlimanmi? degan savolga javob topib so'ng yor tanlash kerak!

Men bunchalik emas edimku?! Unutmang Yaxshilik o'n barobar, yomonlik uch barobar qaytadi...

Otasiz o'sayotgan farzandlar bor ular otalari vafot etgan yoki ota onasi ajrashgan bolalar emas, e'tiborsiz qolgan bolalardir!

Gohida yeyilgan taom ham isrof bo'ladi...

"Bolani tinchit, keyin ovqatlanaman?" deyish katta xatodir! Bola tinchitilaversa to'g'ri ovqatlanishni qachon va kimdan o'rganadi?

"Yaxshi otalar kitobi"

@Al_AddL
🔥3
O'z yillarimni qotili oʻzim
Gunohga boshlar, xar aytgan so'zim.
Uyalmay xam qoldi, xatoki ko'zim
Raqib bolib qoldim, o'zimga oʻzim...

@Al_AddL
🔥3
Yakka Sada kitobxonlari
O'z yillarimni qotili oʻzim Gunohga boshlar, xar aytgan so'zim. Uyalmay xam qoldi, xatoki ko'zim Raqib bolib qoldim, o'zimga oʻzim... √@Al_AddL
Xoh erkak bo‘lsin, xoh ayol, odam iffati bilan maftun qiladi. Chunki iffatda pokizalik bor, saqlanish bor.

Odam fitrati bilan poklikni, toza narsani yaxshi ko‘radi.

Yuzga surtilgan bo‘yoqlar, badanning ochilgan joylari va har xil shahvoniy ilmoqli gaplar nafsni faqat bir muddat aldashi mumkin. Bunday narsalarni ko‘rgan va iste’mol qilgan nafs endi bu bilan qoniqmaydi.

Shu sababli kim ko‘zini asrasa va o‘zini ham ko‘zlardan asrasa, ana o‘sha toifa haqiqiy orom va sakinat topadi. Eng shirin ne’matlar ham ularga nasib etadi.

@Al_AddL
👍3
#Vaqt

Asalomu aleykum!

Vaqt - kutganingda sekin, qoʻrqqaningda tez oʻtadi... U tashvish paytingda choʻziladi, xursand boʻlganingda esa qisqa boʻladi...
Tilagimiz oʻtadigan vaqtingiz mazmunli va ezgu amallarga boy boʻlsin Qadrdon.

Kuningiz yaxshi amallar bilan, barokatli o'tsin...

@Al_AddL
🕊3
​​#otalarga

Bajarilmagan va'da

Har bir bajarilmagan va'da sizning oiladagi o'rningizni bir pog'ona pastga tushirishini bilarmidingiz? Ayniqsa farzandingizga va'da berib, uni bajarmasangiz va bu holat bir necha marotaba sodir bo'ladigan bo'lsa, farzandingiz oldidagi obro'yingizga putur yetadi. U sizga ishonmay qo'yadi.

"Yakshanba kuni seni hayvonot bog'iga olib boraman, kelishdikmi?" Bola bir hafta Yakshanba kelishini kutib yashaydi. Ammo, otasining yakshanba kuni muhim ishi, o'rtoqlari bilan choyxonasi chiqib qoladi. Yoki shunday charchaganidan yakshanba kuni hech qayerga chiqish yoqmaydi.

Hurmatli otalar! Va'da berdingizmi, uni bajaring...

"Asl otalar kitobidan"
👍5
Asalomu aleykum!

Baxtli bo'lish uchun yaxshilik qilaylik. Yaxshilik qilishdan aslo charchamang..!

Arestotel aytadi; "Ideal inson yaxshilik qilishdan zavqlanadi.
Uziga yaxshilik qilinsa, xijolat chekadi."

Unitmaylik, baxt minnatdorchilk isxor etilishini kutadigan insonga emas, Raxmat eshitsa, noqilulay boladigan insonga qulib boqadi.

"Baxtli-Oila, Baxtli-Farzand kitobidan"

@Al_AddL
3
Yer ekin ekish uchun tozalangani kabi qalb ham ilm uchun tozalanadi.

Ilmning makoni qalbdir. Ma’lumki, ilm ezgulik va nurdir. Kishi ilmni puxta egallash uchun qalbini turli xil ma’naviy illatlar, jumladan kibr, hasad, gina, kudurat, g‘iybat va shu kabilardan tozalashi lozim. Ushbu kamchiliklar bor qalbga ilm yaxshi o‘rnashmaydi, tezda unutiladi yoki biron manfaat keltirmaydi. Shuning uchun ilm olishga kirishayotgan kishi birinchi navbatda qalbini tozalashi, so‘ngra yaxshi niyat bilan ilm tahsliga o‘tishi kerak.
Bola yoshligida xotirasi kuchli, qalbi toza va beg‘ubor bo‘ladi. Bunday paytda olingan ilm har taraflama pishiq va mustahkam bo‘ladi. Demak, ota-onalar bu borada mas’uliyatliroq bo‘lsalar, farzandlarining kamolga yetib, olim bo‘lib, dini va yurtiga foydasiga tegadigan chin inson bo‘lishida hissa qo‘shgan bo‘ladilar.


@Al_AddL
🔥3👍2
#Farzand tarbiyasidan avval...

Farzand tug'ilmasidan avval, uning tarbiyasi uchun lozim bo'lgan ishlar:

-Unga munosib Ota yoki Ona tanlash;

- Solix-Solixa zuriyot surab duo qilish:

- Xomila chog'idayoq unga e'tibori qilish;

- Tarbiya ilming o'rganish;

- O'zini islox qilib, guzal namuna tayyorgalik ko'rishdir.

@Al_AddL
3
#Asl_otalar_kitobi

​​Yaxshi ota bo‘lish shartlari

Ota bo‘lish oson, lekin yaxshi ota bo‘lish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Yaxshi ota bo‘lish uchun umrning har bir bosqichida yangi-yangi mas’uliyat va vazifalarga "labbay" deb javob berishingiz kerak bo‘ladi.

Yaxshi ota bo‘lish uchun tavsiya, maslahatlar ko‘p, lekin hayotda asqatadigan ayrimlarini sizga ilindik:

1. Asabiylashmang.
Chaqaloqligidan boshlab baqir-chaqir bilan bolaning asab tolalarini lat yedirib, keyin undan osudalik talab qilishdan foyda yo‘q.

2. Aldamang.

3. Urmang.

4. Har narsani man qilavermang.
Mashina yo‘liga chiqishi – haqiqatda man qilinishi shart bo‘lgan narsa. Qumda yangi kiyimda o‘ynashi esa shunchaki sizga noqulaylik keltiradi, xolos.

5. Yomon namuna bo‘lmang.
O‘zingiz xunuk so‘zlarni ishlata turib, bolangizga: "Xunuk gapirma!" deya olmaysiz. O‘zgarishni o‘zingizdan boshlang.

6. Aybingizni tan ola biling.

7. Bolani erka qilishdan qo‘rqmang.
Erkalik yangi o‘yinchoqlar bilan emas, sizning mehringiz bilan qoplansin.

8. Quchoqlang!

9. Sabrli bo‘ling.
Bolaga jahl qilishning eng asosiy sababi sabrsizlikdir. Bolaning qiliqlariga, ishiga, o‘qishiga, yurish-turishiga ozgina sabr qilsangiz, u ham sizni faqat xursand qiladi.


Jalolxon Umarov
"Asl otalar" kitobidan
3
#hayrli_kun

Hayot naqadar goʻzal.. umr esa juda qisqadir, kunlar kun sanamay oʻtib ketayotgandek goʻyo...
Bu qisqa umrimiz davomida chiroyli va shirin soʻzlarni faqat eshitishimiz emas, balki ularni kimlargadir aytishimiz kerakligini unutmang... Chunki, yonimizda chiroyli hamda shirin soʻzlarga arziydigan, qancha yaqinlarimiz bor...
Qalbingiz hamisha sokinlikda, xotirjamlikda, shukrda va tabassumda boʻlsin Qadrdon.

Assalomu alaykum!
👍2🔥2
islomiy_nikoh.pdf
684.5 KB
"Islomiy nikoh va uning odoblari"
Shayx Muhammad Ali Sobuniy

📖Mazkur asarda oila qurishdan va nikohdan asl maqsad nima ekanligi, nikohning mas’uliyatlari, sunnatga muvofiq to‘y va uning qanday bo‘lishi, taloq, ko‘pxotinlik masalalari batafsil yoritilgan.

Nikohdan so‘ng va yangi bir oila ostonasida ilk oylarda boshlanadigan sinov imtihonlar, kelin qaynona, kuyov qaynona, qaynota munosabatlari, solih va soliha er-xotinlik masalalari yuzasidan so‘z yuritilgan

Oilangiz huzur va sakinat maskani bo‘lishi sababchisi - o‘zingizdir!
👏31
Hamma laqillasa bozor tilida,
Sen ko'ngil tilida biror jumla ayt...😊🙈
🔥4
O‘TA MEXRIBON VA O‘TA QATTIQQO‘L OTA-ONALAR:

Bolaga haddan tashqari mehribonchilik qilish, oilada kattalarning fikri bir joydan chiqmasligi, oilaviy jipslikning, intizomning yo‘lini, bolaning xudbin va bemexr bulib ulg‘ayishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun o‘ta mexribon va raxmdil ota-onalarning farzandlari tantiq va o‘z aytganini qildiradigan bo‘lishadi.

O‘ta qattiqqo‘l ota-onalarning farzandlari esa qo‘rqoq, yolg‘on ko‘p ishlatadigan yoki isyonkor(agressiv) bo‘lib ulg‘ayishadi. Bunday oilalarda o‘sgan bolalar isyonkorlik, nafratlanish yoki o‘z fikriga ega bo‘lmagan, ota-onaga qaram bo‘ladigan farzandlar bo‘lib voyaga yetishadi.

Yechim: hamma narsada meьyorga amal kilish kerak.
👍5
#Kitobdan

Biz ona sifatida farzandimiz boshqacha inson bo‘lishini istaymiz. Uning dunyolarni kashf qila oladigan aql sohibi bo‘lishini chin dildan orzu qilamiz. Mana shu maqsadga yetishish uchun esa harakatlarimiz va so‘zlarimiz bilan ularga o‘rnak bo‘lamiz. Bolaga baqirish yoki uni urish bizni mana shu "ideal farzand tarbiyalash" maqsadimizdan juda ham uzoqlashtiradi. Zero, farzandiga baqirgan va uni urgan bir ona bolasiga asabni boshqarishni, hurmat bilan munosabatda bo‘lishni va o‘zidan kuchsizni ezmaslik kerakligini o‘rgata olmaydi. Bil'aks, ezishni, jonga ozor berishni, uyaltirishni va asabiylashgada buning alamini boshqadan qanday yo‘l bilan olishni o‘rgatadi.

Xadicha Kubro Tongar

"Baqirmaydigan onalar” kitobidan.
👏2🔥1
Oilada er rahbarligining bitta ko‘rinishi - ayolning aytayotgan hamma gapi ham e’tiborga molik emasligini bilmoqdir.

Abdurahmon Zokir Hoshimiy
*
Ya’ni, ayolning hissiyot bilan aytgan har gapini "Menga shunday dedi-ya", deb og‘riqli qabul qilavermaslik kerak. Mana shu erkaklikdan hisoblanadi.

Ustoz Mubashshir Ahmad
👍3🔥1
Hech bir tarixda qolgan ayol zo‘r ovqat pishirib, uyni dahshat qilib tozalab qo‘ygani uchun eslanmaydi.
Barchasi ilm sabab tarbiya qilgan farzandi, donoligi sabab qilgan qarorlari, turmush o‘rtog‘ini dinini yarmi bo‘lganligi haqida so‘zlanadi...
🔥3👍1
«Yolg‘on gapirma» emas, «rost gapir» deng

Oilada bolalarning yolg‘on gapirishiga eng kat­ta sabab ota-onalar! Chunki bola ko‘rib, eshitib o‘r­ganadi. Inson zoti tabiatan taqlidchi bo‘lganidek, bo­la ham kimgadir taqlid qilayotgan bo‘lishi mumkin.

Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar ko‘proq xayolotda kezib yurishadi. Xayol surib, o‘ylamay gapirib qo‘yishadi. Ularning aytgan gapini esa biz yolg‘on deb o‘ylaymiz.

Unutmang, unga qancha ko‘p «Yolg‘on gapirma» so‘zini ishlatsangiz, u yolg‘onchi bo‘lib boraveradi. Agar unga «Rost gapir, Alloh rostgo‘ylarni yaxshi ko‘radi, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam ham rostgo‘y bo‘lganlar» deb o‘rgatsangiz, bolaga bu ijobiy ta’sir qiladi.

Bolani jazolab qo‘rqitib qo‘ysangiz ham yolg‘on gapiradigan bo‘ladi.
Bolalar yolg‘on gapirishining bir necha sabab­­la­ri bor:

oilasida, yaqinlari orasida yolg‘on gapiradi­ganlarni ko‘rib ergashishi;

ota-ona yoki ustozlar, kattalar xatosi uchun qat­tiq jazolashi sabab jazodan qo‘rqib yolg‘on ga­pirishi;

rost va yolg‘on tushunchalari o‘rgatilmagani…

«Tarbiya-chi?» kitobidan
🔥3
Ilm fikrning xos mevasidir. Agar qalbda ilm hosil bo‘lsa, holati o‘zgaradi, holati o‘zgarsa, a’zolarning amali o‘zgaradi. Bas, amal holatga, holat ilmga, ilm fikrga tobe’dir.

Abu Homid G’azzoliy
👍2
Rasulullohga oshiq qiz (s.a.v)

Har gal shu voqeani eslasam, o'zimdan jahlim chiqadi. Agar mendan ham kimdir intervyu olib "Hayotingizda qilgan xatolardan birini ayting!", deb so'raganida hech ikkilanmay shu voqeani keltirgan bo'lardim:

Kitob do'konini kezarkanman turfa-xil kitoblarni ko'rib ko'nglim quvnaydi. Kitob sotib ololmasligimni bilsamda bu yerdan har o'tganimda do'konga kirib, o'zimga ma'qul bo'lgan kitoblarni tanlab olaman va keyinchalik kelib sotib olaman.
Shunday kunlarning biri edi. Akrom Malikning "Xalqa" asari bilan tanishib chiqayotgan edim. Shu payt do'konga
bir qiz salom berib kirib keldi va Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hayotlari aks ettirilgan kitob narxini so'radi. Sotuvchi amaki u kitob 200.000 so'm turishini aytdi. Qiz biroz jim turdida "rahmat", deb do'kondan chiqdi. Men u qizga nazar ham tashlaganim yo'q, aksincha, kitobni o'qish bilan band edim. Ammo bu bandlikni qizning keyingi tashrifi butkul besaranjom qildi.
– Amaki sizdan bir iltimosim bor edi!-, dedi qiz.
– Bemalol, ayting qizim!-, dedi amaki taraddudlanib.
– Pulim biroz kamroq edi. Shunga kitobni menga nasiyaga berib turolmaysizmi? Har hafta oz-ozdan to'lab uzib yuboraman.-, dedi qiz.
Amaki esa qarzga berolmasligini to'g'ri ma'noda tushintirdi. Bu orada esa voqelikka ters o'girib kitob titish bilan ovvora bo'layotgan men, ichimda nafsim bilan kurashayotgan edim. Cho'ntagimda institutga yetib olishim va Farg'onada uch-to'rt kun turishimga yetadigan pul bor edi. Men shart hamma pulimni chiqarib u qizga bermoqchi bo'ldim. Nafsim esa bundan qaytarar, hozir pulsiz qolsam o'qishda qanday kun kechirishim haqida tinmay eslatar edi. Shu o'ylar ichida biroz turib qoldim va so'ngida pullarimni u qizga bermoqchi bo'lib tashqariga chiqdim. Ammo u qiz ketib bo'lgandi. Yana qaytib qolar degan umidda kutib turdim. Oradan ko'p vaqt o'tishiga qaramay u qiz qaytib kelmadi. Qayerdan ham qaytsin. Axir, bir marta sarg'ayib bo'lgan bo'lsa, qiz bola boshiga shunday hijolatni ko'targan qiz qaysi yuz bilan yana takror qaytib kelishi mumkin? Koshki hozir u qiz qaytib kelsada, men bor pullarimni sotuvchiga bo'lsada do'kondan chiqib ketsam, u qizning yuziga ham qaramasdim, minnatdorchilik ham kutmasdim. Shunchaki u qizning Rasulullohga(s.a.v) bo'lgan ulkan muhabbatidan shu qadar hijolatli holga tushib bo'lsada, kitobni sotib olmoqchi bo'lgani meni qattiq ta'sirlantirgan edi xolos! Qalbidagi ulkan muhabbat u kitobni qarzga bo'lsada so'rashga majbur etganini ko'rgan holda men nodon birorta kitobga shunday muhabbat qo'yganimni eslolmadim. Qaytib qolar, degan umidda biroz kutib turdim. Ammo u qiz qaytmadi. Balki u o'sha kitobni sotib olgandir. Balki u Habibimizni (s.a.v) tushidayoq ko'rib bo'lgandir! Bilmadim...

"Bir soatlik umr" kitobidan
3🥰1😢1
Alloh qodir qilib kimgadir yashirincha yaxshilik qildingiz sizga,  "yashirin qilingan amal"ning savobi beriladi.

Shayton: -"Shunday ajoyib ish qildinku lekin buni hech kim bilmadida, bilsa seni hurmating oshar edi, -deydi.

Siz qilgan amalingizni (so'ramasalar ham) odamlarga aytib berasiz, "yashirin qilingan amal" o'chirilib o'rniga "oshkora qilingan amal"ning savobi yoziladi.

Shayton yana sizni vasvasa qiladi:
-Sen shuncha yaxshilik qilayapsan, u esa senga hech bir yordam qilmayapti..

Siz, qilgan amalingizni (yaxshilik qilgan insoningizga) aytib minnat qilishni boshlaysiz. "Oshkora qilingan yaxshilik" o'chirilib, o'rniga "Riyokor" deb yozib qo'yiladi.

Alloh saqlasin!
3🔥1